Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 45,29 Kb.
tarix29.03.2017
ölçüsü45,29 Kb.
#12861
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



41 Mavzu: Qon aylanish yetishmovchiligi (kompensirlangan va dekompensirlangan. Tomirlar yetishmovchilgi

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil



2010-2011 o’quv yili

41 Mavzu: Qon aylanish yetishmovchiligi (kompensirlangan va dekompensirlangan. Tomirlar yetishmovchilgi



1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, kardiologiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

. Anamnez va klinik malumotlar asosida yurak yetishmovchiligini vujudga keltiruvchi yurak hastaliklarini, q`ozgatuvchi omillarni belgilash.

3.2. Kinik simptomlarini,rivojlanish bosqichlari, faollik darajasini aniqlash.

3.3 Tashxisni qoyishda qoshimcha usullarni q`ollash.

3.4 Klinik korinishi, shikoyatlari, perkussiya, auskultacia.

3.5 Amalii konikmalarni qadamma-qadam bajarilishi( perkussiyasi, auskultacia).

4. Motivasiya.

Talabalar xastalikni birinchi belgilari namoyon bolganda, taqmin qilishni, profilaktika va davolashni vaqtida bajarilishi muhim ahamiyatga ega.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Quyidagi fanlar bilan integrassiya qilinadi:

  1. Vertikal boyicha

A) Normal anatomiya

B) Normal fiziologiya

2. Gorizontal boyicha:



A) Patologik fiziologiya

Normal anatomiya

Yurak konussimon bo’lib, to’rtta kameradan iborat. O’ng va chap qorinchalar nasos funksiyasini bajaruvchi asosiy kameralar bo’lib xisoblanadi. Devori nisbatan yupqa bo’lgan bo’lmachalar qonni qorinchalarga yo’naltirib berish funksiyasini bajaradi. Yurak cho’qqisini chap qorinchaning oxiri xosil qiladi, u pastga, oldinga va chapga yo’nalgan bo’ladi. Asosini esa bo’lmachar hosil qiladi, ayniqsa chap bo’lmacha ko’proq qatnashadi.

Yurak a’zo sifatida uch qavatdan tashkil topgan: Endokard-biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan eng ichki qavat. Miokard-yurakning muskulli qavati. Perikard –tashqi serozli qobiq

Miokard ko’ndalang targ’il yurak muskullaridan tashkil topgan bo’lib, funksiyalariga xos bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularga quyidagilar kiradi:-Yurak muskullarini qalinligi turli bo’limlarida turlicha, masalan: chap qorincha devori o’ng qorincha devoridan qalinroqdir.

-Bo’lmacha muskullari qorincha muskullaridan alohidalashgan.-Qorincha va bo’lmachalar umumiy mushak plastlariga ega.-Venalar quyiladigan qismlarida sfinkterlar jo’ylashgan

-Miokardda ikki tipli morfofunksional mushak tolalarining mavjudligi.Yurak muskullarini mikroskopik ko’rinishi skelet muskullarini eslatadi, unda aniq ko’ndalang targ’illik va sarkomer tuzulishini ko’rish mumkin.

Ikki tipdagi yurak tolalari ajratiladi:

1)Tipik tolalar-ishchi miokardga tegishli

2)Notipik tolalar-o’tkazish tizimiga tegishli

Yurak qonni xaydaganda ketma-ket: bo’shashish (diastola) va qisqarish (sistola) kabi xarakatlar amalga oshadi, bu jarayonlar davomida yurak kameralari qonga to’ladi va arteriyalarga haydaladi.


6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Yurak yetishmovchiligi- organism modda almashinishi ehtiyojlariga qonni yetarli darajada yetqazib turadigan yurak mushaklari qisqarish faoliyatining susayishidir.



Etiologiyasi: 1.Yurak mushagining toliqishi-yurak nuqsonlarida, arterial gipertoniyada, o`pka emfizemasida va hokazoda.2. Toj arteriyalarida qon aylanishning buzulishida, anemiyada miokardni qon bilan taminlashining yetishmovchiligi. 3. Miokardning qisqarish faoliyati buzulishini vujudga keltiruvchi nerv-trofik va garmonal ta`sirlar. 4. Miokardka ta`sir qiluvchi infeksiyon va toksik omillar. 5. Sistola oldidan kardiomiocitlar ch`ozilish darajasinning o`zgarishi. 6. Yurak ritmining buzulishi. Patogenez:yurak yetishmovchiligi belgilarining vujudga kelish mehanizmi ikki nazariya bilan yoritiladi “retrograd(dimlanish)yetishmovchiligi” va “yurakning qon chiqarish yetishmovchilligi”.

O`tkir yurak yetishmovchiligi-chap qorincha yetishmovchiligi k`orinishida- yurak astmasi huruji bilan namoyon b`oladi va o`pka shishi bilan yakunlanishi mumkin. Huruj hastalikning quyidagi turlari-o`tkir chap qorincha, o`ng qorincha va total yurak yetishmovchiligi farqlanadi.

Klinik k`orinishi. O`tkir chap yurak yetishmovchiligi yurak astmasi huruji bilan namoyon b`oladi va o`pka shishi bilan yakunlanishi mumkin.Huruj odatda t`osatdan, k`opincha tunda rivojlanadi-havo yetishmovchiligi sezgisi o`lim vaximasi va y`otal paydo b`oladi. K`orish:hansirash insperatorli nafas olishi tezlashgan, k`op miqtorda k`opikli suyuq balgam. K`okrak qafasi kengaygan perkussiyada tovushi qutichasimon.Auskulataciyada susaygan xirillaslar, yurak tovushlari b`ogiq, o`pka arteriyasida ikkinchi tovush kuchaygan, t`omir urushi tezlashgan. O`ng qorincha yetishmovchiligi katta qon ayalanish doirasida dimlanish belgilari bilan xarakterlanadi. O`tkir total yurak yetishmovchiligining klinik belgilari t`osatdan va yurak faoliyatining tez rivojlanuvchi susayishi bedarmonlik, xansirash, cianoz, o`tkir jigar yetishmovchiligi va dimlanishi, arteriya va vena b`osimlarini pasayishi, qon aylanishning tezligining kamayishi bilan kuzatiladi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi: etiologiyasi- miokard kasalliklari, YIK, o`pkaning yoyilgan kasalliklari hafaqon kasalligi, yurak nuqsonlari va hokazo.Patogenezi: surunkali yurak yetishmovchiligi miokarding metabolik jarayonlari, yurakning bosim ta`sirida z`oriqishi bilan bogliq.Surunkali chap qorincha yetishmovchiligi-o`pkada vena dimlanishi bilan ifodalanadi. Hastalikning b`oshlanish davrida odatdagi mehnatda hansirash, taxikordiya vujudga keladi. Dekompensaciyada xansirashga yotal qoshiladi, sovuq cianoz xarakterli. Yurak choqqisida turkisining kuchayishi, rentgen va EKG o`zgarishlariga muvofiq uning chapga va pastka siljishi k`ozga tashlanadi.Surunkali o`ng qorincha yetishmovchiligi asosan katta qon aylanish doirasi venalarida dimlanish rivojlanishi bilan ifodalanadi, taxikardiya, shish, jigar kattalashshi kiradi. Doimiy belgisi nikturiya,oligouriya hisoblanadi. Miya gipoksiyasi belgilari paydo b`olishi mumkin.Yurakning surunkali total yetishmovchiligi-katta va kichik qon aylanish doirasi tomirlarida dimlanish belgilari bilan ifodalanadi-yurakning anchagina kattalashishi, jigarning fibroz belgilari, ozib ketish, markazi nerv sistemasining faoliyatining buzulishi kuzatiladi-oxirgi bosqichida.Davosi: kasallikni muvaffaqiyatli davolash asosida yurak tomir tizimi zoriqishini kamaytiruvchi tadbirlarni, xamda miokardga va surinkali yurak yetishmovchiligi patogenezining turli qisimlarga ta`sir qiluvchi dorilarni q`ollash yotadi.1.Yurak qon haydashining kuchaytirish.2. Organizimdan oriqcha suv va natrini chiqarib tashlash. 3. Pereferik tomirlar tonusini pasaytirish. 4. Miokard metabolizmi jarayonini yaxshilash.

6.2.Analitik qism.

Test:
1.Yurak yetishmovchiligi etiologiyasi.

А.arteriyal gipertoniya*.

B.o`pka emfizemasi*.

C.miokardit*.

D.aritmiya*.

E.allergiya.
2.Xatar tugdiruvchi omillar.

А.dori qabul qilishni rad etish*.

B.arterial gipertoniya*.

C.tireotoksikoz*.

D.ortiqcha tana vazni*.

E.o`pka nuqsonlari.

3.Shikoyatlar surunkali chap qorincha yetishmovchiligida.

А.xansirash*.

B.taxikardiya*.

C.ortopnoye*.

D.sovuq cianoz*.

E.illiq cianoz.


4. Shikoyatlar surunkali o`ng qorincha yetishmovchiligida.

А.taxikardiya*.

B.shish*.

C.jigar katalashishi*.

D.nikturiya*.

E.gematuriya.


5. Shikoyatlar surunkali total yetishmovchiligining oxirgi bosqichida.

А.yurakning gipertrofiyasi*.

B.jigar fibroz belgilari*.

C.ozib ketish*.

D.oyoqda trofik yaralar*.

E.sovuq cianoz.


Situatcion masalalar.

1.Bemor 46 yoshda. Shikoyatlari:taxikardiya, shish. K`orish:jigar kattalashgan paypaslagnda ogriqli, oyoqlarda shish, xansirash. Savol:qaysi patologiyaga xos? Javob:surunkali o`ng qorincha yetishmovchiligi.


2.Bemor 30 yoshda. Shikoyatlari: xansirash taxikardiya, ortopnoe, yotal. Eshitish:nam xirillashlar, jarangsiz. Chap qorincha gipertrofiyasi-perkussiyada. Savol: qaysi patologiya. Javob:surunkali chap qorincha yetishmovchiligi.

6.3 Amaliy qism.

Amaliy konikmalarni `ozlashtirishga bagishlanadi. Bu bo`limda talabalar o`z murabbiy bilan b`olimda kassalarni kuraciyasini amalga oshirishadi. Asosiy etibor anamnez , status praesens qaratiladi. Barcha malumotlar amaliyot daftariga yozilib boriladi



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

  1. SYEni vujudga keltiruvchi omillarni ayting?

  2. SYEda bemorlar qanday shikoyatlar bildiradilar?

  3. SYEda aniqlanadigan obyektiv belgilarni k`orsating?

  4. SYEda kuzatiladigan asoratlarni ifodalang?

  5. SYEda qollanadiladigan asosiy dorilar guruhini izohlang?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Yüklə 45,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin