Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 
 
9.5.2 Tovar zahiralarini kvartallar bo‘yicha rejalashtirish 
Texnik-iqtisodiy hisoblar orqali rejalashtirilgan yilning IV kvartaliga 
aniqlangan tovar zahiralar normativi va joriy yilning IV kvartali normativi asosida 
rejalashtirilgan yilning I, II, III kvartallari uchun tovar zahiralari normativi so‘m va 
kunlar hisobida aniqlanadi. 
Buning uchun rejalashtirilgan yilning IV kvartal normatividan joriy yilning 
IV kvartal normativini ayirib tashlash yo‘li bilan tovar zahiralarini o‘zgarish miqdori 
so‘m hisobida aniqlanadi. Asosiy maqsad I, II, III kvartallarga yuqorida aniqlangan 
farqni taqsimlash yo‘li bilan ushbu kvartallar uchun tovar zahiralari normativini 
aniqlashdan iborat. 
Ushbu farqni taqsimlash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi. 
Birinchi usul agar kvartallar tovar aylanishi hissasi keskin farq qilmasa ushbu 
farq bir xil miqdorda taqsimlanadi. Ya’ni uni to‘rtga bo‘lib, IV kvartal joriy yil 
normativiga qo‘shilsa I kvartal rejalashtirilgan yil normativi aniqlanadi. I kvartal 
normativiga farqni qo‘shib II kvartal normativi va II kvartal normativiga yana farqni
qo‘shib III kvartal normativi aniqlanadi. 
І
ar kvartal uchun aniqlangan normativlar summasini tegishli kvartalning 1 
kunlik tovar aylanishiga bo‘lish orqali tovar zahiralarining kun hisobidagi normativi 
hisoblanadi. 
Ikkinchi usul agar kvartallar tovar aylanishi hissasi keskin farq qilsa 
ishlatiladi. Bunda tovar zahiralari (IV kvartal joriy va rejalashtirilgan yillari) farqi 
kvartallararo har bir kvartalning yillik tovar aylanishidagi hissasiga nisbatan 
taqsimlanadi va qolgan jarayon birinchi usul tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu usullarni ishlatilish tartibini quyidagi shartli misolda ko‘rib chiqamiz.
www.sies.uz
Page 305 of 356 


306
306
Masalan: 1. joriy yilning IV kvartaliga normativ-1520 ming so‘m. 
2. Rejalashtirilgan yilning IV kvartaliga normativ-1620 ming so‘m 
Normativlar farqi = 1620-1520=100 ming so‘m 
Birinchi usul bo‘yicha normativlarni aniqlaymiz: 
1. Normativlar farqini o‘rta taqsimlash miqdori=100:4=25 ming so‘m
2. Rejalashtirilgan yilga tovar zahiralari normativi: 
2.1 I kvartalga = 1520+25=1545 ming so‘m 
2.2 II kvartalga = 1545+25=1570 ming so‘m 
2.3 III kvartalga = 1570+25=1595 ming so‘m 
2.4 IV kvartalga = 1595+25=1620 ming so‘m
3. Rejalashtirilgan yilga chakana tovar aylanishi: 
3.1 I kvartalga 1530 ming so‘m, bir kunligi 1530:90=17,0 ming so‘m
3.2 II kvartalga 1610 ming so‘m, bir kunligi 1610:90=17,9 ming so‘m 
3.3 III kvartalga 1730 ming so‘m, bir kunligi 1730:90=19,2 ming so‘m 
3.4 IV kvartalga 1790 ming so‘m, bir kunligi 1790:90=19,9 ming so‘m 
4. Kvartallar bo‘yicha tovar zahiralar normativi, kunlarda: 
4.1 I kvartalga = 1545:17=91 kun 
4.2 II kvartalga = 1570:17,9=88 kun 
4.3 III kvartalga = 1595:19,2=83 kun 
4.4 IV kvartalga = 1620:19,9=81 kun 
Ikkinchi usul bo‘yicha, ya’ni kvartallarda tovar aylanishi tovar aylanishi 
hissalari keskin farq qilgan holda. Ushbu usul bo‘yicha tovar zahiralari normativini 
aniqlash yo‘lini quyidagi jadvaldagi ma’lumotlar orqali keltiramiz: 
www.sies.uz
Page 306 of 356 


307 
307 
9.5.2.1 jadval 
Tovar zahiralarini normativini kvartallar 
bo‘yicha hisob-kitobi 
(summasi ming so‘m) 
Chakana 
tovar
aylanishi
Tovar zahiralari normativi
Kvartallar 
Jami
Bir kunligi 
Umumiy 
CHTA.da 
kvartallar hissasi, %
Normativlarni o‘zgarish 
miqdori 
summasi 
Kun-
larda 


3=2:90 
4=(2·100)/jamiga 


7=6:3 
1. Joriy yilni IV 
kvartali 
1490 
16,6 

1520 
91,6 
2. Rejalash-tirilgan yil 
IV kvartal 
1820 
20,2 
27,4 
(100·27,4)/100=27,4 
1620 
80,2 
I kvartal 
1530 
17,0 
23,0 
(100·23)/100= =23,0 
1520+23= 
1543 
90,8 
II kvartal 
1610 
17,9 
24,5 
(100·24,5)/100=24,5 
1543+24,5=1567,6 
87,5 
III kvartal 
1700 
18,9 
25,5 
(100·25,5)/100=25,5 
1567,6+25,5=1593,1 
86,1 
Jami 
6660 
18,5 
100,0 
1620-1520=100 


www.sies.uz
Page 307 of 356 


308
308
9.5.3. Tovarlar kelishini rejalashtirish. 
Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichlarini rejalashtirishni oxirgi etapi 
chakana tovar aylanishini tovarlar bilan ta’minlanishini (tovarlarini kelishini) 
rejalashtirishdan iborat. Chunki tovar ta’minoti chakana tovar aylanishini moddiy 
asosini tashkil qiladi. Chakana tovar aylanishi rejasini bajarilishi(umumiy xajmi va 
tarkibi bo‘yicha) asosan tovarlarni keltirilishi va tovar zaxiralarini holatiga bog‘liq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chakana savdo, ommaviy ovqatlanish 
shaxobchalarining soni va ularni tovarlar bilan ta’minlovchilarni soni va doirasi 
juda kengayib ketdi. (Tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdo bazalari, har xil 
darajadagi vositachilar, 8.2.3 paragrafga qaralsin). Ushbu holat chakana tovar 
aylanishini tovar ta’minotini rejalashtirishni murakkablashtirib yuboradi.
Chakana tovar aylanishini tovarlar bilan ta’minlash rejasi chakana tovar 
aylanishi xajmi va assortimenti bo‘yicha rejalar, tovar zaxiralari holati va 
normativlari, iste’mol tovarlari taklifi rejasi (ushbu ko‘rsatkichni rejalashtirish 
8.2.4 paragrafda keltirilgan) kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanishi 
zarur.
Tovarlar ta’minoti(tovarlarni keltirish) rejasini ishlab chiqishda savdo va 
ommaviy ovqatlanish shaxobchalarini tovar ta’minotchilari bilan tuzilgan 
shartnoma (kantrakt) larini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Shu sababli, tovar 
ta’minoti rejasining umumiy hajmi, ayniqsa uning assortimenti tovarlar manbalari 
bo‘yicha tuzilishi zarur.
Tovarlarni keltirish rejasi natural va qiymat ko‘rsatkichlarida aniqlanadi.
Metodologik nuqtai nazardan chakana tovar aylanishini tovar ta’minoti 
rejasi uni assortimentlar bo‘yicha oldin natural ko‘rsatkichlarda hisob kitob qilish, 
ikkinchi bosqichda tovar guruhlari bo‘yicha prognoz qilingan o‘rtacha baholar 
orqali qiymatini aniqlash va uchinchi bosqichda tovar ta’minotini umumiy hajmi 
tovar guruhlari bo‘yicha aniqlangan summalarini jamlash orqali nihoyasiga yetish 
zarur. 
Tovar ta’minotining assortimentlar bo‘yicha rejalashtirishda tovarlarni 
www.sies.uz
Page 308 of 356 


309
309
tabiiy yoki boshqa omillar ta’siri ostida yemirilishi, yo‘qolishi kabilar ham hisobga 
olinishi zarur. Shu bilan bir qatorda savdo shaxobchalari orqali ovqatlanish 
korxonalari va boshqa savdo shaxobchalari, maishiy xizmat korxonalariga 
tovarlarni sotish yoki qayta ishlash uchun jo‘natilishi rejalashtirilgan bo‘lsa,
ushbu ko‘rsatkichlar ham e’tiborga olinishi zarur.
Tovar keltirilishi rejasi aniq hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lishi kerak. 
Ushbu ko‘rsatkichlarni rejalashtirishda texnik-iqtisodiy hisoblash va balans 
usullaridan foydalaniladi (9.1.4 paragrafga qaralsin).
Tovarlar ta’minoti viloyat, Respublika miqqiyosida prognozlashtirish va 
rejalashtirishda iqtisodiy matematik usullardan foydalanish yaxshi natijalar berishi 
mumkin.
Tayanch 
iboralar: 
Tovar 
zaxiralari, 
tovarlar 
kelishi, 
normativ, 
normalashtirish, reja, rejalashtirish, usullar. 
Takrorlash uchun savollar. 
1.
Tovar zaxiralarini normalashtirishda qanday qoidaga rioya qilish kerak? 
2.
Tovar zaxiralarini normalashtirishda qanday usullardan foydalaniladi? 
3.
Joriy tovar zaxiralarini normalashtirish tartibini yoritib bering? 
4.
Joriy tovar zaxiralarini normativini aniqlash formulasini yozing? 
5.
Joriy tovar zaxiralarini kvartallar bo‘yicha rejasini aniqlash usullarini 
ayting? 
6.
Mavsumiy va oldindan yetkazib beriladigan tovar zaxiralari qanday 
rejalashtiriladi? 
7.
Tovarlar kelishini qanday rejalashtiradi?
www.sies.uz
Page 309 of 356 


310
310

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin