Ichki va tashqi faollik haqida tushuncha Reja


Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar



Yüklə 57,3 Kb.
səhifə3/12
tarix22.09.2022
ölçüsü57,3 Kb.
#63983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ichki va tashqi faollik haqida tushuncha Reja

Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar. Xar qanday predmetli ish – xarakat bir qancha harakatlardan tashkil topadi.
Biror faoliyatni bajarishdagi barcha harakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va xolatlarni to`zatish qobiliyatidan maxrum bo`lgan kasallar xatto eng oddiy ish-xarakatni ham muvoffakiyatli bajara olmaydi. Ular stakanni stoldan olishda, ogizga olib kelishda xatolarga yo’l qo’yadilar.
Nazorat qanday yo`l bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari /ko`rish, eshitish, muskul sezgi va boshqalar/ orqali amalga oshiriladi. CHunki xar bir ish – xarakatni bajarayotganimizda barcha xarakatlarimizni ko`zimiz orqali yoki eshitish sezgimiz orqali tekshirib turamiz.
Albatta, xarakatni boshqarish va nazorat qilishda bosh miya ham katta rol o`ynaydi. Xar qanday xarakat o`zining oxirida oladigan natijasining maqsadiga qarab boshqariladi va nazorat qilinadi. Bajarilgan xaraktning natijalari uning maqsadi nuktai nazaridan baxolanadi va to`zatiladi. Xar qanday ish xarakatni bajarishdan oldin uning modeli miyada tayyor bo`ladi, ana shu modelga karab u boshqariladi, olingan natija modelga karab baxolanadi.
Faoliyat bevosita psixik jarayonlar bilan bog’liqdir. Psixik jarayonlar aktivlashishi evaziga faoliyat ro`y beradi.
Faoliyat - voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o`rtasida real bog`lanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta'sir ko`rsatadi. Faoliyatda u o`z ichki xususiyatlarini ishga solib va namoyon qilib, narsalarga nisbatan sub'ekt sifatida, odamlarga nisbatan esa shaxs sifatida gavdalanadi. O`z navbatida ularning javobiy ta'sirotini his qilgan holda, u shu yo`l bilan odamlarning, narsalarning, tabiat va jamiyatning haqiqiy, ob'ektiv, muhim xususiyatlarini bilib oladi. Uning qarshisida narsalar ob'ektlar sifatida, odamlar esa shaxs sifatida gavdalandi.
Toshning og`irligini bilish uchun uni ko`tarib ko`rmoq, parashyutning chidamlilignni aniqlash uchun esa unda samolyotdan sakrab ko`rmoq kerak. Kishi toshni ko`tarayotib va parashyutda tushayotib, faoliyat orqali ularning real xususiyatlarini bilib oladi. U ana shu real harakatlarni timsoliy harakatlar bilan almashtirishi, ya'ni «tosh og`ir» deb aytishi yoki parashyutda tushish tezligi va traektoriyasini tegishli formula bo`yicha hisoblab chiqishi mumkin. Lekin hamisha ham ish, amaliy faoliyat birinchi galda turadi. Ushbu faoliyatda faqat tosh yoki parashyutning emas, balki kishining ham o`z xususiyatlari (u nima uchun toshni ko`tardi, parashyutdan foydalandi va hokazo) ham namoyon bo`ladi. Amaliyot kishining nimani bilishi va nimani bilmasligini, uning olamda nimani ko`rayotgan va nimani ko`rmayotganini, nimani tanlab olayotgani va nimani rad etayotganini belgilaydi va ko`rsatadi. Boshqacha so`zlar bilan aytgaada, u kishi psixikasining mazmunini va uning mexanizmlarini belgilab beradi va shu bilan barobar ularni namoyon qiladi.
Faoliyatga yo`llagan maqsad, odatda, yo ko`proq, yo ozroq darajada uzoqlashgan bo`ladi. Shuning uchun ham unga erishish kishi ana shu maqsad yo`lida harakat qila borgan sari uning oldida paydo bo`ladigan qator juz'iy vazifalarning kishi tomonidan izchilik bilan hal etila borishidan tarkib topadi.
Misol uchun, ishchining mehnat faoliyati, jumladan, umuman muayyan bir mahsulotni talab qilingan sifat darajasida ishlab chiqarishdan iborat yagona maqsadga va mo`ljallangan mehnat unumdorligiga erishishga qaratilgan deylik. Bu maqsadni amalga oshirish uchun vaqtning har bir bo`lagi mobaynida ma'lum bir joriy vazifadarni bajarish, masalan, detalni yo`nish, zagotovka (tanavor)ni o`lchab chiqish, xom ashyoni apparatga solish va shu kabilarni muvaffaqiyatli hal etish zarur bo`ladi.
Faoliyatning yolg`iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo`naltirilgan nisbatan tugallangan har bir shunday qismini harakat deb atashadi.
Biz yuqorida keltirgan mehnat harakatlari narsalar bilan amalga oshiriladigan ishlardan iborat. Tashqi olamdagi narsalarning holatini yoki xususiyatlarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni shunday deb atashadi. Narsalar bilan bajariladigan har qanday ish (harakat) makon va zamonda bog`langan muayyan sa'i-harakatlardan tarkib topdi.
Masalan, «a» harfini yozish harakati ruchka (qalam) ga va bir-biriga nisbatan muayyan tarzda joylashgan bosh, ko`rsatgich va o`rta barmoqlar bilan ruchka (qalam) ni bosishdan: so`ngra ruchka (qalam) ni qog`oz ustida ushlab turish va ma'lum bir joyda pero qog`ozga tekkunga qadar pastga tushirishdan; keyin esa peroni yuqoridan o`ngdan chap tomonga qarab va so`ngra soat millariga qarshi yo`nalishda doira shaklida yurgizib, yuqorida yozuv boshlangan nuqtada to`xtash, egilgan chiziq bo`ylab pastga xuruj qildirish, doiraning quyi qismiga yetgan joyda o`ngga qarab burish va chapdan o`ngga qarab yoysimon shaklni chizish bilan tugallashdan tarkib topadi.
Kishining narsalar bilan qiladigan sa'i-harakatlari tahlili shuni ko`rsatadiki, ularning barchasi ham, tashqi rang-barangligiga qaramasdan, qoida tariqasida gavdaning, oyoqlarning va boshning yordamchi sa'i-harakatlari bilan birga qo`shilgan uchta oddiy qismdan - «olish», «ko`chirish», «qo`yib yuborish»dan tarkib topadi. Sa'i-harakatlarning har xil turlarida bu qismlar o`z traektoriyasi, qanchalik davom etishi, kuchi, tezligi, sur'ati (ma'lum bir vaqt mobaynida takrorlanish soni) bilan za ular tananing qaysi bir qismi bilan bajarilishiga qarab farqlanadi. Sifat nuqtai nazaridan sa'i-harakatlar aniqligi, nishonga tegishi, epchilligi va uyg`unlashganligi bilan belgilanadi.
Kishi faoliyatida narsalar bilan qilinadigan sa'i-harakatlardan tashqari tananing o`zini to`tishini va qiyofaning saqlanishini (tik turish, o`tirish va shu kabilar), bir joydan ikkinchi joyga ko`chishini (yurish, yugurish va shu kabilar), aloqa bog`lashini ta'minlaydigan sa'i-harakatlar ham ishtirok etadi. Aloqa qilish vositalariga ifodali sa'i-harakatlar (imo-ishora va pantomimika), ma'noli ishoralar va, nihoyat, nutqiy sa'i-harakatlar kiradi. Sa'i-harakatlarning zikr etilgan turlarida qo`l va oyoqlardan tashqari tanadagi va yuzdagi mushaklar, xiqildoq, tovush paychalari va boshqalar ishtirok etadi.
Shunday qilib, narsalar bilan bajariladigan (yoki boshqa xildagi tashqi) harakatning amalga oshirilishi muayyan sa'i-harakatlar sistemasining amalga oshirilishidan iboratdir. Bu harakatning maqsadiga, ushbu harakatga tortilgan narsaning xususiyatlariga va harakatning shart-sharoitlariga bog`liq bo`ladi.
Jumladan, stakanni olish uchun qalamni olishga qaraganda boshqacharoq tarzda sa'i-harakat qilinishi kerak. Chang`ida yurish piyoda yurishga nisbatan boshqacha sa'i-harakat qilishni taqozo etadi. Og`ir yukning bir joydan ikkinchi joyga ko`chirilishi mushaklarning yengilgina paketni bir joydan ikkinchi joyga olib qo`yishdagiga qaraganda boshqacha tarzda ishlashini shart qilib ko`yadi. Katta mixning qoqilishi mayda mixning qoqilishiga qaraganda boshqacha tarzda ro`y beradi, mixni shiftga qoqish uni polga qoqishga qaraganda sa'i-harakatlarning boshqacha sistemasini talab qiladi.
Yuqorida keltirilgan misollarning barchasida harakatning maqsadi bitta, lekin uning ob'ektlari har xildir. Ob'ektning ayni ana shu har xilligi sa'i-harakatlarning va mushak faoliyatining turli xilda tuzilgan bo`lishini taqozo etadi. Fiziologlar P. K. Anoxin, N. A. Bernshteyn, E. A. Asratyanlarning tadqiqotlari mushaklarning ishi bevosita sa'i-harakat vazifalari bilangina emas, balki hamisha ushbu sa'i-harakat ro`y berayotgan shart-sharoitlar bilan ham boshqarilishini ko`rsatadi. Mushaklar sa'i-harakatlarning mo`ljaldagi yo`nalishini va tezligini ta'min etish uchun o`z faolligini ko`tarilayotgan og`irlik hajmiga, surilayotgan buyumning qarshiligiga, bo`g`imlarning pishanglaridagi orqaga urish kuchiga «moslaydi».

Yüklə 57,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin