BADIIY ASAR VA UNING KOMPOZITSIYASI
Inson faoliyatining mahsuli musiqa, rassomlik, haykalta-
roshlik, teatr, kino, amaliy san’at singari san’atning muayyan
turiga mansub asarlar badiiy asardir. Shu bois “badiiy asar”
termini san’atning barcha turlariga tegishlidir. She’r, doston,
drama, roman, qissa, hikoya singari so‘z san’atiga daxldor asarlar
“adabiy-badiiy asar”dir. Lekin ko‘pincha har qanday she’r,
doston, drama, roman, qissa, hikoya “badiiy asar” deb yuritiladi.
Navoiyning “Xamsa”si, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”
romani singari mumtoz asarlar bilan “sariq matbuot”dagi om-
40
41
ma bop, jo‘n asarlarni esa bir qatorga qo‘yib, tenglashtirib
bo‘lmaydi. Chunki ushbu asarlar badiiy darajasiga ko‘ra bir-
biridan tamoman farq qiladi. Uzoq zamonlardan o‘tib kelayotgan,
hayot hodisalari va inson obrazini yorqin aks ettirgan asarlar,
jumladan, Navoiyning devonlari, “Xamsa”si, Bobur, Mashrab
she’rlari, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhorning
hikoya va romanlari, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek”
tragediyasi mumtoz (klassika) badiiy asarlar sirasiga kiradi.
Hayot voqeligi oddiy bayon qilingan, o‘quvchilarning diqqatini
jalb etish, qiziqtirish maqsadida o‘ylab topilgan, to‘qilgan
sarguzashtlar jo‘n ifodalangan, o‘ylantirmaydigan, mushohada
yuritishga asos bermaydigan yengil-yelpi ommabop asarlarni
“badiiy asar” emas, “adabiy asar” deyish kerak.
Badiiy asar hayot voqeligining obrazlar vositasidagi ifodasidir.
Badiiy asarda hayotning muayyan qirrasi ma’lum bir yaxlitlik
kasb etib, akslanadi. Uning bu manzarasida biror bir voqelik,
undagi odamlar fe’l-atvori, dunyoqarashi, intilishi, turmush
tarzi, kiyinishi, biri-biri bilan o‘zaro muomala-munosabati
kabilar namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har bir barkamol
badiiy asar o‘z davrining o‘ziga xos ko‘zgusidir. “Adabiy asar”
hamda “adabiy badiiy asar” tushunchalari bir-biridan muayyan
darajada farq qiladi. “Adabiy asar” tushunchasining qamrov
doirasi keng bo‘lib, “adabiy-badiiy asar” uning tarkibiga kiradi.
Hikoya, qissa, roman, memuar, sayohatnoma, esse janrlaridagi
asarlarning barchasi adabiy asardir. Hikoya, qissa va roman esa
badiiy asardir.
Albatta, tarixiy, ilmiy asarlarda ham davr o‘z ifodasini to padi.
Biroq badiiy asarlar ulardan jiddiy farq qilib, davr kishilarining
ichki-tashqi dunyosini ko‘rsatadi. Zamona kishilarining tur-
mush tarzi, ularning intilishi, dunyoqarashi, qiziqishi, sevgi-
muhabbat, qayg‘u-quvonchlari faqat badiiy asarlardagina
o‘zi ning aniq ifodasini topadi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan
kunlar”, Oybekning “Navoiy” romanlarida davr kishilarining
hayot tarzi jonli chizib berilgan. Milliy adabiyotlar tarixida
shunday asarlar ham bo‘ladiki, ular “millat hayotining qomusi”
deb yuritiladi. Masalan, Aleksandr Pushkinning “Yevgeniy
Onegin” romani shunday deb e’tirof qilinadi. Haqiqatan ham
ushbu asarda XIX asr boshlaridagi rus hayotining muayyan
jihatlari jonli gavdalantirilgan. Unda turli tabaqa vakillarining
hayoti, rus o‘lkasi tabiati ishonarli ko‘rsatilgan. Albatta, XIX asr
rus kishilari hayoti haqida ko‘plab ilmiy asarlar yozilgan va
ularda aniq ma’lumotlar, asosli dalillar bayon qilingan. Biroq
bu ma’lumotlar, dalillar har qancha asosli bo‘lmasin, “Yevgeniy
Onegin” romanichalik ta’sirchan emas. Ushbu romanni yuz-ikki
yuz yildan keyin o‘qigan kishi ham qalamga olingan hodisalarning
jonli manzarasini ko‘z o‘ngida tasavvur qila oladi. Chunki unda
odamlarning hayoti, ularning sevgi-muhabbati, ayriliq azoblari,
hijron iztiroblari, quvonch-shodliklari gavdalantirilgan. Kishilar
hayotiga taalluqli bu abadiy muammolar bilan tanishish esa
hamisha qiziqarlidir. Chunki o‘tmishda ham, hozir ham, bundan
keyin ham odamlararo munosabatlar sevish-sevilish, ayriliq,
hijron, umid, umidsizlik, baxt, baxtsizlik, makr, aldov, xiyonat,
sadoqat kabi murakkab va ziddiyatli hodisalardan tarkib topadi.
Qarama-qarshiliklarga, chigalliklarga, kutilmagan ziddiyatlarga
to‘la ana shu jarayon hamisha kishilar hayotining mundarijasini
belgilaydi. Badiiy asarning asosiy maqsadi esa ana shu
haqiqatni gavdalantirish va shu asosda kishilar xarakterini,
ularning o‘ykechinmalarini, fikrini, dunyoqarashini boyitish,
tuyg‘ularini yuksaltirishdir. Demak, badiiy asar kishilarga
hayot haqida va o‘zi to‘g‘risida bilim, ma’rifat beradi.
Ilmiy asarlar esa biror bir voqea-hodisa, narsaning ma’lum
bir jihati xususida ma’lumot taqdim qiladi. Ilmiy asarlarda
isbotlangan, aniqlangan haqiqatlar bayon etiladi. Badiiy
asarlarda esa biror ishni bajarayotgan yoki biror holatga
tushib qolgan odamning qalbida, xayolida qanday o‘zgarishlar
kechayotgani ko‘rsatiladi. So‘z san’ati asarlari ana shu jihati
bilan o‘quvchilarning ongiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir qilib,
ularning qalbida oliyjanob hislar, ezgu fikrlar uyg‘otadi.
42
43
Albatta, san’atning boshqa turlari ham kishining ongi va
qalbiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mahoratli musavvir qo‘llagan
yorqin bo‘yoqlar manzaralarning ilgari e’tibor qilinmagan
qirralarini ochib ko‘rsatadi. Unga qarab turib, ko‘ngilda pokiza
hislar uyg‘onadi. Kompozitor, bastakor yozgan kuylar sozlar
jo‘rligida ijro qilinganda yoki xonanda shirali ovozda qo‘shiq
kuylaganda kishi o‘zida ta’riflab bo‘lmas, g‘ayritabiiy o‘zgarish
his sezadi va bu holat butun vujudni qamrab oladi. Osmonga
bo‘y cho‘zgan, turli naqsh va ranglar bilan ishlov berilgan, o‘ziga
xos shaklda qurilgan qadimiy madrasa, minora, maqbaralar ham
kishini hayratlantiradi.
Adabiyotning bosh mavzusi inson bo‘lgani bois uning xilma-
xil holat, harakat, intilishlari badiiy asar uchun material bo‘la
oladi. Lekin badiiy asarda gavdalantirilgan voqea-hodisalar
hayotda ro‘y bergan yoki bo‘lishi mumkin voqealarning shun-
chaki bayoni emas, balki ularning muayyan nuqtayi nazardan
qayta ishlangan shaklidir. Hikoya, roman, qissada va dostonda
qahramonlar hayotining ma’lum bir vaqt oralig‘idagi kechmish-
kechirmishlari qalamga olinadi va ular personajlarning fe’l-
atvori, xarakteri xususida (albatta, ular asosiy qahramon yoki
badiiy xarakter darajasidagi qahramon bo‘lsa) muayyan ta-
savvur uyg‘otadi. Bunday samaraga esa badiiy asarning shakl
va mazmun, mavzu va g‘oya, syujet va kompozitsiya, badiiy til
singari vositalari mutanosibligi yordamida erishiladi. Har qan-
day badiiy asar shakl va mazmun, mavzu va g‘oya, syujet va
kompozitsiya singari unsurlardan tarkib topadi. Biroq har qanday
badiiy asar mavjudligining bosh asosi uning tilidir. Til badiiy
asarning joni, qoni, urib turgan yuragidir. Ana shu tayanch – asos
qanchalik jozibador, tiniq, jonli bo‘lsa, badiiy asar shunchalik
barkamol, ta’sirchan bo‘ladi. Badiiy asar shakl va mazmunidagi
mukammallik ham, undagi mavzu va g‘oyaning yorqinligi ham,
syujet va kompozitsiyaning qiziqarli, o‘zaro muvofiqligi ham,
avvalo, ijodkorning so‘z qo‘llash, uni tanlash, ishlatish maho-
ratiga bog‘liqdir. Musavvir, naqqosh, haykaltarosh, kompozitor,
bastakor erisholmaydigan hayot haqiqatlarini yozuvchi, shoir,
dramaturg so‘z orqali gavdalantiradi. U insonning ko‘ng lidagi
kechinmalarni, ruhiy azoblanishlarni, ikkilanish, qiyna lishlarni
ta’sirchan ifoda etadi. San’atning hech bir sohasi insonning
bu holatlarini – uning qalb dunyosini badiiy asar chalik keng,
yorqin, jonli aks ettirib berolmaydi. Albatta, badiiy filmlarda
ham qahramonlarning quvonch va tashvishlari ta’sir chan gav-
dalantiriladi. Ular tomoshabinlarni quvontirishi, hayajon lan-
tirib yuborishi yoki qayg‘uga cho‘mdirib, yig‘latishi, azobga
solishi mumkin. Biroq kishilarni quvontiradigan ana shu filmlar
zamirida ham avvalo badiiy asar turadi. Aktyorlar ana shu badiiy
asar – ssenariydagi qahramonlar rolini ijro etishadi. Operator esa
rol ijro etayotgan ana shu qahramonlar holatini texnika vositalari
yordamida suratga oladi. Kinofilm yaratishda aktyor, operator,
rejissyordan tashqari, yana ko‘plab sahna mutaxassislari ishtirok
etishadi. Shuning uchun “kino – sintetik san’at” deyiladi.
Har bir narsa-hodisa o‘zga xos shakl va mazmunga ega.
Shakl va mazmun narsa-hodisa mavjudligining namoyon bo‘lish
tarzidir. Ular bir-biri bilan mustahkam bog‘liqdir. Badiiy asarda
ham hayot voqeligi muayyan shaklda ifodalanadi.
Voqea-hodisalarning tashqi ko‘rinishini aks ettirish orqali
ularning ichki mohiyatini gavdalantirish badiiy asarning shakl
va mazmunidir. Roman, hikoya, qissa, doston shakli deyilganda
obrazlarning o‘zaro munosabatlari, ular bilan bog‘liq voqea-
hodisalardan kelib chiqadigan syujet, voqealarning joylashishi
tartibi nazarda tutiladi. Ana shu obrazlar harakat, faoliyati, asar
syujeti va kompozitsiyasining ma’lum maqsadga yo‘naltirilgani
esa o‘sha asarning mazmunini belgilaydi. Har bir asarning
matni muayyan ma’no bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u
muallifning maqsadini, ko‘zda tutgan g‘oyasini ifoda qiladi.
Ma’no badiiy asar matnining o‘ziga xos motoriga aylanib, uni
harakatlantiruvchi kuch vazifasini bajaradi.
Aruz, barmoq she’r tizimlari, adabiy janrlarning barchasi,
ma’lum ma’noda, shakl ko‘rinishlaridir. Sharq mumtoz adabi-
44
45
yotiga xos g‘azal, ruboiy, tuyuq, muxammas, tarji’band singari
janrlar bir-biridan ko‘rinishi, hajmiga ko‘ra farq qiladi. Binobarin,
ular mazmun ko‘lami, fikrni ifoda etish tarziga ko‘ra ham bir
biridan ajralib turadi. Shuningdek, g‘azal bilan g‘azal, tuyuq
bilan tuyuq, ruboiy bilan ruboiy orasida ham farq seziladi. Bu,
avvalo, ulardagi fikrda, qofiyalanish tarzida, radiflarda, hijolar
ning miqdorida akslanadi. Tuyuq, ruboiylar o‘rtasidagi farq ham
shu unsurlarda bilinadi. Badiiy asarning shakl va mazmuni
avvalo uning mavzu va g‘oyasiga muayyan darajada bog‘liqdir.
Mavzu va g‘oya badiiy asar qiyofasini, ta’sirchanligini belgi-
lashda uning shakl va mazmuni singari muhim ahamiyat kasb
etadi. Biroq badiiy asarning mavzusi unda qalamga olingan
voqea yoki narsa-buyumlar emas. Badiiy asar mavzusi ijodkor
tanlagan hayotiy voqealar, u yoritgan asosiy muammolarning
umumlashmasidir. Adabiy asar uchun asos qilib olingan fikr va
maqsad uning mavzusidir. Mavzu (arabcha so‘z bo‘lib, “qo‘yil-
gan, tartibga solingan” degan ma’noni bildiradi) – badiiy maz-
mun komponenti, asarda qo‘yilgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy,
falsafiy va boshqa muammolarni badiiy idrok etish uchun tanlab
olingan va tasvirlangan hayot materiali. Adabiyotshunoslikda
ikki ma’noda: asarda tasvirlangan hayot materiali hamda badiiy
asarda idrok etish uchun qo‘yilgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy,
falsafiy va boshqa muammolar majmuyi. Asarda qalamga olin
gan voqelik – hayot materialini “mavzu” deyish, e’tibor qara-
tilgan, mushohada yuritish uchun qo‘yilgan masalalarni “mavzu”
emas, “muammo”, “problema” deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki
har qanday chinakam badiiy asar ijodkorning o‘z davri, o‘zi
yasha yotgan ijtimoiy muhitga munosabati, u xususidagi o‘y-
kechin malari, tashvishi, iztirobi mahsuli sifatida paydo bo‘ladi.
Ijodkor shaxs boshqalardan ko‘ra mavjud hayot tartiblari, undagi
ijobiy va salbiy jihatlar haqida ko‘proq o‘ylaydi, tashvish
chekadi. Tabiatidagi ana shu xususiyat, fazilat uni asar (she’r,
hikoya, roman, doston, drama, komediya, tragediya) bitishga
undaydi. Asl asar ijodkordagi ichki zarurat – “ehtiyoj farzandi”
(A.Oripov) sifatida yuzaga keladi. Ijodkor o‘zini o‘ylantirgan
muammolarni badiiy idrok etish uchun hayot voqeligidan
material tanlab, uni tasvirlaydi. D.Quronov, Z.Mamajonov,
M.Sheraliyevaning “Ada
biyotshunoslik lug‘ati”da: “Badiiy
sh akl va mazmun – voqelik dagi har qanday narsa o‘zining tashqi
ko‘rinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyati
(mazmun)ga ega. Shakl va mazmun kategoriyalari umumfalsafiy
xarakterda bo‘lib, ular voqelikni (narsani) idrok qilishda muhim
ilmiy abstraksiyalardir. Zero, shakl va mazmun tarzida bo‘lish
shartli, negaki, ular – yaxlit bir narsaning har vaqt birlikda
mavjud bo‘lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomoni. Shakl
narsaning biz bevosita ko‘rib turgan, his qilayotgan tomoni va
aynan u bizga o‘sha narsaning nimaligini – mazmun-mohiyatini
anglatadi. Mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz
mazmun bo‘lmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas.
Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va
mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun badiiy shakl
(B.sh.), badiiy mazmun(B.m.) tushunchalarining atigi ilmiy
abstraksiya ekanini unutmaslik lozim. Ya’ni biz yaxlit butun-
lik – badiiy asarni atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish
maqsadidagina shu xil shartli bo‘lishga yo‘l qo‘yamiz. Aslida
esa badiiy shakl mazmunsiz, badiiy mazmun esa shaklsiz mavjud
emas. Zero, badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan
mavjudligi, badiiy mazmun esa uning ichki ma’nosi, mag‘zidir.
Badiiy asarda shakl va mazmun o‘zaro dialektik aloqada bo‘lib,
ular bir-birini taqozo etadi, bir-biriga ta’sir qiladi, bir-biriga
o‘tadi. Badiiy shakl bilan badiiy mazmunning o‘zaro munosa-
batida keyingisi yetakchi mavqega ega bo‘lib, u shaklni hosil
qilishda juda faoldir. San’atkor ijodiy niyatidan kelib chiqqan
holda bo‘lg‘usi asarning shaklini belgilaydi, yana ham aniqrog‘i,
bo‘lg‘usi asarning mazmuni uning shaklini belgilaydi. Masalan,
jamiyatning joriy holatini badiiy idrok etish, u haqdagi hukmini
badiiy konsepsiya tarzida shakllantirish va ifodalash maqsadini
ko‘zlagan ijodkor roman shaklini tanlaydi. Chunki ayni shu
46
47
shakl ijodiy niyatda ko‘zda tutilgan mazmunga har jihatdan
muvofiq keladi va o‘sha niyat ijrosi uchun imkon beradi. Shu
bilan birga, badiiy shakl nisbiy mustaqillikka ega hamdir. Har bir
davr adabiyotida keng qo‘llanilib kelayotgan, o‘quvchi ommaga
tushunarli va o‘zining nisbatan turg‘un ko‘rsatkichlariga ega
bo‘lgan shakllar mavjud. Shunga ko‘ra, san’atkor ifodalashni
ko‘zda tutgan mazmunni o‘sha shakllar doirasiga sig‘dirishga
intiladi. Masalan, sahna uchun asar yozayotgan ijodkor uni
pardalarga, ko‘rinishlarga bo‘ladi, syujet voqealarini ijro vaqtiga
sig‘diradi, dialoglarni sahna ijrosi uchun mos holga keltiradi,
ularni remarkalar bilan ta’minlaydi va h.k. Shakl konservativroq
hodisa bo‘lganligidan uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega.
Mazmun esa o‘zgaruv chanlikka moyil hodisa bo‘lib, har bir
badiiy asar mazmunan o‘zicha originaldir. Sababi, o‘sha asarni
yaratgan ijodkor – individ, u dunyoni o‘zicha ko‘radi va
baholaydi. Shunga ko‘ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham
mazmunan original sanalishi mumkin. Masalan, hikoya janri
o‘zining asosiy shakliy xususiyatlari bilan badiiy adabiyotda
uzoq vaqtlardan beri mavjud. Ayni shu badiiy shaklda minglab
yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlarning sanog‘iga
yetib bo‘lmaydi. Albatta, har bir hikoyaning shaklida ham
muayyan o‘ziga xosliklar bo‘ladi, biroq hikoyaga xos asosiy
shakliy belgilar saqlanib qolaveradi. Mazmunning shaklga o‘tish
hodisasi, avvalo, genetik asosga egadir. Masalan, g‘azal janri
dastlab mazmun hodisasi bo‘lib, “ayollarga xushomad, mu-
habbat” mazmunidagi she’riy asar g‘azal deyilgan. Keyincha,
g‘azal o‘z mazmuniga mos eng muvofiq shaklga ega bo‘lgach, u
shakl hodisasiga – turg‘un she’riy janrga aylandi. Yoki italyancha
“yangilik” so‘zidan olingan novella ham dastlab mazmun
hodisasi edi: novella deyilganda, jonli qiziqish uyg‘otuvchi
yangi voqeani hikoya qiluvchi asar tushunilgan. Ayni chog‘da,
novella o‘ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo‘lgan:
qisqalik, syujet o‘tkirligi va b. Keyincha novellaga xos shakliy
xususiyatlar muqimlashib, o‘ziga xos shakl – novella janri
yuzaga keladi. Shuningdek, shakl va mazmunning bir-biriga
o‘tishi bir asar doirasida ham kuzatiladi. Bu badiiy asarning
sistema ekani, har qanday sistema quyi va yuqori darajadagi
strukturaviy bo‘lak lardan tarkib topishi bilan bog‘liq. Masalan,
til obrazga nisbatan shakl, obraz tilga nisbatan mazmun; ayni
paytda, obrazning o‘zi badiiy mazmunni ifodalash shakli. Yoki
badiiy obrazning predmetlilik darajasiga ko‘ra turlari (detal –
fabula – xarakter va sharoit – dunyo obrazi) ham shaklning
mazmunga, mazmunning shaklga o‘tishiga misol bo‘la oladi.
Badiiy asar qimmatini bel gilashda mazmun va shaklning o‘zaro
muvofiqligi eng muhim mezonlardan sanaladi. Badiiyat go‘zal
shaklda ifodalangan ak tual, umuminsoniy qadriyatlarga mos
mazmunni taqozo qiladi. Shunday ekan, shaklni badiiyat, maz-
munni g‘oyaviylik (bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi
sifatida tushunib, har ikki siga birdek e’tibor berish zarur. Ada-
biyotshunoslikda mazkur qoidadan chekinilgan hollar ham
bo‘lgan, albatta. Shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib,
uni badiiyatning bosh mezoni sifatida qaraganlar formalistlar
deb yuritiladi (for malizm, formal metod). Shuningdek, badiiy
asarning shakliga ko‘z yumib, uning qimmatini mazmundan ke-
lib chiqibgina baholashga urinishlar ham bo‘lgan. Xususan,
20-yillar Sho‘ro adabiyotshunosligida maydonga kelgan “vul gar
sotsiologizm” tarafdorlari faoliyatida badiiy asarni faqat goyaviy
mazmunidan, sinfiy mohiyatidan kelib chiqib baholash amaliyoti
kuzatiladi (vulgar sotsiologizm). Badiiy adabiyotga bunday
yondashuv uning san’at hodisasi ekanligini inkor qilish, uni
mafkura qu roliga aylantirishning qo‘pol ko‘rinishi edi. Garchi
sho‘ro ada biyotshunosligi vulgar sotsiologizmga o‘z vaqtida
keskin zarba bergan bo‘lsa-da, uning o‘zi ham bir oyog‘i bilan
shu mavqeda turar, ya’ni mohiyatan badiiy adabiyotga shu xil
yondashuvning “yumshoq” varianti edi. Sho‘ro davrida yangi
tuzumni, kommu nistlar partiyasini, proletariat dohiysini ulug‘-
lagan badiiy jihat dan nochor asarlarning rag‘batlantirilib, chi-
nakam badiiyat hodisasi sanaladigan asarlarning e’tibordan
48
49
chetda qolgani, eng yomoni, tazyiq ostiga olingani buning yorqin
dalilidir. Bundan badiiy asarni uning tabiatidan kelib chiqqan
holda, shakl va mazmunni birlikda olib tekshirish zarur ekani ayon
bo‘ladi. Tabiiyki, badiiy asarni o‘rganishda ulardan biri diqqat
markaziga qo‘yilishi mumkin. Shunda ham, masalan, asar shakli
haqida fikr yuritayotganda, uning mazmunni uyushtirish va ifo
dalash, ta’sir dorligi-yu badiiy jozibasini oshirishdagi aha miyati-
ni; mazmun haqida fikr yuritganda esa uning shaklga qay daraja
da muvo fiqligini nazardan qochirmaslik taqozo etiladi”, deyilgan.
Albatta, har qanday mavzu borliqdagi narsa-hodisalar bilan
bevosita bog‘liqdir. Badiiy asarda esa asosiy diqqat-e’tibor inson
hayoti, uning turli vaziyatholatdagi kayfiyati, kechinmalari,
maqsad, intilishlari, borliqqa qarashlari, kishilar bilan muomala
va munosabatlariga qaratiladi. Bular badiiy asarlarning asosiy
mavzusidir. Hayot muammolardan iboratligi, kishilar bir-biri
bi lan ko‘zga ko‘rinmas rishtalar orqali bog‘langani bois badiiy
asarlarda turli mavzular qalamga olinadi.
Ijodkorning mavzu tanlashi, avvalo, uning hayotiy tajribasiga
bog‘liqdir. O‘zbek yozuvchilarining aksariyati qishloq hayotidagi
voqealarni ishonarli yoritib beradilar. Chunki ular qishloqda
tug‘ilib o‘sishgani bois u yerdagi hayotni yaxshi bilishadi.
O‘zbek adabiyotida hozirgacha zavod-fabrika, shaxtadagi hayot
haqida qiziqarli, ta’sirchan roman, qissa yozilmagan.
Badiiy asarlar mavzusi ikki xil bo‘ladi, deyish mumkin.
Birinchisi – abadiy mavzular, ikkinchisi – davriy mavzular.
Ma’naviy-axloqiy turmush bilan bog‘liq oila, sevgi-muhabbat,
vatanparvarlik, e’tiqod, o‘zi yashayotgan zamonga, jamiyatga
munosabat kabilar adabiyotning abadiy mavzularidir. Bundan
tashqari, har bir zamonning o‘z muammolari bo‘ladiki, ular
davriy mavzudir. Masalan, o‘tgan asrning 30-yillarda kolxoz
qurilishi, yangi yerlarni o‘zlashtirilish O‘zbekistonda jiddiy
muammo bo‘lgani bois bu mavzuga bag‘ishlangan ko‘plab
she’riy, nasriy asarlar yozilgan.
Albatta, adabiyot o‘z davrining dolzarb muammolarini
yoritib ko‘rsatishi kerak. U bu bilan kishilarning diqqat-e’tiborini
ma’lum masalaga jalb etadi.
Biroq davrning dolzarb muammolarini mavzu qilib olishning
o‘zigina asarning ta’sirchanligi, zamonaviyligini ta’minlamaydi.
Tarixiy voqealar qalamga olinsa-da, zamonaviy mavzudagi
asarlardan ko‘ra ta’sirchanroq, qiziqarliroq asarlar talaygina.
Masalan, “Ulug‘bek xazinasi”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Yulduzli
tunlar” singari asarlarda olis o‘tmish haqida hikoya qilinsa-da,
ularda zamondoshlarimiz ruhini ulg‘aytiradigan, qalbiga ezgu
o‘ylar olib kiradigan badiiy joziba mavjud. Yoki Alisher Navoiy
dostonlari, Boburning ruboiy, g‘azallari, Fyodor Dostoyevskiy
romanlari kishilarni hech qachon befarq qoldirmaydi. Chunki
ularda inson qalbining nozik tovlanishlari badiiy aks ettirilgan.
Ijodkor mavzuni muayyan maqsad bilan tanlaydi va hayotning
muayyan haqiqatlarini ochib beradi. Albatta, barcha asarlarda
ham ijodkorning maqsad-muddaosi ochiq-oshkora ko‘rinib
turmaydi. Bunday bo‘lishi shart ham emas. Ijodkorning hayot
hodisalarini qay darajada ko‘rsatishi, hodisaning qaysi jihatlariga
ko‘proq e’tibor qilishining o‘ziyoq uning maqsad-niyatini bil-
dirib turadi. Yozuvchi voqelikni xolis turib gavdalantirganida
ham undagi nimanidir tasdiqlaydi, nimanidir inkor etadi. Ijod-
kor maqsadini boshqarib, uning qarashlari, hodisaga yonda-
shishlarini ma’lum bir izga solib turadigan ana shu hodisa
g‘oya dir. G‘oya badiiy mazmunning muhim komponenti bo‘lib,
u asardan anglashiladigan, undan kelib chiqadigan obrazli,
umum lashma fikr bo‘lib, u asarda diqqat qaratilgan voqeaho
disalarga muallifning g‘oyaviy-hissiy munosabati, badiiy idrok
etilishi va baholanishi natijasida namoyon bo‘luvchi badiiy
hukm, xulosadir. G‘oya mazmunning o‘zak komponentidir.
G‘oya har qanday asarda bo‘ladi va o‘zining mazmun-mohiyati,
ko‘ lami, qamrovi, ifodalanish darajasi va boshqa jihatlariga
ko‘ra farqlanadi. Badiiy asar g‘oyasi ijodkorning dunyoqarashi,
maqsadi, o‘zi qalamga olgan voqelikka munosabati, qiziqishi
50
51
kabi omillar bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir haqiqiy ijodkor
esa borliqni o‘zicha ko‘rib, mavjud hayot voqeligini o‘zicha
idrok etadi va unga munosabatini bildiradi. Shuning uchun
asarda tasvirlangan voqelik haqiqiy hayot voqeligi emas,
balki muallif ko‘rolgan va idrok etgan voqelikdir. Bir davrda,
bir joyda kechgan voqelikni har bir ijodkor asarida o‘zicha
aks ettiradi. Chunki hayot voqeligi – g‘oyat murakkab va
ko‘p qirrali. U ijodkorlarning qalbiga turlicha ta’sir ko‘rsatib,
ongida turlicha aks etadi. Ijodkorning dunyoqarashi badiiy asar
g‘oyasini belgilovchi muhim omildir. Jamiyatdagi hukmron
mafkura, ijtimoiy-siyosiy qarashlar ijodkorning dunyoqarashiga
kuchli ta’sir o‘tkazadi. Badiiy g‘oya – individual hodisa. Lekin
bu har bir ijodkor o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, asarida har
qanday g‘oyani ifodalashi, ilgari surishi mumkin, degani emas.
Ijodkor avvalo qaysi ijtimoiy guruhdanligi, qanday ijtimoiy-
siyosiy qarashning tarafdori ekanidan qat’i nazar, o‘z asarida
umuminsoniy qadriyatlarni yoqlashi shart. Chunki chinakam
badiiyat ijodkorning ezgulik, adolat, insonparvarlik, go‘zallik
kabi mangu qadriyatlarni ulug‘lashini taqozo qiladi. Badiiy asar
g‘oyasining ahamiyati va qimmati uning milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga muvofiqligi hamda asarda hayot voqeligining
obrazli tarzda ta’sirchan ifodalanishi asosida belgilanadi. Roman,
qissa, doston, tragediyalarda qo‘yilgan muammolar ko‘lamidan
kelib chiqib, ulardagi g‘oyalar tizimi – badiiy konsepsiya
to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Adabiyotning g‘oyaviyligi masalasiga turlicha qaraladi.
Adabiyotning g‘oyaviyligini oqlovchilar ham, uni butunlay qo-
ra lovchilar ham bor. Chunki “adabiyotning g‘oyaviyligi” de-
ganda asarda qalamga olingan voqea-hodisalarga ijodkorning
munosabati, uning hayotga va insonga yondashuvi nazarda
tutiladi. Ijodkor hayotni qanday idealidan, qarashlardan kelib
chiqib aks ettirgani e’tiborga olinadi.
Demak, g‘oya ijodkorning qalamga olinayotgan voqelikka
munosabatidir. Mavzu esa aks ettirilayotgan voqea-hodisalarning
umumlashmasi, yig‘indisi, ya’ni badiiy asar uchun tayanch
bo‘lgan asosiy fikr va maqsad obyektidir.
Ijodkor – voqelik – fikrmaqsad – munosabat. O‘zo‘zidan
ayonki, bular bir-biri bilan mustahkam bog‘langan zanjirlardir.
Chunki voqelik haqidagi fikr o‘zo‘zidan tug‘ilmaydi. U kuzatish,
tahlil qilish, o‘rganish asosida paydo bo‘ladi. Bu jarayonda
tabiiyki, nimadir inkor qilinadi, nimadir ma’qullanadi. Nimanidir
ma’qullashi yoki inkor qilishi esa ijodkorning unga munosabatini
bildiradi. Chunki munosabat bo‘lmasa, tasdiqlash, ma’qullash
ham, rad qilish, qoralash ham bo‘lmaydi. Ijodkorning oddiygina
novdadagi bargni tasvirlashi yoki unda hosil bo‘layotgan kurtakni
madh etishi ham o‘ziga xos munosabatdir. Ya’ni bu tabiatning
muayyan bir hodisasiga qarash va u orqali o‘quvchida ma’lum
bir kayfiyat uyg‘otishdir. Badiiy asarda kishilar qiyofasi, ularning
xatti-harakati gavdalantirilganida esa ijodkorning munosabat va
maqsadi barg yoki shamol tasviridagidan ko‘ra aniqroq bilinib
turadi.
Mavzu va g‘oya bir-biriga bog‘liq hodisadir. Chunki har
qanday mavzuga muayyan maqsad asosida yondashiladi. Shu
bois mavzu bitta, undan anglashiladigan g‘oyalar esa turlicha
bo‘lishi mumkin. G‘oya ijodkorning dunyoqarashiga, nuqtayi
nazariga bog‘liqdir. Har qanday san’at asarida ma’lum bir g‘oya
ifodalanadi. Negaki, g‘oya fikrdir. Shoirning shamollar, yulduzlar,
shildirab oqayotgan suvlar ta’rif-tavsif qilingan she’rlarida ham,
me’morning loyihasi asosida barpo etilgan gulzor manzarasida
ham, haykaltarosh yasagan ot, qush shaklida ham qandaydir
fikr – g‘oya mujassam. Shuning uchun so‘zlar, ranglar, ohang-
lar, manzaralar, shakllar beixtiyor ong-u shuurimizga ta’sir etib,
bizda muayyan fikr, munosabat uyg‘otadi.
Sho‘ro hokimiyati adabiyotning g‘oyaviylik xususiyatlaridan
o‘z mafkurasi yo‘lida foydalandi. “G‘oyaviylik – adabiyotning
bosh mezoni. Sho‘ro adabiyotining g‘oyaviyligi sho‘ro siyosatini
sharaflashdir” degan qarash o‘sha davrda hukmronlik qildi.
Ana shuning oqibatida “g‘oya”, “adabiyotning g‘oyaviyligi”
52
53
degan istilohlarga XX asr adog‘ida g‘ashlanib qarash kuchayib,
“haqiqiy adabiyot g‘oyasiz bo‘ladi”, degan aqida yoyildi. Bu
uzoq yillar davomida tushovlab qo‘yilgan FIKRning zanjirlarni
uzib, kishandan bo‘shalishi oqibatida tug‘ilgan o‘ziga xos
isyon – norozilik ifodasi edi. Aslida g‘oya barcha ijtimoiy
hodisalarga, jumladan, san’atning hamma turlari uchun ham xos
hodisadir. Mavzu va g‘oya asarda hayotning muayyan parchasini
gavdalantirishga asos bo‘ladigan, unda ta’sirchan qahramonlar
qiyofasini yaratishni ta’minlaydigan poydevordir.
Badiiy asar qaysi zamonda yaratilganidan qat’i nazar,
o‘quvchining his-tuyg‘usi, ongiga ta’sir etib, uni mushohadaga
undaydi. Navoiy, Boburning g‘azal, ruboiylari, Abdulla Oripov,
Rauf Parfining she’rlari shunday salmoqqa ega. Badiiy asar
muallifi asarini yaratish jarayonida tasavvurida o‘z o‘quvchilari
bilan xayolan muloqotga kirishadi. Uning ko‘z oldida doim
o‘quvchilari turadi. Shoir, adib o‘zining o‘y-kechinmalari,
tuyg‘u-kechinmalarini o‘quvchilariga ma’lum qilishga, u bilan
bahslashishga, fikriga ishontirishga intiladi. U ana shu jarayonni
so‘zlar orqali matnga aylantirib, qog‘ozda ifodalaydi. Shoir,
yozuvchi hayot voqeligini xayolida qayta “ishlab”, ta’sirchan
shaklga solib aks ettiradi. O‘quvchi ana shu matnni o‘qiyotganida
muallif qalamga olgan voqelikni xayolan tasavvur qilsa va undan
ta’sirlansa, u “badiiy asar”dir. O‘quvchining ong-tafakkuri,
xayol-tasavvuriga ta’sir ko‘rsatmagan, uni o‘ylantirmagan
bitik roman, qissa, hikoya, doston, she’r, drama sifatida taqdim
etilganidan qat’i nazar, badiiy asar emas. Shekspir, Gyote,
Stendal singari ijodkorlarning asarlari hech kimni befarq
qoldirmaydi. Badiiy asar matnini o‘qish jarayonida o‘quvchi
bilan unda e’tibor qaratilgan voqelik va uni qalamga olgan
muallif o‘rtasida ma’naviy, ruhiy aloqa hosil bo‘ladi. O‘quvchi
beixtiyor muallifning tinglovchisi, suhbatdoshiga aylanadi.
Muallif bilan o‘quvchi o‘rtasida muloqot kechadi. O‘quvchi
muallifning qaysidir fikrini ma’qullaydi yoki unga norozilik
bildiradi. Shunda asar matni badiiy asarga aylanadi. Matn
mutolaa qilinmaganida u qog‘oz, muqova, rangdan iborat narsa
bo‘lib turaveradi. Mumtoz badiiy asarlar so‘zning san’at sifatida
moddiylashgan shaklidir. Kishilar ularni har gal o‘qiganida
satrlari, sahifalaridan yangi ma’no anglab, ta’sirlanadi. Bunday
asarlarning ta’sir kuchi hech qachon tugab qolmaydi. Aksincha
har bir kishi ulardan o‘zining dunyoqarashi, bilimi doirasi, hayot
tajribasi, qiziqishi va ruhiy holati, kayfiyati darajasida quvvat
olaveradi.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Igltonning qayd etishicha, biz
adabiy-badiiy asarlarni muayyan darajada o‘zimizning shaxsiy
tashvishlarimiz bilan bog‘liq holda talqin qilamiz. Shaxsiy
tashvishlarimizdan esa hech qachon xalos bo‘la olmaymiz. Ayrim
asarlar, ehtimol, shu bois asrlar davomida o‘z qadrini saqlab
keladi. Ya’ni odamlar badiiy asarlardan o‘z shaxsiy hayoti bilan
bog‘liq muammolarning ayrim jihatlarini anglab oladi. Ammo
kishilar badiiy asarlarni faqat shu bois qadrlashmaydi. Biz uchun
qadrli bo‘lgan Homer o‘rta asrlarda e’tibor topmagan. Yoki
“bizning” Shekspir zamondoshlarini unchalik qiziqtirmagan.
Chunki har bir tarixiy davr Homerga ham, Shekspirga ham
o‘z muammolaridan kelib chiqib e’tibor beradi. Ya’ni barcha
badiiy asarlar hamma zamonda o‘z o‘quvchilari tomonidan
g‘ayriixtiyoriy tarzda qaytadan “yoziladi”. (Iglton T. Teoriya
literaturi. 32-bet).
Ilmiy asarlarda ham hayot hodisalari ma’lum qilinadi.
Fizikada tabiat hodisalari, biologiyada o‘simlik va hayvonot
dunyosi, tarix fanida bo‘lib o‘tgan turli voqealar, ijtimoy-siyosiy
jarayonlar to‘g‘risida aniq dalillar, o‘tkazilgan tajribalar va
ulardan olingan natijalar asosida so‘z yuritiladi va muayyan
tavsiyalar beriladi. Badiiy asarda esa hech kimga hech qanday
tavsiya, maslahat berilmaydi. Unda muayyan qahramonlarning
o‘y-kechinma, boshidan o‘tganlarini badiiy tasvirlash orqali
hayot voqeligi gavdalantiriladi. Ular bilan tanishish – matnni
mutolaa qilish jarayonida o‘quvchida ma’lum fikr – qalamga
olingan voqelikka nisbatan munosabat uyg‘onadi va undan
54
55
har kim aql-idroki, tushunchasi darajasida o‘zicha xulosa
chiqaradi. Navoiyning “Mehribone topmadim...”, “Meni men
istagan...”, Boburning “Kim ko‘rubdur...” deb boshlanadigan
g‘azalidan har bir kishi o‘zicha ta’sirlanib, turlicha mushohada
yuritadi. Bu badiiy asar matnining jonlanib, zamon va makonlar
osha yashashi, muallifning o‘z o‘quvchisi bilan ma’naviy-
ruhiy muloqotga kirishishi uchun o‘ziga xos vosita, maydon
ekanligidan dalolat beradi. Shu tariqa daho ijodkorlar hamisha
barchaga zamondoshlik qiladi. Roman, doston, dramalari matni
ularni o‘z zamondoshlari va kelgusi avlodlar bilan bog‘laydi.
Shu bois “matn – asarning asosi” deyiladi.
Terri Iglton badiiy asarlar ijtimoiy hayot o‘zgarishlariga
bog‘liq holda qadrlanishi yoki e’tiborsiz qolishini ta’kidlar
ekan, har bir odam asarlarga munosabat bildirish huquqiga ega
ekanligi, bu masalada u erkinligini alohida qayd etadi. “Jon
Donning ayrim she’rlarini yoqtirmaganim uchun meni hech
kim ayovsiz jazololmaydi. Ammo men Donning adabiyotga
aloqadorligi xususida kim bilandir bahslashadigan bo‘lsam,
muayyan vaziyatlarda buning uchun o‘z ish o‘rnimdan ajralishim
mumkinligini hisobga olishimga to‘g‘ri keladi. Albatta, men
saylov chog‘ida leyboristlar yoki konservatorlarga ovoz be-
rishda erkinman. Bu masalada ixtiyorim o‘zimda. Ammo
saylov chog‘ida bu tadbir rasmiyatchilik uchun, xo‘jako‘rsinga
o‘tkazilayotgani, bir necha yildan beri saylov byulleteniga belgi
qo‘yish orqali demokratiyaga to‘sqinlik qilinayotganini aytib
ayyuhannos solsam, kunlarimni qamoqxonada o‘tkazishimga
to‘g‘ri keladi. Bizni shakllantirgan va aniq dalillar asosida biz
ishongan qadriyatlarning ancha qismi yashirin, bekiq holda
turadi. Chunki har bir davr mafkurasi shuni taqozo etadi.
Badiiy asarlarga kishilarning munosabati ham davr mafkurasiga
bevosita bog‘liq holda o‘zgaradi”, deydi (o‘sha manba. 34-bet).
Har bir asar matni o‘ziga xos boshlanib, o‘ziga xos tarzda
tugallanadi. Bu barcha turdagi asarlarda kuzatiladi. She’r, dos-
ton yoki roman, tragediya aynan shunday boshlanib, shunday
tugallanishi kerak, degan qat’iy qoida mavjud emas. Masalan,
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani matnining
birinchi bo‘limi: “1264 hijriya, dalv oyining o‘n yettinchisi,
qishki kunlarning biri, quyosh botgan, tevarakdan shom azoni
eshitiladir...” deb boshlanadi. Abdulla Qahhorning “Anor”
hikoyasi: “Uylar to‘la non, och-nahorim bolam, / Ariqlar to‘la
suv, tashnai zorim bolam. O‘tmishdan.” degan peshso‘z (epigraf)
dan keyin “Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami
yaktagining yengi zulfinga ilinib, tirsakkacha yirtildi” deb
boshlansa, “O‘g‘ri” hikoyasida “Otning o‘limi – itning bayrami”
maqoli peshso‘z qilib keltiriladi va “Kampir tong qorong‘isida
xamir qilgani turib, ho‘kizidan xabar oldi” deb boshlanib,
“Paxtafurush cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab
olgani bitta emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti
bor. Bu shart kuzda ma’lum bo‘ladi” deb tamom bo‘ladi.
Ingliz adabiyotshunosi T.Iglton “Adabiyot nazariyasi. Kirish”
kitobida Kembridj universiteti professori A.A. Richard badiiy
asarlarga baho berish bilan bog‘liq qiziq tajriba o‘tkazganini
bayon qilib, asarlar to‘g‘risida fikr bildirish juda ko‘p ijtimoiy
omillar bilan bog‘liqligini asoslab beradi. Igltonning qayd
etishicha, Richard talabalarga ko‘p zamonlardan beri mashhur
bo‘lib kelayotgan shoirlarning she’rlarini muallifi nomini
ko‘rsatmagan holda tarqatib, ularga yozma ravishda munosabat
bildirish, baho berishni so‘ragan. Bu tajribada ishtirok etgan
jamiyatning yuqori tabaqasiga mansub, Angliyadagi xususiy
maktab, litseylarda tahsil olgan oq tanli talabalar mashhur
shoirlarning she’rlariga “adabiy” fakt sifatida e’tibor bermasdan,
o‘zlarining turmush tarzi va shaxsiy qarashlaridan kelib chiqib,
tanqidiy munosabat bildirishgan (o‘sha manba. 35-bet).
Ilmiy asarlar matni badiiy asarlarnikidan tamoman farq
qiladi, xususan, Arastu “Poetika”sida: “Tragediya kishilarni
tasvirlash emas, balki harakat va hayot, baxtlilik va baxtsizlikni
tasvirlashdir, baxt va baxtsizlik esa doimo xatti-harakatlar natija-
sida kelib chiqadi. Tragediyada aks ettirishning maqsadi ham
56
57
qandaydir fazilatni emas, xatti-harakatni talqin etishdir. Xarakter
kishilarga fazilat baxsh etadi, faqat xatti-harakat natijasidagina
ular baxtli va baxtsiz bo‘lishlari mumkin. Tragediyada harakat
faqat xarakterlarni tasvirlash uchungina amalga oshirilmaydi,
ular (xarakterlar) xatti-harakat orqali ko‘rsatiladi, xolos” deyiladi
(Arastu. Poetika. Axloqi kabir. -T., Yangi asr avlodi. 2004. – 28-
bet). “Poetika” – adabiyotshunoslikka doir tadqiqot. “Dastlabki
adabiyot nazariyasi” deya e’tirof qilinadigan “Poetika”ning
matni, unda bayon qilingan mulohazalar ilmiy asarga aniq
misoldir. Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Boburning “Muxtasar”,
V.Belinskiyning “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi”,
Fitratning “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” asarlari ilmiy
asardir. Rus adibi Fyodor Dostoyevskiyning “Ma’suma”
asaridagi: “Aprel yarimlab, bahorning nafasi kelib qolgan edi.
Qo‘shtabaqa derazalarning ko‘cha tomonini olib tashlagach,
sokin xonalarimiz quyoshning yorqin shu’lalariga yo‘g‘rildi.
Ammo qarshimda qalin bulut qatlami turganidan, aqlimni
qorong‘ilik pardasiga o‘rayotganidan bexabar edim. Mudhish
va mash’um qatlam edi bu! Qatlam qanday yo‘qoldi, ko‘zim
qanday ochildi, aqlim qanday peshlanib, voqealarni qanday fahm
eta boshladim? Tasodif yuz berdimi, hal qiluvchi kunning kelishi
birdan tezlashdimi, quyosh nurlari o‘tmaslashib qolgan aqlimda
fikr va idrokimni uyg‘otdimi? Yo‘q, fikr ham, idrok ham mutlaqo
aloqasiz bu yerda. Yuragimda o‘la boshlagan tomirchalardan biri
to‘satdan tirildi, bir titradi-yu, hayotga qaytdi va qalbimdagi zim-
ziyolikni, zim-ziyoda yashirinib yotgan, meni yo‘ldan urayotgan
mag‘rurlik shaytonini yoritdi. Bu kutilmaganda, to‘satdan,
oqshom arafasida, ovqatdan keyin, soat beshlarda sodir bo‘ldi...”
o‘rinlari badiiy asar matni ilmiy asar matniga qiyoslaganda
juda ta’sirchan bo‘lishiga yorqin misoldir. “Ma’suma” singari
adabiyotning asl asarlarida inson qalbidagi o‘zgarishlar jarayoni,
uning kayfiyatidagi turli holatlar ana shu tarzda – hissiyotlarga
yo‘g‘rilgan holda tasvirlanadi. Rauf Parfining “Shoir” she’ridagi:
“O, ona-tabiat, ma’yus onajon, / Sirli bu zavq aro sirqiraydi tan,
/ Oxiri o‘ldirar meni hayajon, / Boisi ne, aytolmasman daf’atan.
/ O, ona-tabiat, o‘ylayman seni, / Tinglayman, olamning shivirin
takror. / Bandi maskaniga chorlaydi meni / Kibor cho‘qqilarda
muzlagan bahor. / Mungli tovushiga osurman quloq, / Dovdir
majnunona xayolga asir... / Varaqlar ustida mixlandi nigoh, /
Yong‘in changalida turibman axir...” satrlari jo‘shqin ilhom
bilan bitilganini har bir o‘quvchi, albatta, his qiladi. Badiiy
asarda kundalik muloqotda qo‘llanadigan oddiy so‘zlar ham,
kitobiy so‘zlar ham odatdagidan boshqacharoq tusga kiradi.
So‘zlarning yangi ma’no qirralari ochilib, ta’sirchan quvvat
hosil qiladi. Simdan oqib keladigan ko‘rinmas elektr quvvati
chiroqlarni yondirib, radio, televizor, dazmol, kompyuter singari
texnika vositalarini ishga solgani kabi badiiy asardagi so‘zlar
ham kishilarning his-tuyg‘u, kechinmalarini harakatga keltiradi.
Badiiy asar matnida so‘zlar yangicha rang, jilo kasb etadi. Ularni
xuddi gul, daraxt yoki mashina kabi ko‘rib, ushlab bo‘lmasa-
da, badiiy asar matnidagi so‘zlarning odatdagidan bo‘lakcha
ta’sir kuchini har bir kishi qalbi bilan his qiladi. Chunki badiiy
asardagi so‘zlar ilhom chog‘larida ijodkor qalbiga quyilib
kirgan ilohiy quvvatdan zaryadlanib jilolanadi. She’r, doston
misralarida, hikoya, qissa, roman, tragediya, drama, komediya
matnida o‘z o‘rniga tushib, jilolanadigan so‘zlardan kishilarning
qalbi nurlanib, ulardan ma’naviy-ruhiy oziq oladi. Bu so‘zlarga
zamon va makon to‘siq bo‘lolmaydi. Ularning ta’sir quvvati
so‘nmaydi. Shu bois Firdavsiy “Shohnoma”da: “Har so‘z o‘z
o‘rnida ishlatilsa gar, / Unga teng kelolmas yoqut-u gavhar”
deydi (Firdavsiy A. Shohnoma. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. – 506-bet).
Kino, teatr, musiqa, qo‘shiq, maydon tomoshalariga manba
bo‘lib kelayotgan adabiyot aslida xalq og‘zaki ijodidan bosh-
langan. Yozma adabiyot xalq og‘zaki ijodi zaminida paydo
bo‘lgan. Yozuvning kashf etilishi insoniyat tarixiy taraqqiyotidagi
eng muhim hodisadir. Odamlarning o‘z fikrini yozuvda – turli
shartli belgilar vositasida loyda, daraxt po‘stlog‘i, papirus, tosh,
58
59
keyinchalik qog‘ozda ifoda qilishi taraqqiyotni tezlashtirgan.
Insoniyat erishgan taraqqiyotning barcha ko‘rinishi asosida
yozuv turadi. Chunki hayotning barcha sohasi, jumladan,
madaniyat, fan-texnikadagi o‘sish-o‘zgarishga yozuv asosida
erishiladi. Yozuv fikr, axborotni yetkazishning muhim vositasi,
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni tartibga solish, boshqarishning
tayanch omilidir.
Xalq og‘zaki ijodi “folklor” termini bilan ifodalanadi. Ushbu
terminni 1846-yilda Vilyam Toms o‘z tadqiqotida birinchi
marta qo‘llagan va keyinchalik “folklor” xalqaro terminga
aylangan. “Folklor” so‘zi folk – xalq, lore – bilim, donolik,
donishmandlik ikkita so‘zdan iborat bo‘lib, “xalq donoligi”, “xalq
donishmandligi” degan ma’noni bildiradi. Mehnat, mavsum-
marosim, urf-odat, lirik qo‘shiqlar, termalar, maqol, topishmoq,
ertak, afsona, rivoyat, latifa, lof, askiya, dostonlar xalq og‘zaki
ijodi janrlaridir. Kishilarning uzoq asrlar davomida to‘plagan
turmush tajribasini o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki
ijodida hayot haqiqati obrazli ifodalangan. Uzoq ijtimoiy-tarixiy
voqelikni o‘zida aks ettirgan folklor namunalarining ijodkori
xalqdir. “O‘tkan kunlar” romanining muallifi Abdulla Qodiriy
bo‘lsa, “Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan”, “Yomg‘ir bilan yer
ko‘karar,/ Mehnat bilan el ko‘karar”, “Yaxshi bilan yursang
yetarsan murodga, / Yomon bilan yursang qolarsan uyatga” kabi
maqollarni kim birinchi aytgani noma’lum. Topishmoq, qo‘shiq,
ertak, afsona, rivoyat, latifa, lof, doston, termalarning muallifi
noma’lumligicha qolib, ular ko‘pchilikning umumiy ma’naviy
mulkiga aylangan. Folklorning dastlabki o‘ziga xos xusisiyati
uning ijodkori – muallifi jamoa, xalq ekanligidir. Uning ikkinchi
o‘ziga xos jihati og‘zaki yaratilishidir. Maqol, qo‘shiq, ertak,
topishmoqlar yozuv paydo bo‘lmasidan avval yuzaga kelgan va
og‘zaki tarzda odamlar orasida tarqalib, zamonlar osha avloddan
avlodga, eldan elga o‘tgan. Ertak, dostonlar, odatda, “Bor ekanda,
yo‘q ekan...” deb boshlanib, “murod-maqsadiga yetdi” deb tugal-
lanadi. Bunday qolip, andoza an’ana sifatida saqlanib keladi. Ana
shu an’anaviylik folklorning yana bir o‘ziga xos xususiyatidir.
Maqol, qo‘shiq, ertak, dostonlar kishilar orasida yoyilishi
jarayonida umumiy mazmuni saqlanib qolgan holda, muayyan
o‘zgarishga uchraydi. Shu tariqa doston, qo‘shiq, ertaklarning
variantlari paydo bo‘ladi. Xalq dostonlarining turli variantlari
mavjud. Bu har bir baxshi, oqinning doston, qo‘shiq, termalarga
o‘zidan nimadir qo‘shishishdan kelib chiqadi. Variantlilik
ham folklorning o‘ziga xos xususiyatidir. Ertak, dostonlarning
turli variantlari ijrochilarning ularga nimadir qo‘shishi asosida
vujudga keladi. Har bir ijrochi esa o‘zi aytadigan ertak, doston
matniga, albatta, qandaydir voqeani qo‘shadi. “Alpomish”
dostonining o‘ttizdan ortiq varianti yozib olingani qayd etilgan.
Borliqdagi narsa-hodisalar o‘zaro o‘xshash bo‘lishi
barobarida, har biri muayyan shakl, ko‘rinish, tuzilishga ham
ega bo‘ladi. Moddiy narsa-buyumlarning shakl, ko‘rinishini bir
qarashdayoq bilish mumkin. Masalan, kitob, qalam oldimizda
turmasa-da, ularning shakl, tarzini xayolan tasavvur qilamiz.
Mavzu, g‘oya, mazmun singari nomoddiy hodisalarning shakl-
shamoyilini esa xuddi kitob, qalamning ko‘rinishiga ta’rif-tavsif
berganimiz singari tushuntirib bo‘lmaydi.
Biroq nomoddiy tushunchalarning ham shunday xillari borki,
ularning ko‘rinishi, tuzilishini biroz bo‘lsa-da, tasavvur qilish
mumkin. Misol uchun g‘azal, tuyuq, ruboiy, hikoya, roman, doston,
chistonning bir-biridan shaklan farq qilishini anglash qiyin emas.
Chunki ularning har biri o‘z shakl, qiyofasiga ega. Ana shu shakl-
ko‘rinish esa hodisalarning ichki va tashqi mohiyatini belgilashda
alohida ahamiyat kasb etadi. Badiiy asarning ta’sirchanligi ham
ma’lum darajada hodisalarning qanday ko‘rinishda, qanaqa shaklda
gavdalantirilishiga bog‘liqdir. Badiiy asarning ichki va tashqi
dunyosi esa uning tuzilishi, syujetidagi voqealarning joylashishi,
qahramonlar va ular orasidagi aloqa, munosabatlar majmuidan
iboratdir. Bu hodisa kompozitsiya deb yuritiladi.
Kompozitsiya lotincha “compositio” so‘z bo‘lib, “tuzilish,
qu
rilish, tarkib” demakdir. Badiiy asar kompozitsiyasiga:
60
61
“badiiy asar qismlari, detallari, badiiy tasvir vositalarining
ma’lum maqsad asosida muayyan tartibda joylashtirilishi” deb
ta’rif beradi.
Bundan kompozitsiya badiiy asarning barcha unsurlari bilan
uzviy aloqador ekanligi anglashiladi. Har qanday asarning
mazmuni, g‘oyasi, qahramonlari qiyofasi, ta’sirchanlik darajasi
uning kompozitsiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Chunki ijod-
korning mahorati, uning hayotni, inson obrazini ko‘rsatishdagi
o‘ziga xos izlanishlari, avvalo, asar kompozitsiyasida aniq na-
moyon bo‘ladi. Chunki kompozitsiya asarning barcha jihati –
qahramonlar qiyofasi, ularning xatti-harakati, holati, nutqi,
voqealar yuz bergan joy manzarasi va hokazolarni ham o‘z ichiga
qamrab oladi. Arxitektonika esa adabiy asarning tashqi qurilishi,
ya’ni uning asosiy qismlari (boblar, fasllar; parda, ko‘rinish)ning
yaxlit birlashtirilishidir. “Kompozitsiya” termini arxitektonikaga
nisbatan keng qamrovli tushuncha bo‘lib, arxitektonika ham
uning tarkibiga kiruvchi unsurdir. Kompozitsiya esa badiiy asar
qismlarini yaxlit badiiy niyat asosida joylashtirish asosida badiiy
mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun asardagi barcha
qismlarni muayyan maqsadga muvofiq o‘zaro uyg‘unlashtirishdir.
Shunga erishilganida asar tarkibidagi har bir unsur o‘ziga xos
vazifani bajaradi. Asar tarkibidagi matn qurilishi (bob, sarlavha,
asosiy va yondosh matn), badiiy nutq shakllari (hikoyalash,
tavsif, dialog), rivoya subyektlari (muallif, personaj, o‘zga
shaxs), nuqtayi nazar (roviy yoki personaj nigohi orqali ko‘rish)
lar ning maqsadli almashinib turishi, personajlar sistemasi (bosh,
ikkinchi darajali va yordamchi personajlar tarzida darajalanishi,
ularning shunga mos o‘zaro munosabati), syujet qurilishi
(voqealarning zamon yoki sabab-natija munosabati asosidagi
aloqadorligi, yuz berish va hikoya qilinish vaqti, turli makon va
zamonda kechayotgan voqealarning o‘zaro bog‘liqligi, makoniy
va zamoniy o‘zgarishlarning asoslanishi va boshqa) kabilar
kompozitsiyaning asosiy unsurlaridir. Bundan kompozitsiya
asarni san’at hodisasiga aylantiradigan eng muhim omil ekanligi
ayon bo‘ladi. Shuning uchun muayyan asar badiiyati haqida gap
ketganda, ijodkorning badiiy mahorati haqida so‘z borganda,
albatta, birinchi navbatda, asar kompozitsiyasiga e’tibor
qaratiladi. Chunki aynan kompozitsiya tufayli badiiy asarda
hayot muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda
yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi.
Terri Igltonning qayd etishicha, XVIII asrda Angliyada
adabiyot to‘g‘risida tushuncha, tasavvur hozirgi paytdagidan
birmuncha farq qilgan. Hozirgi paytda “adabiyot” deyilganda,
odatda, “obrazlarga asoslangan yozma asar”, “ijod mahsuli”
nazarda tutiladi. XVIII asrda esa muayyan kompozitsiyaga
asoslangan asarlar emas, balki she’rlar ham, falsafa va tarixga oid
matnlar ham “adabiyot” sanalgan. Asar to‘qib, o‘ylab chiqarilgan,
ijod qilingani bois adabiyotga tegishli bo‘lmagan. Hozirgi
paytdagi “nafis so‘z san’ati” mezonlariga to‘la mos keladigan
romanlarga ham XVIII asrda adabiyotning asl namunasi sifatida
qaralmagan. Chunki u davrda asarlarning kompozitsiyasi, badiiy
xususiyatlariga emas, g‘oyaviy jihatiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Jamiyatdagi muayyan ijtimoiy tabaqa, sinfning dunyoqarashi,
didini ifodalagan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini aks ettirgan
asarlar, ular ko‘cha qo‘shig‘i yoki xalq romansi bo‘ladimi, ada-
biyot hisoblangan. Muayyan kompozitsiyaga ega drama esa
shu talabga javob bermasa, adabiyot sanalmagan (o‘sha manba
37-bet). Bundan ayon bo‘ladiki, o‘tmishda ham asarlarning
kom pozitsiyasi, badiiy xususiyatlaridan ko‘ra g‘oyaviy jihatiga
ko‘proq e’tibor qaratilgan. Chunki badiiy adabiyot o‘tgan za-
monlarda jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotiga hozirgi payt-
dagidan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan. Yaqin yillargacha badiiy
adabiyot kishilarning ong-tafakkuri, dunyoqarashiga ta’sir ko‘r-
satuvchi eng asosiy manba bo‘lib kelgan. Hozirgi paytda esa
adabiyot yonida undan-da ta’sirchan, undan-da keng qamrovli
kino, televideniye, Internet va boshqalar paydo bo‘ldi.
Ma’lumki, syujetdagi barcha jarayon, ya’ni voqealarning
bosh lanishi (ekspozitsiya), tuguni, rivoji, kulminatsiyasi va
62
63
yechimi qahramonlar o‘rtasida kechadi. Ya’ni syujet markazida
hamisha qahramon yoki qahramonlar turadi. Tabiiyki, ana shu
qahramonlar moddiy mavjudot sifatida o‘z qiyofa, ko‘rinishiga
ega bo‘ladi. Ularning holat, ko‘rinishlarini tasavvur qilish
va shu asosda ma’lum bir fikr va xulosaga kelish mumkin.
Badiiy asardagi qahramonlarning tashqi qiyofasi, ko‘rinishi,
yuzi, kiyim-kechagi, yurish-turishi tasviri portret deb ataladi.
Badiiy asar kompozitsiyasining muhim unsurlaridan biri portret
personajning tashqi ko‘rinishi, ya’ni qiyofasi, bo‘y-basti, ki-
yinishi, yuzko‘zi, undagi ifodalar, personajning kayfiyati,
holati, turishi, xatti-harakatining so‘z vositasida tasvirlanishidir.
Inson obrazini gavdalantirish, uning xarakterini ochib berishning
muhim vositalaridan biri sanalgan portret badiiy asarlarda ikki
xil – statik portret va dinamik portret shaklida ifodalanadi.
Voqealar jarayoni to‘xtatilgan holda, personaj tashqi qiyofasining
detallashtirib batafsil tasvirlanishi (masalan, Abdulla Qodiriy
romanlaridagi Kumush, Ra’no portreti) statik portret, personaj
tashqi qiyofasiga xos ayrim jihatlar (yuz-ko‘zidagi ifodalar,
turish holati, xatti-harakati, qiliqlari kabilar)ning voqealar
jarayonida ko‘rsatilishi dinamik portret deyiladi.
Portret qahramonning tashqi jihatlari haqidagina emas,
uning ichki olami – ma’naviy qiyofasi, fe’l-atvori haqida ham
muayyan tasavvur beradi. Hayotda ham ko‘pincha kishining
qiyofasi, ko‘rinishi uning fe’l-atvoriga xos ko‘p xususiyatni
bildirib turadi. Shu bois badiiy asar qahramonlari portretlari
ham ko‘pincha ularning ichki qiyofasiga moslab tasvirlanadi.
Biroq aynan shunday bo‘lishi shart emas. Hayotda ham ba’zan
ko‘rinishi xunuk kishilar orasida nihoyatda halol, pokiza insonlar
uchraydi. Va aksincha, ko‘rinish, kiyim-libosi g‘oyat ko‘rkam
bo‘lganlar ichida shundaylari borki, ularning yovuzliklari, mak-
korliklari kishini dahshatga soladi. Albatta, insonning tash-
qi ko‘rinishi uning fe’l-atvoridagi u yoki bu jihatni ma’lum
darajada ayon etib turadi. Shu boisdan, qahramon portretida
uning xarakterining ma’lum bir qirrasi akslanishi lozimki, bu
uning ichki-tashqi qiyofasini aniqroq tasavvur qilish imkonini
beradi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida
Otabek portretini: “Og‘ir tabiatli, ulug‘ gavdali, ko‘rkam va oq
yuzli, kelishgan qora ko‘zli, mutanosib qora qoshli va endigina
murti sabz urgan bir yigit” deb chizishi ham unga nisbatan
qiziqish hissini uyg‘otadi.
Adabiy asardagi qahramonlar portreti ularni bir-biridan farq-
lash imkonini beradi. Portret – fransuzcha “portaire” so‘z bo‘lib,
“tasvirlamoq” demakdir. Portret badiiy asarda personajlarning
so‘z vositasida tasvirlangan tashqi ko‘rinishi, ya’ni bo‘y-basti,
rangi, yuz-ko‘zi, kiyimi, tana holati va harakatlari, qiliqlari
tasviridir. Portret o‘quvchi tasavvurida jonlanadigan to‘laqonli
inson obrazini yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan
biridir. Portret, peyzaj, interyer (yopiq makon), kabilar badiiy
asar kompozitsiyasi unsuridir. Badiiy asarlarda statik va dinamik
ko‘rinishdagi portretlar bo‘ladi. Syujet voqeasi to‘xtatilgan
holda, qahramon portreti detallar asosida batafsil tasvirlansa,
statik portret deyiladi. Badiiy portret ko‘pincha personaj asar
syujetiga ilk bor kirib kelganida beriladi. “Dinamik portret”
personajning tashqi ko‘rinishi batafsil tasvirlanmasdan uning
ko‘rinishi voqealar davomida yoki dialoglar jarayonida ayrim
detallar orqali tavsiflanishidir. Abdulla Qodiriy Kumush, Ra’no
portretini alohida to‘xtalib tasvirlaydi. Cho‘lpon “Kecha va
kunduz” romanida asosiy qahramonlardan biri Zebi portretini
bu tarzda maxsus chizib ko‘rsatmagan. Romanda Zebining xatti-
harakatlari, o‘y-kechinmalari ta’sirchan tasvirlangan uning gap-
so‘zlaridagi ohang jonli ifodalangan. Shuning uchun Zebini har
bir o‘quvchi o‘zicha tasavvur qiladi. Badiiy asarda qahramon
obrazini yaratishda portret muhim o‘rin tutadi. Qahramon
portreti tasviri uning suratini ko‘rsatish uchun emas, balki ruhiy
dunyosidagi o‘zgarishlarni anglash, tushunish uchun ham zarur
vosita vazifasini o‘taydi.
Personajning so‘z vositasida tasvirlangan tashqi ko‘rinishi
(qiyofasi, jussasi, yuz-ko‘z ifodalari, tana holati va harakatlari,
64
65
qiliqlari), tasviri sifatida o‘quvchi tasavvurida jonlanadigan,
uning inson sifatidagi to‘laqonli obrazini yaratish va uning
xarakterini ochish vositalaridan biri portret kompozitsiya un-
suridir. Badiiy asardagi personajlar portreti shartli ravishda statik
portret va dinamik portret turiga ajratiladi.
Ma’lumki, musavvir kishilar qiyofasini chizgilar, ranglar
vositasida gavdalantiradi. Yozuvchi, shoir esa qahramoni qi-
yofasini so‘zlar yordamida ko‘rsatishga intiladi. U personaj
uchun xos holat, xususiyatlarni detallar vositasida ko‘rsatishga
harakat qiladi. “Boburnoma”da Husayn Boyqaro portreti
bu tarzda chiziladi: “Qiyiq ko‘zluk, sher andom (qomat, qi-
yofa) bo‘yluq kishi edi. Belidan quyi inchka (ingichka) edi.
Bovujudkim, ulug‘ yosh yashab, oq soqollik bo‘lub erdi, xush-
rang qizil, yashil abrisham (ipak), qora qo‘zi bo‘rk (telpak) kiyar
edi yo qalpoq. Ahyonan iyd (bayram) larda kichik sepech (uch
o‘ram) dastor (salla) ni yap-yassi yomon chirmon (o‘ralgan,
chirmalgan) chirmab, qarqaro o‘tag‘asi (podsholik jig‘asi) san-
chib, namozg‘a borur edi”. Cho‘lpon esa “Kecha va kunduz”
romanida qahramonlardan biri – Saltining qiyofasini quyidagicha
tasvir etadi: “Saltining yuzlari charaqlagan yulduzday, sernash’a,
quvnoq va har qanday andishadan yiroq bo‘lib, ko‘nglining
chuqur burchaklaridan chiqib kelgan sevinch to‘lqinlarini aks
ettirardi”.
Tabiiyki, personajlar ko‘rinishi, qiyofasi xususidagi bu
mulohazalar ularning tashqi jihatlari haqidagina emas, ichki
holatlari to‘g‘risida ham muayyan tasavvur uyg‘otadi. Bu esa
ijodkor e’tiborni qaratgan detallar asosida hosil bo‘ladi. Detal
qahramon portretini emas, uning fe’l-atvorini ko‘rsatishda
ham alohida ahamiyat kasb etadi. Detallar qahramon xarakter-
sajiyasini yorqinlashtirgani singari, joy manzaralarini aniq gav-
dalantirish imkonini ham beradi. D.Quronov hammual lifligidagi
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Detal (fr. detail – tafsilot,
mayda-chuyda) – badiiy detal; badiiy asarda muayyan mazmun
ifodalovchi, g‘oyaviy-badiiy yuk tashuvchi tafsilot. Avvalo,
detal badiiy voqelikni yaratish vositasi – ashyosi bo‘lib, u
tasvirlanayotgan narsa-hodisani konkretlashtiradi, uni hissiy
idrok qilish mumkin bo‘lgan tarzda gavdalantiradi. Boshqacha
aytsak, detal asarda tasvirlangan obrazning kichik bir qismi
(ya’ni u hamisha predmetlilikni ko‘zda tutadi), detallarning
birikuvi natijasida o‘sha obraz ko‘z oldimizda butun holda
namoyon bo‘ladi. Badiiy detal ortida ma’lum bir realiya mavjud:
maishiy turmush yoki joy tafsilotlari, portret chizgilari va sh.k.
Shuningdek, personajning imo-ishoralari (jest), tana holati
(poza), xatti-harakati, gap-so‘zlari ham detal sanaladi, ular bari
birlikda konkret inson obrazini gavdalantiradi. Ya’ni badiiy detal,
avvalo, badiiy voqelikni to‘laqonli va konkret his etiladigan
darajada jonli tasvirlashga xizmat qiladi. Biroq badiiy asardagi
detalning funksiyasi shuning o‘zi bilan cheklanmaydi. U badiiy
voqelik ashyosi bo‘lish bilan birga, badiiy umumlashtirishga
intiladi, yozuvchi fikrini aniqlashtirish, to‘ldirish, kuchaytirish
maqsadlariga ham xizmat qiladi. Masalan, A.Qahhorning “Anor”
hikoyasi quyidagicha boshlanadi: “Turobjon eshikdan hovliqib
kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha
yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning
qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya
chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga
to‘kildi”. Ushbu parchaning o‘zida harakat (“hovliqib kirmoq”,
“kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi”), portret (“qalami
yaktak” ), peyzaj (“zulfin” ), maishiy turmush (“keli” , “jo‘xori”,
“tuguncha”) detallari bo‘lib, ular birlikda shu konkret hayotiy
holatni o‘quvchi ko‘z oldida jonlantiradi. Ya’ni bu ularning
birlamchi funksiyasi. Bundan tashqari, masalan, “zulfin” detali
umumlashtirish funksiyasini bajaradi: odam kirganida yengi
zulfinga ilinib yirtilishi uchun eshik kichkina bo‘lishi kerak,
demak, hovli ham shu eshikka yarasha. Ko‘rinadiki, birgina
“zulfin” detali oilaning yashash sharoiti haqidagi informatsiyani
umumlashtirib beradi. Parchadagi ikkinchi detal – “tuguncha”
ikkala personajni birdek hayajonlantiradi: “tugunchaning
66
67
olib kelingani” Turobjon uchun ham, xotini uchun ham o‘ta
ahamiyatli (psixologik funksiya), mazkur hol o‘quvchi diqqatini
unga yo‘naltiradi, holatga bepisand qaramaslik kerakligiga
ishontiradi (retseptiv ustanovka berish funksiyasi). Parchada
boshqa detallarning ham shunga o‘xshash funksiyalari bor,
bundan tashqari, ularning funksiyasi shu parcha doirasi bilan
cheklanmaydi. Demak, badiiy detal asar matnida polifunksional
tabiatga ega bo‘ladi” deb ma’lumot beriladi.
Badiiy asar kompozitsiyasidagi unsurlardan yana biri lirik
chekinish bo‘lib, u ijodkorning syujet voqealarini to‘xtatib, ular
tufayli o‘zida paydo bo‘lgan ichki kechinmalarni bayon etishidir.
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida Ra’noni: “Ism
bilan jism aksar birbiriga muvofiq tushmaydi. Mening yosh
vaqtim, ayniqsa, go‘zallik qidirgan mag‘rur chog‘larim edi.
Oilamizdami, boshqa yerlardami, bahorhol xotiramda yaxshi
qolmagan, Lola otliq bir qizning chevarligi to‘g‘risida bir so‘z
bo‘ldi. Majlis ahli menga yaqin, ya’ni ular oldida husndan bahs
ochish uyat bo‘laturg‘on kishilar edilar. Shuning uchun menga
Lolaning chevarligidan ko‘ra muhimroq bo‘lgan husni masalasida
izohat so‘rashning imkoni bo‘lmadi. Lekin Lola ismining ostida
bir malakni ko‘rgan – Lolaning ismiga o‘xshash husni ham bor
deb o‘ylagan edim. Shu kundan boshlab, Lolani ko‘rish hajriga
tushdim. Bo‘yi yetgan qizlarni ko‘ra olish bu kunlarda ham (XX
asr 20-yillari nazarda tutilgan. – A.U.) amrimahol bo‘lganidek,
bundan o‘n yillar ilgarida yana ham mushkulroq edi. Necha
vaqt hijron o‘tida yonib, ko‘cha poylab, nihoyat, Lolani suv
olish uchun ko‘za ushlab chiqqan holatda uchratdim. Burnidagi
buloqisidan boshqa (agar buloqi husnga qo‘shilsa) “lola” likka
arziydigan hech gap yo‘q edi!
Yaqindagi bir boladan suv oluvchining kim ekanligini
so‘ragan edim:
– Lola opam, – dedi.
Bolaning talaffuzi menga “Mola opam” bo‘lib eshitildi. Bir
necha kunlar bu qizning otini “Lola” deb qo‘yganlari uchun
achchig‘lanib yurdim. Chunki afv etasiz, o‘sha kezlarda shunday
to‘g‘rilarda achchiqlanishga haqqim bor edi.
Ammo Ra’noning ismi jismiga yoxud husniga juda mos
tushgan edi. Men rassom emasman. Agar menda shu san’at
bo‘lganida edi, so‘z bilan bildirib o‘tirmas, shu o‘rinda
Ra’noning rasmini sizga tortib ko‘rsatar-qo‘yardim, faqat menga
ra’no gulining suvigina ko‘proq kerak bo‘lar edi” degan lirik
chekinish orqali tanishtiradi (“Mehrobdan chayon”. – Toshkent:
“O‘qituvchi”, 1978. –15б.).
Ijodkor o‘z davri hodisalari yoki qalamga olingan voqelikka
munosabatini bildirishni lozim ko‘rganida ana shunday lirik
chekinishlarni yozadi. Albatta, undagi mulohazalar ham
qalamga olinayotgan voqelikka bevosita bog‘liq bo‘ladi. Lirik
chekinish vositasida yozuvchi, shoir o‘zining jamiyat, odamlar
haqidagi mulohazalarini bayon qiladi. Misol uchun Abdulla
Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanida qalamga olinayotgan davr
hayoti: “Xalqimiz ta’biricha, bu zamonlar “musulmonobod”
bo‘lsa-da, biroq bu tantanali ta’birni buzib qo‘yadigan ishlar
ham yo‘q emas edi. Xon musulmon, bek musulmon, xalq
musulmon, buning ustiga yurish-turish ham musulmoncha edi.
O‘g‘rilik qilgani uchun qo‘l kesiladir va yo dorga osiladir. Zoni
bilan zoniyalar ham peshtoqdan tashlanadirlar, ichkilik uchun
qirq darra uriladir. Rais afandi mulozimlariga darra ko‘tartirib,
namozsizlarni tekshirar, farzi aynni bilmaganni urdirar edi. Ish
shunchalik nozik bo‘la turib ham o‘g‘rilar o‘z tirikchiliklari
ortidan qolmaydilar. Esh bilan Tosh akaning uylari ortidan
teshilib, mollari o‘g‘irlana beradir, peshtoqdan qopga bo‘g‘ilib,
tashlanmoq uchun fohishalar ham yetishib turadirlar. Butun
umri davomida peshonasi sajda ko‘rmaganlar ham ko‘p, ammo
farzi aynning bosh tomonidan to‘rt-besh jumlasini har kim
ham qiynalmasdan sayray olar edi. Ko‘p kishilarning uylarida
musallas bilan bo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda
rasmiy suratda ichkilik sotish bilan tirikchilik qiluvchilar ham
yo‘q emas edilar. Toshkentning Chuqur qishloq degan yerida
68
69
ochilgan va hamisha rustamona kishilar bilan ayqirib yotgan
bo‘zaxonalar ham yo‘q emas edi” deydi (“O‘tkan kunlar”. –
Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – 217–218б.).
Lirik chekinish nasriy asarlardagina emas, lirik asarlarda ham
uchraydi. Lirik chekinish she’riy asarlarda ochiq tarzda, alohida
holda ham yoki qahramon ruhiy kechinma, fikr, tuyg‘ulari
bilan yonma-yon tarzda ham kelishi mumkin. Masalan, G‘afur
G‘ulom “Sog‘inish” she’rida borliq hodisalari, undagi sir,
hikmatlar haqida falsafiy mulohazalar yuritib, o‘rnio‘rni bilan
o‘z dardlarini ma’lum qiladi:
Xoki anjir tugab, qovun g‘arq pishgan,
Baxtli tong otar chog‘ uni kuzatdim...
Ne qilsa otamen, meros hissiyot...
Jondan sog‘inishga uning haqqi bor,
Kutaman uzoqdan ko‘rinsa bir ot,
Kelayapti, deyman ko‘rinsa g‘ubor.
Kechqurun osh suzsak bir nasiba kam,
Qo‘msayman birovni – allakimimni.
Doimo umidim bardam bo‘lsa ham,
Ba’zan vasvasalar bosar dilimni.
Har qanday asarning asosi sanalgan syujet va kompozitsiya
juda murakkab hodisa bo‘lib, ular asarning boshqa unsurlarini
ham qamrab oladi. Badiiy asar matnida zamon va makon ta’siri
ham alohida o‘rin egallaydi.
Mixail Baxtin badiiy asarlarda zamon va makonning ifoda-
lanishi xususidagi tadqiqotida antik davr adabiyoti tarixiga
qisqacha to‘xtalib: “Russo adabiyot uchun eng muhim aha-
miyatga ega asosiy xronotop – “tabiat”ni kashf qildi. Bu aynan
roman uchun juda muhimdir. Albatta, ushbu kashfiyot ham
xuddi boshqa kashfiyotlar singari asrlar davomidagi taraqqiyot
jarayonida tayyorlangan edi. Russo tabiatdagi vaqtni juda chuqur
his qilgan holda ko‘rsatgan. Uning asarlarida tabiatdagi vaqt va
inson hayotidagi vaqt bir-biri bilan uzviy bog‘liq tarzda birikib
ketgan... Russo ham xuddi Gyote singari tabiatni kuzatishdan
olgan o‘yfikrlarini odamlar obraziga singdirib, tabiatdagi nar
sa-hodisalarni odamlar singari jonlantiradi” deydi. U ulug‘ ne-
mis shoiri Gyote asarlarida zamon va makonning ifodalanishi
to‘g‘risida so‘z yuritar ekan: “Jahon adabiyotida tarixiy zamonni
his etishda Gyote ijodi yuksak cho‘qqilardan biri sanaladi.
Tarixiy zamonni his etish va aks ettirish ma’rifatparvarlik dav-
rida tayyorlangan edi (bu masalada ma’rifatparvarlik davriga
nisbatan nohaqlik qilindi)... Vaqt avvalo tabiatda namoyon
bo‘ladi: quyosh, yulduzlarning harakatlanishi, xo‘rozlarning
qichqirishi, vaqtning ko‘zga ko‘rinadigan hamda his qilinadigan
boshqa belgi-alomatlari – bularning barchasi insonning kundalik
turmushi, mehnat faoliyati bilan bevosita chambarchas bog‘liqdir.
Daraxtlar, jonzotlarning bo‘y-basti, odamlarning yoshi uzoq
jarayonda yetiladigan vaqt belgisi bo‘lsa, inson aql-tafakkuri
va qo‘li bilan bunyod qilinadigan shaharlar, ulardagi ko‘chalar,
uylar, san’at asarlari, texnika uskunalari kabilarda tarixiy vaqt
muhrlanadi. Ijodkor ularga qarab, kishilarning, avlodlarning,
zamonlarning, millatlarning, ijtimoiy sinflar guruhining fik
rini o‘qib, dunyoqarashini his qiladi... Gyotening nigohi
juda o‘tkir bo‘lib, u vaqtning tabiatdagi ko‘zga ko‘rinadigan
jamiki alomatlarini aniq ifoda qiladi. Uning nigohi, masalan,
daraxtlarning yoshini, ularning turli navlari qancha o‘sishini
nihoyatda aniqlik bilan ajratib beradi. Adib shu asosda davr
o‘zgarishlarini o‘quvchi tasavvurida jonlantiradi” deydi. Mixail
Baxtin badiiy asarlarda zamon va makonning ifodalanishini
“xronotop” termini bilan ataydi. “Xronotop” yunoncha so‘z
bo‘lib, “zamon va makon” demakdir. Badiiy asarlardagi zamon
va makon tasviri – xronotopga bevosita daxldor tushunchalardan
biri peyzajdir. Roman, qissa, hikoya, doston, she’rlardagi tabiat
manzaralari tasviri “peyzaj” deb yuritiladi.
Peyzaj fransuzcha paysage so‘z bo‘lib, “mamlakat”, “joy”
degan ma’noni bildiradi. Peyzaj badiiy asarda aks ettirilgan
tabiat manzaralari, voqea-hodisalar kechgan joylar ko‘rinishi
70
71
tasviridir. Peyzaj asardagi badiiy voqelikning muhim unsuri,
voqealar kechadigan ochiq makon tasviridir. “Peyzaj” deganda,
odatda, tabiat (daryo, ko‘l, o‘rmon, tog‘, osmon, dengiz va
boshqa) manzarasi tasviri nazarda tutiladi. Bog‘, ko‘cha, hovli
singari inson qo‘li bilan bunyod qilingan joylar tasviri ham
peyzajdir. Uy, o‘tov, xona singari yopiq joylar interyerdir. Badiiy
asarlarda ana shunday yopiq makonlarning ko‘rinishi, undagi
narsalarning turishi, joylashishi ham tasvirlanadi. Peyzajning
badiiy asardagi o‘rni va ahamiyati voqea kechayotgan joy va
vaqt haqida tasavvur berishi bilan belgilanadi. Epik asarlarda
peyzajga lirika va drama asarlariga qiyoslaganda ancha keng
o‘rin beriladi. Drama asarlarida peyzaj roman, qissa, hikoyadagi
kabi batafsil tasvirlanmaydi. Ularda dengizdagi bo‘ron, shamol,
kecha-kunduz shartli ifodalanadi. Lirik asarlarda peyzaj detal
sifatida beriladi va lirik qahramonning kayfiyati, holati u turgan
makon va payt haqida tasavvur uyg‘otadi. U qahramonlar
holat, kayfiyatini gavdalantirishda muhim vosita vazifasini
bajaradi. Uning yordamida qahramonning ruhiyatiga kirib
borilib, voqealar jarayoni asoslab beriladi. Asarlarda voqealar
rivoji to‘xtatib qo‘yilib, u kechayotgan joy va vaqtning batafsil
tasvirlanishi “statik peyzaj”, voqealar jarayonida ular kechadigan
joy va vaqtning detallar orqali ifodalanishi esa “dinamik peyzaj”
deyiladi. Peyzaj voqealar kechuvchi ochiq makon bo‘lsa, uy-
joy, xona, saroy, qasr – yopiq makon va undagi bezak, ashyolar
interyerdir. Makon va zamonni personajlarning kechinmasiga
uyg‘un tasvirlash orqali adabiy qahramonlarning ta’sirchan
obrazi gavdalantiriladi. “O‘tkan kunlar” romanida kech kuzda
izg‘irin shamol esib turgan qorong‘u tunda Otabekning Xo‘ja
Ma’oz qabristoniga borishi, uning o‘sha paytdagi holati,
ichki kechinmalari san’atkorona mahorat bilan tasvirlangan.
Romanning ayni o‘rinlarida so‘z axborot berish, hodisalarni
ma’lum qilish doirasidan yuksaklikka chiqib, qalb hodisasiga
aylangan. Shu bois asarning ayni sahifalari hech bir kishini
befarq qoldirmaydi. O‘quvchi beixtiyor Otabekning ahvoliga
achinadi va uning voqealarning davomiga qiziqishi ortadi.
Peyzaj ham xuddi portret, lirik chekinish singari asar
kompozitsiyasida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chunki u
qahramon turgan vaziyat, manzarani aniq ko‘rsatib beradi.
Jumladan, “O‘tkan kunlar” romanida Otabek tunagan Xo‘ja
Ma’oz qabristonidagi tun manzarasi quyidagicha tasvirlanadi:
“Oyning o‘n beshlari bo‘lsa-da, havoning bulutligi bilan oy
ko‘rinmas, chin ma’nosi bilan qorong‘u kuzning bir tuni edi...
Kuchli bir yel turgan: qandaydir bir ishga hozirlangan kabi to‘rt
tomonga yugurib yurar edi... yel borgan sari kuchlana bordi,
chakalak tartibsiz holga kirib ketdi, bitta-yarimta to‘kilmay
qolgan yaproqlar shitir-shitir to‘kilishga oldilar, qarg‘a va
zog‘chalar ayni uyqu zamonida tinchsizlangani uchun yelga
qarshi namoyish qilganidek g‘a-g‘u bilan chakalak ustida
aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu
nisbatda mozor ichi ham yana bir qat qo‘rqinch holga kirar edi,
yel ketma-ket bo‘kirar, bunga chiday olmagan shox-shabbalar
qars-qurs sinar, keksa yog‘ochlar “g‘iyq-g‘iyq” etib, yolborish
tovushi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g‘azab ustida edi, yer
yuzidagi tikkaygan narsani bukib-yanchib tashlamoqchidek
pishqirar edi. Chinorlardan birisini yerni titratib yiqitdi...
Chinor shoxlari tasbih kabi tizilgan boyqushlar bilan to‘lgan.
Ular oy nuridan uncha xursand emaslar, chunki oy yer yuziga
kulib qaray boshlasa, ular boshlarini kiftlari ichiga oladilar-da,
dum-dumaloq bo‘lib siqilib ketadilar. Oy bulutlar ostiga kirsa,
ular rohatlangan kabi chig‘-chig‘, ki-ki-ki qilib sayrab ham
yuboradilar. Bu vaqt shu boyqushlar sayrog‘i ichidan ingranish
kabi bir tovush ham eshitilgandek bo‘ladir”. Tunning ana shu
vahimali manzarasi, shamolning shiddati, boyqushlarning
xunuk ovozlari Otabekning “ingranish kabi bir tovush” bilan
iztirob chekishlari haqida yanada ravshanroq tasavvur uyg‘otadi.
Adib bu xildagi qo‘rqinchli tun manzarasini tasvirlash orqali
qahramonining og‘ir ahvolga tushib qolganini aniqroq bildiradi.
Romanda Xo‘ja Ma’oz mozoridagi tun tasviri Otabek fojiasini
yorqinroq ko‘rsatishda muhim vosita sanaladi.
72
73
Asarlarda tabiat manzaralarini, zamon va makon ko‘rinishini
tasvirlashga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. Negaki ular
kishining kayfiyatiga ta’sir etib, uning harakat, faoliyatini
muayyan yo‘nalishga soladi. Shuning uchun ajdodlarimiz
tabiat hodisalarini ilohiyot bilan bog‘lashgan va quyosh, oy,
yulduzlarga, tuproq, suv, shamol, tog‘-toshlar, olovga sig‘i-
nishgan, daraxtlar, gullar hayvonlarni muqaddas deb bilishgan.
Chunki ota-bobolarimiz borliqni kuzatib, undagi jarayon va
o‘zgarishlardan zamondoshlarimizdan ko‘proq hayratlanishgan.
Tabiat hodisalari ular uchun donishmand faylasuf va dono
murabbiy vazifalarni bajargan. Negaki ob-havo, tevarak-atrof
manzarasigina emas, turgan joyining ko‘rinishi, undagi narsalar
ham kishining kayfiyati, fe’latvori, faoliyatiga ta’sir o‘tkazadi.
Ulug‘ rus adibi Fyodor Dostoyevskiy bu xususda “Xo‘rlangan va
haqoratlanganlar” romanida: “Nazarimda, tor uy fikr yuritishga
ham torlik qiladigandek tuyuladi... Men Peterburgning mart
quyoshini, ayniqsa, oqshomlari havo ochiq, ayoz bo‘lgan kun-
lari, kunbotar paytini sevaman. Shafaq ajoyib go‘zallashadi.
Ko‘ chalar birdan nurga g‘arq, barcha binolar birdan yarqirab
ketgandek bo‘ladi. Bir lahzada kulrang, sariq va to‘q yashil rang
binolarning chiroyi ochilib ketadi, go‘yo shu dam ko‘ngling ham
ravshan tortgandek, vujuding jimillab ketadi yoki seni birov tirsagi
bilan asta turtib o‘tgandek bo‘ladi. Yangi boqish, yangi fikrlar...
Ajabo, quyoshning birgina shu’lasi inson qalbida naqadar ajoyib
taassurot uyg‘otadi!” deydi. Firdavsiy “Shohnoma”da bir yuz
yigirma o‘rinda quyoshning chiqishini bir yuz yigirma xil rang
bilan tasvirlagani qayd etiladi (Sa’diy Sheroziy. Hikmatga to‘la
olam. – T.: “Sharq”, 2007. – 13-bet). “Jinoyat va jazo” romanida
F. Dostoyevskiy insonning kayfiyati, faoliyati, taqdiriga u yashay
digan joy ham muayyan darajada ta’sir qilishiga e’tibor qaratadi.
Ushbu asar qahramoni Raskolnikov “Past shiftlar, tor xonalar
odamning yuragi bilan aqlini siqib tashlaydi” deb iztirobga
tushadi. Ikki kishini bolta bilan chopib o‘ldirib, qotilga aylangan
bu yigitga onasi: “Topgan hujrangni qara, Rodya, xuddi tobutga
o‘xshaydi. Menimcha, boshingga tushgan shu savdolarga mana
shu hujra ham bir jihatdan sababchi” deganida, u: “To‘g‘ri, uy
ham bir yoqdan sababchi... Men ham shu haqda o‘ylagan edim”
deb javob beradi.
Tabiatni kuzatish kishi qalbida hayot go‘zalligidan zavqlanish,
butun borliqqa mehr bilan qarash, odamlarga, jonzotlarga,
o‘simliklarga shafqat ko‘rsatish – ezgulikka intilish hissini
kuchaytiradi. Shu bois azaldan san’atning barcha turlarida,
xususan, adabiyot, tasviriy san’at, ular zaminida vujudga kelgan
kino san’atida tabiat manzaralarini ifodalashga alohida e’tibor
qaratiladi. Tabiat manzaralari tasvirlangan suratlar azaldan
xonalarning to‘riga osib qo‘yilib, binolarning devorlari, shifti
tabiat manzaralari bilan bezatib kelinadi. Chunki tasviriy san’at,
film, spektakl, roman, qissa, hikoya, doston, she’rlardagi tabiat
tasviri odamlardagi bir-biriga adovat, nafrat hissini, g‘azabini
ozgina bo‘lsa-da, so‘ndiradi. Shuning uchun shahar ko‘chalari,
turar joylar, istirohat bog‘lari, me’moriy inshootlarni chiroyli,
ko‘rkam, ulug‘vor qilib bunyod etishga harakat qilinadi. Negaki,
ulug‘ adib F. Dostoyevskiy so‘zlari bilan aytganda, dunyoni
yovuzlikning barcha ko‘rinishlaridan faqat go‘zallik – odamlar
qalbiga, ong-shuuriga singigan ezgulikka intilish hissi qutqarib,
asrab qola oladi.
Asar matni tarkibidagi muqaddima va xotima ham badiiy
asar kompozitsiyasi unsuridir. Muqaddimada muallif o‘quvchiga
o‘z maqsad-muddaosini ma’lum qilib, asari haqida tushuntirish,
izohlar beradi. Xotima esa qahramonlarning asar syujeti voqealari
tamom bo‘lgandan keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi
qismdir. Adabiyot tarixida bir mavzuda, bir xil qahramonlar
haqida, bir xil nomda yaratilgan asarlar mavjud. Masalan,
Sharqda “Layli va Majnun” dostoni juda mashhur. Jumladan,
Alisher Navoiy ham, Fuzuliy ham “Layli va Majnun” degan
doston yaratishgan. Ushbu dostonlarning qahramonlari nomi
ham, ularning taqdir-qismati ham bir-biriga aynan o‘xshash.
Biroq Navoiyning dostoni ham, Fuzuliyning “Layli va Majnun”i
74
75
ham mustaqil, o‘ziga xos asardir. Chunki ularda bir mavzu, bir
xil qahramonlar taqdiri o‘ziga xos tarzda talqin qilingan. Dunyo
madaniyati tarixida to‘rtta “Xamsa” mashhur. Nizomiy Ganjaviy
(1141–1209), Xisrav Dehlaviy (1253–1325), Abdurahmon Jomiy
(1414–1492) va Alisher Navoiy (1441–1501) qalamiga mansub
mazkur “Xamsa”lar tarkibidagi dostonlarda hikoya qilingan
voqealar va ularda ishtirok etgan qahramonlar deyarli bir xil.
Biroq ularda ham Navoiy va Fuzuliy “Layli va Majnun”idagidek
ayni bir xil syujet turlicha talqin qilingan.
Bir xil mavzu, bir xil qahramonlar taqdiri naql qilingan bunday
asarlar sayyor syujetga asoslangan. Sayyor syujet barcha milliy
adabiyotlarda mavjud. “Layli va Majnun” dostoni – abadiy ishq
qissasini dastlab Nizomiy dostonga aylantirgan. Unga 118 ta
nazira bitilgan. Shulardan 67 tasi fors, 37 tasi turkiy tilda bo‘lsa,
7 tasi kurd, 7 tasi urdu, 2 tasi panjob tillaridadir. Arman, gruzin
tillarida ham Layli va Majnun ishqi haqida doston yozilgan. Rus
shoiri V.Xlebnikov ham 1911-yilda shu nomda doston bitgan.
Sayyor syujetlar asosida bitilgan asarlar bir asarning ayni
nusxasi emas, balki bir mavzu, bir syujetning o‘ziga xos tal-
qinlaridir. Ularda muayyan syujet yangi qirralari, yangi jihat-
lari va yangi ma’nolarini ochib beriladi. Sayyor syujetlar
ijod
korlarning tafakkuri darajasi, badiiy mahorati miqyosi,
mushohada ko‘lamini ko‘rsatib beradi.
Syujetning o‘ziga xos xususiyatlardan yana biri uning
muayyan xalq turmush voqealariga asoslanishidir. Biroq bundan
syujet faqat milliy turmush voqealariga asoslanadi, deya hukm
chiqarib bo‘lmaydi. Chunki fantastik asarlarda, masalan, Gerbert
Uellss, Ayzek Azimov roman, qissalarida fan-texnika, boshqa
olam bilan bog‘liq hodisalar gavdalantiriladi.
Syujet va kompozitsiya barcha adabiy janrlarda bir xil tarzda
namoyon bo‘lmaydi. Ular nasriy (hikoya, qissa, roman) asarlarda
boshqa bir shaklda, lirik (g‘azal, ruboiy, tuyuq va boshqalar)
asarlarda alohida tarzda, drama (komediya, tragediya, drama)
asarlarida o‘ziga xos ko‘rinishda akslanadi.
Terri Igltonning ta’kidlashicha, adabiyot to‘g‘risidagi tasav-
vur, tushuncha hozirgidan ko‘ra ancha farq qilgan bo‘lsa-da,
XVIII asrda Angliyada adabiyot muayyan ijtimoiy tabaqalarning
qadriyatlarini ifodalagan soha sifatida qadrlanmagan. Bu davrda
adabiyot turli tabaqalarning qadriyatlari, hayotga qarashlari,
di
dini odamlar ongiga singdiruvchi, turmushga keng joriy
etuvchi muhim vosita sanalgan. Chunki bu paytda Angliya
o‘t gan asrda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushining ayanchli oqi-
bat larini boshdan kechirgan. Turli ijtimoiy tabaqadagi kishilar
bir-birining bo‘g‘zidan tishlab, g‘ajib tashlashga payt poylagan.
Chunki qadriyatlar parokanda bo‘lib, odamlar orasida bir-
birini tushunish, hamkorlik qilish, o‘zaro hamjihatlik singari
umuminsoniy tushunchalarga putur yetgan. Mana shunday bir
paytda aql-idrokka tayanib ish tutish, tabiatdan zavqlanish,
undan ibrat olish, tartib-intizomga rioya qilish jamiyatda
barqarorlikni ta’minlay olar edi. Bu har bir jamiyat uchun zarur
ekanligi esa adabiyotda aks ettirilgan edi. Fuqarolar urushidan
keyin o‘z mavqeyini mustahkamlab olgan o‘rta sinf hokimiyatni
boshqarayotgan kiborlar jamiyati bilan ittifoq tuzib, jamiyatda
umummadaniy standartga mos tartib-intizom, dunyoqarash, didni
o‘rnatishga kirishgani bois adabiyot ijtimoiy hayotda muhim
ahamiyat kasb etdi. Bu paytga kelib, adabiyot mafkura bilan
bog‘liq barcha sohani: davriy nashrlar, qahvaxonalar, jamiyat
qurilishi va estetikaga doir risolalar, pand-nasihat yo‘nalishidagi
va’zlar, tarjimalar, turli sohalarga tegishli ma’lumotnomalarni
o‘ziga qamrab oldi. Adabiyot ijodkorning “hissiy tajribalari”,
“shaxsiy qarashlari” yoki “g‘aroyib xayol-tasavvuri” ifodasi
emas, balki ko‘pchilik manfaatiga qaratilgan vositaga aylandi”
(o‘sha manba 37 – 38-betlar).
Umuman, syujet va kompozitsiya badiiy asarning asosidir.
Badiiy asarning qiyofasi, salmog‘i, o‘ziga xosligi, badiiy olami
ana shu ikki muhim unsur maydonida namoyon bo‘ladi. Asar
kompozitsiyasining yaxlitligi asarda hayotning bir parchasini
yorqin gavdalantirish imkonini beradi. Demak, kompozitsiya –
76
77
asarning tanasi. Tanadagi har bir a’zoning esa o‘z o‘rni, vazifasi
bor. Asar kompozitsiyasiga daxldor hamda bevosita uning tar-
kibiga kiruvchi har bir unsur: syujet (ekspozitsiya, tugun,
voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim) va undan tashqaridagi
qismlar (lirik, falsafiy, publitsistik chekinishlar, qo‘shimcha
epizodlar), peyzaj, portret, ruhiy tahlillar, muallif tavsifi kabilar
me’yor va tartib bilan joylashishi lozimdir. Abdulla Qodiriyning
“O‘tkan kunlar”, Cho‘lponing “Kecha va kunduz”, Abdulla
Qahhorning “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Sarob” kabi asarlari, avvalo,
kompozitsiyasining puxtaligi bilan e’tiborlidir.
Dostları ilə paylaş: |