qo‘lkishanlar yoki boshqa bog‘lash vositalari —
ushbu modda birinchi
qismining uchinchi
— yettinchi, to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan
hollarda;
maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar — ushbu modda birinchi
qismining
o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
elektroshok qurilmalari
— ushbu modda birinchi qismining ikkinchi —
beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
xizmat
hayvonlari
— ushbu modda birinchi qismining ikkinchi —
yettinchi,
to‘qqizinchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari — ushbu modda birinchi
qismining sakkizinchi,
to‘qqizinchi va o‘n
ikkinchi
xatboshilarida nazarda
tutilgan
hollarda;
transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalari — ushbu modda birinchi
qismining
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
tinchlantirish ko‘ylagi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
suv
bilan
zarba
beruvchi
mashinalar
— ushbu modda birinchi
qismining sakkizinchi va
to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
zirhli
mashinalar
—
ushbu
modda
birinchi
qismining oltinchi, sakkizinchi va
to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) himoya qilish, g‘ayriqonuniy
harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sish vositalari —
ushbu modda birinchi qismining
o‘n ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;
to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar — ushbu modda birinchi
qismining oltinchi, sakkizinchi,
to‘qqizinchi va o‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan
hollarda.
Ichki
ishlar organi xodimi u
shbu Qonunda o‘qotar qurol ishlatishga ruxsat etilgan
barcha hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega.
Maxsus vositalarning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘iga xavf
tug‘dirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Homil
adorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan
shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga
nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki
ishla
r organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum
qilganligi
hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport,
aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy
yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo‘yishlarni bartaraf etish
chog‘ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning
qo‘llanilishi taqiqlanadi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga,
yurak
sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;
havo harorati Selsiy bo‘yicha nol darajadan past bo‘lganida suv bilan zarba
beruvchi mashinalarni qo‘llash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki
ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari
hamda viloyatlar ichki ishla
r boshqarmalari boshliqlarining og‘zaki yoki yozma qarori
asosida qo‘llaniladi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi
ichki ishlar vaziriga hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda
ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi.