Ichki a’zolar topografiyasi


Galvanining birinchi tajribasi



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə4/5
tarix14.09.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#143463
1   2   3   4   5
Fiziologiya

Galvanining birinchi tajribasi. Bu tajribani kuzatish uchun baqaning bosh va orqa miyasini buzib harakatsizlantiriladi. So‘ngra baqaning orqa oyoqlaridan ushlab, boshi pastga qaratiladi. Tanasining oldingi yarmini tos suyagidan yuqorigi qismi orasidan shunday kesish kerakki, bunda tananing pastki qismida qolgan umurtqa va quymich asablarini chiqish yo‘llari saqlanib qolsin.Tayyorlangan preparat shtativ ilmog‘iga (asabga tegdirmasdan) osiladi. Mis va rux plastinkalar fiziologik eritmaga botirib olinadi va asablarga ikki tomondan yaqinlashtiriladi. Shunda baqaning oyoqlari (oyoqlarni harakati ularning asablarini har xil metallar orasida yuzaga keladigan elektr toki bilan qitiqlanishi natijasida ro‘y beradi) silkinadi. Bu tajriba hayvon to‘qimalarida biologik tok borligini isbotlamaydi. Galvanining 1-tajribasi biologik toklarni aniqlash bo‘yicha keyingi izlanishlar uchun keng yo‘l ochib bergan.

Galvanining ikkinchi tajribasi Biotoklarni mavjudligini biologik usul orqali aniqlash Galvanining ikkinchi tajribasida ko‘rsatilgan. Hayvon to‘qimalarida biologik usul orqali bioelektrik hodisalarni aniqlashda baqaning orqa oyoqlarida joylashgan quymich asabi va boldir mushagidan iborat bo‘lgan asab-mushak preparati tayyorlanadi. Ilgari tayyorlangan preparat ilmoqdan olinadi va umurtqa pog‘onasining qolgan qismini salfetka bilan ushlab, boshqa qo‘lda baqa oyoqlarning terisi shilib olinadi. So‘ngra, dum suyagini olib tashlanadi. Oyoq-larni bir-biridan ajratish uchun ular orasiga qaychini taqab kesiladi. Shisha plastinkaga oyoqlarning birini orqa tomoni bilan qo‘yib, shisha tayoqcha yordamida quymich asabi son mushagigacha ochiladi va asab tizzadan ajratiladi. Mushaklarni son suyagi bilan birgalikda kesib tashlab, boldir mushagini shisha tayoqcha yordamida boldirdan ajratiladi va uni tizzadan pastroq qismi bilan kesib olinadi (17-rasm). Bu tajriba uchun ikkita asab-mushak preparati tayyorlanadi. Preparatlardan birining mushagi sirtdan qaychi bilan qirqiladi va shisha tayoqcha yordamida boshqa preparat nerv tolasi ilib olinib qirqilgan mushakka shunday qo‘yiladiki, bunda nerv tolasi bir vaqtni o‘zida mushakni shikastlangan va shikastlanmagan qismlariga tegib turishi kerak, shunda darhol bu nerv tolasi bilan bog‘langan mushak qisqaradi. Bu qisqarish mushakning shikastlangan va shikastlanmagan qismlari orasida yuzaga keladigan biologik tok bilan ta’sirlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Shunday tokni yuzaga kelishi sabablarini keyinchalik Matteuchi ilmiy asoslab berdi.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin