Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi



Yüklə 457,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix02.01.2022
ölçüsü457,75 Kb.
#43779
1   2   3   4   5   6   7
ichki sekresiya bezlari fiziologiyasi

1-rasm. Gipofiz bezidan somatotropin ko’p ishlanib chiqqanda odam 

bo’yining normadan ortiqcha o’sishi-gigantizm, bu gormon kam hosil 

bo’lagnda bo’y o’smay qolishi-nonizm (pakana) holatining ko’rinishi. 

 

Odamlarda  bu  bezlarning  bolalikdan  sust  ishlashi  (gipofeoz) 



kretinizm  kasalligini  paydo  bo'lishiga  sabab  bo'ladi.  Bu  paytda  bo'y 

o'smaydi,  uning  og'zi  doimo  ochiq  bo'lib,  tili  chiqib  turadi.  Chunki  til 

haddan  tashqari  o'sib  ketib  og'izga  sig'may  qoladi.  Voyaga  etmagan 

hayvon  va  odamlarning  qalqonsimon  bezi  yetarlicha  ishlamasa, 

Miksedema  kasalligi  paydo  bo'ladi.  Bu  vaqtda  asosiy  almashinuv 

pasayadi,  oqsillar  almashinuvi  buziladi,  onkotik  bosim  oshib  ketadi, 

to'qimalarda  suv  ushlanib  qoladi,  suv  shishlari  paydo  bo'ladi. 

Organizmda  yod  kamchiligi  paytida  bo'qoq  kasalligi  avj  oladi.  Bu 




paytda  bez  to'qimasining  yetarlicha  ishlamayotganligi  tufayli  u 

gipertrofiyalanib,  katta  bo'lib  ketadi,  follikulalari  ko'payadi,  ammo, 

ajralayotgan  gormonlarning  miqdori  kam  bo'ladi.  Chunki  ularning 

sintezlanishi  uchun  yod  yetishmaydi.  Infitireoid,  ya'ni  qalqonsimon  bez 

gormonlarining  faolligini  susaytiradigan,  moddalar  bor.  Bular  qatoriga 

tiomochevina,  tionratsil,  metiltionratsil  va  qalqonsimon  bezda 

gormonlarning  hosil  bo'lishini  tormozlaydigan  ko'pgina  sulfanilamid 

preparatlar  kiradi.  Ular  anorganik  yod  molekulalarini  yodgacha 

oksidlovchi, tirozining yodlanishuvida, uning triyodtironin va tiroksinga 

aylanuvida  ishtirok  etadigan  fermentlarning  faolligini  pasaytiradi.  Bu 

moddalar  ta'sir  qilganda  organizmda,  xuddi  qalqonsimon  bez  olib 

tashlanganda kuzatiladigan o'zgarishlar ro'y beradi. Ammo bu moddalar 

qonda  mavjud  bo'lgan  va  tashqaridan  kiritiladigan  gormonlarga  ta'sir 

qilmaydi. Tireoid gormonlar organizmga kiritilganda oqsillar, yog'lar va 

uglevodlar  tez  parchalanib,  ko'p  sarf  bo'ladi.  Oqibatda  ajralayotgan 

suyuqlikda  azot  asosan  mochevina  hisobiga  ko'payadi.  Manfiy  azot 

muvizanati  kuzatiladi.  Jamg'arilgan  yog'  ko'p  miqdorda  kamaya  boradi. 

Tiroksin  kiritlganda,  yog'  depolaridagi  yog'ning  miqdori  70%  gacha 

kamayib  ketadi,  qonda  xolesterin  ozayadi.  Jigar  va  muskullardagi 

glikogenning  parchalanishi  tezlashib,  qonda  qand  miqdori  bir  oz 

ko'payadi.  Oqibatda  organizmning  fizik  vazni  kamayib,  ozib  ketadi. 

Diurez  ko'payadi.  Ma'lum  normada  tiroksin  kiriturish,  sut  beruvchi 

hayvonlarning  sut  mahsuldorligini,  sutning  yog’liligini  oshiradi. 

Tovuqlar patining o'sishini yaxshilaydi, tuxum ko'payadi.  




 

2-rasm. Odam qalqonsimon bezi. 

 

O’sayotgan  bolalar  tishining  normal  o'sib  chiqishi,  to'qimalarning 



regeneratsiyasi,  yaralarning  tuzalib  bitib  ketishi  ham  shu  gormonlarga 

bog'liq. Bu gormonlarning markaziy asab tizimining funksional holatiga 

ta'sir qilishi diqqatga sazovordir. 

Organizmga uzoq vaqt davomida tiroksin kiritilib turgan hayvonlar 

qo'zg'aluvchan,  tinch  turmaydigan,  oyoq  muskullari  tinmay  titraydigan 

bo'lib  qoladi.  Qalqonsimon  bezi  olib  tashlangan  hayvonlarda  shartli 

reflekslarning  hosil  bo'lishi  qiyinlashadi.  Narkoz  yuborilib,  miya 

po'stlog'idagi  qo'zg'alish  jarayonlari  pasaytirilsa,  organizmga  tiroksin 

yuborilishi asosiy almashinuvni oshirmaydi. Bu tireoid gormonlar  miya 

po'stlog'i faoliyatiga katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Tiroksin 

bosh  miya  retikulyar  formatsiyasida  to'planadi  degan  ma'lumotlar  bor. 

Tiroksin  bevosita  bosh  miyaga  yuborilganda  asosiy  almashinuv,  uni 

qonga yuborgan paytdagidan ko'proq kuchayadi. Normada qalqonsimon 

bez faoliyatining kuchayishi, ya'ni fizologik giperfunksiyasi hayvonning 

bo'g'ozlik,  laktatsiya  (sut  berish)  davrlarida  kuzatiladi.  Bu  bezning 

giperfunksiyasi buyrak usti  bezining faolligini bir  muncha tormozlaydi. 




Fiziologik  gipofunksiya  (bez  faoliyatining  normadan  pasayishi),  qishda 

uyquga kiradigan hayvonlarda ularning qishki uxlash vaqtida kuzatiladi. 



Tireokalsitonin.  Qalqonsimon  bezda  tireokalsitonin  degan  gormon 

ham  hosil  bolishi  keyingi  paytlarda  isbotlandi.  Tirekalsitonin    ichiga 

o'tmaydigan  bo'lgani  uchun  ularning  ichidagi  kolloid  suyuqlikning 

tarkibida  uchramaydi.  Bu  gormon  32  aminokislotadan  tashkil  topgan 

polipeptid  bo'lib,  tarkibidagi  aminokislotalarning  joylashish  tartibi  turli 

hayvonlarda  har  xildir.  Tireokalsitonin  qonda  kalsiy  va  fosforning 

miqdorini  kamaytiradi.  U  suyaklardan  qonga  kalsiy  chiqarilishiga 

to'sqinlik  qilib,  siydik  bilan  fosforning  ko'p  chiqarilishiga  sabab  bo'ladi 

va parotireoid bezlarning gormoni bo'lmish paratgormonning antogonisti 

hisoblanadi.  Tireokalsitonin  qonda  kalsiy  ko'payib  ketganda  sezilarli 

miqdorda  ajralib,  qon  ion  tarkibining  ma’lum  miqdorda  saqlanishida 

katta rol o'ynaydi. 




Yüklə 457,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin