Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

Rejalashtirish
– maqsadni belgilash, unga yetish vositalarini aniqlash va 
harakat yo‘llari to‘g‘risida muntazam ravishda dastur ishlab chiqish jarayonidir.
Rejalashtirish ko‘p qirrali, murakkab jarayondir. Tuzilgan reja yoki korxona 
dasturi nima qilish, kim bajaradi, qachon va qanday bajaradi degan savollarga 
ochiq, to‘la va asoslangan javob berishi shartdir.
Savdo korxonalari faoliyatining samaradorligi talab va taklifni hisobga olgan 
holda nima, kimga va qanday mahsulot yetkazib berish, resurslar bilan 
ta’minlanish, savdoning optimal texnologiyasini tanlash, tovarni sotish shakli va 
usullari va boshqa ko‘pgina holatlarga bog‘liqdir. har bir korxona bu omillarni 
uzviy bog‘lashga harakat qiladi. Bu esa korxonaning xo‘jalik faoilyatini 
rejalashtirish orqali amalga oshiriladi.
5.2.2. Rejalashtirishni qoidalari (prinsiplari). 
Jamiyatning siyosiy ustqurmasi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitidan qat’iy 
www.sies.uz
Page 92 of 356 


93
nazar rejalashtirishni umumiy qoidalari (prinsiplari) mavjud. Ular insoniyat 
taraqqiyotining barcha formatsiyalarida u yoki bu darajada, ayrim hollarda 
rejalashtirish to‘g‘risida ilmiy asoslangan fikr yuritishdan chetda bo‘lgan holda 
ishlatilgan.
Bizlarga ma’lum, MD
І
da tarqatilayotgan iqtisodiyotga oid chet el 
adabiyotlarida rejalashtirish nazariyasi, uning metodologiyasiga oid masalalarga, 
shu jumladan rejalashtirish prinsiplari to‘g‘risida nazariy fikrlar keltirilmaydi.
Rejalashtirishning o‘ziga xos prinsiplari, usullari va uslublari, umuman 
aytganda, bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirishning o‘ziga xos metodologiyasi 
mavjud. Lekin bu gap sobiq sotsialistik tuzumda ishlatilgan rejalashtirish 
metodoloiyasini butunlay inkor qilish degan fikr emas. Uning salbiy tomonlarini 
(erkinlikning chegaralanganligi, rejalashtirishning direktivligi, partiyaviyligi va 
hokazolar) olib tashlanib, ijobiy jihatlarini, ya’ni metodologiyasidan, usullaridan 
keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtirish jarayonida ilmiylik, reallik, optimallik, komplekslik, 
uzluksizlik, o‘zgaruvchanlik (korrektirovka qilinishi, elastiklik) nazorat kabi 
prinsiplari ishlatiladi.
Jahon tajribasida rejalashtirishning o‘ziga xos qoidalari (prinsiplari) mavjud 
bo‘lib ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 

rejalashtirishning ilmiy asoslanganligini, ya’ni rejalashtirish iqtisodiy 
qonunlar talablarini, bozor iqtisodi qoidalarini hisobga olish, fan va texnika 
yutuqlariga asoslanishi, rejalashtirishda keng ma’noda ilmiy tekshirish 
muassasalarini, olimlarni jalb qilinishi orqali ta’minlanadi; 

rejalashtirishni har xil muddatlarga tuzish tizimi orqali uning uzluksizligi 
ta’minlanib boriladi; 

jamiyatda, 
korxona, 
firmalarda 
ishlatiladiagn 
barcha 
resurslarning 
chegaralanganligi ulardan foydalanishda tejamkorlikka intilish, ulardan eng 
optimal variantni tanlab olishni taqozo qiladi; 

raqobat, vaziyatning o‘zgarib turishi rejalarga o‘zgarishlar kiritib borishni 
taqozo qiladi va shu sababli rejalar har xil vaziyatlar uchun mo‘ljallangan 
www.sies.uz
Page 93 of 356 


94
alternativ variantlarda tuzilishi, uning vaziyatga moslashuvchanligi, 
elastikligini ta’minlaydi; 

bozor iqtisodiyoti qoidalari korxonalar, firmalar o‘rtasidagi aloqalarni 
kontraktlar asosida tashkil qilish, olingan majburiyatlarni belgilangan 
muddatda, miqdorda qat’iy bajarilishini talab qiladi. Bu esa rejalarning 
bajarilishini nazorat qilish qoidasining ahamiyatini oshiradi.
5.2.3. Prognozlash va rejalashtirishga
qo‘yiladigan umumiy talablar
 
Chet el savdo korxonalarining tajribasidan ma’lumki, rejalarning ishlab 
chiqarilishiga qat’iy talablar qo‘yiladi. Rejalarda asosiy muammolar, vazifalar o‘z 
ifodasini topadi. Masalan: Savdoning tovar aylanishi hajmi, assortimentlari 
bo‘yicha tovar aylanishi, tovar zahiralari ko‘rsatkichlari, tovarlarni kelishi 
(manbaalari bo‘yicha), asosiy, aylanma va moliyaviy mablag‘lari (fondlari), 
mehnat resurslari va ish haqi, daromadlari, harajatlari, foydasi kabilar.
Bu bo‘limlarning har biri bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, konkret javobgarlik 
belgilab qo‘yiladi. Alohida bo‘limlar bo‘yicha taqvim rejalar ishlab chiqilib, kim 
nima qiladi, qanday bajaradi kabi masalalarni hal qilish yo‘llari aniqlanadi.
Rejalashtirish jarayoniga qo‘yiladigan talablarni quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
www.sies.uz
Page 94 of 356 


95

savdo korxonalarining rivojlanish g‘oyasini, maqsadini aniqlash; 

asosiy maqsadga erishishni ta’minlaydigan tijorat g‘oyalarini namoyon qilish; 

rejalashtirish – uzluksiz jarayon bo‘lib, barcha jamoaning ijodiy yondoshishini, 
rag‘batlantirishni taqozo qiladi (jamoa a’zolari rejalashtirish jarayonida faol 
qatnashishi, pirovard natijalarda ularning ish haqi undan bog‘liqligidadir); 

reja barcha funksional bo‘limlarni, mutaxassislarni, boshliq bilan uning 
qaromog‘idagi xizmatchilarni o‘zaro ta’siri va chambarchas bog‘lanishda, 
birgalikda optimal aniqlashga erishish asosida tuzilishi kerak; 

bozor konyukturasi o‘zgarish ehtimollariga mo‘ljallangan alternativ variantlar 
mavjud bo‘lishi shart; 

bozor iqtisodi sharoitida barcha resurslardan (ular chegaralangan) oqilona, 
ratsional foydalanish, harajatlarning tejamliligini, natijalarning optimalligini 
ta’minlash; 

savdo faoliyatini chuqur, har tomonlama baholash maqsadida uning 
samaradorligi me’zonini, ko‘rsatkichlarini aniqlash; 

savdo faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, uning ta’sir qilish 
darajalarini chuqur tahlil qilish, asoslash imkoniyatlarni, yangi rezervlarini 
aniqlash; 

va nihoyat ishlab chiqarilgan hamda qabul qilingan dasturning bajarilishini 
ta’minlash va nazorat qilish kabilardir.
5.2.4. Prognozlash va rejalashtirish turlari va bosqichlari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalarni tezkor, joriy, o‘rta muddatli, strategik 
(uzoq muddatli) tizimi qo‘llaniladi va bu asosida rejalashtirishni uzluksizligi 
ta’minlanadi.
Rejalar alohida alomatlariga qarab tasniflanadi va alohida turlarga bo‘linadi.
Rejalarni tasnifi va turlari quyidagi 5.2.4.1-chizmada keltirilgan: 
Jahon amaliyotida rejalashtirishning alohida bosqichlari, ya’ni rejalashtirish 
jarayonining ketma-ketligi ishlabch iqilgan va ularga rioya qilishlik rejalashtirish 
www.sies.uz
Page 95 of 356 


96
jarayonini bosqichlarini (logik) mantiqiy bog‘liqligini ta’minlaydi.
Rejalashtirish bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Ularni umumlashtirib uch 
bosqichga bo‘lish mumkin.

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin