260
261
ruhiyatini ochishda yozuvchi tabiat tasviridan yoki boshqa biror
narsa obrazidan foydalanishi mumkin bo‘ladiki, bu ham bilvosita
psixologizmning ko‘rinishidir. Masalan, “O‘tkan kunlar”
romanida A.Qodiriy Kumushning turmushga berilish xabarini
eshitgan Otabek ruhiyatini “Xo‘ja Ma’oz” qabristoni manzarasi
orqali aks ettirsa, uning Kumush hijronida yashagan paytlardagi
ruhiy holatini “Navo” kuyining sharhida umumlashtirib ifoda-
laydi. Adabiy asarda
xarakter ruhiyatini ochish, umuman,
inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri
personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmog‘ining
ortishi barobarida personaj nutqining obraz yaratishdagi mav-
qei ham kuchaydi. Personaj nutqini individuallashtirish orqali
uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi
ruhiyati haqida o‘quvchiga ko‘p narsalarni yetkazish mumkin.
Dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo‘nda sharhlari
bilan ta’minlanadi. Personajning yuz-ko‘z ifodasi, mimikasi,
undagi fiziologik o‘zgarishlar haqida ma’lumot beruvchi
bu sharhlar juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular o‘quvchiga
personaj nutqini “eshitish”, xatti-harakatlarini “ko‘rib turish”
va shu asosda uning ayni paytdagi ruhiyatini his qilish imko-
nini yaratadi. Adabiyotshunoslikka oid
manbalarda badiiy psi-
xo logizmning dinamik, tipologik va analitik prinsiplari farq-
lab ko‘rsatiladi. Dinamik prinsipda personaj ruhiyati uning
muayyan hayotiy situatsiyalarda o‘zini tutishi, xatti-harakatlari
va gap-so‘zlari orqali ochiladi, mohiyatan bu dramatik asar
personajlari ruhiyatini ochish usuliga o‘xshash, shu bois dina-
mik prinsip ba’zan psixologik tahlilning dramaturgik usuli deb
ham ta’riflanadi. Badiiy psixologizmning tipologik prinsipi
personaj ruhiyatini u shakllangan va
harakatlanayotgan muhit
shart-sharoitlari bilan bog‘lagan, shulardan kelib chiqqan
holda tasvirlashni nazarda tutadi. Analitik prinsip esa personaj
dilidagi histuyg‘ular, ongidagi o‘yfikrlarning ildizlari, tadrijini
jarayon tarzida izchil va atroflicha tasvirlashni taqozo etadi.
Bunda bir hisdan ikkinchi his, bir o‘ydan boshqa bir fikr o‘sib
chiqadi, ular bir-birini to‘ldiradi, sifat jihatidan o‘zgartiradi
va hokazo. Bu esa personaj taqdiri, qarashlari va amallaridagi
keskin burilishlarni tayyorlash va ko‘rsatishga imkon beradiki,
u ba’zan badiiy psixologizmning “qalb dialektikasi” shakli
deb ham yuritiladi. Aytish kerakki, muayyan personaj ruhiyati
tasvirida bu uchala prinsip ham qorishiq holda namoyon bo‘ladi,
ulardan
biri yetakchilik qilgani holda, boshqalari uni to‘ldirish,
konkretlashtirishga xizmat qiladi”.
Badiiy asar tilida bu kabi tasviriy vositalar, ifoda shakllari
ko‘p. Ularning barchasi mazmunning ta’sirchanligini oshirishga
xizmat qiladi. Omonim, sinonim, antonim, ko‘chim, istiora,
metonimiya, allegoriya, sinekdoxa, anafora, antiteza, inversiya
kabilar badiiy asar matnida aralash holda, bir-biriga bog‘liq
tarzda yoki alohida-alohida shaklda namoyon bo‘ladi. Ular
mazmunni ta’sirchan qilishga, qahramonlar ruhiy olamini yorqin
gavdalantirishga yordam beradi.
Izoh: Mazkur mavzuni yoritishda mavjud darslik, qo‘llanma,
lug‘atlardan foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: