Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi



Yüklə 457,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.01.2022
ölçüsü457,75 Kb.
#43779
1   2   3   4   5   6   7
ichki sekresiya bezlari fiziologiyasi

Qalqonsimon bez. 

 

Qalqonsimon 

bez 

barcha 


umurtqalilarda 

bo'ladi. 

Sut 

emuzuvchilarning  bo'yni  sohasida,  qalqonsimon  tog'ayning  ikki  yonida 



joylashgan  bo'lib,  shaklan  qalqonga  o'xshab  ketadi.  Bu  bez  o'zaro 

tutashgan  ikki  bo'lakchadan  iborat.  Qalqonsimon  bezning  hajmi  har  xil 

turdagi  hayvonlarda  turlicha  bo'lib,  bir  turdagi  hayvonlarda  ham  bir 

muncha  farq  qiladi.  Uning  kattaligi  hayvonning  yoshi,  jinsi, 

organizmning  holati,  yilning  fasli  va  bir  qator  omillarga  bog'liq. 

Jumladan,  ser  sut  qoramollarda  bu  bez  og’irligi  23-41,  go’shtdor 

shoxlilarda esa 21-36, cho’chqalarda 12-30, arxarlarda  20-35, qo'ylarda  

4-7 grammni tashkil qiladi. 




  Qalqonsimon  bez  qon  bilan  benihoya  yaxshi  ta'minlanib  turadi. 

Masalan, itlar organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bezlar orqali 

bir kunda 16 marta aylanib, oqib o'tadi.  

Bezning  parenximasi  va  stromasi  bo'lib,  parenximasi  o'ziga  xos  

follikulalardan  tashkil  topgan.  Bu  follikulalarning  devori  sekretor 

epiteliydan  tuzilgan.  Sekretor  hujayralar  uzluksiz  ravishda  maxsus 

kolloid  modda  ishlab  chiqaradi.  Shu  sababli  follikulalarning  ichi  o’sha 

kolloid  moddalar  bilan  to'la  turadi.  Bu  kolloid  gidrolizlanganidan  so'ng 

qon  va  limfaga  o'tadi.  Follikulalarning  orasida  biriktiruvchi  to'qima 

bo'lib, u bezning  stromasini tashkil qiladi. 

Qalqonsimon 

bezning 


asosiy 

gormonlari: 

tiroksin, 

va 


triyodtironinlar  bo’lib  ularning  tarkibida  yod  bor.  Gormon  bezda 

quyidagicha  sintezlanadi:  Organizmga  o'zi  bilan  kiradigan  yodning 

asosiy  qismi  qonga  so'rilgandan  keyin  qalqonsimon  bezga  keltiriladi. 

Bez  hujayralari  uni  ushlab  qoladi.  Bu  yerda  anorganik  yo'd 

sitoxromoksidaza 

va 


peroksidaza 

fermentlarining 

ishtirokida 

molekulalar    yodgacha  oksidlanadi.  So'ngra  taxminan  ikki  soat 

davomida  yod  tirozin  aminokislotasi  bilan  birikadi.  Oqibatda 

monoyodtirozin 

va 

diyodtirozin 



molekulalari 

hosil 


buladi. 

Tetrayodtirozin  tiroksin  gormoninig  o'zidir.  Hozir  aytilgan  yodli 

birikmalar  bezning  follikulalarida  oqsillar  bilan  birikib,  tireoglobulin 

degan  kompleks  birikma  molekulalarini  hosil  qiladi.  Tireoglobulin 

murrakkab glyukoproteiddir. Uning molekulasida 10 ta polipeptid zanjiri 

bor.  Tarkibida  yodlangan  aminokislotalardan  tashqari  glyukoza, 

galaktoza,  mannoza  ham  saqlanadi.  Tireoglobulin  follikulalarning 

ichidagi kolloidda yig'iladi, ayni vaqtda uning ma'lum qismi parchalanib 




ham turadi. Shunda triyodtirozin va tetrayodtirozin - tiroksin hosil bo'lib, 

qonga  so'riladi.  Ular  qondagi  oqsillar  bilan  birikadi  va  tegishli  to'qima 

hamda  organlarga  tashiladi.  Keyingi  vaqtlarda  olingan  malumotlarga 

qaraganda  triyodtirozin  va  tetrayodtirozin  to'qimalarda  oksidlanib, 

dezaminlanadi. 

Oqibatda  triyodtiroatsetat  va 

triyodtiropropinant 

kislotalar  hosil  bo'ladi.  Bular  tiroksin  va  triyodtironinga  qaraganda  80-

300 baravar faolroqdir. 

Tiroksin  va  triyodtironin  to'qimalarda  shu  birikmalar  holida  ta'sir 

qiladi  deb  hisoblanadi.  Qalqonsimon  bez  gormonlari  organizmning 

o'sishi,  rivojlanishida,  unda  oqsillar,  yog'lar,  uglevodlar,  suv  va  tuzlar 

almashinuvida  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  gormonlar  energiya 

almashinuviga,  nerv  tizimi,  yurak  va  jinsiy  bezlar  faoliyatiga  ta'sir 

ko'rsatadi.  Qalqosimon  bezda  hosil  bo'ladigan  tiroksin,  triyodtironin  va 

triyodteroatsetat  kislota  va  boshqa  ba'zi  yodli  birikmalar  oksidlanish 

jarayonini,  oqsillar  almashinuvini  tezlashtiradi.  Ayniqsa  hujayralarning 

mitoxondriyasidagi  oksidlanish  jarayonini  faollashtirib,  energiya 

almashinuvini  kuchaytiradi.  Bu  gormonlar  hujayra  fermentlarining 

desilfed 

guruhlarini 

sulbigidril 

guruhlarga 

aylantirib, 

ularni 

faollashtiradi.  Organizmda  qalqonsimon  gormonlari  yetishmay  qolgan 

paytda asosiy almashinuv pasayadi. Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv 

ushlanib  qoladi.  Oqibatda  shish  hosil  bo’ladi,  -  suv  shishlari  deb 

shularga  aytiladi.  Qonda  kalsiy  miqdori  kamayadi,  jinsiy  faoliyat 

pasayadi.  Urg'ochi  hayvonlarda  ovulyatsiya  va  urug'lanish  jarayonlari 

kuzatilsa-da,  rivojlanayotgan  embrion  bo'g'ozlikning  boshidayoq  halok 

bo'ladi. 




Umuman olganda, bu bezning gormonlari embriogenezda benihoya 

katta  ahamiyatga  ega.  Qalqonsimon  bez  gormonlari  yetishmaganida 

(gipofunksiyasida)  yosh  bolalar  va  hayvonlar  o'sishdan,  rivojlanishdan 

qoladi, suyaklanish jarayonlari buziladi. 

 


Yüklə 457,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin