avariyalar, tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan falokatlar hamda boshqa
favqulodda vaziyatlar
oqibatlarini tugatishda, epidemiyalar va epizootiyalar vaqtida
karantin tadbirlarini o‘tkazishda;
ommaviy tartibsizliklarga
hamda transport harakatini, aloqa vositalarini va
tashkilotlar ishini izdan chiqaruvchi boshqa harakatlarga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlarni
o‘tkazishda;
qamoqdan qochgan shaxslarni va jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan
shaxslarni qidirishda;
ji
noyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib etishda;
terrorchilikka qarshi operatsiyani o‘tkazishda, portlovchi moddalar yoki portlatish
qurilmalari yoxud zaharli yoki radioaktiv moddalar topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
tekshirishda;
ommaviy
tadbirlar, shu jumladan bayramlar,
xalq sayillari, mitinglar, ko‘cha
yurishlarini o‘tkazishda.
Agar fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash, tergov harakatlarini,
tezkor-
qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik
sodir etilgan joyni,
hodisa joyini qo‘riqlash, shuningdek xavf tahdid solayotgan mulk obyektlarini himoya
qilish uchun zarur bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda
tutilgan hollarda
hududdagi uchastkalarni o‘rab olish (to‘sib qo‘yish) chog‘ida transport vositalari va
piyodalar qatnovi cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Agar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavfning oldini olish uchun zarur bo‘lsa
va ula
rni boshqacha usulda himoya qilish mumkin bo‘lmasa, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish)
jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli turar joylarga, imoratlarga va boshqa obyektlarga
nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ichki ishlar organlari ushbu moddada ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirishda
bo‘lg‘usi o‘rab olish (to‘sib qo‘yish)
haqida aholini xabardor qilish, aholining normal hayot
kechirishini ta’minlash choralarini ko‘radi, fuqarolarga yuzaga kelgan vaziyatda eng qulay
harakatlanish yo‘nalishlarini tushuntiradi.
Dostları ilə paylaş: