Ichki va ziyorat turizmi tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Ichki va ziyorat turizmini shakllanish bosqichlari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/16
tarix07.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
dissertatsiya 2-iyun

1.2 Ichki va ziyorat turizmini shakllanish bosqichlari

Ichki va tashqi sayyohlikni keng yo‘lga qo‘yish, respublikada turizm sohasini modernizatsiyalash, sohani barqaror rivojlantirish, turizm markazlari hisoblangan hududlarda turistik, maishiy va aloqa-axborot infratuzilmalarini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatishga alohida etibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Ta’kidlash joizki, bu boradagi belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish birinchi navbatda dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonning mavqeini mustahkamlaydi, xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar va ishonchli hamkorlik eshiklarini ochadi, mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligiga, aholi daromadlari, bandligi va tadbirkorligi kabi ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga omil bo‘lib, xizmatlar sohasining yana-da takomillashuviga sabab bo‘ladi.7


Diniy-ziyorat turizmini shakllanishi.Tarix.Diniy turizmning shakllanish maskanlari qadimgi greklar va rimliklar vatani bo‘lib hisoblanadi. Qadimda greklar va rimliklar ibodatxonalar va cherkovlar qurib, ularda turli xil marosimlarni o‘tqazganlar,afsonalarga ko‘ra minglab darvishlar mana shu ibodatxonaga kelishib, o‘zlarini qurbon qiluvchi majusiylar ruxoniysi avliyo Pifining bashoratlarini tinglashganlar.
O‘rta asrlar davriga kelib, diniy turizm migratsiyasi yangicha tus ola boshladi. Muqaddas diniy sajdagoh joylarga borib ziyorat qilib kelish ommaviy tus olib, salb yurishlari kabi shaklga aylanib ketdilar. Ayniqsa, ziyorat qilish harakati XV asr oxiri va XVI asr boshlariga kelib eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Ziyoratchilik
doirasining o‘sishi bilan birga uning turli oqimlari ham kuchaya bordi. Shu bilan
birgalikda ziyoratchilar tarkibi ham xilma-xil bo‘lib, unda diniy etiqodga amal
qiluvchi kishilar bilan bir qatorda, turli xil kasbkor, mansabdor, kishilar ham ishtirok
etaboshlaganlar. Ziyoratchi-hojilar o‘rtasida oqsuyaklar, ritsarlar (olijanob odamlar),
sayohatchilar, harbiylar, ijodkorlar, hukumat idorasi xodimlari, savdogarlar,
qolaversa oddiy kishilar qatnashganlar.
XIX asrga kelib diniy turizm uyushgan holdagi shaklga ega bo‘la boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ziyorat qilib keluvchilar soni tobora ko‘paya borib, birgina
Fransiyada 1861 yilda 300-400 ming kishiga yetgan. 1870 yil oxirlarida uyushgan
holdagi ziyoratchilik oqimi Yevropaning Avstriya, Germaniya kabi bir necha
mamlakatlarida ham keng rivojlana bordi.8

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin