18-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan shaxslarni ushlab turish
asoslari va tartibi
Ichki ishlar organlari:
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda;
o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarni;
qidiruvdagi shaxslarni;
o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risida so‘rov kelib tushgan shaxslarni;
ma’muriy qamoq jazosini o‘tashdan, ma’muriy tarzda
chiqarib yuborilishdan
bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek o‘ziga nisbatan ma’muriy
huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda;
jinoiy jazoni o‘tashdan, shuningdek o‘ziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan
tibbiy va boshqa yo‘sindagi majburlov choralarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan
shaxslarni;
aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni, keyinchalik ularni aniq yashash
joyiga ega bo‘lmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga
sud ajrimiga asosan
joylashtirgan holda;
favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaxslarni;
um
umiy harbiy majburiyatni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni;
qo‘riqlanadigan obyektlarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan
shaxslarni;
o‘zini o‘zi o‘ldirishga uringan yoxud ruhiy holatining yaqqol ifodalangan buzilishi
belgilariga eg
a bo‘lgan hamda o‘z harakatlari bilan o‘zi
va atrofdagilar uchun xavf
tug‘dirayotgan shaxslarni ushlab turish huquqiga ega.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ularning shaxsi
hamda huquqbuzarlikning holatlari aniqlanguniga qadar, shuningdek ular tegishli davlat
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirilguniga qadar ushlab turiladi.
Ushlab turilgan shaxsga telefon orqali so‘zlashish yoki advokatiga yoxud yaqin
qarindoshiga o‘zining ushlab turilganligi va turgan
joyi haqida xabar berish, ushlab
turilgan paytidan e’tiboran himoyachiga (advokatga) ega bo‘lish huquqi,
shuningdek
qonunga muvofiq boshqa huquqlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushlab turilgan shaxslar, ularning
yonidagi ashyolar va hujjatlar, shuningdek
ularning transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilishi
mumkin.
(18-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgan har bir holat
to‘g‘risida uning yaqin qarindoshlariga yoki boshqa qonuniy
vakillariga darhol xabar
beradi.
Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ushlab turilganligi to‘g‘risida u harbiy
xizmatni o‘tayotgan harbiy qism qo‘mondonligiga xabar beradi.
Ichki ishlar organlari chet el fuqarosi ushlab turilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.
Dostları ilə paylaş: