Ichki va tashqi faollik haqida tushuncha Reja


Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizatsiyasi haqida tushuncha



Yüklə 57,3 Kb.
səhifə4/12
tarix22.09.2022
ölçüsü57,3 Kb.
#63983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ichki va tashqi faollik haqida tushuncha Reja

Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizatsiyasi haqida tushuncha .Tashqi real ish – xarakatdan ichki xolatga o`tishdagi bunday jarayon INTERIORIZATSIYA /ichki xolatga o`tish/ deyiladi. Xuddi shu kabi tashki predmetli faoliyatni ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyasi natijasi deb karashimiz mumkin.
Miya kelajakni qanday qilib «oldindan ko`rishi» va hali bajarilmagan harakatlarning natijasi psixikasida qanday qilib aks etishi mumkin? Buning uchun atrofdagi olamning bitta printsipial xususiyati - uning qonuniyati tufayli imkoniyat tug`iladi. Bundan undagi turli xil hodisalar muayyan doimiy bog`lanishlar va munosabatlar orqali bog`langan, undagi narsalar esa ma'lum bir shart-sharoitlarda namoyon bo`ladigan muayyan muqarrar xususiyatlarga va tuzilishga ega bo`ladi (olov doimo kuydiradi; tundan so`ng hamisha kunduz keladi; jismning tezligi ishlatilgan kuchga mutanosib bo`ladi; qo`shiluvchi sonlarning o`rni almashtirilgani bilan yig`indisi o`zgarmaydi va hokazo).
Ob'ektlar bilan hodisalar o`rtasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlar ob'ektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb ataladi. Aynan ob'ektlar va hodisalarda muayyan muhim va barqaror xususiyatlar hamda qonuniyatlarning mavjudligi ma'lum bir sharoitlarda ularning «fe'li-atvorini», ya'ni u yoki bu ta'sirotlar ostida ularning bo`lg`usi o`zgarishlarini oldindan bilish va shu asosda harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda yo`naltirib turish imkonini beradi. Tashqi, konkret faoliyat bu holda go`yo ichki, timsoliy faoliyat tarzida his etiladi. Ob'ektlar ustida bo`ladigan konkret harakatlar ushbu ob'ektlarning muhim xususiyatlari ustida olib boriladigan timsoliy (psixik) jarayonlar bilan almashtiriladi, ya'ni narsalar bilan bajariladigan jismoniy jarayonlar ularning mohiyatini tasavvur qilgan holda yuz beradigan xayoliy jarayon bilan almashtiriladi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o`tish jarayonini interiorizatsiya (tom ma'nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma'lum bir vaqt ichida uning nazari e'tiborida bo`lmagan narsalarning timsolida foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqariga chiqib, «xayolida» o`tmishga va kelajakka, vaqtga va bo`shliqqa erkin ko`chib o`tadi. Kishining harakati hayvonning butun xatti-harakatini belgilab beradigan yuqoridagidek tashqi vaziyatga xuddi qul kabi qaramlikdan qutuladi.
Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihatlariga qadar to`la bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki, bunday o`zgarishning muhim quroli bo`lib suz, o`zgarish vositasi bo`lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi, So`z buyumlarning muhim xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o`zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham so`zlarni to`g`ri ishlatishga o`rganish ayni chog`da buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning usullarini o`zlashtirishdan iboratdir. Kishi so`z orqali butun insoniyatning, ya'ni o`zidan oldingi o`nlab va yuzlab avlodlarning, shunnngdek o`zidan yuzlab va minglab kilometr uzoqdagi kishilar va Jamoaning tajribasini o`zlashtirib oladi.
So`zlarni va umuman narsalarning munosabatini bildiradigan real timsoldarni qo`llash narsalarning o`zi bevosita bo`lmagan hollarda tegishli munosabatlar haqidagi axborotdan foydalannshga shuning uchun ham imkoniyat yaratadi, jamiyat amaliyotida shakllangan tajriba va bilimlar, timsollar va talablar yordamida kishi faoliyati va xulq-atvorini yo`naltirib turishga ko`mak beradi.
Shunday qilib, kishi faoliyati juda murakkab va o`ziga xos jarayondir. U shunchaki ehtiyojlarni qondirishdangina iborat bo`lib qolmasdan, balki ko`proq darajada jamiyatning maqsadlari va talablari bilan belgilanadi. Maqsadning anglanilganligi va unga erishish yuzasidan ijtimoiy harakatlar tajribasi bilan bog`liq ekanligi kishi faoliyatining o`ziga xos belgisidir.
Kishi faolilyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog`liqdir. Tashqi jihat - odam tashqi olamga ta'sir ko`rsatish uchun qiladigan sa'i-harakatlar -motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va yo`naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o`zida namoyon qiladigan, ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o`zgartirilishini amalga oshiradigan, psixik andozalarning o`xshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi darajasini ko`rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo`naltirilib va nazorat qilinib turadi.
Biz ichki, psixik faoliyatni tashqi, konkret faoliyatning interiorizatsiyalashuvi natijasi deb hisoblash mumkinligini ko`rib chiqdik. Shunga muvofiq tarzda tashqi, konkret faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma'nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb qarash mumkin.

Yüklə 57,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin