3
KIRISH
Har bir odam yoshi, kasb-koridan qat’i nazar, olamni bilishni
istaydi va undagi bu intilish so‘nggi nafasigacha davom etadi.
Adabiyot va san’at esa kishilarning olamni idrok etishi,
hayot
hodisalarini anglashiga yaqindan ko‘maklashadi. Bu jihatdan
hech bir fan san’at va adabiyot bilan raqobat qilolmaydi. Barcha
fanlar birlashganida ham odamlarga hayot murakkabliklari, inson
dunyosi jumboqlari to‘g‘risida adabiyotchalik tasavvur berolmaydi.
Shu bois O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov
jamiyat taraqqiyotida adabiyot alohida o‘rin tutishini qayd etib,
“Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” ekanligi,
uning vositasida yuksak ma’naviyatga erishish mumkinligi, yuksak
ma’naviyat esa hamisha yengilmas kuch bo‘lib qolishini ta’kidlagan
edi. Adabiyotshunoslik yurtboshimiz “Insonni, uning ma’naviy
olamini kashf etadigan qudratli vosita” deb ta’riflagan so‘z
san’atining o‘ziga xos
xususiyatlari, uning qonuniyatlarini ma’lum
etish orqali kishilarning odam va olam to‘g‘risidagi tasavvurini
boyitib, ularning ma’naviyati, ruhiyatini o‘stiradi. Jamiyat esa
hamisha odamlarning ong-ta fakkuri, didi, dunyoqarashiga bevosita
bog‘liq holda taraqqiy etadi. Adabiyot va san’at ham xuddi siyosat,
iqtisod, fan-tex ni ka singari jamiyat hayotiga hamisha ta’sir ko‘rsatadi.
Shu ning uchun ham Bayronning zamondoshi Persi Bishi Shelli
(1792–1822): “Dante, Petrarka, Bokkachcho, Choser, Shekspir,
Kalderon, lordlar – Bekon va Miltonlar bo‘lmaganida,
Rafael va
Mikelanjelo yashamaganida, agar yunon adabiyotini o‘rganish
yo‘lga qo‘yilmaganida, agar antik adabiyot o‘zining e’tiqodlari
bilan nom-nishonsiz yo‘qolganida dunyoning ma’naviy-axloqiy
manzarasini tasavvur qilishning imkoni bo‘lmasdi. Ushbu
rag‘batlarsiz insoniyat tafakkuri na aniq fanlarni yaratishga, na ijod
Adabiyotshunoslikka doir mavjud darslik, qo‘llanma, lug‘atlarga tayanib
tayyorlangan mazkur darslikda so‘z san’atining o‘ziga
xos xususiyatlari,
badiiy asar va uning tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlar, badiiy asar
tili, ijodiy uslublar va ijodkor uslubi, adabiy jarayon to‘g‘risida mulohaza
yuritilgan.
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura bosqichi
talabalariga mo‘ljallangan.
В данном учебнике, подготовленном на основе других существую-
щих учебников, пособий, словарей по литературоведению,
приводят-
ся сведения об особенностях словесного искусства, составных частях
художественного произведения, литературных видах и жанрах, языке
художественного произведения, творческих методах и авторском стиле,
литературных процессах и пр.
Учебник предназначен для студентов бакалавриата и магистратуры
высших учебных заведений.
In this textbook, prepared on the basis
of other existing textbooks,
manuals, dictionaries on literary criticism, information is given on the
features of verbal art, the constituent parts of the work of art,
literary views
and genres, the language of the work of art, creative methods and author’s
style, literary processes.
The textbook is intended for bachelor and master students of higher
educational institutions.