2. Tayyorgarlik ko`rish (taxlil qilish)
|
Anglanilgan tarzda, lekin no`noqlik bilan bajarish
|
Harakatlariing ba'zi qismlarini o`zlashtirib olish; ularni bajarish usullarini tahlil qilish
|
Harakatni bajarish usullarini aniq tushunub yetish, lekin uni noaniq va tuturuqsiz bajarish; ko`plab ortiqcha urinishlar diqqatni juda ham kuchaytirishlar; o`z harakatlariga etiborni qaratish; sust nazarat qilish
|
3.Standartlashtiruvchi (sintez qilish)
|
Harakat qismlarini avtomatlashtirish
|
Oddiy urinishlarni yaxlit bitta harakatga qo`shish va birlashtirish
|
Harakatlar sifatini oshirish, ularni qo`shish ortiqchasini bartaraf etish, natijaga e'tiborni qaratish: nazorat qilishni yaxshilash mushaklar bilan nazorat qilishga ko`chish
|
4. O`zgaruvchan (vaziyatga bog`liq bo`lgan)
|
Vaziyatga mutanosib tarzda moslashish
|
Harakat xususiyatini ixtiyoriy boshqarishni o`rganish
|
Harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nafislik bilan bajarish; maxsus sensor sintezlari asosida nazorat qilish, aqliy (intuitiv) tarzda sintez qilish
|
Alohida bitta malakaning shakllantirilishi hech qachon mustaqil, ajratib olingan holdagi jarayon hisoblanmaydi. Unga odamning bundan oldingi butun tajribasi ta'sir ko`rsatadi va unda ishtirok etadi.
MALAKALAR XOSIL BO`LISHIGA XOS QONUNIYATLAR.
Malakalar xosil bo`lishiga oid bir necha konuniyatlar mavjuddir. Bularning eng asosiylari quyidagilar:
Malakalar xosil bo`lish jarayonidagi notekislik. Malakalar xosil bo`lishida ijobiy yutuklar bilan bir qatorda, ba’zan xato, notugri xarakatlarga ham yul kuyiladi. Ijobiy yutuklarning usishi bir tekisda bo`lmasligi mumkin, ya’ni ma’lum bir darajada ancha vaqt tuxtab, birdan kutarilib ketib va yana vaqtincha pasayishi mumkin. Xar bir takrordan sung, xatolar sonining ozayishi ham shunday notekis bo`ladi.
Malakalarning kuchishi va tormozlanishi.
Bizda malakalar soni kanchalik Ko`p bo`lsa, yangilarini xosil qilish shunchalik oson bo`ladi. CHunki ilgari xosil qilingan malakalar yangisini o`zlashtirishga kuchli ta’sir qiladi. Ilgari mustaxkamlangan malakalarning yangisini xosil qilishga ijobiy ta’sir kursatishi malakalarning kuchishi deb aytiladi. Masalan, bir mo`zika asbobida chalishni bilgan kishi boshqa mo`zika asbobida chalishni ancha oson o`zlashtiradi yoki bir nechta chet tilini bilgan kishi navbatdagisini ancha oson bilib oladi.
Mustaxkamlanib ketgan malakalar yangi malakalar xosil qilishga salbiy yoki tormozlanuvchi ta’sir kursatishi ham mumkin.
Malakaning yuksalishi va pasayishi.
Malakalar yuksalish va pasayib ketish xususiyatiga ham egadir. Agar malakalar takrorlanib, Mashq qilinib turmushda kullanib boraversa u doim yuksalaveradi. Bordiyu malakalar ancha vaqt takrorlanmasa, ular yeskin pasayib ketishi mumkin..
Dostları ilə paylaş: |