Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


I. O‘zbekiston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlik



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

I. O‘zbekiston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlari huquqlari va manfatlarining quyidagi kafolatlari mavjud. 
Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart – 
sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mehnatga oid va boshqa resurslardan
foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari xo‘jalik va boshqa faoliyatni 
amalga oshirishda o‘z tashabbusi bilan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har 
qanday qaror qabul qilish mumkin. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat 
siri bo‘lmagan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi. Davlat organlari va 
boshqa organlarning ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, kichik va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvi man etiladi.
II. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan 
rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlariga: 
2.1. Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish 
jarayonlarini tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ – 
huquqiy asosini takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va 
xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun shart – sharoit yaratish asosida 
iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
2.2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
2.2.1. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy soliqlar va 
yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydilar; 
2.2.2. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning xududiy 
www.sies.uz
Page 55 of 356 


56
dasturlarini ishlab chiqadilar. 
2.2.3. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlarini aniqlaydilar.
2.3 O‘zbekiston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab – 
quvvatlash fondlari ularga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: 
v
kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya 
loyihalarni moliyaviy ta’minlash; 
v
ustav sarmoyasida ishtirok etish; 
v
maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik jihatdan 
ko‘maklashish; 
v
infrastrukturani rivojlantirishga ko‘maklashish; 
v
olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar 
berish yo‘li hamda qo‘llab – quvvatlashning boshqa shakllari bilan 
kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni 
rag‘batlantirish uchun shart sharoit hosil qiladi. 
2.4 Kichik va xususiy tadbirkorlikni axborot soxasida quyidagi yo‘nalishlar 
bo‘yicha qo‘llab – quvvatlanadi. 
 
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini 
iqtisodiy, huquqiy, statistika, ishlab chiqarish texnologiyaga oid va samarali 
faoliyat yuritish uchun kerakli boshqa axborotlar bilan ta’minlash chora – 
tadbirlarini ishlab chiqaradilar va amalga oshiradilar.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga axborot xizmati ko‘rsatish 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi. 
www.sies.uz
Page 56 of 356 


57
2.5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ishlab chiqarish – texnologiya 
jihatidan qo‘llab – quvvatlash 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin