Matteuchining ikkilamchi tetanus tajribasida faol ishlovchi a’zo va to‘qimalarda yuzaga keluvchi harakat toklarini kuzatish mumkin. Tajriba uchun ikkita asab-mushak preparatini tayyorlash kerak (18-rasm). Ikkala preparatni shisha plastinka ustiga bir-biriga tegmaydigan qilib yonma-yon qo‘yiladi. Birinchi preparat nerv tolasi ikkinchi preparat mushakka qo‘yiladi, shu mushakni nerv tolasi elektrkuchaytirgichdan kelayotgan doimiy tokning yakka impulslari va bo‘sag‘aviy kuch bilan qitiqlanadi.
Shunda nerv tolasi qitiqlangan mushak qisqaradi va shuning bilan bir vaqtni o‘zida birinchi preparatning mushagini ham qisqarishi kuzatiladi. Bu qisqarish ikkinchi preparatning mushagi qisqargan vaqtida, unda hosil bo‘lgan harakat toki, birinchi preparatning nerv tolasi qitiqlanganligi natijasida vujudga keladi.