uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida to‘sqinliksiz kirish (oshib
tushish);
fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning
oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ushlash
maqsadida fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarda va boshqa binolarda, ularga qarashli
yer uchastkalarida fuqarolarning roziligi bilan, tashkilotlar joylashgan hududda va
binolarda ularning ma’muriyati ruxsati bilan yoki mulkdorning roziligi bilan bo‘lish;
jinoyat ishlarini tergov qilish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
ko‘rib chiqish, jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar hamda
xabarlarni ko‘rib chiqish doirasida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur
hujjatlar
va materiallar bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan, boshqa
tashkilotlardan hamda fuqarolardan ma’lumotlarni va boshqa zarur hujjatlar hamda
materiallarni so‘rash va olish;
terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotgan
zonada jismoniy shaxslarni
shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda olib
o‘tilayotgan yuklarni ko‘rikdan o‘tkazishni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va
boshqa vositalarini qo‘llagan holda ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish;
ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar bo‘yicha
fuqarolarni,
mansabdor shaxslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar,
ma’lumotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalarni va ularning ko‘chirma nusxalarini olish;
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, jamoat tartibini saqlash
va jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlariga yordam bergan hamda alohida
xizmat ko‘rsatgan fuqarolarni taqdirlash;
Dostları ilə paylaş: