6 - bob. SAVDO KORXONALARINING RESURSLARI
6.1. Savdo korxonalarining asosiy fondlari
6.1.1. Resurslar tushunchasi va tarkibi
6.1.2. Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi
6.1.3. Asosiy fondlarning ko‘rsatkichlari
6.1.1. Resurslar tushunchasi va tarkibi
Resurs – fransuzcha «ressources» so‘zidan kelib chiqib, vosita, zahira,
imkoniyat, biror-bir narsani, boyliklarni manbaasi mazmunini bildiradi.
Jamiyatda resurslar har xil turlarga bo‘linadi.
Iqtisodiyot nazariyasida resurslarga tegishli ishlab chiqarish vositalari
(mehnat qurollari va mehnat predmetlari); ishlab chiqarish kuchlari (ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi); kapital (moliyaviy kapital), (asosiy kapital,
aylanma kapital) kabi tushunchalar ishlatiladi.
Statistikada, buxgalteriya hisobida asosiy fondlar (asosiy vositalar), aylanma
fondlar, (aylanma vositalari, aylanma mablag‘lar), moddiy aktivlar, nomoddiy
aktivlar, ishchi kuchi, moddiy resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi
tushunchalar ishlatiladi.
Umuman resurslar tushunchasiga kelsak – ular jamiyat zaruriyati uchun
moddiy va ma’naviy bosqichlarni ishlab chiqarishga jalb qilishi mumkin bo‘lgan
tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qudratlarni majmuasi bo‘lib, ular jamiyat
bilan tabiatni o‘zaro aloqasi orqali insoniyat jamiyatini taraqqiyot darajasini
ta’minlaydi.
www.sies.uz
Page 102 of 356
103
Jamiyat miqiyosida tabiiy resurslar (havo, yer, suv, yer osti resurslari,
o‘rmonlar va h.k.) energetik resurslar, moddiy resurslar, mehnat resurslari,
moliyaviy resurslar va ma’naviy resurslar kabi tushunchalar ham mavjud.
Iqtisodiyotda resurslar tushunchasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish omillari
tushunchasi ham ishlatiladi.
Ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiradi:
1.
«Yer» - tabiiy resurs sifatida, mehnat quroli, mehnat vositasi sifatida va
mulk ob’ekti sifatida.
2.
«Kapital» - moddiy va moliyaviy resurslar sifatida.
3.
«Mehnat» - ishchi kuchi, mehnat resurslari va tadbirkorlik sifatida.
Umuman olganda resurslar ishlab chiqarish omillarini o‘zaro aloqasi, o‘zaro
ta’siri orqali yaratiladi, shakllanadi.
Resurslar tushunchasi ishlab chiqarish omillaridan kengroq. Chunki resurslar
ishlab chiqarishga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
ma’naviy qudrat majmuasi bo‘lsa, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarishga jalb
qilingan resurslar majmuasidir va inson uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy
boyliklarni yaratuvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Insoniyat hayotida doimo chegaralangan imkoniyatlar va chegaralangan
resurslarga duch keladi. haqiqatda har bir insonni alohida olib qarasak uni
imkoniyatlari chegaralanganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan shaxsning jismoniy,
intellektual, makon va zamondagi imkoniyatlari chegaralangan. Xuddi shunday,
jamiyatda, tabiatda va koinotdagi insonlar foydalanadigan (havodan tashqari)
barcha resurslar chegaralngan.
Butun jamiyatda resurslar chegaralangan, chunki tabiiy, moddiy, mehnat,
moliyaviy va boshqa resurslar son jihatidan va sifat jihatidan chegaraga ega.
Bejiz emaski, iqtisodiy fanlar, avvalom bor, iqtisodiyot nazariyasi uchun
chegaralangan resurslardan moddiy boylik yaratish, uni iste’mol uchun aholi
o‘rtasida taqsimlashda insonlarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish asosiy
vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Savdo korxonalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida, moddiy,
www.sies.uz
Page 103 of 356
104
mehnat va moliyaviy resurslari kabi tushunchalar ishlatiladi. Ular savdo
korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tashkil qiladi.
Savdo korxonalari faoilyatini o‘rganishda asosiy va aylanma fondlar,
moddiy va nomoddiy aktivlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslar kabi iqtisodiy
kategoriyalar ishlatiladi. Savdo korxonasini barcha resurslarini quyidagi 6.1.1.1-
chizmada ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |