Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


l0 – bob. Ulgurji tovar aylanishi



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

l0 – bob. Ulgurji tovar aylanishi 
10.1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji savdo uning zaruryati va ahamiyati. 
10.2. Ulgurji tovar aylanishining mazmuni va turlari. 
10.3 Ulgurji tovar aylanishini ko‘rsatkichlari. 
10.4 Ulgurji tovar aylanishi tahlilining maqsadi va bosqichlari. 
10.5 
 
Ulgurji tovar aylanishi ko‘rsatkichlarini rejalashtirish. 
10.1 Bozor iqtidiyoti sharoitida ulgurji savdo uning zaruryati va ahamiyati. 
www.sies.uz
Page 310 of 356 


311
311
Tovar muomalasi jarayonidan iste’mol tovarlarining ishlab chiqarishdan 
iste’mol sohasiga o‘tishi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Dastlab tovarlar 
ulgurji sotilish sohasiga kelib tushadi. Ular muomalasining yakunlovchi 
bosqichi savdoning chakana bo‘g‘iniga mansub bo‘ladi. Shu tarzda, iste’mol 
tovarlari muomalasi jarayoni ikkita o‘zaro bog‘lik, qismlar - ulgurji va chakana 
savdodan tashkil topadi. 
Ulgurji savdo keng ma’noda iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalari 
harakatining turli shakllarini, shuningdek, ular harakati jarayonida yuzaga 
keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. U ishlab chiqarish vositalarining 
bir 
ishlab 
chiqarish 
korxonasidan 
boshqasiga, 
tovarlarning 
ishlab 
chiqarishdan 
muomala 
sohasiga, 
shuningdek 
tovarlarning bir 
savdo 
korxonasidan boshqasiga va nihoyat qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda xom-
ashyolarining qishloq xo‘jalik korxonasidan iste’molchilar (sanoat va savdo 
korxonalari)ga harakati bilan bog‘lik,. 
Ushbu munosabatlar muayyan davlat ichida amalga oshadi. Ma’lumki, 
xozirgi jaxon iqtisodiyoti rivojining o‘ziga xos xususiyati, mamlakatlar o‘rtasidagi 
jahon iqtisodiy integratsiyasining takomillashib borayotganligidir. Xalkaro 
mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi bilan davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar, xususan xalqaro savdo aloqalari rivojlanib bormoqda. Alohida 
mamlakatlar o‘rtasidagi borcha oldi-sotdi bitimlari ulgurji savdo shaklida amalga 
oshiriladi.
Iste’mol tovarlari ulgurji savdosining zarurati shundaki, ishlab chikarilgan 
buyumlar bevosita shaxsiy iste’mol sohasiga kelib tushmaydi. Chunki, ishlab 
chiqarish va iste’mol zamon va makon nuqtai nazaridan bir-biridan farqlanadi. 
Iste’mol tovarlari ulgurji sotilishi natijasida muomala sohasidagi savdo 
bo‘g‘inlari orqali shaxsiy iste’molga harakatini davom ettiradi. 
Ulgurji savdodan farqli ravishda, iste’mol tovarlarining chakana savdosi 
tovarlarni bevosita shaxsiy iste’mol sohasiga o‘tkazadi va muomaladan chiqaradi. 
Ulgurji savdo yirik partiyalarda amalga oshiriladi. Bunda tovarlar oxirgi 
iste’molchilarga sotilmaydi. Shuning uchun, ulgurji savdoda tovarlar bir nechta 
www.sies.uz
Page 311 of 356 


312
312
bo‘g‘inlardan o‘tishi mumkin, ya’ni bir necha bor sotilishi mumkin. Chakana 
savdoda esa tovarlar oxirgi iste’molchilarga bir marta sotiladi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida sobiq Ittifoq mamlakatlarida 
ulgurji savdoga bo‘lgan qiziqish birdan so‘ndi, ko‘plab alohida savdogarlarning 
paydo bo‘lishi natijasida ulgurji savdo tarmoqlari parchalanib ketdi,
ularning ko‘pchiligi faoliyat ko‘rsatmayapti. Bularning barchasi aniq, ob’ektiv 
holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘tish davri bilan bog‘liq va davriy harakterga ega. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ulgurji savdo mamlakat 
miqqyosidagi tovar muomalasi jarayonida, shuningdek keng ko‘lamli tashki savdo 
munosabatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
ulgurji savdoning iqtisodiy ahamiyati g‘oyat 
katta bo‘lib, bu uning xususiyatlari va 
u bajaradigan funksiyalar bilan aniqlanadi. 
Ulgurji savdoning xususiyatlari va funksiyalari birinchi navbatda, zamon 
va makon nuqtai nazaridan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar oralig‘ida 
joylashganligi bilan aniqlanadi. 
Ulgurji 
savdoning 
xususiyatlariga 
tovarlarning 
ishlab 
chiqarish 
assortimentidan savdo assortimentiga aylantirish, shuningdek savdo bitimlarining 
keng ko‘lamda ishlatilishini kiritish mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda «Supermarket» tipidagi yirik chakana savdo 
korxonalari keng tarqalgan. Supermarketlarda ham katta miqdordagi 
tovarlar buyicha bitimlar amalga oshiriladi. Biroq, bu ulgurji savdoning 
ahamiyatini zarracha ham kamaytirmaydi, balki bunda ulgurji va chakana 
savdoning funksiyalari uyg‘unlashib ketadi. Ushbu supermarketlar 
 
ulgurji 
savdoning muayyan funksiyalarini bajaruvchi yirik ulgurji omborlariga ham ega 
bo‘ladilar. Umuman olganda, supermarketlar ulgurji - chakana savdo 
funksiyalarini bajaradi. 
Ulgurji savdoning muhim xususiyatlaridan yana biri, unda yagona turdagi 
tovarlar yoki bir tipdagi muayyan tovarlar bilangina savdo qilishga 
ixtisoslashadi (masalan, kitoblar). Ayrim ulgurji savdo korxonalari juda kichik 
hajm dagi bitimlar tuzish a sosida muvaffaqiyatli xo‘jalik faoliyatini amalga 
www.sies.uz
Page 312 of 356 


313
313
oshirmoqdalar. Biroq ulgurji savdoning ushbu xususiyati savdo bitimlarining har 
tomonlama va keng ko‘pchililik xususiyatlari bilan solishtirilganda, ikkinchi 
darajali bo‘lib qaraladi. 
Ulgurji 
savdoning 
xususiyatlari 
ular 
ishtirokchilarini 
harakatlantiruvchi mexanizmlarning o‘ziga xosligida ham ko‘zga tashlanadi. 
Amaliyotda harid qilishning ikkita motivi va shunga muvofiq tovarlarni sotib 
olishdan ikkita maqcad ko‘zlanadi. 
Birinchisi - haridor tovarlarni shaxsiy iste’molini qondirish yoki sanoat 
qayta ishlab chiqarish buyicha manfaatlarini qondirish maqsadida sotib oladi. 
Ikkinchi motiv va maqsad - tovarlar qayta sotish uchun harid kilinadi. Shunday 
qilib, ulgurji savdo korxonalari tovarlarni sanoat iste’molini qondirish yoki qayta 
sotish uchun jalb qiluvchi mijozlar bilan ishlaydi. 
Ulgurji 
savdoning 
chakana 
savdodan 
farqlantiruvchi 
asosiy 
xususiyatlaridan yana biri, u bajaradigan iqtisodiy va tashkiliy – texnik 
funksiyalarining keng ko‘lamligidir. Ulgurji savdoning bu funksiyalari ishlab 
chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan, 
tovarlarni saqlash hisoblanadi. Ulgurji korxonalarda ombor xo‘jaligining 
mavjudligi kichik ishlab chiqaruvchi va chakana savdo korxonalari uchun katta 
ahamiyatga ega. Ulgurji savdo korxonalarining tovarlarni saqlash funksiyasini 
bajarish bir tomondan, ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini yirik 
Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin