Ideal gaz. Ideal gaz qonunlari, barmoetrik formula reja



Yüklə 310,07 Kb.
səhifə7/15
tarix07.12.2022
ölçüsü310,07 Kb.
#72897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
MAVZULAR 8TALIK

Kirxgof qonuni. Kirxgof muvozanatli issiqlik nurlanishi xossalarini nazariy ravishda tekshirdi. Kirxgof termodinamik yo‘l bilan doimiy temperaturada nurlanish energiyasining spektral zichligi ρν nurlanayotgan jismning fizikaviy
ELEKTOR ASPOBLARIDAN FOYDANISHNI O'RGANISH


Reja:


1. Umumiy ma’lumotlar va elektr ulchash asboblarining klassifikatsiyasi
2. Magnitoelektrik sistema asboblari
3. Elektromexanik sistema asboblari.
4. Induktsion sitema asboblari


Umumiy ma’lumotlar va elektr ulchash asboblarining klassifikatsiyasi.
Elektr kurilmalarining ish rejimini mutassil kuzatib borish va generator hosil kiladigin hamda turli iste’molchilar ishlatadigan elektr energiyasini xisobga olish uchun elektr zanjiriga xar xil elektr energiyasini xisobga olish uchun elektr zanjiriga xar xil elektr ulchash asboblarini ulanadi. Bu asboblar tok kuchini, kuchlanishini, qarshilik, quvvat, tok chastotasi va sarf qilingan elektr energiyani ulchaydi.
Ulchash-ulchanayotgan kattalikni shartli ravishda ulchov birligi sifatida qabul qilingan xuddi shu jinsdagi kattalik bilan takkoslash demakdir.
Ulchanayotgan kattalikni ulchov birligi yoki ulchov bilan takkoslash uchun muljallangan moslama ulchash asbobi deb ataladi. Amaliy ulchashlarda ishlatiladigan asboblar ish asboblari deyiladi.
Asboblarni tekshirish va darajalash uchun muljallangan asboblar namuna asboblar deyiladi. Har qanday ulchash natijasi ulchanayotgan biror kattalikning xakikiy qiymatidan bir oz fark kiladi. Ulchanayotgan kattalikning xakikiy qiymati-namuna ulchovlar yordamida aniklanadigan qiymatdir.
Ulchanayotgan kattalikni ulchashda asbob kursatgan qiymati A1 bilan uning xakikiy qiymati A2 urtasidagi ayirma asbobning absolyut xatoligi deb yuritiladi va (A bilan belgilanadi.
А = А1 - А2
Absolyut xatolikning ulchanayotgan kattalikning xakikiy yoki ulchangan qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deb yuritiladi va ( harfi bilan belgilanadi. Nisbiy xatolik protsent xisobida ulchanadi:
 =- А / А2 100%
Elektr ulchash asboblarining xillari juda ko‘p . Kuyiladigan talablar, ishlash sharoitlari, konstruktsiyasi va boshka belgilariga karab, ular turli gruppalarga ajratiladi.
A) bevosita ko‘rsatadigan, jamlaydigan va uzi yozadigan ( kayd kiluvchi ) asboblar;
B) moslanuvchi asboblar.
Bevosita ko‘rsatadigan asboblar amalda ko‘p uchraydi; ularning darajalangan shkalalari buylab strelka yoki yoruglik shu’lasi tarzidagi kursatkich xarakat kiladi.
Elektrik va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun elektron o’lchov asboblari ishlatiladi. Ular o’z ichiga elektron kuchaytirgichlar, elektron generatorlar, to’g`rilagichlar va impuls qurilmalarini o’z ichiga oladi. Ko’pincha ularga elektromexanik o’lchov asboblari (magnielektrik tizimli) ham kiradi.
Elektron o’lchov asboblari mexanik o’lchov asboblaridan quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi.
1.Sezgirligi yuqori. Uning sezgirlik chegarasi o’lchanayotgan kattalikning shovqiniga bog`liq. Ko’pincha elektron voltmetrlarning sezgirlik qiymati 0,1 – 10 mkV oralig`ida bo’ladi.
2.O’lchanayotgan kattalik zanjiridan elektr o’lchash asbobi kichik qiymatda energiya iste`mol qiladi ya`ni, uning kirish qarshiligi kattaligidir. Elektron o’lchov asboblari bo’lmish elektronvoltmetr, elektron ostsillograf va hakazolarning kirish qarshiliklari 0,5 – 1 mOm atrofida bo’ladi. Ayrim maxsus o’lchov asboblarida esa 108 – 109 Om larni tashkil qilish mumkin. Unda katta kirish qarshilik o’lchov asboblari kichik quvvatli va yuqori chiqish qarshilikli zanjirlar uchun ishlatiladi.
3.Sezgirligi juda keng chastota oralig`ida ham o’zgarmaydi. Masalan: sifatli keng chastota oralig`ida ishlay oladigan elektromexanik asboblar (elektrodinamik tizimli) ning chastota ish kengligi 45-1500 Gts oralig`ida yotadi.
Ko’pincha elektron o’lchov asboblarida esa chastota ish diapazoni 10-50 mGts ni tashkil qiladi. Ayrim maxsus elektron o’lchov asboblarining chastota ish diapozoni bir necha ming mGts gacha boradi.
Elektron o’lchov asboblarining yuqoridagi afzalliklaridan tashqari uning ayrim kamchiliklari ham mavjuddir.
1. Sxematik murakkabligidir. Bu esa katta sonli radioelementlarni ishlatilishidir. SHu sababli hajmi, massasi, tannarxi qimmatdir. SHunga qaramay ayrim raqamli o’lchov asboblari masalan: elektron raqamli voltmetr, ampermetr v raqamli soatlar massasi, hajmi jihatdan mexanik o’lchov asboblaridan ancha kichikdir.
2.Elektron o’lchov asboblarini ishlatish uchun o’zgarmas tok manbaikerak.
3.Ishga chidamliligi kichik, lekin, bunday kamchilikni hozirgi kunda zamonaviy elektr o’lchov asboblarida integral mikrosxema ishlatilib chidamligi keskin oshmoqda.
Elektron o’lchov asboblari, mexanik o’lchov asboblari o’lchay olmaydigan, ko’pchilik kattaliklarni o’lchay oladi. Masalan: vaqt bo’yicha o’zgaradigan signallarni tezkor ostsilograflashtirish, chastota xarakteristikasini aniqlash spektrial taxlil, juda tez takrorlanadigan impulslarni sanash va hakozolar. Elektron o’lchov asboblari elektron qurilamalar turkumiga kiritilib, ular markazlashgan axborotni yozish, axborotlarni saqlash, qayta ishlash va hakazolar uchun ishlatiladi. Bu turkum qurilmalarni informatsion o’lchov tizimlari (IO’T.) deyiladi. IO’T turkumiga elektron hisoblash mashinalari ham kiradi.

Yüklə 310,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin