43
hisoblanadi.
Iste’mol takror ishlab chiqarish jarayonining to‘rtinchi va oxirgi fazasi. U
mahsulotlarning harakatini oxirgi bosqichi.
Iste’molda (ishlab chiqarish va shaxsiy) tovarlarni iste’mol
qiymati
namoyon bo‘ladi, tan olinadi.
Savdoning shaxsiy iste’mol bilan aloqasi aholining iste’mol tovarlariga
ehtiyojini qondirish amalga oshadi.
Savdoda alohida shaxs yoki iste’molchilar
guruxi uchun mos keladigan
tovarlari iste’mol assortimenti shakllanadi. Uzluksiz savdo amalga oshiriladi,
ya’ni talabni uzluksiz qondirib borish jarayoni ta’minlanadi.
Shaxsiy iste’mol orqali insoniyat ishchi kuchini takror (qayta)
ishlab
chiqaradi. Bu esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga manfaat tug‘diradi, chunki
har qanday tarmoq ishchi kuchi bilan uzluksiz ta’minlanishi zarur.
Savdoda ehtiyojni shakllantirish orqali iste’mol
tarkibiga, aholining umr
va yashash darajasini oshirishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
tovarlarni reklama qilish orqali (tovarlarning iste’mol
funksiyasi, sifati, bahosi
va h.k.) aholi ehtiyojini shakallantirish. Reklama,
har xil turdagi savdo
shaxobchalarini tashkil qilish (elita yoki arzon bahodagi savdo shaxobchalari
tashkil qilish kabi) orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy guruhlari orasida iste’mol
darajasi va tarkibini tartibga solishdek murakkab vazifani amalga oshiradi.
Savdo har xil foydali maslahatlar berish orqali oqilona iste’molni
shakllantiradi. Bu esa aholining hayotini va iste’mol
darajasini ortishiga olib
keladi.
Savdo shahobchalarida progressiv savdo texnologiyalarini joriy etish,
haridorlarga zaruriy shart-sharoitlar yaratish bilan
aholining tovar sotib olish
harajatlarini (tovar sotib olishga va iste’mol uchun sarflangan mehnat va moddiy
harajatlar), tovar sotib olishga sarflangan vaqtini tejashga ijobiy ta’sir qiladi.
Aholining bo‘sh vaqti esa jamiyatning boyligi, uning
taraqqiyoti uchun asosiy
omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Savdoda aholini vaqtini tejashga imkoniyat
yaratish orqali ularni bo‘sh vaqtlarini oshiradi.
www.sies.uz
Page 43 of 356
44
Tayanch iboralar: Savdo, pul, tovar, tovar ayriboshlash, funksiya.
Takrorlash uchun savollar.
1.
Savdo nima?
2.
Pulning vujudga kelishi?
3.
Savdoning funksiyalari?
4.
Savdoning ijtimoiy shakllari?
5.
Savdoning ahamiyati?
6.
Shaxsiy iste’molni qondirishda savdo qanday ahamiyatga ega?
Dostları ilə paylaş: