Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi


Qalqosimon bez yonidagi (paratireoid)



Yüklə 457,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix02.01.2022
ölçüsü457,75 Kb.
#43779
1   2   3   4   5   6   7
ichki sekresiya bezlari fiziologiyasi

Qalqosimon bez yonidagi (paratireoid) 

bezchalarning ichki sekretsiyasi. 

 

Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya'ni 



paratireoid bezchalar bor. Oval yoki dumaloq shaklda bo'ladigan bu bezchalar 

ko'pchlik sut emizuvchi hayvonlarda to'rtta bo'ladi. Ular aksar qalqonsimon 

bez yonidan joy oladi-yu, lekin ba'zi hayvonlarda shu bez to'qimasi bilan 

bevosita tutashgan holda ham uchraydi. Asosiy paratireoid bezchalardan 

tashqari, qo'shimcha bezchalar ham uchrab turadi. Paratireoid bezchalarda 

ikki xil hujayra bor: bosh hujayralar va atsidofill hujayralar. Bosh 

hujayralarning sekretor faoliyati isbotlangan, atsitofill hujayralarni funksiyasi 



esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar simpatik asab tizimi tolalari bilan 

ta'minlanadi. Ammo, adashgan nervdan parasimpatik tolalar ham oladi.  

Paratireoid bezchalar ishlamay qo’yganda nimalar ro'y berishi otlar, itlar 

ustida shu bezchalarni olib tashlab o’tkazilgan tajribalarda o'rganildi. Itlarda 

to'rtala bezlarning hammasi olib tashlansa, ikki-uch sutka o'tgandan so'ng itlar 

ishtahasi yo'qolib, juda qiyinlik bilan yuradigan, bosh va tanasining ayrim 

muskullari tinmay titrab turadigan bo'lib qoladi. Bu titroq vaqt o'tishi bilan 

tobora kuchayaveradi va keyinchalik hayvon tanasining boshdan-oyog'iga 

tarqalib, umumiy talvasaga aylanadi, talvasa tutishi tobora tezlashaveradi va 

oxirida it halok bo'ladi. 

 

43-rasm. Kalsiy almashinuvida paratgormon va kalsitoninning 

ahamiyati. 

1-qalqonsimon bez, 2-qon tomirlari, 3-suyak, 4-buyrak, 5-hazm yo’llari. 

Paratgormon kalsiy so’rilishini kuchaytiradi, kalsitonin gormoni esa susaytiradi 

 



Paratireoid  bezchalar  to'la  olib  tashlanmasa,  hozir  aytib  otilgan 

hodisalar kamroq darajada namoyon bo'ladi, ammo shunda ham hayvon 

ozib  ketadi,  junlari  to'kilib  shilliq  pardalariga  qon  quyiladi,  meda  va 

ichaklarida  uzoq  vaqt  davomida  tuzalmaydigan  yaralar  paydo  bo'ladi. 

Paratireoid  bezchalar  olib  tashlangandan  keyin  titroq  (tetaniya)  paydo 

bo'lish  muddati  va  nechog'li  namoyon  bo'lish  darajasi  ozuqaga  ham 

bog'liq.  Jumladan,  paratireoid  bezlari  olib  tashlangan  itlarga  go'sht 

berish  titroq  paydo  bo'lishini  tezlashtirsa,  sut  va  o'simlik  ozuqalarini 

berish  tetaniyaning  kechroq  to’tishiga  sabab  bo'ladi.  Chunki  o'simlik 

dunyosidan  olingan  ozuqalar  va  sut  tarkibida  kalsiy  go'shtdagiga 

qaraganda  ko'proq,  fosfor  kamroqdir.  Paratireoid  olib  tashlangandan 

keyin  kuzatiladigan  kasallik  belgilarining  go'shtxo'r  hayvonlarda  o'txo'r 

hayvonlardagiga  qaraganda  kuchliroq  avjiga  chiqishiga  sabab  ham  shu. 

Paratireoid  bezlarning  hammasini  butunlay  olib  tashlash  barcha  turdagi 

hayvonlarda  ham  ertami-kechmi  albatta  o'limga  olib  kelishini  aytib 

o'tish  kerak.  Bo'g'ozlik,  laktatsiya  kabi  fiziologik  jarayonlar  paytida 

organizmning  kalsiyga  bo'lgan  ehtiyoji  oshadi.  Demak,  paratireoid 

bezlarni  shu  davrda  olib  tashlash  zo'r  tetaniya  tutushiga  sabab  bo'ladi. 

Paratgormon  yetishmasligidan  paydo  bo'ladigan  tetaniya  yosh 

hayvonlarda  voyaga  etgan  hayvonlardagiga  qaraganda  kuchliroq  bo'lib 

o'tadi.  

Organizmga  kalsiy  to'planib  qolishiga  sabab  bo'ladigan  moddalar  - 

kalsiy  va  vitamin  Dni  yetarli  miqdorda  berib  turish  tetaniya  paydo 

bo'lishiga  vaqtincha  to'sqinlik  qiladi.  Paratireoid  bezchalardan  ishlanib, 

qonga  o'tib  turadigan  paratgormon  oqsil  modda  bo'lib,  organizmda 

kalsiy  va  fosfor  almashinuvining  boshqarilishida  ishtirok  etadi.  Bu 




gormon  etishmaganda  qonda  kalsiy  kamayadi.  Odatda,  organizmda 

paratgormon  suyak  to'qimadan  belgili  miqdordagi  kalsiyning  qonga 

chiqib  turishini  va  shu  tariqa  qondagi  kalsiy  miqdorining  normal 

darajada  saqlanishini  ta'minlaydi.  Bundan  tashqari,  paratgormon 

ichaklardan  kalsiyni  qonga  so'rilishini,  buyrak  kanalchalarida  kalsiy 

reabsorbsiyasini  kuchaytiradi,  suyaklarda  asteoklastlarning  ko'payishini 

ta'minlaydi. 

Natijada  qonda  kalsiy  miqdori  odatda  doimo  ma’lum  miqdorda 

(normada  9-12  mqr  %  atrofida)  saqlanib  turadi.  Paratgormon  siydik 

bilan  fosfatlar  chiqishini  kuchaytiradi.  Paratireoid  bezchalar  olib 

tashlanganda  yoki  ular  faoliyati  buzilganda,  paratgormon  etishmay 

qolishi  tufayli  qonda  kalsiy  miqdori  kamayib  7  haftada  5  mqr  %  ga 

tushib  qoladi.  Fosfatlar  ko'payib  ketadi.  Bu  esa,  miya  po'stlog'i 

funksional  holatining  buzilishiga  olib  keladi.  Orqa  miya  uzunchoq 

miyaning  qo’yirog'idan  kesib  qo'yilsa,  tetaniya  hodisalari  to'xtaydi. 

Paratgormon  hayvonga  ichirilganda  uning  aksariyat  qismi  oshqozon-

ichak  tizimida  faolligini  yo'qotadi.  Shuning  uchun  ham  bu  gormonni 

qonga  yuborish  yaxshi  natija  beradi.  Paratgormon  uzoq  vaqt  davomida 

organizmga  ko'p  miqdorda  yuborilsa,  yoki  paratireoid  bezlarning 

funksiyasi  kuchayib  ketsa,  organizmda  kalsiy  va  fosfor  almashinuvi 

buziladi.  Qonda  kalsiy  miqdori  ko'payib,  muskullarning  ish  qobiliyati 

pasayadi,  organizm  tez  charchaydigan  bo'lib  qoladi.  Siydik  va  axlat 

bilan  kalsiy  ko'p  ajratiladi.  Paratgormon  -  organizmga  paydar-pay 

ko'plab  yuboriladigan  bo'lsa,  buyrak  faoliyati  buzilib,  organizm  halok 

bo'lishi mumkin. 




Yüklə 457,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin