41
3. Tovarlarni qadoqlash;
4. Tovarlarni transport vositalariga yuklash, tushurish.
2.2.2.Savdoning ijtimoiy shakllari, tashkiliy itqisodiy tasnifi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdoning ijtimoiy shakllari va tashkiliy –
iqtisodiy tasnifi tubdan o‘zgardi. Sobiq ittifoq davrida respublikada davlat
savdosi, kooperativ savdo va kolxoz bozori mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi
kunda mul munosabatlari o‘zgarishi, ditsentralizatsiya
jarayoni amalga
oshganligi munosabati bilan davlat savdosi butunlay xususiylashtirilib, uning
umumiy tovar aylanishdagi hissasi 1 % gacha miqdorga qisqartirildi. huddi
shunday kooperativ
savdo ham xususiylashtirildi, uni hissasi 9 % atrofida.
Kolxoz bozori butunlay barham topdi, uni o‘rniga dehqon bozorlari shakllandi.
Savdoning butunlay yangi shakli, ya’ni xususiy savdo vujudga keldi,
shunday qilib savdoning mulkiy shakllari butunlay yangilandi,
nodavlat sektor
shakllandi.
Savdoda vertikal boshqaruv tizimi butunlay barham topdi. Baholar
erkinlashtirildi. Xo‘jalik aloqalari bozor iqtisodiyotiga moslashtirildi.
Tashkiliy tuzilmalar butunlay yangi tarkibda tuzildi.
Vazirlik va boshqarmalar yo‘q qilindi. Aksionerlik jamiyatlari,
kompaniyalar, xususiy firmalar, yakka tartibdagi
savdo shaxobchalari vujudga
keldi.
Matlubot kooperatsiyasi tizimida matlubot ta’minot – savdo aksioner
kompaniyalari tashkil qilindi. Tumanlarda esa, tuman matlubotsavdo ishlab
chiqarishsa savdo kooperativlari tashkillashtirildi.
2.2.3. Savdoning iqtisodiyotda tutgan o‘rni.
Savdoning iqtisodiyotda tutgan o‘rni,
ahamiyati, savdoning xususiyatlari,
bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi.
www.sies.uz
Page 41 of 356
42
Savdo aholi hayotini ta’minlaydigan alohida soxa bo‘lib hisoblanadi. Uni
ishtirokida ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar tomonidan ijtimoiy tan
olinadi, tovar taklifi bilan iste’molchilar talabi kelishtiriladi.
Tovar taklifi bilan iste’molchilar talabini kelishtirish orqali savdo ishlab
chiqarishga faol ta’sir qiladi, u ishlab chiqarish
hajmini va tarkibini
(assortimentini) belgilashga ta’sir qiladi.
Savdoning ishlab chiqarish bilan aloqasi – ularni xo‘jalik aloqalari, tijoriy
ishlar orqali amalga oshadi.
Jamiyatda savdo korxonasisiz ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar
iste’molchilarga yetib bormaydi.
Takror ishlab chiqarish jarayonini qaytarilib turishiga savdo real iqtisodiy
imkoniyatlar yaratadi. har qanday ishlab chiqaruvchi xo‘jalik sub’ektlari o‘zi
ishlab chiqargan tovarini sotilishini ta’minlash shart, aks holda uning faoliyati
to‘xtatib qolishi mumkin. Savdo korxonalari ishlab chiqaruvchilarga o‘z
harajatlarini qoplash va tegishli daromad olish imkoniyatini yaratadi.
Savdo ushbu vazifalarni bajarish orqali ishlab chiqaruvchilarga xizmat
qiladi.
Ishlab chiqaruvchilar to‘g‘ridan – to‘g‘ri iste’molchilarni (bu
yerda aholi
nazarda tutilmoqda) o‘z tovarlari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas va uni
bajara olmaydi. Shu bilan birga savdo ishlab chiqaruvchilarni vaqtni tejaydi va
takror ishlab chiqarishni tezlashtiradi.
Xuddi shunday savdo xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bilan ham
aloqada bo‘ladi. Savdo taqsimotini real holda amalga oshishini ta’minlaydi.
Savdo – pul, kredit, moliya tizimini muvofiqlashtirilishi jarayonini
namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi (pul
emissiyasi, kassa rejalarini boshqarishi,
inflyatsiya, milliy daromadni shakllanishi) va h.k
Dostları ilə paylaş: