«Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang» - Robin Sharma
Xalqimiz orasida bir gap bor: “Daraxt bir joyda ko’karadi”. Siz ham hayotingiz davomida bu gapni ko’p bora eshitgan bo’lsangiz kerak. Qanchalik to’g’ri ma’noda aytilgan bilmadimu, lekin men shu gapni boshqacha tushunaman.
Bir kun derazadan ko’chaga qarab daraxtni ko’rib, shu fikr miyamga kelib qoldi: Inson har sohada o'zini sinab ko'rishi kerak. Biz daraxt emasmiz bir joyda ko'karadigan. Bizda imkoniyatlar ko'p. Erkimiz o'zimizda. Xohlasak boshqa joyga bora olamiz, xohlasak meva beramiz, xohlasak uni qilamiz buni qilamiz... Jim Ronning bitta jumlasi bor: "Joylashgan makoning seni qoniqtirmasa, u yerni darhol almashtir. Chunki, sen daraxt emassan".
Men shunaqa insonman. Hech bir narsaga ko’nglim to’lmaydi. Har ishni qilib ko’rgim kelaveradi. “Nega buni qila olmas ekanman?” – deya o’z-o’zimga savol beraveraman. Bir xillikdan juda tez zerikaman. Balkim yoshligimdan muqim biror joyda ancha vaqt yashamaganim, yoki uzoq vaqt biror joyda o’qimaganimdan bo’lishi mumkin. Dadamning kasbi harbiy edi va biz har 2 yoki 3 yilda boshqa viloyatga dadamning ishlari tufayli ko’chib ketar edik. Ishonasizmi, yoki yoqmi 9-sinfni 8ta maktabda tugatganman. Ba’zi maktablarda 2 oygina o’qigan paytlarim ham bo’lgan. Menimcha bu mening fe’limga ham ta’sir o’tkazgan.
Agar shu paytgacha qilib ko’rgan ishlarimni sanasam kattagina nonym’yxat qilsa bo’ladi. Masalan:
Bog’cha yoshidaligimda shaxmat to’garagiga borganman. Hatto anchagina sertifikatlarim ham bor. Musobaqalarda yuqori sinf bolalarini yutganim ham esimda. Albatta hozir o’sha paytlardagidek o’ynay olmasam keragu, lekin uncha muncha narsa esimda.
Maktab paytlari, adashmasam 5-sinfligimda basketbol, 6-sinfligimda esa futbol sporti bilan shug’ullandim. Albatta eng zo’rlardan bo’lganman deya olmaymanu, lekin yomon ham emas edim. Bir narsani hech esimdan chiqarmayman: o’sha yillar qish anchagina sovuq bo’lardi. Bir gal futbol to’garagiga sal kech qolganim uchun 10 aylana stadionni yugurgan edim. Stadion ham anchagina non edi, hajmi 80-120m. Oyog’imda futbol butsisi, qor esa guvullab yog’ayotgandi. Shu voqea tufayli haligacha hech qayerga kechikib bormayman.
Keyingi yillar matematikaga qiziqdim. Undan so’ng esa ingliz tiliga. Qiziqishim ortganidan IELTS sertifikatini ham oldim(albatta bu natijani zo’r ham deya olmayman). Afsus matematikadan xalqaro SAT sertifikatini olish nasib etmadi. Lekin hudo hohlasa yaqin yillarda olaman deb o’zimga maqsad qo’yganman.
Orada bloger bo’lgim kelib qoldi. Youtubeda 3 mingta, TikTokda esa 270 mingta obunachim bo’ldi.
17 yoshligimda esa 2 ta o’quv markazda ingliz tilidan dars berdim. O’zimni pedagoklik sohasida ham sinab ko’rdim. Asosiy maqsad o’zimga bo’lgan ishonchni orttirish edi. Ko’pchilik oldida gapirishga qo’rqar edim. Nutqimni rivojlantirish maqsadida buni ham qilib ko’rdim. O’sha paytlar bir narsa menga ilhom bergandi: “Mikki Mausga hayot bergan Uolt Disney sichqonlardan qo’rqar edi. Bundan ko’rinib turibdiki inson o’zi qo’rqqan ishni qilish unga ko’proq omad va muvaffaqiyat olib kelar ekan” – deb o’ylagandim.
18 yoshimda esa O’zbekistonda gigant o’quv markazlardan bo’lgan “REGISTAN LC” o’quv markazida servis va sotuv menejeri bo’lib ishlab ko’rdim. Bu sohada ishlash uchun hatto MFAKTOR ning yopiq kurslarida 3 hafta o’z sohasining ustalari bo’lgan marketolog, nonym qo’ng’roqlar muttaxasislari, krizis menejerlaridan tajriba va bilim oldim.
Keyin esa intitutda domlalarning maslahati bilan ingliz tilini yana yaxshiroq o’rganish uchun ancha yillik do’stim, kursdoshim va hamkasbim bo’lgan Akramov Zafar bilan INFINITY deb nomlagan guruh ochdik. Aslida biz ochmoqchi bo’lgan o’quv markaz nomini shunaqa qo’ymoqchi edik. 20 ga yaqin tengdoshlarimizni jalb etdik.
Ilm olish (to’g’rirog’I ingliz tili) osonroq bo’lsin deya INFINITY nomli Android va IOS dasturini ishlab chiqdim. Keyinchalik bu ilovani keng ommaga taqdim etmoqchiman.
Bu ro’yxat hali anchgacha davom etsa kerak. Balkim institutni tamomlagunimgachadur. Men haligacha o’zligimni qidirish bilan ovoraman. Hozir sanaganlarim yo’lida ancha muncha insonlarni uchratdim, do’stlar va yaxshigina tajriba ham orttirdim.
Dostları ilə paylaş: |