Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3 - bob. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy - iqtisodiy asoslari. 
 
www.sies.uz
Page 44 of 356 


45
3.1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati. 
3.2. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy asoslari. 
3.3. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari. 
3.4. Tadbirkorlik faoliyati samaradorligi mezoni va ko‘rsatkichlari. 
3.1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati. 
Iqtisodiyot har xil faoliyatlar majmuasi bo‘lib, uning natijasida moddiy 
boyliklar yaratilib iste’molchiga yetkaziladi. 
Iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi vositalar «er – kapital - mehnat va 
tadbirkorlik». 
Tadbirkorlik nima? qanday sharoitlar uni vujudga keltirgan? 
Ushbu sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
v
har bir ayriboshlash qatnashuvchisini o‘z manfaatiga (birlamchi 
iqtisodiy manfaatini) erishishga intilishi, ikkinchi tomon manfaatidan 
qat’iy nazar; 
v
ayriboshlashda shaxsiy yoki jamoa tashabbusini olg‘a surish; 
v
foydali 
almashuvga 
erishish 
uchun 
shaxsiy 
yoki 
jamoa 
tavakkalchiligiga tayyorligini harakatga solish; 
v
har bir qatnashuvchi foydali natijaga erishish uchun konkret chora 
tadbirlarni ishlab chiqarish qobiliyatini ishga solishi; 
v
ehtimol yoki haqiqiy natijalarni tabaqalashtirish qobiliyatini 
ishlatishi. Ushbu alomatlar (belgilar) hozirgi zamon biznesida ham 
namoyon bo‘lmoqda. 
Adabiyotlarda, oddiy hayotda har xil terminlar uchraydi. Bular biznesmen, 
ishbilarmon, tadbirkor, biznes, tadbirkorlik kabilar. Biznesmen, ishbilarmon, 
tadbirkor deganda, biz qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxsni 
tushunishimiz kerak. 
І
ar qanday biznesmen o‘z qobiliyati nuqtai nazardan tadbirkor 
(ishbilarmon) bo‘la olmaydi. 
www.sies.uz
Page 45 of 356 


46
Tadbirkor va ishbilarmon terminlari (so‘z) sinonimdir. Biznes – bu
so‘zma – so‘z ish yoki faoliyatni bildiradi. Xo‘jalik yuritish nuqtai nazardan 
«Biznes» - iqtisodiy faoliyat, ish olib borish tizimi yoki faoliyat yuritish tizimi 
bo‘lib, unda tovar yoki xizmat ishlab chiqarishni tashkil qilish, ularni sotish, 
ishlab chiqarish omillari egasi tomonidan amalga oshiriladi. (adabiyotlarda 
boshqa ta’riflar juda ko‘p) 
Tadbirkorlik – bu iqtisodiy fenomen, biznesni kategoriyasi. Biznes bilan 
tadbirkorlik sinonim emas, lekin yaqin tushunchalardir. Biznes kengroq. 
Tadbirkorlik – biznesni dinamik yoki aktiv (faol) elementi, xo‘jalik 
yutirish shakli. Tadbirkorlik – fuqaroni yoki fuqarolarning mustaqil, tashabbusli 
faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyatni ular foyda olish maqsadida o‘zining 
tavakkalchiligi va moddiy javobgarligi asosida amalga oshiradi. 
Boshqa so‘z bilan aytganda, tadbirkorlik – iqtisodiyotni inson omili, uning 
intellektual faoliyati orqali fo‘qaro yoki fuqarolarni o‘z maqsadlariga erishish 
uchun xo‘jalik yuritish yoki boshqa faoliyatdir. 
Tadbirkorlikni mazmuni biz yuqorida keltirgan tushunchalardan kelib 
chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunida 
(1991 yil 15 fevral) «Tadbirkorlik – mulkchilik sub’ektining foyda olish 
maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar 
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir» deb ta’rif berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik: 
v
tadbirkorning shaxsiy mol – mulki asosida; 
v
tadbirkorning boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar, shu jumladan 
ajnabiy fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol – mulklarini turli 
shakllarda jalb etish asosida; 
v
tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol – mulklaridan 
foydalanishi asosida; 
v
yuqorida qayd etilgan shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga 
oshiriladi. 
www.sies.uz
Page 46 of 356 


47
Tadbirkorlik – bu daromad olish maqsadida ishlab chiqarishni tashkil 
qilish va tayyorlangan mahsulotni sotish va aholiga xizmat ko‘rsatish hamda
oldi – sotdi bilan shug‘ullanadigan kishilar faoliyati, ya’ni foyda olish 
borasidagi harakat (faoliyat) tushuniladi. Uni «Xufyona» va «Madaniy» shakllari 
mavjud.
«Xufyona»si davlatdan yashirin faoliyat olib boruvchi, chayqovchilik,
yulg‘unchilik, haridorlar xaqiga xiyonat va va h.k.o.
«Madaniy»si 
– 
umuminsoniy 
fazilatlardan 
tashqari 
quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 
- tashabbuskorlik va imkoniyatlarni izlash; 
- tavakkalchilik; 
- bozorni (konyukturasini) o‘rganish; 
- o‘z kuchiga ishonish. 
Savdoda tadbirkorlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularga quyidagilarni 
kiritish mumkin.
Birinchidan, savdoni bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa 
tarmoq va sohalardagi tadbirkorlardan farqli funksiyalar bajaradi. 
Ikkinchidan, savdoning xo‘jalik mexanizmidan kelib chiqib, uning tarkibi, 
boshqarilishi xo‘jalik aloqalari, moliyaviy resurslarni shakllanishi, daromad 
manbalari va harajatlari shakllanishi kabilarda savdodagi tadbirkorlik
boshqalardan keskin farq qiladi. 
Uchunchidan, mehnat jarayoni ham o‘z xususiyatlariga ega.
To‘rtinchidan, savdodagi tadbirkor bir tomonda ishlab chiqaruvchilar, 
ta’minotchilar bilan, ikkinchi tomonda yuzlab va minglab haridorlar bilan 
munosabatda bo‘ladi, shu sababli ularni kasbiy mahorati, psixologiyasi, o‘zgacha 
shakllanadi. 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin