170
171
dengizday to‘lg‘anadi, kishilar atrofida aylanadi. Dramatik shakl
shu lojuvard dengiz to‘lqinlanganda, ya’ni sahnada harakat
qilayotgan har bir odamni o‘ziga tortib, barchasini hayotiy kuch
bilan quvvatlantirganda paydo bo‘ladi. Bundan ularning har
biri o‘z shaxsiy mavjudliklarini kasb etadi. Ijodkor shaxsi – bu,
avvalo, xirgoyi ritmik nido yoki tovushlar uyg‘unligi, keyin u
bir maromda oquvchi, o‘zgaruvchan ohanglardagi
dostonga
aylanadi; oxir-oqibatda, san’atkor asarda o‘zining ishtirokini
nihoyatda nozik, sezilmaydigan darajaga olib keladi, boshqacha
aytganda, shaxsiy xususiyati, qiyofasini yo‘qotadi... San’at –
insonning predmetni estetik butunlikda aqlga muvofiq yoki sezgi
idroki orqali qabul qilish qobiliyati... Bizga xush yoqqan narsa
go‘zaldir... San’at go‘zallikning timsollardagi aksi.... Haqiqat
aql bilan anglanadi, go‘zallik tasavvur orqali qabul qilinadi...”
deydi. (Jeyms Joys. “Navqiron san’atkorning siyrati”. Roman. –
“Jahon adabiyoti” jurnali, 2007-yil, 4-son, 63– 68-betlar).
She’r ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan his-tuyg‘u
ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir. Biroq
bu she’rning eng mukammal, har jihatdan yetuk ta’rifi emas.
Mutribiy Samarqandiy (1556–1630/1650)ning “Tazkirat ush
shuaro” (1605) sida: “She’r” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “topmoq
va bilmoq” dir. Shu jihatdan shoirni “biluvchi va topuvchi” deb
ataydilar. Chunki shoir boshqalar topa olmaydigan sara so‘zlarni
topadi va ular tizimiga o‘zgalar eplay olmaydigan darajadagi
shaklni beradi. Istiloh sifatida “she’r” so‘zi ma’no,
vazn va
qofiyaning hamohang kelishini anglatadi. Chunki yaratuvchisi
ularni ana shu bir-biriga bog‘liqlik holatida shakllantiradi”,
deyiladi (Samarqandiy M. Tazkirat ush shuaro. – T.: “Mumtoz
so’z”, 2013. – 21-bet). She’rning bundan boshqa sifat, xusu-
siyatlari ham juda ko‘p. Shu bois Abdulla Qahhor: “She’r – bir
mo‘jiza. Uning mo‘jizalik sirlaridan xabardor bo‘lish, bu
sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo‘lavermaydi.
Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana
nimadir kerak”, deydi. “Yana nimadir kerak” bo‘lgani bois ham
hamma she’r yozolmaydi. Abdulla Oripov she’r inson aqliy-
ruhiy faoliyati bilan g‘aroyib jumboq ekanligini ta’kidlab:
“She’r inson ruhining birmuncha g‘ayritabiiy, ayricha holatidan
tug‘iladi”, deydi (Ehtiyoj farzandi – T.: Yosh gvardiya, 1988.19-
bet). She’rning “mo‘jizalik sirlari” har kimga har xil ta’sir
qiladi. Ya’ni uni hamma har xil tushunadi. Chunki she’r – aql
bilan anglash qiyin bo‘lgan holatlarning so‘zdagi aksi. U ko‘ngil
olamining tovush, harf – so‘zlardagi manzarasi. She’r ko‘ngil
mulki mevasi bo‘lgani bois ham unda ohanglar mavji, musiqa
tarovati mujassamashadi. Shu tufayli u qalbni zabt etadi –
kishini
bir zumda mahzun qiladi, bir lahzada quvonchga ko‘madi. Shu
bois ingliz shoiri Persi Bishi Shelli (1792–1822): “Poeziya...
ritmik nutq bo‘lib, u insonning ichki tabiatidagi hukmron
eh tiyoj – qalb amridan tug‘iladi... u inson ongini uyg‘otib,
hozirgacha ma’lum bo‘lmagan minglab fikrlar uchun makon
yaratadi, yanada boyitadi. Poeziya olam go‘zalligini yopib turgan
pardani ko‘taradi va bexabarlarga yangiliklarni namoyon etadi...
Poeziya insonning axloqiy qobiliyatini rivojlantirib, jismoniy
mashqlar odam tanasini chiniqtirgani kabi qalbini chiniqtiradi”
deydi, (Shelli Pishi Persi. G‘arb shamoli. – T.: “O‘zbekiston”,
2014. – 97–109-betlar).
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarining o‘n oltinchi
bobida shoirlarni bir necha toifaga bo‘lib, “haqiqiy (ilohiy)
ishqni kuylovchilar”, ham haqiqiy, ham majoziy (jismoniy)
ishqni madh etuvchilar”, “faqat majoziy ishqni kuylovchilar” deb
uchta toifaga ajratgan. Navoiy birinchi toifa vakillarini “ishlari
ma’nilar xazinasidan javhar termoq va u javharni el yaxshiligi
uchun nazm ipiga tortmoq” deya ta’riflagan va bu toifaga Shayx
Farididdin Attor va Mavlono Jaloliddin Rumiyni kiritgan. Ular
o‘z asarlarida zohiran yorning yuzi, ko‘zi, qoshlari, qomatini
vasf etsa-da, ramzlar vositasida
Ollohning sifatlarini madh
etadi, deb ta’kidlagan. Tasavvuf she’riyatida sohibjamolning
chehrasini ta’riflash orqali ilohiy go‘zallik madh etilib, uning
og‘zi, qoshi, ko‘zi, xoli, burni, labi, tishi kabilarni tavsiflash
172
173
orqali muayyan tasavvufiy g‘oya ifodalanadi. Chunonchi og‘izga
e’tibor qaratilganda ilohiy kalom va uning chiqish o‘rni, “ko‘z”
deganda komil inson, “qomat” deganda esa pirning haybati,
ilohiylik salobati bor odam nazarda tutiladi. Chunki tasavvuf
she’riyati ramz va majozga asoslangan bo‘lib, unda shoir o‘z
holi, kayfiyatini bayon qilganda ham, ayol jamolini tavsiflaganda
ham, quyosh, oy, yulduz, bulut, yomg‘ir, shamol, daryo, irmoq,
dengiz, ummon haqida so‘z ketganida ham, tabiat manzaralari,
tarixiy shaxslar, afsonaviy siymolar
eslatilganida ham Ollohning
qudrati, uning yaratuvchanligi madh etiladi.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton adabiyot va dinning
jamiyatdagi o‘rni, ularning kishilar ongiga ta’siri xususida
so‘z yuritar ekan, adabiyot ham, din ham avvalo odamlarning
hissiyotlariga ta’sir etishi va ular shu asosda mafkura vositasiga
aylanishini qayd etadi. Haqiqatan, she’r va musiqa hech kimga
biror narsani o‘rgatmaydi, hech bir narsaning foydali yoki zararli
ekanini isbotlab bermaydi. She’r va musiqa hech kimga yo‘l-
yo‘riq ham ko‘rsatmaydi. Ammo she’r hamda musiqa san’ati
hissiyotlarni qo‘zg‘ash orqali odamlarning faoliyatini yo‘lga
soladi. She’r muayyan fikrni ohangga solib, ongga yetkazadi.
Faylasuf, tarixchi, siyosatchi eng muhim fikrini ham shoirchalik
ta’sirchan ifodalay olmaydi. Viktorian davrida va undan keyingi
zamonlarda Angliyada
adabiyot, jumladan, she’riyat xuddi din
singari mafkuraga aylandi. Aniqrog‘i, adabiyot mafkura oldiga
qo‘ygan vazifalarni bajardi. (Иглтон Терри. Теория литерату-
ры. Введение. – M.: Территория будущего, 2010. – 47bet.)
Ulug‘ adib Ch. Aytmatov she’r kishilarning kayfiyati, ruhiy
holati, faoliyatiga ta’sir etishini ta’kidlab: “Haqiqiy she’riyatning
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ajoyib tuyg‘ular, fikr
mulohazalar rishtasi bilan zamonlarni, qalblarni bir-biriga
bog‘lab qo‘yadi”, deydi. (Aytmatov Ch., Shoxonov M. Cho‘qqida
qolgan ovchining ohi-zori. – T.: “Sharq”, 1998. – 373-b.)
Sharqda so‘zlar nasriy asardagidan ko‘ra bo‘lakcha ko‘ri-
nishda – muayyan o‘lchovga solnigan va u “misra” deyiladi.
“Misra” arabcha so‘z bo‘lib, “eshikning bir tabaqasi” degan
ma’noni bildiradi. She’rning alohida belgilaridan dastlabkisi
ritmdir. Qofiyasiz, misralarida bo‘g‘inlar miqdori har xil she’rlar
ham bo‘lishi mumkin. Biroq ritmsiz she’r yo‘q. Ritm – she’rning
asosi. U muayyan vazndagi nutq bo‘laklarining misralar,
bandlarda ma’lum bir tartibda takrorlanishidan hosil bo‘ladi.
She’r misralaridagi ohangdorlik inson sezgilariga ta’sir qiladi.
Ritm yunoncha “teng o‘lchovlilik” degan ma’noni bildiradi.
Ritm, keng ma’noda muayyan bo‘laklarning ma’lum vaqt
oralig‘ida tartibli takrorlanib turishidir. Badiiy nutqning nasriy
va she’riy shakllari ritm jihatidan farq qiladi.
Nasrdagidan farqli
holda she’riy nutq ritmi maxsus hosil qilinadi, muayyan o‘lchov
(bo‘g‘in, turoq, vazn, misra, band, qofiya) asosida tartibga
solinadi. Ritm she’riy nutqning emotsionalligi, musiqiyligi,
jarangdorligining asosidir.
Har bir til o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, u muayyan
grammatik me’yorlarga asoslanadi. She’r ritmi esa misralardagi
bo‘g‘in, turoq, ritmik pauza, vaznning o‘zaro muvofiqligidan
hosil bo‘ladi.
Bir nafas bilan aytiladigan so‘z va so‘zning bo‘lagi bo‘g‘in
deyiladi. Bo‘g‘in nutq tovushlaridan tarkib topadi. Bo‘g‘in
ohangdorlik – ritm hosil qilishi uchun u ma’lum tartibda
guruhlanishi, ya’ni misralarda muayyan tartibda izchillik bilan
takrorlanishi lozim. Bo‘g‘inlarning misralarda qat’iy tartibda
guruhlanishi turoq deyiladi.
Odam zoti / dunyodaki bor,
Uning bilan / muhabbatdir yor.
Dostları ilə paylaş: