IJODIY METOD, YO‘NALISH VA OQIMLAR
San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning
umumiy yo‘llari ijodiy metod deb yuritiladi. Adabiyotshunoslikka
doir darslik, qo‘llanma-lug‘atlarda “ijodiy metod” tushunchasiga
“yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish,
baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo‘llagan asosiy
prinsiplari”, “san’atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy
munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy
asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi”, “turmush hodisalarini
tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi”
deb ta’rif beriladi. Jumladan, D.Quronov, Z.Mamajonov,
M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Metod (yun.
methodos – tad qiq usuli) – 1) ijodiy metod; marksistik estetikaning
aso siy kategoriyalaridan biri, XX asrning 20-yillaridan keng
262
263
ommalashgan va ma’nosi o‘zgarib borgan termin. 30 – 40-yillar
adabiyotshunosligida adabiyot va san’atdagi hayotni badiiy
aks ettirishning asosiy tamoyillari metod deb yuritilib, ikkita –
realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb hisoblangan.
Keyinroq metod deganda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni
bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok
etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni bunda
metod badiiy tafakkur tarzi sifatida tushunilib, ijodkor e’tiborini
voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi
va baholashida namoyon bo‘luvchi hodisa sanalgan. Keyingi
ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini
ilmiy asoslash jarayonida amalga oshgan va mafkuralashgan
sho‘ro adabiyotshunosligida metod tushunchasiga o‘ta muhim
ahamiyat berilgan. Terminning keyingi ma’noda qo‘llanishi
badiiy ijoddagi ikki muhim unsur – metod va uslubni alohida
kategoriyalar sifatida tushunishga imkon bergan. Bunda badiiy
tafakkur tarzini anglatuvchi metodga gnoseologik (ya’ni badiiy
bilish bilan bog‘liq), uslubga esa antropologik (ya’ni ijodkor
shaxsi bilan bog‘liq) kategoriya sifatida qaraladi (uslub).
Adabiyotshunoslikda metod terminini bu ma’noda qo‘llashda
ham turlichaliklar bor. Jumladan, romantizm, realizm, tanqidiy
realizm, sotsialistik realizm kabilar ijodiy metod sifatida
ko‘rsatilsa, klassitsizm ba’zan metod, ba’zan esa adabiy yo‘nalish
sifatida ko‘rsatiladi. Holbuki, klassitsizmda ham o‘ziga xos hayot
materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari
mavjud bo‘lib, bu jihatdan u bemalol metod sanalishi mumkin.
Hozirgi adabiyotshunoslikda ijodiy metod termini qo‘llanishda
passivlashdi; 2) tadqiqot usuli. Bu ma’noda metod badiiy
asar va adabiy jarayonni tadqiq etish tamoyillari va usullarini
bildiradi: biografik metod, qiyosiy metod, sotsiologik metod
va boshqalar” deyilgan. Ularda so‘z san’atida inson dunyosini
badiiy gavdalantirishning ikki yo‘li: romantizm va realizm yo‘li
bor, deb qayd qilinadi. Bunda insonning o‘ziga xos tabiatidan
kelib chiqiladi. Ayonki, odam real hayotga bog‘lanib, o‘zining
orzu-havaslari dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot
tarziga qanoat qilishdan ko‘ra, turmushni o‘zgartirish istagi, uni
yanada yaxshilash havasi hamisha baland turadi.
Ehtimol, shu boisdan, qadimgi dunyo adabiyoti asarlarining
aksariyati romantizmga asoslangan. Yunon dramaturgi Sofokl
mazkur hodisani sharhlab: “Men odamlarni ular qanday bo‘lishi
lozim bo‘lsa, shunday tasvir etaman, u (ya’ni Evripid –A.U.) esa
odamlarni, ular aslida qanday bo‘lsalar, shunday tasvir etadi”,
degan. “Alpomish” dostonidagi Alpomish, Barchin, Qaldirg‘och,
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod kabi obrazlar
ham ajdodlarimizning asl inson haqidagi orzu-xayollarini o‘zida
mujassamlashtirgan.
Asl inson qanday bo‘lishi kerak, degan muammo adabiyotda
azaldan asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun kishilarning
haqiqiy inson haqidagi orzu-havaslarini aks ettiruvchi asar lar
ko‘p yaratilgan. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, hind-
larning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, o‘zbeklarning “Al-
pomish”i, Firdavsiyning “Shohnoma”si, “Xamsa” dostonlari
shundan dalolat beradi. Asl inson haqidagi orzular aksi bo‘lgan
bu asarlar kishilarni yovuzlik, shafqatsizlik, johillik olamidan
uzoqlashtirib, ma’nan ulg‘aytirgan.
Insoniyatda azaldan orzu-havas hissi yuksak bo‘lgani bois
adabiyotda romantizm metodi yetakchilik qilib kelgan. Bu
ijodiy metod, ayniqsa, Sharq adabiyotida ustuvor bo‘lgan. XX
asr boshigacha ham o‘zbek adabiyotida ham romantizm me-
todi asosiy o‘rin tutgan. Albatta, mavjud hayot hodisalariga
mu nosabatni ifodalaydigan, turmush hodisalarini haqqoniy aks
ettiruvchi asarlar ham yozilgan va ularning aksariyati, asosan,
tanqidiy, hajviy ruhga yo‘g‘rilgan. Mavjud hayotga tanqidiy
yondashish esa uni o‘zgartirish, yanada to‘kis, farovon qilish
orzusidan tug‘iladi. Odamlarning orzu-havaslarini ifodalash
romantizm ijodiy metodiga xos xususiyatdir.
Romantizm metodi – hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi
orzular ifodasidir. Bu metodga mansub asarlarda xayoliy
264
265
voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi. Shoir, yozuvchi
o‘z a’moli (ideali)dagi insonni ko‘rsatish uchun qahramonlarini
real hayotdagidan ko‘ra kuchliroq, fidoyiroq, jasurroq qilib
gavdalantiradi. “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi
o‘zida Alisher Navoiyning chin inson haqidagi orzularini
mujassamlashtirgan. Ideal obrazni, ideal hayotni ko‘rsatish
romantizm ijodiy metodining mohiyatini belgilaydi. Shuning
uchun bu xildagi asarlarda voqelik real hayotning o‘zidagidan
ko‘ra boshqacha, ko‘tarinki pafosda ko‘rsatiladi. Fantastik
syujetli, mifologiyaga asoslangan asarlar ham romantizm
metodiga mansubdir.
Adabiyotshunoslikka doir avvalgi darslik, qo‘llanmalarda:
“Romantizm ijodiy metodi juda murakkab hodisa bo‘lib, u XVIII
asr oxiri – XIX asr boshida Yevropa, Amerika adabiyotida paydo
bo‘ldi hamda o‘zidan avval adabiyot va estetikada hukmronlik
qilgan klassitsizmga qarshi kurashda shakllandi va rivoj topdi”,
deyiladi. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, Sharq adabiyotida
azaldan romantizm yetakchilik qilib kelgan. Qadimgi yunon
dramaturglarining jamiyatdagi mavjud tartibni o‘zgartirish
g‘oyasi ilgari surilgan tragediyalari ham, ajdodlarimizning ado-
latli shoh haqidagi orzu-istaklarini ifodalagan ertak, dostonlar
ham romantizm ijodiy metodiga mansubdir. XVIII asr oxiri
va XIX asr boshida Yevropa va Amerika adabiyotida paydo
bo‘lgan, jamiyatdagi mavjud hayot tarzidan qanoatlanmaslikni
ifoda etgan asarlar esa romantizm ijodiy metodining o‘ziga xos
yangi bir ko‘rinishidir. Ular ijtimoiy voqelikni, inson dunyosini
aks ettirishdagi o‘ziga xosliklariga ko‘ra ertak, dostonlardan,
“xamsa”lardan jiddiy farq qiladi. Viktor Gyugo (1802–1885),
Jorj Sand (1804–1876), Bayron (1788–1824) kabi yevropa
adabiyoti namoyandalari asarlarida xuddi Sharq shoirlari doston-
laridagi singari asl inson, adolatli jamiyat haqidagi orzu-istaklar
o‘z ifodasini topgan. Ammo ular xuddi “Farhod va Shirin”,
“Saddi Iskandariy” singari xayoliy voqealarga emas, balki real
hayot voqealariga asoslangan.
Romantizm ijodiy metodiga mansub ushbu asarlarda asosiy
diqqat-e’tibor ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi murosasiz kurashni
ko‘rsatishga qaratilgan. Barcha xalqlarning ertak, dostonlari,
mumtoz adabiyotning aksariyat namunalari romantizm metodiga
mansub bo‘lib, ularda yovuzlikning olamga hukmron bo‘lishga
intilishi va ezgulikning unga qarshi kurashi ko‘rsatiladi. Ayni
asarlarda hayot voqeligi o‘z ko‘rinishida emas, ideal asosida
gavdalantiriladi. Hayot voqeligi va inson obrazini ideal asosida
aks ettirish esa san’atning asosiy xususiyatidir.
San’atning mohiyatini belgilaydigan muhim jihatlardan biri
sanalgan ushbu hodisa to‘g‘risida D.Quronov hammuallifligidagi
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi:
“Ideal, estetik ideal (yun. idea so‘zidan fr. ideal – tasavvur,
tushuncha) – estetika, jumladan, adabiyotshunoslikning muhim
ilmiy kategoriyalaridan biri, go‘zallik, estetik mukammallikning
yuksak darajasi haqidagi his etiladigan konkret-timsoliy shakl-
da aks etuvchi tasavvurlar jami. Jamiyatda yashayotgan har
bir inson ongida mukammal jamiyat, mukammal ijtimoiy mu-
no sabatlar, mukammal inson haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘-
lib, bularning bari idealni tashkil qiladi va uning voqelikka
mu nosabatini belgilaydi. Umuman olganda, estetik ideal ham
shuning bir qirrasi, konkret-timsoliy shaklda voqe bo‘luvchi
go‘zallik tasavvuridir. Haqiqatda idealning qirralari butunning
qismi bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun
ham mutaxassislar idealning serqirraligini, uning mohiyati: ong
sohasida – haqiqat, axloq sohasida – ezgulik, estetika sohasi-
da – go‘zallikdan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. Albatta, bu
qir ralarning har biri o‘zining muayyan me’yorlariga ega bo‘lib,
ular davr o‘tishi bilan o‘zgarib, konkretlashib boradi. Masalan,
tasavvuf adabiyotining idealiga ko‘ra, haqiqat – Haq, Alloh;
ezgulik – Haqning buyurganini qilish va u qaytarganni qilmaslik;
go‘zallik – shu ikkisiga muvofiqlikda, nimaiki bularga muvofiq
emas, u go‘zallikdan ayro tushadi. Insonning ijtimoiylashuvi
bilan bog‘liq holda ideal ham hayotga yaqinlashadi, u ijtimoiy-
266
267
siyosiy mundarija kasb etadi. Masalan, jadid adabiyotining ide-
aliga ko‘ra, haqiqat – millat taraqqiysi (erkin va adolatli jamiyat,
ma’rifat, munosib milliy turmush, milliy ozodlik va b.); ezgu-
lik – millat taraqqiysiga xizmat qiluvchi amal; go‘zallik – shu
ikkisiga muvofiqlik, davr bilan bog‘liq o‘zgargani holda, idealni
zamonga butkul bog‘lab qo‘yish xato bo‘lur edi. Negaki, ideal
ijtimoiy xarakterga ega, u juda qadim zamonlardan shakllanib,
to‘lishib, konkretlashib keladi va, ayni chog‘da, u mohiyatan
hamisha kelajakda bo‘lib, bu hol uni vaqt hukmidan xoli etadi.
Xuddi shu narsa san’at asarining boqiyligini ta’minlovchi
asosiy omildir, chunki san’at olam va odamni ideal asosida aks
ettiradi, ideal asosida baholaydi. Ya’ni ijod onlaridagi san’atkor
ideal olamida yashaydi, voqelikni uning nuri bilan yoritadi.
Zero, faqat shundagina ijodkor shaxs tom ma’nodagi ma’naviy-
ruhiy butunlikka ega bo‘ladi. Ma’naviy-ruhiy butunlik esa
shaxs intilgan idealning mavjudligi va uning hayotiy prinsiplari
o‘sha idealdan kelib chiqishi demakdir. Shunga ko‘ra, butunlik
muayyan xususiyatlarni o‘zida jam etgan insonning turg‘un
holati emas, balki uzluksiz va adoqsiz bir jarayondir. Negaki,
reallik bilan to‘qnashuv har vaqt shaxsning ma’naviy-ruhiy
butunligi – mohiyati va mavjudligi orasida ziddiyatlar keltirib
chiqaraveradi. Mana shu ziddiyatlarni idealdan ruh olgan holda
bartaraf etish orqali mavjudligini mohiyatiga muvofiqlashtirib
borish, shu asno qadam-baqadam idealiga yaqinlashib, yangi-
yangi ma’nolarni kashf etish va ularni o‘z hayotiga, jamiyat
hayotiga tatbiq etib borish – ijodning bosh shartidir. Bu jihatdan
tom ma’nodagi ijodkor XAQ yo‘liga kirgan so‘fiyga monand:
so‘fiy XAQqa yaqinlashgani sari mavjudlikning mohiyatini
teranroq idrok qilganidek, ijodkor idealga yaqinlashgani sari
hayotning, insonning mohiyatini teranroq ilg‘aydi. So‘fiylik
yo‘lining ibtidosi ham, intihosi ham HAQ bo‘lganidek, ijodkor
faoliyatining motivi (sabab) ham, maqsadi (natija) ham idealdir”.
Realizm adabiyotida hayot voqeligini tipiklashtirib, roman-
tizm adabiyotida esa uni ideallashtirib aks ettirish ustuvorlik
qiladi. Hayot hodisalari va inson dunyosi g‘oyat serqirra. Har
qanday ijodiy metod sir-sinoatga to‘la bu jumboq hodisaning
muayyan jihatinigina qamrab oladi, xolos. Klassitsizm, roman-
tizm, realizm, simvolizm, naturalizm, modernizm tarzida nomla-
nadigan ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlarning hech biri hayot
hodisalari va inson dunyosini to‘la-to‘kis aks ettirolmaydi. Shu-
ning uchun ijodiy metodlarni biridan birini baland yoki past
qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki ularning har biri hayot hodisalarini va
inson obrazini gavdalantirishning o‘ziga xos yo‘lidir. Realizm
romantizmdan yuqori, romantizm klassitsizmdan yuksak deyish
nojoiz. Chunki “Xamsa”, “Alpomish” romantizm ijodiy metodiga
mansub bo‘lsa, “Sarob”, “Ulug‘bek xazinasi” esa realistik
asardir. Sofokl (er.avv. 495–406-yillar)ning “Shoh Edip”
tragediyasi Arastu “Poetika”sini bitmagan, romantizm, realizm
ijodiy metodlari, klassitsizm, sentimentalizm yo‘nalishlari
to‘g‘risidagi ilimiy-nazariy qarashlar paydo bo‘lmagan bir
zamonda, ya’ni eramizdan avvalgi 430–415-yillar oralig‘ida
yozilgan. Adabiyot tarixining bebaho gavhari sanalgan bu
asarlarning har biri esa biz uchun birday qadrlidir. Realizm ijodiy
metodi ham klassitsizm, romantizm, modernizm singari hayotni
va inson dunyosini badiiy gavdalantirishning bir yo‘lidir.
Ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlar to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy
qarashlar shartli, nisbiydir. Chunki ular o‘rtasida o‘ziga xos farqli
xususiyat bo‘lishi barobarida, muayyan umumiy mushtarak ji-
hatlar ham mavjud. Chunki bitta asar bir necha metodga xos
xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi mumkin. “Shoh Edip”da ham,
“Alpomish”da ham yoki har qanday ertakda ham realizm ijodiy
metodi unsurlari mavjudligi yoki “Ulug‘bek xazinasi”, “O‘tkan
kunlar”da romantizm ko‘rinishlari (qahramonlar orzu-havaslari,
o‘y-xayollari ifodalangani) borligi shundan dalolat beradi.
Tadqiqotlarda “XIX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi qismida
Yevropa xalqlari adabiyotida ijodiy metod ma’nosidagi realizm
shakllandi. Avvalgi davrlar adabiyotida rivojlangan xislatlar
realizm adabiyotida yuksak darajaga ko‘tarildi va adabiyotning
268
269
asosiy prinsiplariga aylandi. Gumanizm, insonparvarlik realizm-
ning bayrog‘i bo‘lib qoldi... Realizm terminini faqat yevropa
xalqlari adabiyoti tarixining XIX asriga (uning asosan ikkinchi
yarmiga) nisbatan ishlatish asosli” degan qarashlar qayd qilin-
gan. Biroq Sharq adabiyotidagi “Boburnoma” singari asarlar
ham realizm metodi mezonlariga to‘la mos keladi. Maxmurning
“Hapalak”, Turdining “Tor ko‘ngulli beklar...” singari she’rlarida
ham mavjud hayot manzarasi aniq badiiy gavdalantirilgan. Qola-
versa, gumanizm, insonparvarlikni faqat XIX asr ijodkorlari
emas, Sofokl ham, Alisher Navoiy ham, Fyodor Dostoyevskiy
ham, Abdulla Qodiriy-yu Cho‘lpon ham o‘z asarlarida ulug‘lagan.
Adabiyotshunoslikka oid avvalgi darslik, qo‘llanmalarda
“Romantizm ijodiy metodi ikki xil, ya’ni inqilobiy romantizm va
reaksion romantizm ko‘rinishida bo‘ladi. Inqilobiy romantizmga
mansub asarlar jamiyatni inqilobiy asosda o‘zgartirishni tar-
g‘ib etadi. Reaksion romantizm guruhidagi asarlarda jamiyat
taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan hodisalar ideallashtirib ko‘rsa-
tiladi” degan qarashlar ilgari surilib, realizm metodi “tanqidiy
realizm”, “ma’rifiy realizm”, “sotsialistik realizm”deb xillarga
ajra tilgan hamda ularning har biri tavsiflangan. Bu xil qarashlar,
albatta, o‘sha paytdagi adabiyotga mafkura quroli sifatida yonda-
shishdan kelib chiqqan. Agar romantizmga mansub asarlarda
realizmga xos manzaralar mavjudligi, realistik asarlarda roman-
tizm ko‘rinishlari bo‘lishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, “inqilobiy
romantizm”, “reaksion romantizm”, “tanqidiy realizm”, “ma’ri-
fiy realizm”, “sotsialistik realizm” tarzida ajratishlar juda sun’iy
ekani bilinadi. Sho‘ro davrida M.Gorkiyning “Lochin qo‘shig‘i”,
“Izergil kampir”, “Bo‘ron qushi qo‘shig‘i” inqilobiy romantizm
namunalari deyilib, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor,
Ahmad Yassaviy asarlariga “o‘tmishni ideallashtirilgan” degan
ayb taqalgan. Aslida M.Gorkiyning mazkur asarlarida mavjud
turmushni inqilobiy yangilashga ochiqcha da’vat, chaqiriq se-
zil maydi. U asarlarda voqelik publitsistik jo‘shqinlik bilan
badiiy gavdalantirilgan, xolos. Ahmad Yassaviy, Sulaymon
Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor ham kishilarni haqiqatga, halollikka,
bir-biriga mehr-u oqibat ko‘rsatishga chaqirgan.
Romantizm ijodiy metodi to‘g‘risida D.Quronov, Z.Mama-
jonov, M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Ro-
mantizm (fr. romantique, ingl. romantic) – Yevropa adabiyotida
XVIII asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida yetakchilik qilgan
adabiy yo‘nalish. Etimologik jihatdan termin ispancha “romance”
so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, XVIII asrda kitoblardagina uchratish
mumkin bo‘lgan g‘ayritabiiy, ajabtovur, fantastik narsalarning
bari shu so‘z bilan yuritilgan. Darhaqiqat, romantizm adabiyoti
yaratgan badiiy olamni shunday so‘z bilan nomlashga yetarli
asos bor edi. Zero, romantizm mavjud voqelikqan qoniqmaslik
tufayli, ma’rifatchilikka xos olam (odam va jamiyat)ni aql bilan
raso holga keltirish g‘oyasiga ishonchning barbod bo‘lishi
natijasi o‘laroq yuzaga kelgan bo‘lib, “reallikdan qochish”ga,
real olamdan ko‘ra mukammalroq olam yaratishga intiladi.
Romantizm klassitsizmga xos “tabiatga taqlid” va undan kelib
chiquvchi haqiqatga monandlik talablarini inkor qiladi, uning
uchun badiiy reallik mavjud reallikdan haqqoniyroqdir. Mavjud
voqelikdagi tussizlikdan bezgan romantizm vakillari, ko‘pincha,
ko‘hna o‘tmishdan ma’ni izlashadi (masalan, V.Skott, V.Gyugo,
A.Dyuma romanlari), ular tasvirlagan voqea-hodisalar aksar
uzoq, ekzotikaga boy yurtlarda kechadi va shu kabi romantizm
adabiyotining umumlashtirish prinsipi – ideallashtirish, u
voqelikka boqiy va mutlaq ideallar asosida yondashadi, shu-
ning uchun ham romantizmda voqelik bilan ideal orasidagi
nomutanosiblik yaqqol ko‘rinadi, ularning ziddiyati o‘ta keskin
namoyon bo‘ladi. Natijada, romantizm adabiyotida olam
ikkiga ajraladi, ikkisi – ideal olam bilan mavjud olam alohida
yashaydi. Romantizm adabiyotining bosh ziddiyati – ezgulik
va yovuzlik kurashi, unga ko‘ra, yovuzlik ham, unga qarshi
kurash ham birdek boqiydir. Ya’ni bu kurash yovuzlikni ildizi
bilan yo‘qotish-u olamni tubdan o‘zgartirishga ojiz, qo‘lidan
keladigani – yovuzlikning olamda mutlaq hokim bo‘lishiga yo‘l
270
271
bermaslik, xolos. Yovuz likka qarshi kurashayotgan betakror
shaxs – romantizm ada biyotining bosh qahramoni. Romantizm
adabiyotga o‘zining yangicha shaxs konsepsiyasi bilan kirib keldi.
Uning uchun shaxs – alohida olam. Shaxsning sirli va adadsiz ichki
olami romantizm adabiyotining markaziy muammosiga aylanadi.
Romantizm shaxsdagi betakror individual xususiyatlarga urg‘u
beradi, asosiy e’tiborni uning ichki olamidagi ziddiyatlar, qal-
bi-yu ongidagi izohlash mushkul harakatlar, g‘ayrishuuriy ho-
latlarga qaratadi. Mavjud voqelikdagi maishat quliga aylanib
borayotgan odamlarga zid o‘laroq, romantizm adabiyoti muhab-
bati-yu nafrati, mehri-yu qahri cheksiz, yuksak tuyg‘ularga,
iztirobli o‘ylovlar-u o‘zini beshafqat taftish qilishga qobil qah-
ramonni yaratadi. Bu qahramon olam sir-sinoatini anglashga
ojizligidan iztirob chekadi, mavjud voqelik sog‘lom aqlga
nomuvofiq ekani, o‘zining shaxsiy erkiga daxl qilayotganidan
iztirobga tushadi. Romantizm adabiyotining qahramoni shaxsiy
erkini, insonlik sha’nini yuksak qadrlaydi, ularga qarshi har
qanday harakatga butun vujudi bilan qarshi turadi. Shaxsga bu
xil qarash romantizmning ijodkor shaxsga munosabatida ham
o‘z aksini topadi. Ijodkorni muayyan qoidalar bilan cheklagan
klassitsizmdan farqli o‘laroq, romantizm tom ma’nodagi ijodiy
erkinlik tarafdori, u har qanday cheklovlarni inkor qiladi.
Shuning uchun romantizm nazariyotchilari adabiy tur va janrlar
orasiga qat’iy chegara qo‘ymaydilar, adabiyotning boshqa san’at
turlari bilan sintezlashuvi yoki konkret badiiy asarda turli estetik
belgilar (tragizm va komizm, tuban va yuksak va boshqa)ning
qorishiq holda namoyon bo‘lishini tabiiy hol deb biladilar.
Ular badiiy asarni tirik organizmga qiyos qiladilar, badiiy shakl
mazmundan tabiiy ravishda o‘sib chiqadi va u bilan uzviy bog‘liq
holda yashaydi deb tushunadilar. Ya’ni bunda ham normativ
xarakterdagi poetikaga oid qo‘llanmalarda qat’iy belgilangan
me’yorlarni inkor qilish, ijodkorning yaratuvchilik huquqini
e’tirof etish kuzatiladi. Romantizm adabiyotni tarixiy roman,
fantastik qissa, liro-epik poema kabi janrlar bilan boyitdi; ifodada
metaforiklik, yuksak darajadagi assotsiativlik va shu asosda ko‘p
ma’nolilikka intilgani sabab badiiy tilning ifoda imkoniyatlarini
kengaytira bildi. Romantizm badiiy tafakkur rivojida sezilarli
iz qoldirdi, uning an’analari simvolizm, ekspressionizm, syur-
realizm singari oqimlar tomonidan ijodiy o‘zlashtirildi, romantik
pafos adabiyot va san’atga xos estetik belgilardan biri bo‘lib
qoldi” deyiladi. Romantizm ijodiy metodiga mansub asarlarda
hayot hodisalariga qizg‘in ehtiros bilan yondoshish yaqqol
seziladi. Asarlarda aks etadigan ayni hodisa pafos deb yuritiladi.
Yuqoridagi “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Pafos (yun.
pathos – his, ehtiros) – ijodkorning o‘zi tasvirlayotgan voqelikka
g‘oya viy-hissiy munosabati, avtor emotsionalligi. Pafos termini
antik estetika va ritorikada ishlatilgan bo‘lib, keyinchalik turli
ma’no o‘zgarishlariga uchragan. Jumladan, Arastu pafos deganda
inson qalbining xususiyati, kuchli ehtirosni nazarda tutadi.
Unga ko‘ra, pafos notiqlik usullaridan bo‘lib, uning yordamida
notiq tinglovchilarda o‘zi istagan hislarni uyg‘otadi. Terminni
tragediyaga nisbatan qo‘llaganida, Arastu pafosning qahramon
fojiasi, ruhiy iztiroblari orqali namoyon bo‘lishi va tomoshabinda
ham shunga mos hislarni uyg‘otishini ta’kidlaydi. Keyinchalik,
xususan, Uygonish davridan boshlab, pafos inson qalbining
xususiyati deb emas, balki asarning muayyan his-tuyg‘ularni
uyg‘ota olish xususiyati sifatida tushunila boshlandi, shu bois
ham u ko‘proq uslub, qahramon, ko‘tarinkilik, tragiklik kabi
tushunchalar bilan bog‘liq holda ishlatildi. Gegel estetikasida
pafos juda muhim o‘rin tutadi, u san’atning o‘zagi, “san’at
saltanati”ning asosi sifatida talqin qilinadi. Gegelga ko‘ra, pafos
inson mohiyatini tashkil etuvchi obyektiv mavjudlik, qalbni
harakatlantiruvchi qudratli kuch bo‘lib, ijodkor o‘z asarida uni
ifodalashni maqsad qiladi, ya’ni muayyan pafosni ifodalash
san’at asarining muddaosi, ijodning motividir. Shu asosda Gegel
ijodga turtki beruvchi motivlar, pafos ko‘rinishlari sifatida “oila,
vatan, davlat, cherkov, shon-sharaf, do‘stlik, g‘urur, nomus,
muhabbat” kabilarni ko‘rsatadi. Gegel ta’rifidagi pafos, ko‘proq,
272
273
asar personajlari bilan bog‘liq bo‘lsa, V.Belinskiy uni ijodkor
shaxsi bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra, pafos “g‘oya – ehtiros”
bo‘lib, u ijodkorning ma’naviy borlig‘idan kelib chiqadi. Bu
holda alohida olingan asar pafosi haqida ham, muayyan ijodkorga
xos pafos haqida ham gapirish mumkin bo‘ladi. Pafosni bunday
tushunish sho‘ro adabiyotshunosligida, jumladan, o‘zbek
adabiyotshunosligida ham ustuvorlik qildi. Masalan, G.Pospelov
pafosni badiiy mazmunning mavzu, problematika, badiiy g‘oya
qatoridagi muhim uzvlaridan deb biladi va uning qahramonlik,
tragizm, sentimentalizm, romantika, dramatizm, satira va yumor
kabi turlarini ajratadi. Shuni qayd etish lozimki, G.Pospelov
pafos termini bilan bir qatorda, voqelikka g‘oyaviy-hissiy mu-
nosabatlar terminini ham qo‘llaydi. Adabiyot nazariyasiga oid
ayrim manbalarda esa pafos o‘rniga muallif emotsionalligi,
voqelikka munosabat turlari kabi terminlar ishlatiladi. Mazkur hol
hozirgi adabiyotshunoslikda pafos termini qo‘llanishi jihatidan
passivlashganidan dalolat beradi. Buning sababi esa uning
hodisa mohiyatini to‘la qamray olmayotgani bilan bog‘liqdir.
Agar Arastu-Gegel an’anasi bo‘yicha pafos ko‘proq personajlar
(obyekt) bilan, Belinskiydan boshlab, ijodkor (subyekt) bilan
bog‘langan bo‘lsa, hozirda subyekt – obyekt – adresat uchligini
birlikda olib qarab, ularni qamrab oluvchi badiiylik moduslari
termini faollashdi” deyiladi.
Abdulla Qahhorning “Sarob”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor”
asarlarida mavjud hayot hodisalari aniq, ishonarli, ta’sirchan
gavdalantirilgan. Ulardagi qahramonlar, qalamga olingan
voqealar hayotda yuz berganiga, shunday bo‘lishi mumkinligiga
ishonish mumkin. Chunki ushbu asarlarda turmush hodisalari
ko‘zga qanday ko‘rinsa, shu holida manzaralantirilgan. Hayotni
ana shu tarzda, ya’ni o‘z ko‘rinishida, mavjud holida akslantirish
esa realizm ijodiy metodining asosiy xususiyatidir.
Realizm lotincha “realis”, “bor, mavjud narsa, haqiqiy” degan
ma’noni bildiradi. Realizm ijodiy metodi hayot hodisalarini butun
murakkabligi bilan aks ettirish, inson obrazini ijtimoiy voqelik
bilan uzviy aloqadorlikda tasvirlashga intiladi. Inson faoliyati,
uning orzu-intilishlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan asoslash,
voqelikdagi eng muhim jihatlarni umumlashtirib ko‘rsatish
orqali davr va muhit manzarasini chizish realizm metodining
asosiy xususiyatidir. Ushbu metodga asoslangan asarlarda
ijtimoiy voqelikni tipiklashtirib ko‘rsatish barobarida, badiiy
shartlilikning barcha ko‘rinishlari (afsona, fantastika, ramziy
obraz kabi)dan ham keng foydalaniladi. Ch.Aytmatov romanlari
bunga yorqin misol bo‘la oladi. Realizm ijodiy metodi hayot
hodisalarini bor holicha gavdalantirish bilan kifoyalanmasdan, uni
ijodiy aks ettirishga keng yo‘l beradi. Chunki u badiiy to‘qimadan
foydalanishni inkor etmaydi. Re alizm shu kabi xususiyatlariga
ko‘ra hayotni naturalizmdan keng roq va teranroq tasvirlaydi.
Murojaat qilayotganimiz “Ada
biyotshunoslik lug‘ati”da:
“Realizm (lot. realis – mavjud, haqi qiy) – adabiyotshunoslikda
realizm termini tor va keng ma’nolarda qo‘llanadi. Keng
ma’noda realizm terminining ma’nosi badiiy asar (unda
tasvirlangan badiiy voqelik) bilan real voqelik munosabatidan
kelib chiqadi. Ya’ni bu holda realizm umumestetik tushuncha
bo‘lib, hayotni haqiqatga (reallikka) muvofiq tasvirlashni,
hayot haqiqatini bildiradi. Har qanday badiiy asarda voqelik u
yoki bu tarzda aks etishi, voqelikni hayotga monand tarzda aks
ettirish esa qadimdan mavjudligi e’tiborga olinsa, bu ma’nodagi
realizmning ildizlari juda qadim zamonlarga taqalishi tabiiydir.
Shu bois ham adabiyotshunoslikda antik realizm (yoki mifologik
realizm), uyg‘onish davri realizmi, ma’rifatchilik realizmi kabi
atamalar ishlatiladi, tabiiyki, bu ma’nodagi realizm klassitsizm,
senti mentalizm kabi yo‘nalishlarga ham xosdir. Demak, bu
ma’noda realizm termini hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari,
badiiy tafakkur tipini anglatadi. Tor ma’noda realizm hayotni
haqiqatda mavjud narsahodisalar mohiyatiga muvofiq tarzda,
voqelikda mavjud faktlarini tipiklashtirish asosida yaratilgan
badiiy ob razlar orqali aks ettirishga asoslanuvchi ijodiy metod
va ongli ravishda shu metodga tayangan adabiy yo‘nalishni
274
275
bildiradi. Ushbu metod (yo‘nalish)ning maydonga chiqishi
XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Realizm metodida
adabiyotning bilish funksiyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi,
realist ijodkorlar adabiyotni olam va odamni (jumladan, o‘zini)
idrok etishning muhim va samarali vositasi deb biladilar. Shunga
ko‘ra, realizm hayotni butun murakkabligi bilan keng ko‘lamda
aks ettirishga intiladi. Bilish maqsadining ustuvorligi bois
realizm insonni ijtimoiy muhit bilan uzviy aloqada tasvirlaydi,
ijtimoiy-tarixiy sharoitning inson taqdiri va fe’l-atvoriga ta’sirini
teran badiiy tadqiq etadi. Zero, realist san’atkor inson taqdiri,
uning amallari, orzu-intilishlari ijtimoiy asosga ega deb biladi,
bu larning barini ijtimoiy-psixologik jihatdan asoslashga intiladi.
Ayni chog‘da, yetuk realizm adabiyotida inson ijtimoiy sha-
roitga bog‘labgina qo‘yilmaydi, inson o‘z iroda kuchi bilan
undan yuqori ko‘tarila oladigan, unga qarshi tura biladigan
kuch sifatida ham ko‘rsatiladi. Xuddi shu jihati bilan realizm
naturalizmdan farqlanadi. Hayotni unga qaraganda teranroq
va haqqoniyroq aks ettira oladi. Insonni murakkab ijtimoiy
munosabatlar tizimida tasvirlar ekan, realizm hayotni keng ko‘-
lamda tasvirlashga erishadi, jamiyatning joriy holati, undagi
taraqqiyot yoki tanazzul tendensiyalarini badiiy idrok etadi, u
haqida o‘zining badiiy hukmini ifodalab, adabiyotning konseptual
funksiyasini amalga oshiradi. Ayni chog‘da, realizmni hayotdan
oddiygina nusxa ko‘chirish (naturalizm) deb tushunmaslik
kerak. Zero, ijodiy metod sifatida realizm ham voqelikni ijodiy
aks ettiradi, ijodiy qayta yaratadi. Realizm adabiyotidagi ijodiy
qayta yaratish tipiklashtirish, ya’ni voqelikning muayyan davr
va muhit uchun eng xarakterli jihatlarini umumlashtirish orqali
amalga oshadi. Biroq bu hol ijodiylikka zid deb tushunilmasligi
kerak, zero, realizmdagi tipiklashtirish badiiy to‘qimani aslo
inkor qilmaydi, faqat uning ham voqelik mohiyatiga muvofiq
bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, realizm taraqqiyoti
davomida, xususan, XX asr realizmida badiiy shartlilik (ramziy
obrazlar, rivoyatlar, fantastika elementlari va shu kabi)ning
turli ko‘rinishlari ham keng qo‘llanila boshladi. Mazkur holga
realistik tasvir prinsiplaridan chekinish deb qaramaslik kerak.
Aksincha, bu realizm adabiyotining hayotni teranroq idrok
etish, o‘z badiiy imkoniyatlarini boyitish yo‘lidagi harakati,
uning adabiy jarayondagi badiiy-estetik hodisalar (turli adabiy
yo‘nalishlar, oqimlar; yangi uslubiy oqimlar, tasvir prinsiplari
va boshqa) bilan ijodiy raqobat-muloqoti natijasidir. XIX asr
o‘rtalaridan maydonga chiqqan realizm metod (yo‘nalish)i sho‘ro
adabiyotshunosligida tanqidiy realizm deb, sho‘ro adabiyotining
metodi esa sotsialistik realizm deb yuritilgan. Har ikki termin-
ning ilmiy muomalaga kirishi ham M.Gorkiy nomi bilan bog‘-
liqdir. Bulardan birinchisini tanqidiy realizm deb atarkan,
M.Gorkiy bu davr realistik adabiyoti namunalarining aksariyati
mavjud burjua tuzumidagi ijtimoiy munosabatlarni teran tahlil
etishi va uning insoniylikka zid mohiyatini ochib berishi hamda
g‘oyaviy-badiiy inkor qilishidan kelib chiqadi. Ikkinchisi, ya’ni
sotsialistik realizm ham xuddi shu kabi g‘oyaviy-mafkuraviy
asosda ta’riflangan, u voqelikni markschalenincha dunyoqarash
asosida baholashi bilangina farqlanadi. Holbuki, birinchidan,
ijodiy metod sifatida realizm mohiyatan bitta hodisa bo‘lib,
uning doirasida turlicha dunyoqarashlar ifoda etilishi mumkin;
ikkinchidan, u o‘z taraqqiyoti davomida sifat jihatidan o‘zgarib-
takomillashib, o‘zining tasvir va ifoda imkoniyatlarini muttasil
boyitib borgan” deb qayd qilingan.
Biroq realizm ijodiy metodi hayot voqeligini o‘z ko‘ri ni-
shida aks ettirishdan iborat emas. Mazkur metodga mansub
asarlarda ham xuddi romantizm asarlaridagi singari insonning
orzu-havaslari, xayol, o‘y-kechinmalarini ifodalashga ham
keng o‘rin beriladi. Chunki ularsiz inson hayotini tasavvur
etib bo‘lmaydi. Roman, qissa, hikoya, she’riy asarlarda hayot-
ning real hodisalari, kishilararo mavjud munosabatlar gav-
dalantirilib, qahramonlar orzu-havaslari, xayollari manzara-
lantirilgan o‘rinlarda realizm ijodiy metodi romantizm ijodiy
metodi bilan uyg‘unlashib ketadi.
276
277
Sho‘ro siyosati hukmronligi davrida “Sotsialistik realizm
metodi – realizmning yuksak bosqichi” deb kelindi. “Sotsialistik
realizm voqelikni haqqoniy, tarixan aniq va inqilobiy rivojda
tasvir etishi bilan xarakterlanadi”, deyildi. Aslida esa “voqelikni
haqqoniy, tarixan aniq” ko‘rsatishga intilish barcha davrlar ada-
biyotiga, har bir yozuvchi, shoir ijodiga xos hodisadir. Chunki
Sofoklning “Shoh Edip”ida ham, “Alpomish”da ham, Fyodor
Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”sida ham voqelikni o‘ziga
xos tarzda ishonarli, haqqoniy va ta’sirchan ko‘rsatishga intilish
mavjud.
“Sovet sharqi xalqlari adabiyotida realizmning mustaqil
badiiy hodisa sifatida rivoji va gullashi, butunicha olganda,
XX asrga oiddir”, degan qarash ilgari surib kelindi. Bunday
qarash Yevropa adabiyoti bilan Sharq adabiyoti orasidagi tafo-
vutni, ularning har biri o‘ziga xos hodisa ekanligini e’tiborga
olmaslikdan kelib chiqqan. Qolaversa, romantizm adabiyot ta-
raq qiyotining quyi, realizm yuqori bosqichi emas. Realizm
romantizmni inkor etmaydi. Chunki ular hayot hodisalari va
inson dunyosini ko‘rsatishning o‘ziga xos yo‘llaridir. Shuning
uchun XX asr jahon adabiyotining eng yetuk namoyandalarida
ijodida realizm va romantizm ijodiy metodi uyg‘unlashib ketgan.
Masalan, Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita”, Chingiz
Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, “Qiyomat”, Gabriyel Garsia
Markesning “Yolg‘izlikda yuz yil” kabi romanlarida hayotning
real hodisalari rivoyat, afsonalar, qahramonlarning xayol, tushi-
dagi voqealar bilan uyg‘unlashib ketgan yaxlit olam sifatida
gavdalantiriladi.
Romantizm va realizm ijodiy metodiga xos xususiyatlarning
o‘zaro birikib, yaxlit badiiy olamni namoyon etishi qadim Sharq
adabiyoti namunalari, xususan, Firdavsiyning “Shohnoma”,
Navoiyning “Xamsa” dostonlarida ham kuzatiladi. Masalan,
Shirin mamlakatida tog‘li joyda ajoyib saroy, ko‘shklar barpo
etilgani, kanal qazuvchilarning mashaqqat bilan mehnat qilgani
real voqelikka muvofiq keladi.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton jamiyatning adabiyotga
munosabati to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, “ijtimoiy-siyosiy tanaz-
zul davrida barcha ilg‘or kuchlar adabiyot atrofida birlashadi.
Angliya tarixida ham shu holat ko‘p bor kuzatiladi. Kapitalistik
munosabatlar kuchaygan paytda barcha ijodiy kuchlar adabiyot
atrofida birlashdi va jamiyatni kommersializatsiyalashga qar
shi chiqdi. Turli ijodiy metod va ijodiy uslublarni o‘zida mu-
jas
samlashtirgan adabiyot jamiyatning o‘ziga xos oynasiga
aylangan edi. Chunki har xil ijodiy metod va ijodiy uslubda
bitilgan asarlar jamiyatning tili, unda yashayotgan odamlarning
so‘zlashuvidagi nutqi, odamlarning dunyoqarashi, maqsad va
intilishini, umuman, ijtimoiy hayotning manzarasini ko‘rsatib
turadi. Agar jamiyat bunga e’tiborsiz qarasa, so‘z san’atini
qadrlamay qo‘ysa, insoniyat madaniyatini saqlab turadigan
quvvat manbayidan mosuvo, bebahra bo‘lib qoladi”, deydi.
(Tерри Иглтон. Теория литературы. – M.:, Территория буду-
щего. 2010. – 53–54betlar.)
Jamiyat taraqqiyotining muayyan davrlarida ayrim masalalar
alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatning keyingi rivoji ayni
shu muammolarni hal qilishga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
XX asr boshiga kelib, Turkistonda madaniyma’rifiy masalalarga
jiddiy e’tibor qaratish va shu asosda mavjud ijtimoiy qoloqlikka
barham berish tarixiy zaruriyatga aylandi. Mustamlakachilar
zulmi va dinni bid’atlarga to‘ldirish bilan mashg‘ul manfaatparast
mahalliy hokimiyat ma’murlari tazyiqi tufayli dunyoqarashi,
fikri torayib qolgan mahalliy aholi ongini o‘stirish, ularni mavjud
tuzumni o‘zgartirishga da’vatlash benihoya dolzarb bo‘lib qoldi.
Yangilik tarafdori sifatida maydonga chiqqan jadidlar maktab-
maorif tizimini isloh qilishga, madaniyma’rifiy ishlarni milliy
manfaatlar nuqtayi nazaridan jonlantirishga kirishdilar. Behbudiy,
Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza, Munavvarqori, Cho‘lpon singari
jadidlar ana shu maqsadda yangi usulda o‘qitish maktablari
ochishib, bu maktab o‘quvchilari uchun yangi darslik, qo‘llan-
ma, majmualar tuzishdi. Millatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish,
278
279
madaniyat, ma’rifatning zamonaviy darajasiga erishishga da’vat-
lash maqsadida adabiy-badiiy asarlar yozdilar, teatr tomoshalari
namoyish qildilar, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib bordilar. Mav-
jud turmush qoloqliklarini tanqid qildilar. XIX asr oxiri va XX
asr boshidagi adabiyotda mana shu tarixiy hodisa o‘z aksini
topdi. Shuning uchun mazkur davr adabiyotini “ma’rifatparvarlik
realizmi”, “demokratik realizm adabiyoti” deb ataldi.
Ijtimoiy-iqtisodiy turmush tartiblari san’at va adabiyotga o‘z
ta’sirini o‘tkazishi o‘zbek adabiyotiga, umuman, sobiq sho‘ro
davlati tasarrufidagi barcha xalqlar adabiyotiga sotsialistik
realizm metodining joriy qilinishida ham aniq ko‘rinadi.
“Sotsialistik realizm” termini ilk bora 1929 yilda rus mat-
buoti (“Литературная газета”)da paydo bo‘lgan. Proletariat,
ya’ni ishchilarni mavjud hayotni o‘zgartiruvchi kuch sifatida
ko‘rsatish, ishchilar harakatini jamiyatdagi barcha qoloqliklarga
barham beruvchi hodisa, deya talqin qilish, yirik xususiy mulk
egalarini hayotdagi barcha fojialarning asosiy aybdori tarzida
gavdalantirishga asoslangan asarlar “sotsialistik realizm me-
todi”da yaratilgan deb kelinadi. Maksim Gorkiyning “Ona”
romani mazkur metodda bitilgan dastlabki asar deb ko‘rsatildi.
“Sotsialistik realizm – hayotni qayta quruvchilar realizmi” deb
ta’riflandi.
Har qanday hodisaga “sotsializm”, “kapitalizm” nuqtayi na-
zardan qarash taomilga aylangan sho‘ro davrida “sotsialistik
realizm”dan o‘zga barcha metodlardan kamchilik, nuqson izlash,
romantizmni “inqilobiy romantizm”, reaksion romantizm” bilan
qaramaqarshi qo‘yish, realizmni “ma’rifiy realizm”, “tanqidiy
realizm” deb zidlashtirish kuchaygan edi. Hodisalarni bu tarz da
qarama-qarshi qo‘yishdan maqsad sotsialistik realizm realizm-
ning eng yuqori cho‘qqisi ekanligiga ishontirish edi...
“Ijobiy qahramon” xususidagi sotsializmcha qarashlar ham
adabiyotning insonshunoslik mohiyatiga tamoman zid edi.
Chun ki adabiyotshunoslikda “Realizm va tanqidiy realizm asar-
larida ijobiy qahramon o‘z intilishlari va dunyoqarashi bilan
jamiyatdan ajralib turuvchi, o‘z muhitiga qarshi boruvchi kishi
sifatida tasvir etilar va buning o‘z hayotiy asosi bor edi, chunki
ekspluatatorlar hukmron bo‘lgan jamiyatda ijobiy ideallarga
ega bo‘lgan inson jamiyatning asoslariga qarshi bo‘lmasligi
mumkin emas edi, ayni choq‘da u o‘z kurashining muvaffaqiyati
mehnatkash omma va uning kurashi bilan bog‘liq ekanini ham
tushunmas edi. Agar realizm va tanqidiy realizm asarlarida
ijobiy qahramon yakka harakat qilishga majbur bo‘lgan va hatto
ba’zan individualizm psixologiyasiga mubtalo kishi tariqasida
tasvir etilsa, sotsialistik realizm adabiyotida ijobiy qahramon
mehnatkash omma bilan chambarchars aloqadan o‘ziga kuch-
quvvat oladi”, degan qarash ilgari surildi. Sho‘ro davrida “meh-
natkash omma” deganda, asosan, ishchilar, dehqonlar nazarda
tutilardi. Boshqa kasbdagilar ham mehnat qilishi e’tiborga
olinmasdi. “Partiyaviylik”, “sinfiylik”, “xalqchillik” kabi sifatlar
bilan “ziynatlangan” sotsrealizmning maqtalgan mashhur asarlari
“Shoh Edip”, “Xamsa” yoki “Jinoyat va jazo” kabi asarlarga
qiyoslanganida esa, ular juda jo‘n ekani aniq bilinadi.
San’at va adabiyotning asl namunalarini buyurtma berish,
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maxsus qonun-qoidalar ishlab chiqish bilan
yaratib bo‘lmaydi. Sho‘ro siyosatdonlari esa shoir, yozuvchilar
ijodini o‘z g‘oyalari manfaati uchun xizmat qildirishga urindilar.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton “Kembrij universitetida
o‘tgan asrning 20–30-yillarida ingliz adabiyotini o‘rganish sanoat
kapitalizmining bema’ni, rasvo aqidalari bilan bahslashishga
aylanib ketdi, deydi. O‘shanda talabalar orasida ingliz adabiyotini,
turli ijodiy metod va ijodiy uslubdagi asarlarni o‘qib o‘rganish
kishini kelgusida o‘zligini namoyon etib, XX asrda jamiyatni
o‘zgartirishga ozgina bo‘lsa-da, ulush qo‘shishga tayyorlaydi,
degan qarash keng yoyilgan. Turli ijodiy metod va ijodiy uslub-
dagi bir necha she’r va romanni o‘qigan Kembrij universiteti
talabalari darhol ingliz adabiyoti o‘quv rejasiga kiritilgan ko‘p dan
ko‘p fanlarning biri emas, balki tarix, siyosatshunoslik, falsafa
va boshqa fanlardan behad ustun turadigan eng zarur, asosiy
280
281
fan ekanini bilib olishdi. Chunki ushbu fanlar bevosita adabiyot
bilan bog‘langan va shu bois akademik uslubdagi murakkab,
mavhum ilmiy-nazariy mulohazalar yig‘indisi emas, balki ma’-
naviyma’rifiy fanga aylangan edi. Zamon taraqqiyotining o‘zi
mazkur fanlarning adabiyot bilan uzviy bog‘lanishini taqozo
etayotgan edi. Adabiyot Choser, Shekspir, Jonson asarlari,
Yakov I davri shoirlari, Benyan, Paup, Semuyel Jonson, Bleyk,
Vordsvord, Kits, Ostin, Jorj Eliot, Xopkins, Genri Jeyms, Jozef
Konrad, Tomas Eliot, Gerbert Lourens ijodi tufayli ana shunday
ta’sirchan kuchga aylangan edi. Ularning asarlari “Asl ingliz
adabiyoti” sanalardi. Bu paytda Spenser, Drayden, Uyg‘onish
davri dramasi, Defo, Filding, Richardson, Stern, Shelli, Bayron,
Tennison, Braunning, aksariyat viktorian romannavislari, Joys,
Vulf, Lourensdan keyin asarlari chop qilingan yozuvchilarning
ko‘pchiligining ijodiga ikkinchi darajadagi asar deb qaralardi.
Dastlab Dikkens ijodini ro‘yxatga kiritishmadi. Uni keyin
qo‘shishdi”. Ushbu dalillar esa ingliz adabiyotining ijodiy metod
va ijodiy uslublari rangbarang ekanligini bildiradi. (Терри Игл-
тон. Теория литературы. – M.:, Территория будущего. 2010. –
54–55-betlar).
Adabiy yo‘nalish tushunchasi hayotni badiiy aks ettirish
prinsiplari, metod va uslub tushunchalari bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, u badiiy tafakkur tarzi, metod va uslub uyg‘unlashgan
nuqtada yuzaga keladi. Chunki muayyan davrda yashagan
ijodkorlar asarlarida hayot materialini tanlash, uni badiiy
idrok qilish va baholash prinsiplarida, asarlarning badiiy shakl
xususiyatlari, uslubiy jihatlarida muayyan umumiy jihatlar o‘z
aksini topadi. Aslida, asar bitayotgan yozuvchi, shoir “me-
tod”, “uslub”, “oqim” degan nazariy gaplarni ko‘pda o‘ylab
o‘tirmaydi. Uning butun fikru xayoli hayot voqeligini ko‘rsatish,
qahramonlarning jonli, ta’sirchan qiyofasini gavdalantirishga
qaratiladi. Alisher Navoiy yoki Aleksandr Pushkin romantizm,
realizm ijodiy metodi mezonlarini o‘ylab asar yozmagan. Metod
va uning ko‘rinishi haqidagi ilmiy-nazariy mulohazalar asarlarni
bir-biridan farqlash, adabiy davrlar o‘rtasidagi tafovutlarni
ko‘rsatish, aniqlash va belgilashdan kelib chiqadi. Adabiyot
qiyofasini hamisha asl adabiy-badiiy asarlar belgilaydi.
“Romantizm”, “realizm”, “sotsialistik realizm” singari tushun-
chalar esa o‘sha adabiy-badiiy asarlar tufayli paydo bo‘ladi.
Shunday ekan, turli nazariyalar badiiy asar uchun qolip, yo‘riq-
qa aylantirilmasligi kerak. M.Sholoxovning “Tinch Don”,
M.Bulgakov “Usta va Margarita”, M.Shayxzodaning “Mirzo
Ulug‘bek”, O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna
dunyo” singari sho‘ro davrida yozilgan asarlari sotsialistik
realizm mezonlariga muvofiq kelmaydi. Lekin ularni hayot
ho
disalarini haqqoniy aks ettirgan, inson obrazini yorqin
gavdalantirgan badiiy barkamol asarlar sifatida e’tirof etiladi.
Klassitsizm lotincha “classicus” – “namuna”, “ibrat” degan
ma’noni anglatadi. Bu metod vakillari o‘tmish adabiyoti na-
moyandalari asarlarini o‘zlari uchun mezon, ibrat namunasi,
deb qarashgan. Klassitsizm namoyandalari antik adabiyotni
asosiy etalon qilishib, antik tragediyalar syujetini asosida asarlar
yaratishgan hamda Arastu “Poetika”si talablariga rioya qilishni
o‘zlari uchun ijodiy dastur qilib belgilashgan. Ular dramatik
asarda uch birlik, ya’ni voqea, vaqt va joy birligi qoidasiga amal
qilinishi shart, deb hisoblashgan. Shuningdek, asarlarni “yuksak”
(tragediya, epopeya, oda) va “tuban” (komediya, satira, masal)
turlarga ajratishgan. Drama turiga mansub asarlar besh pardali
bo‘lish kerak, deyishgan. “Parda” deyilganda dramatik asarning
sahnada namoyish qilingan, bir-biri bilan bog‘langan uzluksiz
voqea bo‘lagi nazarda tutiladi. Kornel, Rasin tragediyalari,
Moler komediyalari klassitsizm metodiga mansub asarlar, deb
yuritiladi.
Klassitsizm nazariyotchilaridan biri fransuz adibi va ada-
biyotshunosi N.Bualo (1636–1711): “Adabiyot saroy va
shahar uchun yaratilishi kerak”, deydi. Klassitsistlar ta’biricha,
adabiyotda hamma narsa aniq va qat’iy qoida asosida ko‘rsatilishi
lozim. Klassitsizm estetikasining “uch birlik” talabiga ko‘ra,
282
283
dramada gavdalantirilayotgan hodisa bitta yaxlit syujet tarzida
gavdalantirilishi (“harakat birligi” talabi), voqea bir joyda bo‘lib
o‘tishi (“joy birligi” talabi), voqea yigirma to‘rt soat ichida yuz
berishi (“vaqt birligi” talabi) zarur. P.Kornel (1606 – 1684)ning
“Sid” (ya’ni “Said”), “Goratsiy”, J.Rasin (1639 – 1699)ning
“Andromaxa”, “Britanik” tragediyalarida, Moler (1622 – 1673)
ning “Xasis” komediyalarida klassitsizmning ana shu qoidalariga
amal qilingan. Ushbu asarlarda qahramonlar ruhiy olamining
yorqin gavdalantirilgani, tilning jimjimador sun’iylikdan xoli,
sodda ekanligi, syujetning oddiyligi ham e’tiborni tortadi. Bu
klassitsizmning realizm ijodiy metodi bilan mushtarak ekanini
bildiradi. Klassitsizm va realizmning bu umumiyligi ham ijodiy
metod tushunchasining nisbiy hodisa ekanidan dalolat beradi.
Rus adibi L.Tolstoy “Xasis” singari ajoyib komediyalar
muallifi Molerni “eng go‘zal, xalqchil asarlar bitgan san’atkor”
deb ulug‘lagan. Yana bir rus shoiri A.Pushkin esa “Rasin kabi
klassitsistlar asarlarida xalq taqdiri va inson taqdiri o‘z aniq
in’ikosini topgan” deb e’tirof etgan. Kornel, Moler, Rasin kabi
ijodkorlar antik adabiyotni eng oliy, yuksak, ya’ni ibrat namunasi
deb qarashgan. Ular biz o‘zimizdan “yozgan asarlarimizni
Gomer yoki Vergiliy o‘qiganida, komediya, tragediyalarimizni
Sofokl tomosha qilganida nima degan bo‘lar edi?” deb doimo
so‘rab turishimiz kerak”, degan aqidaga amal qilib, ijod etishgan.
Klassitsizm vakillari antik adabiyotga yuksak hurmat-ehtirom
bildirishgani uchun o‘z asarlarida qadim zamon ijodkorlari
dramalari syujetlarini qo‘llashgan. Klassitsistlar asarlarida hayot
hodisalari va inson dunyosining bir qirrasi yoritilgan. Realistik
roman, qissa, hikoyalarda esa turmush voqeligi va kishilar fe’l-
atvori har tomonlama gavdalantirilgan.
Klassitsizm vakillari janrlarni tabaqalarga ajratishib, “dra-
ma – eng yuksak janr, komediya – eng quyi janr” deyishgan.
Epik turga mansub roman, qissa, hikoya janridagi asarlarni esa
“ikkinchi darajali” deb qarashgan. Klassitsizm vakillarining
bunday munosabati, avvalo, o‘sha davr kishilari ma’naviyati,
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Ma’lum bir davrlarda muayyan
janrlarning e’tibori, mavqeyi baland bo‘ladi. Adabiyot mezoni
hisoblangan janrlar muayyan vaqt o‘tgach, o‘z mavqeyidan
tushib qoladi. Bu hodisa ayrim kishilarning xohish-istagi, izn-u
irodasiga bog‘liq emas. Shuning uchun klassitsizm vakillarining
janrlarga munosabatini ularning kamchiligi deb emas, balki
o‘sha davrga xos estetik qarash, deb baholash lozim.
“Klassitsizm XVII asrda Fransiya adabiyotida shakllanib,
XIX asr boshlarigacha Yevropa mamlakatlari adabiyotida tar-
qalgan va hukmron bo‘lib qolgan ijodiy metoddir” degan qarash
ham nisbiydir. Chunki ayni shu davr asarlariga xos xususiyatlar
avvalgi zamonlarga mansub asarlarda ham seziladi.
Adabiyotshunoslik, san’atshunoslikda “sentimentalizm oqi-
mi”, “naturalizm oqimi”, “modernizm yo‘nalishi” atamalari ham
keng qo‘llanadi va “modernizm yo‘nalishi ekzistensionalizm,
abstraksionizm, simvolizm, syurrealizm, futurizm, kubizm ka bi
oqimlarga bo‘linadi” deyiladi. Sho‘ro davrida modernizm yo‘-
nalishi qoralangan. Ekzistensiyachilik ta’limoti yirik namo-
yan dalaridan biri fransuz adibi, Nobel mukofoti sovrindori (u bu
mukofotni olishdan o‘z ixtiyori bilan voz kechgan) Jan Pol Sartr
(1905–1980) bu xususda shunday deydi: “Ekzistensiyachilikni
umidsizlikka chaqiradi, deb ayblaydilar; insonning qabihligi,
johilligi va shilqimligini ko‘rsatib, tubanligini ta’kidlayverishda,
ko‘pgina yoqimli, go‘zal jihatlariga e’tibor bermaslikda, inson
tabiatining yorug‘ tomonidan yuz o‘girishda ayblaydilar; ular
odamlarning hamjihatligini esdan chiqarib yuborishgan, insonga
yakkalab tashlangan mavjudotga qaraganday munosabatda bo‘-
ladilar; inson hayotining yomon tomoniga alohida e’tibor bilan
qaraydilar, deydilar... Inson – bu xavotir... Garchand xavotirni
yashirsalar-da, u mavjuddir... Ekzistensiyachi ehtirosning qud-
ratliligiga ishonmaydi. U hech qachon ezgu ehtiros – in sonni
beshafqatlarcha muayyan qilmishlarga undaydigan, ham mayoq-
ni alg‘ov-dalg‘ov qiladigan oqim va shuning uchun uzr o‘rniga
o‘tishi mumkin, deb da’vo qilmaydi. U inson o‘z ehtiroslari
284
285
uchun javobgar deb biladi... Inson o‘zini qay darajada amalga
oshirsa, shu darajadagina mavjud bo‘ladi... Prustning dahosi,
bu – Prustning asarlaridir. Rasinning dahosi, bu – uning bir
qator fojialari. Ulardan boshqa hech narsa yo‘q. Agar Rasin
yana bir fojia yozmagan bo‘lsa, Rasin yana bir fojia yozishi
mumkin edi, deyishning nima keragi bor? Inson o‘z hayoti bilan
yashaydi, u o‘z qiyofasini yaratadi, u qiyofadan tashqarida esa
hech narsa yo‘q... Biz faqat inson o‘zining qator qilmishlaridan
boshqa hech narsa emas, u mana shu qilmishlaridan tashkil
topadigan munosabatlar majmuidan iborat, demoqchimiz, xo-
los... Ekzistensiyachi qo‘rqoqni tasvirlar ekan, uni o‘z qo‘r-
qoqligi uchun javobgar, deb hisoblaydi. U yuragi, o‘pkasi yoki
miyasining qo‘rqoq bo‘lgani uchun shunaqa emas, balki o‘z
qilmishlari bilan o‘zini qo‘rqoq qilgan. Mijozning qo‘rqog‘i
bo‘lishi mumkin emas, Mijoz asabiy, zaif, chala yoxud to‘laqonli
bo‘lishi mumkin, lekin zaif odam degani – albatta qo‘rqoq degani
emas, chunki qo‘rqoqlik bosh tortish yoki yon bosish oqibatida
yuzaga keladi. Mijoz bu – hali harakat emas. Qo‘rqoq o‘z
qilmishi orqali aniqlanadi... Ekzistensiyachi qo‘rqoqni qo‘rqoq
qiladigan – o‘zi, qahramonni qahramon qiladigan ham – o‘zi,
deydi... Ekzistensiyachi insonning tushkun tasvirini bermaydi,
uni qilgan ishiga qarab baholaydi. U insonga bor umid faqat
uning harakatida ekani va faqat yagona harakatgina insonning
yashashi uchun imkon berishini aytadi... Biz o‘zgaga ro‘baro‘
turib, o‘zimizni anglaymiz va ayni paytda, o‘zga ham biz uchun
xuddi o‘zimizday ishonchli bo‘ladi... O‘zim haqimdagi biror bir
haqiqatni bilish uchun men o‘zga orqali o‘tishim kerak. O‘zga
kishi, deylik, o‘z-o‘zimni anglashimda qanchalik zarur bo‘lsa,
mening mavjud bo‘lishim uchun ham shunchalik zarur... Biz har bir
alohida hodisada erkinlik erkinlik uchun bo‘lishini istaymiz. Biroq
erkinlikka intilar ekanmiz, u to‘laligicha boshqa odamlar erkiga va
boshqalarning erki bizning erkimizga bog‘liq ekanini ko‘ramiz...
Ekzistensiyachilik, bu – hayotbaxshlik, harakat haqidagi ta’limotdir”
(“Jahon adabiyoti” jurnali, 1999-yil, 5-son. 181–195-b.).
Hayot ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga to‘la bo‘lgani
uchun kishilarning tabiati, fe’l-atvori, dunyoqarashi murakkab-
lashgan. Bu murakkablikning barcha jihatlarini hech bir na zariya
to‘la-to‘kis ifoda qilib berolmaydi. Jumladan, hech bir adabiy
metod, yo‘nalish, oqim ham inson dunyosini batafsil, to‘la-to‘kis
aks ettirolmaydi. Romantizm, realizm metodining eng barkamol
asarlarida ham inson dunyosining ma’lum bir qirralarini gav-
dalantiradi, xolos. Ekzistensionalizm yo‘nalishining J.Sartr
(1905–1980), M.Prust (1871–1922), J.Joys (1882–1941),
A.Kamyu (1913–1960), F.Kafka (1883–1924) kabi namoyan-
dalari asarlarida ham inson hayotining muayyan jihatlari – xavotir,
tahlika, umidsizlik, iztirob ko‘rsatiladi. Ularning roman, qissa,
hikoyalarida sho‘ro adabiyotining romantizm, realizm ijodiy
metodiga mansub asarlaridagi singari ijobiy-salbiy qahramonlar
yo‘q. Modernizm yo‘nalishi vakillari asarlarida iztirob ichida gi
inson qiyofasini ko‘rsatish asosiy o‘rin tutadi. Ularda inson ning
tubanliklari oshkora gavdalantiriladi. Tushkunlikka tush
gan
kishilarning xatti-harakatlari, o‘y-kechinmalari batafsil ifoda-
lanadi. Ekzistensionalizm namoyandalari diqqatini qaratgan
xa votir, qo‘rquv, iztirob, tubanlik va ular keltirib chiqaradigan
salbiy oqibatlar esa real hodisalardir. Ular inson hayotining
ajralmas bo‘laklaridir. Inson tabiati, fe’l-atvori, hayot tarzining
ana shu jihatlarini yoritish esa adabiyotning insonshunoslik
mohiyatini yanada yorqinroq ochadi.
Syurrealizm fransuzcha “surrealisme” – “yuksak realizm”,
“realizmdan ham yuksak” degan ma’noni anglatadi. Bu yo‘nalish
vakillarining qayd etishicha, ratsionalizm barcha narsani mantiq
qonunlari asosida tushuntirmoqchi bo‘ladi. U bevosita tajribaga
asoslangan hodisalarni idrok etishdan nariga o‘tolmaydi.
Mantiq mezonlariga muvofiq kelmaydigan narsalarni inkor
etish esa kishilarning akl-tafakkuri, orzu-xayoli, tasavvuri
ravnaqiga to‘sqinlik qiladi. Chunki hayotda mantiq qoliplariga
sig‘maydigan, kishilarning turmush tajribasi qamrab ololmagan,
odamlarning istak, irodasiga bog‘liq bo‘lmagan hodisalar juda
286
287
ko‘p. Shuning uchun san’at va adabiyot obyektiv voqelikni
mavjud murakkabligi bilan tasvirlashdan yuqoriga ko‘tarilib,
inson qalbi qa’riga kirib borishi va uning ongosti qatlamlariga
ta’sir qilish orqali badiiy muloqotni amalga oshirishi kerak.
Fransuz shoiri A.Breton (1896–1966) tomonidan yozilgan
“Syurrealizm manifesti” (1924)da hamda syurrealistlarning
boshqa asarlarida realizm asosiy diqqat-e’tiborni voqelikdagi
sabab-natija asosidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatishga qaratishi,
syurrealizm esa voqelikda mantiq emas, “obyektiv tasodif”
ustuvor bo‘lishini ta’kidlashi qayd etiladi. Shu bois bu yo‘nalish
tarafdorlari, jumladan, Salvador Dali, Pikasso singari mashhur
musavvirlar asarlarida g‘ayrioddiy, noan’anaviy unsurlar keng
o‘rin egallaydi va ular realistik unsurlar bilan g‘alati tarzda
birikib ketadi. San’at va adabiyotdagi avangard yo‘nalishlardan
biri syurrealizmga mansub asarlarda miflarga murojaat qilish,
o‘tmish adabiyoti va san’atidagi obrazlar, motivlar asosida yangi
miflar yaratishga intilish ko‘zga tashlanadi.
Bu oqim XX asr 10–20-yillarida dastlab Fransiyada shakl-
langan. Ayni shu davrda ijod qilgan ayrim shoirlar, yozuvchilar,
ras somlar, haykaltaroshlar, dramaturglar, rejissyorlar asarlarida
hayot va inson dunyosi mavjud an’analardan boshqacharoq tal-
qin qilingan. Ular voqea-hodisalarning tashqi ko‘rinishini tas-
virlash bilan cheklanmasdan, ularning mohiyatidagi ma’no-
larni, hodisalarning ichki murakkabliklarini kutilmagan tarzda
murakkab ramz va shakllarda ko‘rsatishga intilishgan. Pol Varlen
(1844–1896), Pol Elyuar (1895–1952), Emil Verxarn (1855–
1916), Oskar Uayld (1854–1900), O.Mandelshtam (1891–
1938), A.Axmatova (1889–1966), M.Svetayeva (1892–1941),
A.Blok (1880–1924), V.Bryusov (1873–1924), A.Beliy (1880–
1934) kabi shoir, yozuvchilarning asarlari ayni shu jihatlari bilan
avvalgi davr adabiyoti namunalaridan ajralib turadi.
Abstraksionizm lotincha “abstrastio” so‘z bo‘lib, “uzoq-
lashish”, “mavhumlik” degan ma’noni anglatadi. Abstraksionist-
larning asarlari biz ko‘nikkan an’anaviy asarlardan tamomila
farq qiladi. Abstraksionizm nazariyasiga ko‘ra, san’at borliqni
aks ettirmaydi, balki ijodkorning his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Bu
oqim namoyandalari fikricha, har qanday shakl o‘zida muayyan
mazmunni mujassamlashtiradi. Haqiqatan, har qanday san’at
asarida ijodkorning his-tuyg‘ulari o‘z aksini topadi.
Abstraksionizm rassomlik, haykaltaroshlik, teatr, kino, arxi-
tekturada, ayniqsa, keng tarqalgan. Pikasso, Renatto Guttuzo,
Salvador Dali kabi musavvirlarning asarlarida borliq hodisalari
noan’anaviy tarzda turli shakl, chizmalar vositasida ramziy ifoda
qilingan.
Futurizm lotincha “futurum” – “kelajak” demakdir. Bu
yo‘nalish nazariyasiga ko‘ra, badiiy ijod borliqni aks etti rish
vositasi emas, balki uning bevosita davomi bo‘lishi lo zim.
U shunda inson erkining ijodkorligiga tayanib, yangi dunyo-
ni yaratadi. Futurizm namoyandalari adabiy-badiiy asar
lari
ifoda uslubining g‘alatiligi, murakkab kompozitsion quri lishi,
jumlalarining odatdagidan tamomila boshqachaligi, fojia va
kulgili holatlarni yonma-yon gavdalantirishi kabi xusu siyatlari
bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. V.Xlebnikov (1885–1922),
B.Pasternak (1890–1960), N.Aseyev (1889–1963), V.Maya-
kovskiy (1893–1930) kabi rus adabiyoti namoyandalari asar-
larida futurizm ko‘rinadi.
Emil Zolya (1840–1902), Flober (1821–1880), Mopassan
(1850–1893) kabi adiblar naturalizm oqimi namoyandalaridir.
Ularning asarlarida qahramonlar hayot tarzi barcha tafsilotlari
bilan bayon etiladi. Naturalizm oqimi vakillarining asarlari
davr kishilari hayoti haqida aniq ma’lumotnoma bo‘la oladi.
Mazkur yo‘nalish nazariyasiga ko‘ra, badiiy asar inson haqida
ma’lumot beruvchi hujjat singari aniq tafsilotlarga asoslangan
bo‘lishi lozim. Naturalizm lotincha “natura” – “tabiat” degan
ma’noni bildiradi. Naturalizm (lotincha natura – tabiat) XIX asr
60-yillaridan Yevropa adabiyotida shakllangan adabiy yo‘nalish
bo‘lib, u tabiiy fanlarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar ta’sirida
paydo bo‘lgan. Naturalizm ham xuddi klassitsizm singari dastlab
288
289
Fransiyada vujudga kelgan. Bu yo‘nalish tarafdorlari (E.Zolya,
G.Flober, Gi de Mopassan, I.Gibsen va boshqa) jamiyatni va
insonni xuddi tabiatni o‘rgangan kabi aniqlik bilan tadqiq etishni
maqsad qilib qo‘yishgan va badiiy bilish ilmiy bilishga monand
bo‘lishi lozim, deb hisoblashgan. Ularning fikricha, adabiyotda
hayot bor holicha, bo‘yab-bejamasdan, biror mafkura yoki
axloqiy tarbiya maqsadlariga yo‘naltirilmagan holda tasvirlanishi
kerak. Ijodkor hayot metarialini tanlab tasvirlashi emas, uni bor
holicha aks ettirishi lozim. Naturalistlar uchun hayot voqeligini
ijodiy qayta yaratish emas, balki uni asl holida, qanday ko‘rinsa,
shu tarzda tasvirlash muhim. Bu yo‘nalish tarafdorlari asosiy
e’tiborni maishiy tafsilotlarga, inson ruhiyatining fiziologik
asoslariga, uning fe’l-atvori, xatti-harakatlaridagi tushuntirish
qiyin bo‘lgan jihatlarga qaratadilar. Klassitsizm vakillari
asarlarida jamiyatning yuqori tabaqasi hayoti diqqat markaziga
qo‘yilsa, naturalizm namoyandalari ijodida jamiyatning eng
quyi qatlamlari turmushini ikir-chikirigacha tasvirlashga intilish
ustunlik qiladi. Bu yo‘nalish namoyandalari o‘z asarlarida inson
ruhiyatining eng chuqur puchmoqlariga kirib borishga intilib,
realistik adabiyotning imkoniyatlarini kengaytirdilar. Lekin
adabiyotshunoslikda hayot voqeligini badiiyfalsafiy idrok
etmasdan, oddiygina qayd etish, turmushdan nusxa ko‘chirish
ham “naturalizm” deb yuritiladi. Bunda o‘sha asarning ijodiy-
likdan yiroqligi, chinakam san’atga yot ekanligi nazarda tutiladi.
Naturalizm namoyandalari hayot voqeligini o‘z holicha,
u qanday bo‘lsa, shunday tarzda tasvirlash kerak, deb hisob-
lashgan. Ularning fikricha, adabiyot hayot materialini tan
lab tasvirlashi nojoiz. Chunki adabiyot hayotning o‘ziga xos
ko‘zgusi ekan, unda turmushdagi barcha hodisalar o‘z ko‘ri-
nishida aks ettirilishi kerak. Naturalistlar asosiy e’tiborni ma-
ishiy tafsilotlarga, inson ruhiyatining fiziologik asoslariga,
uning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, taqdiridagi tushuntirish qi-
yin jihatlariga qaratadilar. Ular uchun hayot voqeligini ijodiy
qayta yaratish emas, balki uni asliga muvofiq tasvirlash muhim.
Bu yo‘nalishning Gi de Mopassan, G.Flober, E.Zolya kabi
vakillari asarlarida jamiyatning quyi qatlami turmushi, oddiy
odamlarning hayot tarzi mayda-chuyda ikir-chikirigacha batafsil
tasvirlanib, ularning ichki olami keng ochib beriladi. Shu bois
naturalizmga realistik adabiyotning imkoniyatlarini muayyan
darajada kengaytirgan yo‘nalishdir, deyiladi.
Naturalizmda hayot voqeligini bor holicha tasvirlash aso siy
maqsad qilib qo‘yilsa, “ong oqimi” adabiyotida inson ruhiyati-
dagi jarayonlarni aslicha aks ettirishga intilish kuzatiladi.
Jumladan, J.Joys, M.Prust kabi adiblarning asarlarida qahramon-
larning ongida qo‘qqisidan paydo bo‘ladigan o‘yfikrlar, qal
bidan kechadigan his-tuyg‘ular diqqat markaziga qo‘yiladi
va ular mantiqan izohlab bo‘lmaydigan darajada bir-biri bilan
bog‘lanib, betartib tarzda almashinib turishiga e’tibor qaratiladi.
“Ong oqimi” adabiyoti hayot voqeligi va inson obrazini gav-
da lantirishda realistik adabiyotning ifoda imkoniyatlarini ken-
gaytirdi. Ong oqimining hayotni tasvirlash, inson ruhiyatidagi
jarayonlarni ifodalash usuli tufayli realistik adabiyotning inson
xatti-harakatlarini ham ijtimoiy, ham ruhiy jihatdan asoslashga
intilishi yanada kuchaydi.
Shunday asarlar borki, ularning qahramoni qismati beixtiyor
kishini achintiradi. Xo‘rlangan, haqoratlangan kishilarning
achinarli ahvoli gavdalantirilgan bu asarlarni o‘qigan o‘quvchi
o‘z-o‘zidan mahzun bo‘lib qoladi. Uning qalbini bechora
qah
ramonga achinish hissi qamrab oladi. Inson qismati
fojeliklari gavdalantirilgan bu xil asarlar sentimental asarlar
deyiladi. F.Dostoyevskiy (1821–1881)ning “Xo‘rlangan va
haqoratlanganlar”, A.Chexov (1860–1904)ning “Kashtanka”,
“Uyqu istagi”, I.Karamzin (1766–1826)ning “Bechora Liza”
asar lari qahramonlari qismati o‘quvchi hissiyotlariga qattiq ta’sir
qilib, kuchli achinish, iztirob uyg‘otadi.
Sentimentalizm fransuzcha “sentiment” – “his, his qilish”
degan ma’noni bildiradi. Qahramonlari qismati, fojia siga achinish
hissini uyg‘otadigan asarlar kishilar qalbida insonparvarlik,
290
291
insonga muhabbat tuyg‘ularini ulg‘aytiradi. Ular mana shu
xususiyati bilan adabiyotning insonparvarlik mohiyatini
yorqin namoyon etadi. Ko‘chirmalar olingan “Ada biyot shu-
noslik lug‘ati”da qayd etilishicha, “Sentimentalizm XVIII
asr ikkinchi yarmida Yevropa adabiyotida vujudga kelgan
oqim. Uning nomlanishi ingliz adibi L.Sternning “Sentimental
sayohat” (1768) asari bilan bog‘lanadi. Sentimentalizm oqimi
vakillarining fikricha, inson tabiatining gavhari, asosi uning
ongi emas, balki hislari bo‘lgani bois komil insonni tarbiyalash
uchun dunyoni aqlga muvofiq tarzda qayta qurish emas,
balki insonga tabiatan xos bo‘lgan hislarni erkinlashtirish va
rivojlantirish zarur. Sentimentalizm namoyandalari ijodida
jamiyatning quyi tabaqasi kishilari hayoti, ichki dunyosini
tasvirlashga ko‘proq e’tibor beriladi. Inson ruhiyatini chuqur
tahlil qilishga intilgan sentimentalizm adabiyoti tarafdorlarining
qarashiga ko‘ra, insonning qadri uning his eta olish darajasi,
teran tuyg‘ularga qobilligi bilan belgilanadi. Chunki his eta olish
insonga xos eng muhim fazilat hisoblanadi. Sentimentalizm
adabiyoti inson bir qolip doirasida qolmasligi, u turli omillar
ta’sirida har xil o‘zgarib turishini ko‘rsatib, adabiy qahramon
obrazini ancha hayotiy gavdalantiradi. Bu yo‘nalish ijodkorlari
(J.Russo, D.Didro va boshqa) inson ruhiyatini, uning fe’l-
atvorini, maqsad, intilishlarini ijtimoiy muhit bilan bog‘liqlikda
tasvirlashga intilishadi. Sentimentalizm badiiy tafakkur rivojiga
samarali ta’sir ko‘rsatib, keyinchalik adabiyotda romantizm va
realizm ijodiy metodiga xos xususiyatlar shakllanishiga zamin
yaratdi. Ammo sentimentalizmning o‘rtamiyona namunalarida
qaharamonlarning o‘ta chuchmalligi, ehtiroslariga o‘ta beril-
ganidan yig‘loqiga aylangani, hissiyotlariga o‘ralashib qolgani
ham yaqqol bilinadi. “Sentimental” so‘zining salbiy ma’noda
qo‘llanishi shu bilan bog‘lanadi. Sentimentalizm adabiyotining
ma’naviy dunyosi boy bo‘lsa-da, u jamiyatning mavjud tartiblari,
taqdir chigalliklari tufayli hayotda o‘z o‘rnini topolmagan,
ko‘pchilikka qo‘shilib ketolmay, bir chekkaga chiqib, jamiyat
uchun begona, ortiqcha bo‘lib qolgan odamga achinish hissi
bilan yo‘g‘rilgan. Lekin uning qahramonlari achinish hissini
uyg‘otsa-da, o‘z mavjudligini namoyon etish uchun turmushdagi
tartiblarga qarshi dadil kurash olib bormaydi”.
Adabiy yo‘nalish muayyan davrda yashagan ijodkorlar asar-
lariga xos umumiy jihatlar mujassami bo‘lib, u hayot voqeligiga
yondashish, uni badiiy idrok etish va baholash, asarlarning badiiy
shakl xususiyatlari, ifoda uslubi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Adabiy jarayonning muayyan bosqichlarida kuzatiladigan
g‘oya viy-estetik tamoyillarni o‘zida uyg‘unlashtirgan adabiy
yo‘na
lishlar adabiyotdagi o‘sish-o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Adabiy jarayon bilan bog‘liq, badiiy tafakkur taraqqiyotining
muayyan bosqichida namoyon bo‘ladigan ushbu adabiy-es-
tetik kategoriya adabiyot tarixini o‘rganish, adabiy jarayonni
tahlil qilishda muhim omil sanaladi. Yangi adabiy yo‘nalishlar
avvalgilari bag‘rida yetilib, yangi davrdan oziqlanib, maydonga
chiqadi. Yevropa adabiyoti tarixidagi klassitsizm, naturalizm,
sentimentalizm adabiy yo‘nalish sifatida ko‘rsatiladi.
Adabiy oqim adabiy jarayon bilan bog‘liq adabiy-estetik
kategoriya bo‘lib, u muayyan davr adabiyotidagi adabiy yo‘na-
lishning bir ko‘rinishidir. Masalan, barokko yo‘nalishining
varianti sifatida ispan adabiyotida gongarizm, italyan adabiyotida
marinizm, fransuz adabiyotida pretsioz adabiyoti paydo bo‘lgan.
Bundan ayon bo‘ladiki, adabiy oqimlar muayyan adabiy yo‘na-
lishning bir tarmog‘i sifatida vujudga keladi va o‘sha adabiy
yo‘nalishga xos umumiy jihatlarni o‘zida aks ettiradi.
Umuman, ijodiy metod, ijodiy yo‘nalish, ijodiy oqim
tushunchalari o‘rtasida qarama-qarshilik, jiddiy tafovut yo‘q.
Ijodiy metod o‘rnida “badiiy metod” iborasi ham qo‘llanilishi
mumkin.
Ijodiy metodlar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan
farq qilsa-da, ular bir-birini inkor etadigan hodisa emas. Barcha
metod, yo‘nalish, oqimlar so‘z san’atining birdan-bir maqsadi –
hayot hodisalari va inson dunyosini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
292
293
Dostları ilə paylaş: |