Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar


Moy qovushqoqligining haroratga bog’liqligi



Yüklə 46,78 Kb.
səhifə3/6
tarix19.10.2023
ölçüsü46,78 Kb.
#157371
1   2   3   4   5   6
10-ma\'ruza TVQM

Moy qovushqoqligining haroratga bog’liqligi. Ekspluatatsiya sharoitining doimiy emasligi tezlik va yuklanish omillarining o’zgarib turishi, yil fasllarining o’zgarishi uzel va agregatlarda ishlatilayotgan moylarning harorati o’zgarishiga olib keladi. Ish haroratining o’zgarishi natijasida moyning qovushqoqligi imkoniyat qadar kam o’zgarishini ta’minlash uchun moy qovushqoqligi harorat ta’sirida kam o’zgarishi bo’yicha talablar qo’yiladi.
Moy qovushqoqligining haroratga bog’liqlik tavsifi sifatida moyning 50°C va 100°C lardagi qovushqoqliklari orasidagi farqdan foydalaniladi. Moy tarkibiga bir necha ming xil turdagi uglevodorodlar kirganligidan harorat o’zgarishi bilan ularning qanday holatga kelishini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun motor moylariga oid standartlarda faqat 100°C dagi qovushqoqlik qiymatinigina keltirmasdan, 0°C dagi qovushqoqlik qiymati ham keltiriladi, shuningdek, qovushqoqlik indeksi ko’rsatiladi. Qovushqoqlik indeksi o’lchovsiz kattalik bo’lib, etalon moyga nisbatan tekshirilayotgan moyning qovushqoqligini haroratga bog’liq holda o’zgarish darajasini ko’rsatadi. Qovushqoqlik indeksini aniqlashda maxsus jadvallar va nomogrammalardan foydalaniladi (6.1-rasm).

6.1-rasm. Moy qovushqoqligining harorat T ga bog’liqligi

Harakat o’zgarishi bilan, qovushqoqligi qancha kam o’zgarsa, moyning qovushqoqlik xossalari shuncha yomon va qovushqoqlik indeksi past bo’ladi. Indeksi yuqori bo’lgan moyning qovushqoqligi yuqori bo’ladi, bunday moylar yuqori haroratlarda ishqalanayotgan detallami ishonchli holda moylaydi, past haroratlarda esa dvigatelni yurgazib yuborishni qiyinlashtiradigan darajada quyuqlashmaydi.


Ko’pchilik hollarda moylarning standart haroratlardan boshqa haroratlardagi qovushqoqligini aniqlash zarurati paydo bo’ladi. Moyning belgilangan qovushqoqlikka ega bo’lish haroratini (dvigatellar uchun moyning ishga tushirish xususiyatini baholash bilan bog’liq bo’lgan) aniqlash yanada muhim. Qator tekshirishlar natijasida dvigatelning oson ishga tushirilishini ta’minlaydigan va bunda detallarning kuyish va jadal yeyilishining oldini olishni ta’minlaydigan qovushqoqlik chegarasi motor moylari uchun 1-104mm2/s deb belgilangan. Moyning ishga tushirish xususiyati deganda, moy qovushqoqligi 1-104 mm2/s bo’ladigan haroratni hisoblash yo’li bilan aniqlash tushuniladi. Moy qovushqoqligi 2-104 mm2/s ga yetsa, moyni moylash tizimida aylanishi to’xtaydi.
Moy qovushqoqligining haroratga bog’liqlik xususiyatini yaxshilashning eng samarali usullaridan biri moyga qovushqoqligi yuqori bo’lgan qo’shilmalar qo’shishdir. Bunday qo’shilmalardan nisbatan keng tarqalgani molekular massasi 10000-20000 gacha bo’lgan poliizobutilendir. Poliizobutilen va boshqa qo’shilmalarni moyga 2-5 foiz miqdorida aralashtirish moyning qovushqoqligini bir necha marta (har qanday haroratlarda deyarli bir xil) oshiradi.
Moylarga qo’shilmalar qo’shib quyultirish yo’li bilan bir qator moylar olinadi, jumladan, keng qo’llaniladigan moylardan biri M-43/6BL moyi. Vazifasi va 100°C dagi qovushqoqligi bir xil bo’lgan M-6A va M-43/6BJ moylarini o’zaro taqqoslash ularning harorat ta’sirida o’z xususiyatlarini turlicha o’zgartirishini ko’rsa- tadi. M-6A moyidan foydalanilganida dvigatelni ishga tushirish mumkin bo’lgan eng past harorat (qizdirmasdan) minus 25°C bo’lsa, M-43/6BJ moyidan (quyultirilgan moy) foydalanilganida esa minus 40°C.



Yüklə 46,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin