127
Aylanma mablag‘lar bilan savdo korxonasini ta’minlanganligi
1. Ushbu ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Tovar aylanishini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi. Chakana tovar
aylanishi (ulgurji tovar aylanishi, ommaviy ovqatlanish korxonasini tovar
aylanishi)da aylanma mablag‘larning hissasi, jumladan alohida o‘z mbalag‘larini
hissasi.
Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun aylanma mablag‘lar (o‘z mablag‘lari)
summasi «100,0» ga ko‘paytirilib tegishli tovar aylanish summasiga bo‘linadi.
2. Aylanma mablag‘lar normasini ta’minlanishi – normalashtiriladigan
aylanma mablag‘larning haqiqiy summasini belgilangan norma bilan solishtirmasi.
Ushbu ko‘rsatkich yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni absolyut ayirmasini topish
(haqiqiy summadan normani ayirib tashlash) va haqiqiy summani «100,0» ga
ko‘paytirib normativga bo‘lish orqali aniqlanadi.
3. Aylanma mablag‘larni o‘z mablag‘i bilan ta’minlanishi.
Ushbu
ko‘rsatkich bir tomondan, aylanma mablag‘lar holatini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich
sifatida ishlatilsa, ikkinchi tomondan korxonaning o‘z mbalag‘lari
bilan
ta’minlanganligini ham ifodalaydi.
4. Aylanma mablag‘larni tovar aylanishini ta’minlashi, kunlar hisobida.
Ushbu ko‘rsatkich biror muddatdagi (kvartal boshi yoki yilning boshidagi)
aylanma mablag‘lar summasini kelgusi davrning (kvartal yoki yil) bir kunlik tovar
aylanish sumasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Tovar aylanishini (sotib olish
qiymatida, ya’ni savdo ustamasisiz olinadi) bir kunligi uni davr kunlariga (kvartal
bo‘lsa – 90 kun, yil bo‘lsa – 360 kun) bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan birinchi ko‘rsatkich tovar aylanishini aylanma
mablag‘lar bilan biror davrda necha foizga ta’minlanganligini ko‘rsatadi, to‘rtinchi
ko‘rsatkich esa biror muddatdagi mavjud aylanma mablag‘lar
necha kunlik tovar
aylanishini ta’minlashi mumkinligini ifodalaydi.
www.sies.uz
Page 127 of 356
128
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash uchun
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Aylanma mablag‘larni (yoki o‘rtacha tovar zahiralarini) aylanish
koeffitsiyenti (Kay. yoki Kz.a) marotaba hisobida.
;
.
−
−
−
=
Dostları ilə paylaş: