Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


II.BOB. O‘zbekiston da ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish xususiyatlari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə12/16
tarix07.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
dissertatsiya 2-iyun

II.BOB. O‘zbekiston da ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish xususiyatlari
2.1 O‘zbekiston da ziyorat va ichki turizmni rivojlanish xolati tahlili
Bugungi kunda turizm dunyo iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tarmoqlardan biriga aylandi. Аvvallari turizmga aholining sayohat qilishi va dam olishini taʼminlovchi oddiy infratuzilma sifatida qaralgan bo‘lsa, ayni paytda u mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʼi sifatida shakllanib, rivojlanishiga katta eʼtibor berilmoqda. Turizm inson hayoti va faoliyatining ko‘p sohalarini qamrab oladi. Turizm ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos “katalizatori” sifatida transport va aloqa, savdo, qurilish, qishloq xo‘jaligi, xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa shu kabi muhim sektorlarining rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatadi. Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri turizm industriyasidir. Turizm – bu ishbilarmonlik sohasining muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib xorijiy turistlar doimiy oqimini jalb qiladi. O‘zbekiston qadimiy va noyob bir mamlakat bo‘lib, uning hududida eng qadimgi yodgorlik va madaniyatlar yuzaga kelgan, rivojlangan, o‘z jozibadorligi jihatdan dunyodagi dam olish va sayohatlar uchun eng yaxshi maskanlardan qolishmaydigan ulkan turizm salohiyatiga ega. Mamlakatimizda mavjud 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar va ulugʼvor hamda betakror arxitektura namunalari, so‘lim qo‘riqxonalari va milliy bogʼlari, uning boy va rangbarang tabiati, milliy madaniyati, sanʼati va hunarmandchilikning ko‘p asrlik anʼanalari, jahonga mashhur milliy taomlar va pazandachilik sohasidagi anʼanalar O‘zbekistonning logotipi va sharq mehmondo‘stligining ramzi hisoblanadi. Ichki va ziyorat turizmi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida hozirda Oʻzbekistonda 2 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 4 ta kollej, 6 ta texnikum faoliyat olib bormoqda. Samarqand shahridagi Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti xam soha rivojida katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda 784 ta islomiy ziyoratgoh, 19 ta xristian ziyoratgohi va mintaqadagi 8 ta Buddist madaniy meros ob'ektlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarga muvofiq 2025-yilda O‘zbekistonga keladigan xorijiy sayyohlar sonini 2025-yilda 9089,3 ming nafarga yetkazish15 ko’zda tutilgan. Shunga qaramay, O‘zbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi globallashuv va keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan taʼminlash jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan orqada qolmoqda. Bunga viza tartibi sohasida sayyohlar uchun maʼmuriy va iqtisodiy to‘siqlar, sayyohlik faoliyatida davlat nazorati, yashash va aviaparvozlar tariflarining yuqoriligi, xizmat ko‘rsatish darajasining cheklangani, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanmagani, sayyohlar uchun qulay axborot muhitining mavjud emasligi, malakali kadrlarning yetishmasligi, O‘zbekistonning xorijda kuchsiz targʼib qilinishi va boshqalar milliy sayyohlik mahsulotlarining raqobatbardosh emasligi taʼsir etmoqda.
Mamlakatimizda turizm sohasi o‘zining barcha xususiyatari bilan boshqa sohalardan ortda qolmasligini taʼminlash dolzarb masalalardan biridir. Turizm rivojlanishini tahlil qilishda uning iqtisodiyot tarkibida qanday funktsiyalarni bajarishini inobatga olish lozim. Davlatning turizm siyosati qishloq turizmini shakllantirish asosida kelajakda uning samaradorligini oshirishga qaratilib, buning uchun strategiya va taktikaga asoslanib, ishlab chiqiladi. Strategiya qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanish usuli va umumiy yo‘nalishlar hisoblanib, u qabul qilingan strategiyani inkor qilmaydigan, qolgan barcha variantlarni chetga surib va oldinga qo‘yilgan vazifani yechish yo‘lidagi xatti-harakatlarga imkon beradi. Taktika turizm rivojlantiruvchi maʼlum maqsadga erishish usuli bo‘lib, tanlangan hatti-harakatlar yo‘li sanaladi. Shundan kelib chiqib, turizm taktikasi - aniq shart-sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishish usullari va aniq chora-tadbirlari bo‘lib, ularga xalqaro turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi, turizmda narxni shakllantirish va soliqqa tortish kabilar kiradi.
Turizm iqtisodiyotga yaxshigina foyda olib keladi.Xozirgi kunda ko‘p mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qancha muammolarga yechim bo‘la oladi. Aholi daromadlarini oshishiga yordam beradi.Masalan, bitta oila misolida qaraydigan bo‘lsak, oila milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullansa birinchidan, shogirdlarni tayyorlash orqali xalqqa ma’naviy jihatdan yordamlashsa, ularni tayyorlagan maxsulotlarni chet ellik va mahalliy aholiga sotish orqali iqtisodiy jihatdan yordamlashadi. Qarabsizki aholi daromadlari oshadi va ishsizlik darajasi pasayadi. Turizmni rivojlantirish orqali dunyoqarashni o‘zgartirish ya’ni etika-estetika qoidalari va boshqa davlatlar urf-odatlarini o‘zlashtirish, milliy taomlarini tayyorlash orqali restoran va oshpazlar faoliyati xam kengayadi.
MDH mamlakatlarida mehmondoʻstlik turizmining joriy holati yetarlicha oʻrganilmagan va yanada tejamliroq, shuningdek, anʼanaviy xalqaro turizmni rivojlantirish uchun foydalanilmagan. So‘nggi o‘n yilliklarda yaratilgan zamonaviy turizm resurslari to‘g‘risida yetishmayotgan ma'lumotlar nafaqat potentsial turistlar, balki sayyohlik agentliklari va firmalarning iste'molchilarga turistik mahsulotlar bo‘yicha takliflarini taqdim etish nuqtai nazarini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi turli xil turistik resurslarga ega, ammo xalqaro oddiy odam ongida ularning barcha xilma-xilligi har doim ham aks etavermaydi. Turizm va mehmondo‘stlik sanoati rivojlanishini statistik tahlil qilish usullaridan foydalangan holda O‘zbekiston turizm sanoatida keyingi o‘n yilliklarda real sezilarli o‘zgarishlarni aniqlash mumkin16.
Asosiy oʻzgarish davlatning viza siyosatini tubdan liberallashtirish boʻldi, unda quyidagi qoidalar koʻzda tutilgan: - 2021-yil 1-yanvargacha 27 ta davlat uchun viza rejimini bekor qilish; - sayyohlar kirishda 50 dollar to‘laydilar; – Barcha davlatlar uchun yagona turistik vizalar joriy etildi; - 2021-yildan elektron viza tizimini joriy etish va h.k.Bu chora-tadbirlarning barchasi turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy sayyohlar uchun mamlakat jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, Britaniyaning Financial Times gazetasi O‘zbekistonni “eng issiq” sayyohlik yo‘nalishlari 10 taligiga kiritgan edi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 1993-yildan buyon Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)ning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, ushbu tashkilotning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan. UNWTO Barometri har yili barcha aʼzo davlatlarning statistik maʼlumotlarini eʼlon qiladi. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida turizmning ulushi 2 foizdan oshmaydi. Garchi O‘zbekiston kabi yuqori salohiyatga ega davlatlar uchun turizm ulushi 10 foizdan 45 foizgacha o‘zgarib turadi. Rivojlangan mamlakatlarda turizmni boshqarish tajribasi ushbu sohadagi davlat funktsiyalarini aniq belgilab bergan holda turizm industriyasini rivojlantirishning yuqori samaradorligi bilan tavsiflanadi. Xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, yangi qo‘mita tashkil etilishi O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda katta qadam bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-2025-yillarda turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga, turizmni jadal rivojlantirishning ustuvor maqsad va vazifalarini ishlab chiqishga qaratilgan. turizm industriyasi, uning iqtisodiyotdagi roli va hissasini oshirish, xizmatlar sifatini diversifikatsiya qilish va yaxshilash hamda turizm infratuzilmasini yaxshilash. Turizm sohasidagi davlat siyosati turizm sohasini kelajakda hududlar va ularning infratuzilmasini jadal kompleks rivojlantirish lokomotivlaridan biriga aylantirish, eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, diversifikatsiya va rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. hududlarni rivojlantirish, aholi daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakat imiji va investitsion jozibadorligini oshirish.
2018 yilda kelgan xorijiy sayyohlar sonining ikki baravar oshishiga viza rejimining soddalashtirilgani, O‘zbekistonda bo‘lish va biznes yuritish qoidalari, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish muhim omillar bo‘ldi, jumladan:
-9 ta davlat (jami 18 ta) uchun vizasiz rejimni qoʻshimcha oʻrnatish, fuqarolari kirish vizalarini olishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan davlatlar sonini 12 tadan 50 taga oshirish;
- elektron kirish vizalarini berish va berish tizimini ishga tushirish hamda Oʻzbekiston hududi orqali tranzit oʻtuvchi 101 davlat fuqarolari uchun nazorat-oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekistonga vizasiz kirish, vaqtincha boʻlish va undan chiqish tartibini joriy etish;
-“E-MEHMON” tizimi orqali to‘liq elektron formatga o‘tkazilgan xorijiy fuqarolarni respublika hududida vaqtinchalik ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish;
-mehmon uylarini tashkil etish uchun sertifikatlashni bekor qilish;
=respublikaga olib kirilayotgan, 8 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan turistik toifadagi avtotransport vositalarini sertifikatlashning yangi mexanizmini joriy etish, buning natijasida 2018 yil yakuniga ko‘ra turistik toifadagi avtotransport vositalari parki 128 taga to‘ldirildi ( 47 ta avtobus va 81 ta mikroavtobus).17
2017-yilda kuchga kirgan viza talablarining yengillashishi bilan sayyohlar soni Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva yoʻnalishi keskin oshdi. 2018 va 2019 yillar davomida sayyohlarning haddan tashqari ko‘pligining zararli ta'siri ham bo‘lgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani bog‘laydigan turistik marshrut "Oltin yo‘l" deb nomlanadi. Ushbu marshrut xususiy sayyohlik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib Yaponiya va Yevropadan Oʻzbekistonga sayyohlar odatda shu marshrut orqali tashrif buyuradilar. Lekin ularning qolish muddati bir-biridan farq qiladi. Odatda, yaponlar mamlakatda sakkiz kun, qolishadi, keyin turli qiziqishlarga ega bo‘lgan tabiat qo‘ynidan zavqlanish istagi bilan O‘sh va Oltin yo‘l shaharlarida bir necha kecha va sarguzasht turizmi elementlarini boshdan kechirishga sarflashadi. yevropaliklar esa ikki hafta qolishadi.18


Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin