1.3.1-rasm Xorij mamlakatlarida turizmni qo`llab-quvvatlashni mexanizmi13 Dunyo mamlakatlaridan bir nechtasi, jumladan, Ispaniya va Gretsiya soliqlar amortizatsiyasi ajratmalari va oborot uchun soliqlar to‘lash bo‘yicha sarmoyadorlarga imtiyozlar beradilar. Ba’zi mamlakatlarda korxonalar faoliyatinining dastlabki yillarida ularni daromad solig‘idan ozod etish, shuningdek, qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashda imtiyozlar amaliyoti qo‘llaniladi. Bundan tashqari mehmonxonalar uchun asbob-uskunalar va sayohat uchun transport vositalarini import qilish paytida bojxona to‘lovlarini bo‘yicha imtiyozlar (umuman ozod qilishgacha) beriladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari turizm va mehmonxona faoliyati uchun 6-25% atrofida bo‘lgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini (QQS) tenglashtirishga yo‘naltirilgan siyosatni olib borishadi. Misol uchun, Germaniya va Lyuksemburgda o‘rtacha QQS miqdori 15% qilib belgilangan. Daniya va Shvetsiyada maksimal QQS miqdori 25% ga teng. Ispaniyada joylashtirish uchun QQS o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi va mehmonxona darajasiga qarab o‘zgarishi mumkin, ovqatlanish (restoran xizmati) avtomobillarni ijaraga olish uchun QQS esa 16% gacha yetadi.14 Quyida yaqin 10 yil ichida dunyo mamlakatlarini turizmni rivojlantirishda qo‘llagan tajribalarini misol keltirsak bo‘ladi: