Ichki ishlar organlari to‘G‘risida



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
O

o‘ttiz 
ikkinchi 
xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
avariyalar, falokatlar, yong‘inlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda 
aholini xabardor qilish, odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, 
hududning zarur uchastkalarini o‘rab olish (to‘sish) yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan 
choralar ko‘rishi, shuningdek qarovsiz qolgan mol-mulkni qo‘riqlashga doir vazifalarni 
bajarishi; 
(16-
modda birinchi qismining o‘ttiz uchinchi xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2019-yil 24-
dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-
martdan kuchga kiradi) 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat 
joriy etilgan hollarda uning huquqiy rejimini ta’minlashda ishtirok etishi; 
transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishlarining hamda yo‘l-
transport hodisalarining hisobini yuritishi va ularni ro‘yxatga olishi, yo‘l-transport hodisalari 
to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishi
shaxsni mast
lik holatida deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda uning 
transport vositasini boshqarishdan chetlatilishini hamda mastlik holatini aniqlash uchun 
uni belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishini ta’minlashi; 
texnik holati xavfsizlik bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermaydigan 
transport vositalaridan foydalanishni taqiqlashi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash 
bo‘yicha talablar bajarilmayotgan bo‘lsa, ko‘chalar va yo‘llarda ta’mirlash-qurilish ishlari 
hamda boshqa ishlar o‘tkazilishini cheklashi yoki taqiqlashi; 
yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga mos kelmaydigan 
yo‘llardan hamda temir yo‘ldan o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlashi; 


O‘zbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarning markazlashtirilgan hisobini hamda yagona ma’lumotlar bazasini yuritishi
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligidan chiqishga doir materiallarni tayyorlashda ishtirok etishi; 
xavf tahdid solgan taqdirda, sudyalarning, prokurorlarning, tergovchilarning, 
surishtiruvchilarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning hamda jinoyat protsessi boshqa 
ishtirokchilarining, shuningdek ular oila a’zolarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki himoya 
qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rishi; 
ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxslardan oli
b qo‘yilgan, shuningdek 
topilgan va ichki ishlar organlariga topshirilgan hujjatlar, qimmatbaho buyumlar, ashyolar 
va boshqa mol-
mulkning saqlanishini ta’minlashi, ularni qonuniy egalariga qaytarish yoki 
tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ixtiyoriga 
topshirish choralarini ko‘rishi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni, shuningdek ichki ishlar organlari 
tomoni
dan qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan o‘zga obyektlarni qo‘riqlashni amalga oshirishi; 
(16-
modda birinchi qismining qirq uchinchi xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2019-yil 29-
oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son) 
egasiz mol-
mulk va xazinalar tegishincha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, fuqarolar yoki yuridik shaxslar ixtiyoriga topshirilguniga qadar 
ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishi; 
o‘ta xavfli va maxsus yuklarni qo‘riqlash hamda kuzatib borish tadbirlarini amalga 
oshirishi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki 
xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarga 
identifikatsiyalovchi 
ID-
kartalarni, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 
harakatlanish hujjatlarini, shuningdek chegara zonasiga kirish uchun ruxsatnomalar 
berishni hamda ularni almashtirishni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el 
fuqarolarini va fuqa
roligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash hamda vaqtincha turgan 
joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni amalga oshirishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini ko‘rib chiqishi; 
(16-modda 
bi
rinchi 
qismining 
qirq 
oltinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) 
fuqarolar va mansabdor shaxslardan qalbakilik belgilari bo‘lgan hujjatlarni, 
shuningdek tegishli asoslarsiz ularda bo‘lgan, muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki 
cheklangan narsalarni bayonnoma tuzgan hamda uning ko‘chirma nusxasini mazkur 
fuqarolarga va mansabdor shaxslarga bergan holda olib qo‘yishi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
topib olingan va ixtiyoriy ravishda topshirilgan sanoat uchun mo‘ljallangan 
portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, 
psixotrop moddalar, prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlarining tegishli 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi hamda saqlanishi, shuningdek 
ularning realizatsiya qilinishi yoki yo‘q qilib tashlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi; 
(16-
modda birinchi qismining qirq sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2022-yil 31-
maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan 
kuchga kiradi) 


xizmatga doir axborotning, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida 
o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni 
tashkil etuvchi ma’lumotlarning maxfiyligini va saqlanishini ta’minlashi; 
karantin, sanitariya-epidemiologiya va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini 
o‘tkazishda ishtirok etishi, brakonyerlikka qarshi kurashishda tabiatni muhofaza qiluvchi 
organlarga ko‘maklashishi; 
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash hamda jamoat xavfsizligini 
ta’minlash sohasida, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy 
faoliyatni amalga oshirishi, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda fan va 
texnologiyalar yutuqlarini rivojlantirishi hamda ulardan foydalanishi, yangi usullarni, texnik 
va boshqa vositalarni joriy etishi; 
ma’lumot-axborot fondlarini shakllantirishi, kriminalistik hisob-axborot tizimini 
yaratishi, tezkor-qidiruv va kadrlarga oid hisoblarni, davlat statistika hisobotini va boshqa 
statistika hisobotini yuritishi shart. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar 
ham bo‘lishi mumkin. 
(16-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin