partiyalarda sotish va shu bilan bog‘liq, holda katta mikdordagi mahsulotlarni
saqlash harajatlarini tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, chakana savdo
korxonalariga juda kam miqdordagi tovar zahiralari bilan ishlash va joriy talabni
to‘liq qondirish imkonini beradi.
Ulgurji savdoning tovarlarni tashish funksiyasini bajarish ham ishlab
chiqaruvchi, ham iste’molchi korxonalar uchun iqtisodiy jihatdan qulaylik
tug‘diradi. Bunda ishlab chiqaruvchilar ko‘p sonli mijozlarga tovarlarni kichik
partiyalarda yuklab jo‘natish zaruratidan xolos bo‘ladilar.
O‘z navbatida chakana savdo bilan shug‘ulanuvchilar ham alohida
ishlab chiqaruvchilarning barchasi bilan alohida bo‘lib turish zaruratidan kutiladi.
www.sies.uz
Page 313 of 356
314
314
Ulgurji savdo ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar o‘rtasida hisob-kitobni
amalga oshirish funksiyasini ham bajaradi. Bu asosan kichik biznes va chakana
savdo bilan shug‘ullanuvchilar uchun qo‘l keladi. Ulgurji savdo korxonalari
tovarlarni qabul qilib olar ekan, hali tovarlar so‘nggi iste’molchilargacha
sotilmagan bo‘lsada, to‘lovni amalga oshiradi. Ya’ni, tovarlar oxirgi
iste’molchilarga yetib borguncha bulgan davrda ular avanslanadi. Bu ishlab
chiqaruvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlaydi va ular mablag‘lari
aylanuvchanligini tezlashtiradi. Ulgurji savdo uzining hisob-kitob funksiyasi
orqali chakana savdo korxonalari ham tovar operatsiyalari bo‘yicha avanslanadi,
ya’ni (bank o‘rnida) ularning kreditlanishi ta’minlanadi.
Ulgurji savdo korxonalari bozor konyukturasini o‘rganish, shu bilan
birga ishlab chiqaruvchilar, tovarlar harakatini ta’minlovchi alohida bo‘g‘inlar va
oxirgi iste’molchilarni talab va taklifning xajmi haqidagi axborotlar bilan ta’minlash
sohasida ham faol o‘rin egallaydi (axborot funksiyasi, reklama bilan birgalikda).
Bozor iqtisodiyoti amal qiladigan xorijiy mamlakatlarda hozirgi kunda
ulgurji savdo bilan ishlab chiqaruvchilarning ulgurji firmalari, ti j o ra t u l g u rj i
t a s h ki l o t la r i , a g e n t l a r v a b r o ke rl a r shug‘ullanmokdalar. Ishlab chikarilgan
tovarlarni
o‘zining
ulgurji
savdo
firmalari
orkali
sotish
elektronika,
avtomobilsozlik, mashinasozlik kabi soha korxonalarida keng tarqalgan. Tijorat
ulgurji tashkilotlari tovarlarga egalik huquqini qulga kiritadi, shuningdek, har xil
iste’mol tovarlari bilan shug‘ullanadi. Agentlar va brokerlar - bular vositachilar
sanalib, ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchilar hisoblanadi. Birok, bular
tovarlarga egalik huquqini qo‘lga kiritmaydilar. Agentlar bilan brokerlarning
farqi shundaki, birinchisining faoliyati doimiylik asosida bo‘lsa, ikkinchisiniki
vaqtinchalik (bir martalik) dir.
Respublikamizda xozirgi kunda xalq, iste’mol tovarlari ulgurji savdosi
bilan «o‘zbeksavdo» konserni va «o‘zbekbirlashuv» korporatsiyasining ulgurji
bazalari, ayrim Vazirliklar, davlat muassasalari, shuningdek xususiy
korxonalar, qo‘shma korxonalar, xorijiy ta’minotchilar va boshqalar
shug‘ullanmokdalar. Shular bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotiga o‘tish
www.sies.uz
Page 314 of 356
315
315
sharoitida muomala sohasida ulgurji savdoning shakli sifatida birjalar ham
muhim o‘rin egallaydi.
Respublikada ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi brokerlar
kontoralari va agentlar, shuningdek, aksiyalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi
brokerlar kontoralari faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston respublikasida 1992 yil iyulda «Birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunning qabul qilinishi respublikada
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yangi bosqichini belgilab berdi. Ushbu qonunda
birja faoliyatini tashkil etish va boshqarishning huquqiy jihatlari o‘z aksini topgan.
qonunda birja tushunchasiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, birja deganda
oldindan belgilangan joyda va muayyan vaqtda birja tovarlarning erkin _ulgurji
savdosiga sharoit yaratuvchi yuridik shaxc sifatida faoliyat tushuniladi.
Birja tovarlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
mol-mulk, shu jumladan ko‘chmas mulk;
-
xizmatlar;
-
mahsulotlarni yetkazib berish tug‘risida bitimlar;
-
intellektual mulk;
-
qimmatli qog‘ozlar;
-
valyuta mablag‘lari;
- tovarlar.
Yer osti boyliklari, suv, boshqa tabiat resurslari, milliy, madaniy va tarixiy
boyliklar hamda shu kabi hukumat tomonidan belgilangan tovarlar birja
savdosining predmeti bo‘la olmaydi.
Ixtisoslashuv harakteriga ko‘ra birjalar quyidagicha turlarga bo‘linadi:
-
tovar birjalari (ixtisoslashgan yoki universal);
-
valyuta birjalari;
-
fond birjalari;
-
tovar-fond birjalari;
-
intellektual mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi birjalar;
-
aralash birja.
www.sies.uz
Page 315 of 356
316
316
Birja faoliyatlari quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
-
o‘tkazish usullari va vaqtlari aniq belgilash yo‘li bilan birja
savdosi samaradorligini ta’minlash;
-
birja tovarlari bozorini shakllantirish;
-
erkin tashkil topuvchi bozor narxlari shakllanishi;
-
savdoning erkin va oshkora tarzda o‘tkazilishi;
- tasdiqlangan qoidalar asosida erkin kelishuvlarni ro‘yxatga olish;
- tovarlar narxining kotirovkasini o‘tkazish va bu haqdagi
axborotlarni chop etish;
-
monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilish.
hozirgi kunda o‘zbekistonda quyidagi birjalar faoliyat yuritmokda:
o
respublika tovarlar va xom-ashyolar birjasi, shuningdek
ularning viloyatlardagi filiallari;
o
respublika fond birjasi va uning viloyatlardagi
brokerlik kontoralari;
o
respublika ko‘chmas mulk birjasi va uning viloyatlardagi
filiallari;
o
respublika valyuta birjasi.
O‘zbekiston Respublikasi tovarlar va xom-ashyolar birjasi yirik birja
bo‘lib hisoblanadi. U respublikada yuqori likvidlik tovarlar va xom-ashyolarni
sotish jarayonini bozor mexanizmlari orqali tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tovarlar va xom-ashyolar birjasining respublika
birjalar tovar aktivlari bo‘yicha tovar aylanishidagi hissasi (2006 yil) 90% ni
tashkil qiladi.
Ushbu birja tarkibida 250 ga yaqin savdo maydonlari mavjud bo‘lib, ular
o‘zbekiston hamda yaqin va uzoq chet ellari hududlarida joylashgan. Uning
tovar aktiviga paxta tolasi va ipi, neft mahsulotlari, shakar, mineral o‘g‘itlar,
qora va rangli metallar, polietilen, bug‘doy uni va boshqalar kiradi.
Birjada savdo elektron, valyuta savdo maydonlari, internet seti hamda
maxsus savdo maydonlari orqali amalga oshiriladi.
www.sies.uz
Page 316 of 356
317
317
Birja keng brokerlik va analitik – axborotlar xizmatlarini bajaradi. Undan
brokerlik joylarini sotib olish uchun respublika va chet el kompaniyalariga keng
imkoniyat yaratilgan (bitta brokerlik joyi 50 A
Є
SH dollari turadi).
O‘zbekiston Respublikasi tovarlar va xom-ashyolar birjasini savdo
madonlari o‘zbekistonning barcha viloyatlari va qoraqolpog‘istonda, Rossiya,
qozog‘iston, qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Latviya davlatlari
hududlarida joylashgan.
Matlubot kooperatsiyasi ulgurji savdosi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Bu matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kooperativ ulgurji savdosida tub o‘zgarishlar yuz
bermokda.
Kooperativ ulgurji savdoni matlubot kooperatsiyasining ajralmas tarkibiy
qismi sifatida o‘rganish zarur. Uning maqsadi va vazifalari ham matlubot
kooperatsiyasining umumiy maqsadi vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi.
Shuning uchun uning barcha xo‘jalik faoliyati matlubot kooperatsiyasi
ustavida keltirilgan bo‘lishi va ustavdan kelib chiqqan holda shakllantirilishi
lozim.
Kooperativ ulgurji savdosining boshqa ulgurji savdo korxonalaridan
farqlantiruvchi xususiyatlaridan biri, matlubot kooperatsiyasi faoliyatining ko‘p
tarmoqli harakterga ega ekanligi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida matlubot kooperatsiyasiga qarashli chakana
savdo korxonalariga, ommaviy ovqatlanish va boshqa soha korxonalariga
tovarlarni ulgurji sotish bilan shug‘ullanishi kerak.
Matlubot
kooperatsiyasi
tizimiga
qarashli
chakana
savdo
shaxobchalari ko‘p sonli va tarqoq joylashgan. Shuningdek, ular keng
assortimetli iste’mol tovarlari savdosi bilan shug‘ullanadi. Bu esa kooperatsiyaga
xizmat ko‘rsatuvchi universal ulgurji zvenolarning mavjud bo‘lishini talab qiladi.
Matlubot kooperatsiya ulgurji savdosiga quyiladigan asosiy talab shundan
iboratki, ular qishloq, aholisi ehtiyojidan kelib chiqqan holda markazlashtirilgan
www.sies.uz
Page 317 of 356
318
318
tartibda, uzluksiz ravishda kichik partiyalarda chakana savdo korxonalarini
tovarlar bilan ta’minlash imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Matlubot kooperatsiyasi ulgurji savdosi uning tizimi ichida amal qiladi.
Ya’ni, u qishlok, joylarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
o‘z tizimidagi chakana savdo va boshqa tarmoqlarni tovarlar bilan ta’minlaydi.
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevraldagi
«O‘zbekistan Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji harid qilish va
realizatsiya qilish tizimini rivojlantirish to‘g‘risida»gi 98-sonli qaroriga muvofik,
«O‘zbekbirlashuv»
tarkibida
meva-sabzavotlar
ulgurji
savdosi
bilan
shug‘ullanuvchi «O‘zulgurmevasabzavot» respublika aksionerlik kompaniyasi
tashkil etildi. «O‘zulgurmeva-sabzavot» AK ning asosiy vazifasi
quyidagilar hisoblanadi: meva-sabzavotlarni g‘amlash, saralash, qadoqlash va
ularni qayta ishlash korxonalariga hamda aholiga ulgurji sotish, meva-sabzavot
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish, ushbu mahsulotlar savdosi
bo‘yicha xorij firmalari bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirish.
«O‘zulgurjisabzavot» AKining meva-sabzavot mahsulotlarini g‘amlash
va sotish bo‘yicha asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, tumanlarda joylashgan ulgurji
tayyorlov-sotish korxonalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga erishishi va bozor iqtisodiyoti
munosabatlarini shakllantirishi munosabati bilan ichki savdoni tashkil qilish, uni
rivojlantirish jarayonida ijobiy va salbiy tendensiyalar, tarkibiy siljishlar,
shakllarining o‘zgarishi kabi xodisalar ro‘y berdi. Ularni asosiylariga to‘xtalib
o‘tamiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni
savdoda monopol faoliyat uchun shart sharoit tug‘dirib turgan tashkiliy tarkibiy
tuzulmalarni bartaraf qilishdan boshlandi. Davlat va kooperativ savdoda Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish kabi ishlar jadallik bilan amalga
oshirildi.
Respublikada o‘tkazilgan islohalar natijasida savdo sohasidagi davlat va
kooperativ tizimi barham topdi. Ularning o‘rniga turli mulk shaklidagi kichik
www.sies.uz
Page 318 of 356
319
319
biznes va xususiy tadbirkorlikka taaluqli savdo korxonalari va shaxobchalardan
iborat xizmat sohasi vujudga keldi. Ularning umumiy soni oxirgi 15 yilda 10
baravarga ortdi. Ular uchun yaratilgan erkinlik, savdo jarayonini soddalashtirish,
nozoratni kamaytirish ular faoliyatini kengaytirishga keng yo‘l ochib berdi.
Mustaqillik yillarida ichki savdoda o‘tkazilgan tarkibiy o‘zgarishlar
natijasida Respublika chakana savdo aylanishi ko‘rsatkichida 1991 yili davlat
savdosining hissasi 47,5 % tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib, uning hissasi
1,1 % tashkil qildi, chakana tovar aylanishini 98,8% nodavlat sektorga, jumladan,
fuqarolarning shaxsiy mulkiga asoslangan savdoning hissasiga 85,3% to‘g‘ri
keladi. Savdo sohasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllanadi va ular
Respublika savdosida asosiy o‘rinni egallaydi. Savdoning yangi shakli, ya’ni
xususiy savdo shakllanadi. Eski markazlashgan holda tovar taqsimoti o‘rniga
yangi bozor mexanizmi vujudga keldi, tovar oldi sotdi jarayonida raqobat muhiti
shakllandi.
Savdoda vertikal boshqaruv tizimi barham topdi. Baholar erkinlashtirildi.
Xo‘jalik aloqalari bozor iqtisodiyotiga moslashtirildi. Tashkiliy tuzilmalar
butunlay yangi tartibda tuzildi. Vazirlik va boshqarmalar yo‘q qilindi. Xususiy
firmalar, yakka tartibdagi savdo shaxobchalari vujudga keldi. «O‘zbeksavdo»
aksioner
kompaniyasi,
«O‘zbekbirlashuv»
aksionerlik
kompaniyasi,
«O‘zulgurjisavdoinvest» uyushmasi, viloyatlarda «Matlubotta’minotsavdo»
aksionerlik kompaniyasi, tumanlarda, tuman «Matlubotsavdo» savdo ishlab
chiqarish kooperativlari tashkil qilindi.
Ushbu ijobiy tendensiyalar bilan bir qatorda savdo sohasida salbiy
o‘zgarishlar ham kuzatilmoqda. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Birinchidan, mahsulot yetkazib berishning markazlashgan tizimining
bekor qilinishi munosabati bilan savdo shaxobchalariga aksariyat hollarida
tovarlar mayda ulgurji vositachilar orqali bazalardan keltirilmoqda. Natijada
tovarlarni siljitish bo‘g‘inlari ko‘payishi, bahoni nazorat qilib bo‘lmaydigan
darajada ortib borishi, tovarlarning sifatini nozorat qilib bo‘lmaydigan holatlar
vujudga keldi. har xil yo‘llar bilan chet ellarning (Xitoy, Turkiya, Eron va bosh.)
www.sies.uz
Page 319 of 356
320
320
sifatsiz tovarlari ichki bizorni to‘ldirish hollari kuzatilmoqda.
Bugungi kunda ulgurji va chakana savdoda tovarlarni qabul qilishda
sifatini tekshirib olish, ularni saqlash, sotish jarayonlarida sotishga ta’luqli
qoidalarga rioya qilmaslik holatlarini ko‘plab uchratish mumkin.
Ikkinchidan,
Respublikada
mulkni
xususiylashtirish
va
Davlat
tasarrufidan chiqarish jarayonida matlubot kooperatsiyasining ulgurji savdo
bazalari va chakana savdo shaxobchalari ko‘p hollarda asossiz sotilib yuborildi.
Natijada qishloq joylarining olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li xududlarda
yashovchi aholiga zarur tovarlar yetkazish muammosi vujudga keldi.
Uchunchidan, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ahvoli
yomonlashuvi aholini tovarlar bilan ta’minlash jarayonini buzilishini asosiy
sababi savdo jarayonidan ulgurji savdoni barham topganligida. Iste’mol tovarlari
ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdoning shartnomaviy aloqalari uzilib
qoldi. Bejiz emas Respublikamiz Prezidentini «Ulgurji va chakana savdoni
liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
chora-tidbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 23 fevral Farmoni va shu yil 6 martdagi
«Ulgurji savdo uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarorini qabul
qilinishi.
Ushbu Farmon va qaror asosida respublikamiz viloyatida xududiy ulgurji
savdo bazalari, Respublikada esa «O‘zbekulgurjisavdoinvest» uyushmasi tashkil
qilindi.
2006 yil davomida uyushma tizimida yettita ixtisoslashgan respublika
baza – kontorasi, 17 ta oziq-ovqat va 13 ta nooviq-ovqat tovarlari bilan savdo
qiluvchi hududiy universal ulgurji savdo bazalari tashkil etildi.
І
ozirgi kunda «O‘zulgurjisavdo invest» tomonidan tuzilayotgan
shartnoalar tovar ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo korxonalari doirasini
kengaytirish oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining muhim turlari, birinchi
navbatda, qishloq aholisiga uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash, 2010
yilgacha ulgurji bazalar sonini 78 taga yetkazish, ikkinchi bosqichda
mintaqalarda ixtisoslashtirilgan, tumanlarda esa universal bazalarni tashkil etish
www.sies.uz
Page 320 of 356
321
321
vazifasini bajarishni maqsad qilib qo‘ygan.
Butun jahon amaliyotida xususiy savdo ham uyushtirilgan holda
tashkillashtirilgan. Bizning fikrimizcha, Prezidentning yuqorida keltirilgan
Farmoishi
va
qarori
Respublikamizda
savdoni
uyushtirilgan
holda
tashkillashtirishga asos soladi.
Respublikada savdoni takomillashtirsh masalasi hukumatning dolzarb
vazifasi darajasiga ko‘tarildi.
2006 yil 4 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda
«Respulikaga chetdan tovarlar olib kelish va sotishni tartibga solish, ichki
iste’mol bozorini mamlakat sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar
bilan to‘ldirish va mahalliy tovar ishlab chiqaruvilar faoliyatini rag‘batlantirish,
ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirsh uchun qulay
shart-sharoishlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar
to‘g‘risida»gi masala muhokama qilindi. Bu yig‘ilishda qishloq xududlarida
uyushgan savdo korxonalarining faoliyati yetarli darajada tashkil etilmaganligi,
oqibatda, ayniqsa olis cho‘l zonalari, borish qiyin bo‘lgan tog‘li xududlarga
asosiy turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini yetkazib berishda
buzilishlar ro‘y berayotganligi, ishlab chiqarishdan tovarlarni ulgurji harid qilish
va ularni chakana savdo shaxobchalariga yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy
munosabatlar yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etilgan.
«O‘zulgurjisavdo invest» baza - idoralari, ulgurji savdo korxonalari
ushmasini tashkil etishdan maqsad – ishlab chiqaruvchilar, ulgurji baza va
chakana
savdo
tarmoqlari
o‘rtasida
o‘zviy
shartnomaviy
aloqalarni
mustahkamlab, xalqimizni ehtiyojidan va talabidan kelib chiqqan holda
Respublika aholisiga, hususan, qishloq, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar
kundalik zarur bo‘lgan, Respublikamizda ishlab chiqarilgan hamda chetdan
keltiligan tovarlarni eng qulay sharoitda va arzon narxlarda yetkazib berishni
tashkil etishdan iborat.
Uyushmaga ichki iste’mol bozorida marketing tadqiqotlari olib borish,
mamlakatimiz korxonalari bilan barqaror savdo aloqalari o‘rnatish, sanoat va
www.sies.uz
Page 321 of 356
322
322
oziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish
masalalari bilan shug‘ullanish vazifasi qo‘yilgan.
Uyushma faoliyatining pirovard maqsadi – iste’molchilarga chakana
savdo tarmog‘i orqali barcha zarur mahsulotlarni yetkazib berish.
To‘rtinchidan, savdo korxonalari va shaxobchalari iste’mol tovarlarani
ishlab chiqarish holati, aholining holati to‘g‘risida axborotlarga ega emas, ularni
o‘rganish masalasi bilan shug‘ullanmaydi. Bizning fikrimizcha talab va
taklifning
hajmini,
tarkibini,
joylashishini,
o‘zgarish
tendensiyalarni
o‘rganadigan maxsus (chet ellardagi kabi) tashkilotlar yoki ilmiy-tadqiqot
muassasalari tashkil qilish vaqti keldi. Xozirgi kunda bunday dolzarb masalani
hal qilish «o‘zulgurjisavdo invest» uyushmasi zimmasiga yuklatilgan.
10.2. Ulgurji tovar aylanishining mazmuni va turlari.
Ulgurji tovar aylanishi ulgurji savdo korxonalarining asosiy ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Uning hajmi, tarkibi va tovar harakatining shakllariga bog‘lik, holda
ulgurji savdo korxonasi xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi
(harajatlar, daromadlar, foyda va h,.k.). Ulgurji tovar aylanishi tovarlarning
iqtisodiy aylanmasini yakunlamaydi, balki ularning iste’molchilar tomon
davomli harakatini aks ettiradi. Ulgurji tovar aylanish deganda, korxona va
tashkilotlar tomonidan muayyan vaqt oralig‘ida boshqa korxona va tashkilotlarga
keyinchalik qayta sotishi yoki qayta ishlashi uchun sotilgan tovarlar hajmi
tushuniladi. Ya’ni, ulgurji tovar aylanishi deganda, korxonalarda sotilgan barcha
tovarlar hajmi emas, balki qayta sotish hajmi nazarda tutiladi.
Ulgurji tovar aylanishi quyidagi belgilari bo‘yicha farqlanadi:
o
tovar resurslarining belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha;
o
ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga tovar
harakatining shakllariga qarab;
o
yetkazib berilgan tovarlar uchun sanoat korxonalari, ulgurji
va chakana savdo korxonalari hamda boshqa iste’molchilar
www.sies.uz
Page 322 of 356
323
323
o‘rtasidagi hisob-kitoblar harakteriga ko‘ra.
Tovar resurslari yo‘nalishiga qarab ulgurji tovar aylanishi quyidagilarga
bo‘linadi: haridorlarga tovarlar sotish bo‘yicha ulgurji tovar aylanishi; viloyatlar
o‘rtasidagi ulgurji tovarlar aylanishi; turli savdo bilan shug‘ullanuvchi tizimlar
o‘rtasidagi ulgurji tovar aylanishi; tizim ichidagi ulgurji tovar aylanishi.
Haridorlarga tovarlarni sotish bo‘yicha ulgurji tovar aylanishi mazkur
ulgurji korxona tomonidan bevosita chakana savdo va boshqa (ommaviy
ovqatlanish korxonalariga, sanoatga qayta ishlash uchun, sanoat iste’moli va
boshqa
maqsadlar
uchun)
haridorlarga
ulgurji
tovar
so tishni(harakterlayd i)tavsiflayd i.
Viloyatlar o‘rtasidagi ulgurji tovar aylanishi bir viloyatdan boshqasiga
shartnomalar va bir martalik bitimlar asosida tovarlar sotishni ifodalaydi.
Tizimlar o‘rtasidagi ulgurji tovar aylanishiga turli savdo tizimlariga
qarashli ulgurji bazalar o‘rtasidagi (masalan, «o‘zbeksavdo» va «o‘zbekbirlashuv»
konsernlari ulgurji bazalari o‘rtasida) ulgurji tovar aylanishi kiradi. Tizim
ichidagi ulgurji tovar aylanishi bir tizimga qarashli ulgurji bazalarning ulgurji
operatsiyalar xajmini ifodalaydi (masalan, «O‘zbekbirlashuv» tizimidagi ulgurji
bazalar o‘rtasidagi).
Ulgurji tovar aylanishiga ulgurji savdo korxonalari bilan boshqa
mamlakatlar korxona va tashkilotlari orasidagi ulgurji operatsiyalar hajmi ham
kiradi. Amaliyotda bunday operatsiyalar, mazmun jihatidan davlatlararo ulgurji
tovar aylanish tushunchasiga yaqin bo‘lsada, tashqi iqtisodiy operatsiyalar
(eksport, import) sifatida qaraladi.
www.sies.uz
Page 323 of 356
324
324
10.3 Ulgurji tovar aylanishini ko‘rsatkichlari.
Ulgurji
tovar
aylanishining
asosiy
ko‘rsatkichlari
kuyidagilardan
iborat bo‘ladi:
Ø
ulgurji tovar aylanishining umumiy hajmi;
Ø
ombor ulgurji tovar aylanishi;
Ø
tranzit ulgurji tovar aylanishi; (to‘langan tranzit va
to‘lanmagan tranzit).
Ø
tovar zahirasi (davr boshiga va oxiriga);
Ø
tovarlarni kelishi;
Ushbu ko‘rsatkichlar barchasi tovar assortimenti bo‘yicha ham hisob kitob
va tahlil qilinadi, rejalashtiriladi, prognozlashtiriladi.
Tovar zahiralari tushunchasi, turlari ko‘rsatkichlari chakana savdodagi
bilan o‘xshash bo‘lib, ularni savdoda chakana tovar aylanishi
o‘rniga
ulgurji
ombor tovar aylanishi, hamda mayda ulgurji tovar aylanishi ko‘rsatkichlari
(agarda amalda bo‘lsa) ishlatiladi. (Chakana tovar aylanishi mavzusiga qaralsin).
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bir - biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda,
chunki ularni bir qismi resurs, ya’ni taklif ko‘rsatkichlarini ifoda qiladi, ikkinchi
kismi esa talab mikdorini belgilaydi. Shu sababli ularni o‘zaro bog‘liqligi tovar
www.sies.uz
Page 324 of 356
325
325
aylanish balansida o‘z ifodasini topadi. Tovar aylanish balansi formulasi quyidagi
shaklda yoziladi:
Dostları ilə paylaş: |