Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


- bob. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi va shartlari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
O

6-
bob. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi va shartlari 
25-
modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash chog‘ida fuqarolar 
huquqlarining tengligini ta’minlash 
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, 
ularning xizmatda ko‘tarilishi va boshqa lavozimga o‘tishi fuqarolarning jinsi, irqi, millati, 


tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar amalga 
oshiriladi. 
26-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilish 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘n sakkizdan o‘ttiz yoshgacha, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi, tegishli ma’lumotga 
ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy 
tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga 
qodir O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ichki ishlar organlaridagi xizmatga ixtiyoriy 
tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi. 
(26-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi 
O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
Zarur bo‘lgan hollarda, ichki ishlar organlarining ayrim bo‘linmalari va 
tashkilotlariga xizmatda bo‘lishning eng yuqori yoshiga to‘lgan paytida ko‘p yillik xizmati 
uchun pensiya olish huqu
qiga ega bo‘ladigan o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi 
mumkin. 
Ichki ishlar organlarining o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim 
bo‘linmalari, tashkilotlari va lavozimlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar 
vaziri tomonidan belgilanadi. 
Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan 
o‘tishi kerak. 
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar ushbu 
moddaning birinchi, ikkinchi va 
to‘rtinchi 
qismlarida belgilangan 
talablarga 
rioya 
etilmagan holda ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin. 
Siyosiy partiyalarning a’zolari bo‘lgan, ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul 
qilingan fuqarolar 
xizmatni o‘tash davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga o‘qishga 
qabul qilish uchun tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarolari, shuningdek ichki ishlar organlarining harbiy xizmatchilari va xodimlari qabul 
qilinadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarida chet el 
fuqarolari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qishi mumkin. 
(26-moddaning sakkizinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 
deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari 
bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar
shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati 
tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i 
nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi 
mumkin emas. 
(26-
moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan shaxslar uchun dastlabki sinov 
muddati uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 


Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligi ta’lim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan tinglovchilari va 
kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligining maxsus hisobida turadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari 
tinglovchilari va kursantlari birinchi bosqichdagi o‘quv muddatini tugallaganidan keyin 
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga o‘quv muassasasi joylashgan 
erdagi mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy bo‘lim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining2022-yil 5-martdagi 52-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab 
olish 
tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (09.03.2022-yil, 
ro‘yxat raqami 3352). 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin