Idrok haqida umumiy tushuncha



Yüklə 57,42 Kb.
səhifə2/2
tarix11.05.2023
ölçüsü57,42 Kb.
#111720
1   2
Документ Microsoft Word

Idrok xususiyatlari.

Idrok uziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xissiy bilishning sifat jixatidan yangi boskichidir. Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi va anglanganligi uning eng muxim xususiyatlaridandir.
Idrokning predmetligi ob’yektivlash deb atalgan vaqtda,ya’ni tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o’ziga qaratishla ifodalanadi.Idrokningsh predmetliligi tug’ma sifat xisoblanmaydi.sub’yektga olamning predmetligini ochib berishni ta’minlaydigan ma’lukm harakatlar sistemasi mavjuddir.Pedmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rolь o’ynaydi. Tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o’ziga solishtirib ko’rish idrok obrazining real predmetlarga adekvat (mos) ekanligini nazorat qilishni ta’minlaydi.
Idrokning yana boshqa xususiyati uning yaxlitligidir.Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib,narsalarning yaxlit obrazidir. O’z-o’zidan ravshanki, bu yaxlit obraz xar –xil modeldagi sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari xaqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Idrokning yaxlitligi uning ma’lum tartibda tuzilganligi bilan bog’liqdir. Idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda tuzilganligining manbai, bir tomondan,odamning narsalar bilan amalga oshiradigan faoliyatidir. I.M.Sechenov idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda tuzilganligi analizatorlar reflektor faoliyatining natijasidir deb ta’kidlagan edi.
Idrokning yana bir xususiyatikonstantligidir.Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilish natijasida ongimizda hosil bo’lgan obrazning real voqeylikdagi bizga ta’sir etib to’rgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos, ya’ni teng bo’lishini ta’minlaydi.
Idrokning yana bir xususiyati kuzatuvchanlik bo’lib biz idrokning ixtiyoriy turi bilan bog’liq bo’lgan maxsus kuzata bilish qobiliyatini tushunamiz Kuzatuvchanlik qobiliyati deb, oldindan belgilangan aniq maqsad asosida sistemali tarzda qila bilishga aytiladi.
Illyuziya shu lahzalarda shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib to’rgan biror narsani yanglish, noto’g’ri idrok qilish jarayoni bo’lsa, gallyutsinatsiya yo’q, mavjud emas narsalarni «tashqi taassurotsiz» idrok qilinishidir. Masalan, yo’q narsalarning ko’zga bordek ko’rinishi, yo’qovozlarning quloqqa eshitilishi, yo’q hidlarning dimoqqa urilishi va hokazolar gallyutsinatsiyaning mahsuli bo’lib hisoblanadi. Gallyutsinatsiya shaxsming biror narsa va holatni ko’rgandek, eshitgandek, ushlagandek, hid bilgandek kabi tasavvurlarning aks etishidir, xolos. Gallyutsinatsiya hodisasi ko’pincha kasallikdan (isitma, alahlashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasini buzadigan kasalliklarning oqibatida ro’y berishi mumkin.
Galyutsinatsiya- yo’q narsalarni tashqi ta’sirotsiz idrok qilishdir. Yo’q narsaning ko’zga bor ko’rinishi, yo’q ovozning quloqqa eshitilishi galyutsinatsiyadir.
Idrokni sezgilarga nisbatan yana bir murakkab tomoni shundaki, har bir predmet, voqea va hodisa modiy borlik formasi bo’lgan makon va zamon bilan bog’liq holda qabul qilinadi. Chunonchi moddiy borlikda mavjud bo’lib, odam tomonidan idrok qilinayotgan narsa va xodisalar hamda vaqt makon va zamon jihatidan bir-biri bilan bog’liq bo’ladi. Demak, odam har bir predmetni idrok qilganda uning fazodagi formasini (kub, uchburchak, doira), katta-kichikligini (katta, kichik, mayda) munosabatlarini (boshqa predmetlarga va idrok qiluvchiga nisbatan) hisobga oladi. Ikkinchidan, hari predmet idrok qilinganda uning paydo bo’lish va o’zgarib borish jarayonlariga e’tibor beriladi.
Attraksiya insonni (o’zi bilan o’zga o’rtasidagi munosabatda namoyon bo’lib) o’ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo’zg’atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko’rinish, istarasining issiqligi; 2) sub’yektga nisbatan rishtasiz bog’lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o’xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi — bu yaqqol ko’rinish (yasnovideniye) deb atalib, voqealik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol g’oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagiqa yaqqol ko’rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo’lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko’rishlik bilish sub’yektining shaxsiy hayoloti, o’zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo’lmasdan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko’rish imkonining yuksakligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokiing muhim xususiyatlaridan biri — bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda, insonning idrok qilish faoliyati uning o’zlashtirilgan bilimlari, to’plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo’lgai o’quv fani mohiyatiga bog’liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotpshining o’zaro mosligini aniqlash singari bosqichmabosqich o’zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko’pqirrali ko’pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklaiib, chegaralanib qolmasdan, balki o’sha majmua aniqjism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jismlarning o’ziga xos xususiyatlariii belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur narsalarni ma’lum ma’noviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko’mir yorurlikda yog’du sochadi, oq qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’yektiv taassurotlarga nisbatan o’zgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida to’rgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko’rsatmaga) uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluv imkoniyati mavjud bo’lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog’likdir. Lekin to’g’ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo’lmog’i lozim: 1) sub’yektning aks ettirishi zarur bo’lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining ko’lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o’rganilishi bilan bog’liq bo’lgan maqsad, maqsad qo’ya olish; 3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o’zaro uyg’unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’yekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o’rab to’rgan boshqa narsa jism yoki hodisalarga nisbatan ob’yekt hisoblanib, ob’yektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokniig sifati ob’yektning fondan tez to’liq va aniq ajratib olish bilap belgilanadi.
Idrok qo’zg’atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. Shummsh uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidai iboratdir, degan xulosa
Chiqarib bo’lmaydi. Idrok o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan hissiy bilishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrok jarayonlarining faolliligimizga, ob’yektga munosabatimizga bevosita bog’liqligini kurasatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning kayfiyatimizga xam bog’liq.
yukoridagilardan kelib chikib, shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos bo’lgan bir nechta qonuniyatlarini belgilaymiz.
A) figura va fonning ilgarigi harakatga bog’liqligi qonuni.
Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo’lgan, bevosita tuknash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo’ladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan bo’lsa, demak, keyingi safar xam uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon bo’lgan bo’lsa, tabiy, fonday kabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi urni chet davlatlarda borgan turislar tajribasiga tayanib tushuntirilishi mumkin. Uzbekistonliklar Yer kurrasining kaysi burchagida bo’lmasin uzbek duppisi yoki atlas kuylakni juda tez ilgab oladilar va suyunib ketadilar xam. Yonidagi sheriklari uzbek bo’lsa xam, aynan duppili uzbekni kurib, ko’zlari yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik xam milliy kuylagida to’rgan bulishi mumkin, lekin uzbek turist uchun bu kiyim fon edi, fonligicha koladi xam.
B)Idrokning konstantligida, ularni uzimiz «tugrilab» aloxida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.
Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini uzgartirmay, turgun xolda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muxitda tugri muslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. konstantlik – «konstanta» suzidan olingan bglib, uzgarmas, doimiy degan ma’noni bildiradi.
V) Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri. Ko’pincha bizning idrokimiz Ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog’liq bo’lib koladi. Biz uzimiz kutganda xam kup paytlarda uzimiz kurgimiz kelgan narsalarni kuramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar katorida paydo bo’lgan V xarfi uzoqdan albatta 13 soniday idrok kilinadi, yoki aksincha xarflar orasidagi 13 «v» ga uxshaydi. Kechasi yolg’iz kolib kimnidir kutayotgan bo’lsangiz, xar kanday juda sekin sharpa xam oyok tuvushlariga uxshayveradi. Sogingan dustingizga biror jixati bilan uxshash bo’lgan odamni kursangiz-chi. Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma’no va axamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bushlikni tuldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chakirishini kutayotgan bo’lsangiz, negadir albatta, bosh xarfi tugri kelgan ismni aytsa xam tezginada usha tomonga o’girilib qaraymiz. Aynan shunday xodisalar ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chqkishiga olib keladi.
G) O’zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Bu qonunning moxiyati shundaki, muntazam ta’sir etuvchi ma’lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, utirganningizda soatning tiqqillashini eshitganmisizk xa, tovush eshitiladi, lekin ma’lum vaqt o’tgandan so’ng go’yoki u yo’q bo’lib qolganday – eshitilmaydi. Yoki eksperiment sharoitida yolg’iz bitta nutqdagi yoruglik manbai kuziga ta’sir etilib, kuz xam shunukta bilan bir vaqtda xarkatga keltirib turilganda, 1-3sekunddan sung odam yorug’lik manbaini kurmay qo’ygandek. Shunga uxshash eksperimentlar barcha idrok turlarida ham sinalgan. Past oxangli kuy xam ma’lum vaqtdan keyin eshitmagandey xisni keltirib chikarishini sinab ko’rishingiz mumkin.
D) Anglanganlik qonuni. Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganligi, uning zarurati va ma’nosi katta axamiyatga ega bo’ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki xis qilayotgan narsamiz ma’nonsiz, tushunarsiz, noaniq bo’lsa, biz juda tez charchaymiz va tolikamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so’zlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jixatdan juda kiynaladi. Ya’ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun kerak. Odam odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. Xattoki, ma’ruzachining butun tushuntirayotgan ma’ruzasidagi faktlar sizning tushunchalariningiz va bilimdoirangizdan uzoq bo’lsa, professorga qarab o’tirgan bo’lsangiz ham uning gaplari qulog’ingizga kirmaydi.
Y) Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko’pincha adashamiz, ba’zan esa uzimiz uni yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat bo’lib, bizning sezgi organlarimiz orqali keladigan ma’lumotlarning kulami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. Shu nuktai nazardan olib qaralganda, idrok – tashqi muxit tugrisidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir.

Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir.


Psixologlar bunday mas'uliyatli qaror qabul qilishda faqatgina atrofdagilarning tavsiyasiga tayanish emas, tahlilning boshqa muqobil variantlarini ham qo‘llashni taklif qilishadi.
Psixologik testlar
O‘zingizda qaysi kasbga moyillik va qiziqish yuqori ekanini psixologik testlar orqali birlamchi bosqichda aniqlab olishingiz mumkin. Faqatgina bunda onlayn platformalarda duch kelgan testga emas, soha mutaxassislari ishlab chiqqan professional testlarga tayanish kerak.
Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga «hukm» deb qarash kerak emas. Ular faqatgina moyillik yo‘nalishini belgilab beradi.
Bilimlaringizni kengaytiring
Turli kasbiy yo‘nalishlar, istiqbolli soha va mutaxassisliklar to‘g‘risida bilimlarni mustahkamlash kerak.
Har yili o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda hattoki maktab o‘quvchilariga tanish bo‘lmagan kasblar bilan ham tanishish mumkin. Ehtimol, ulardan biri sizning tanlovingiz bo‘lishi mumkin.
Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing
Maktabni bitirish arafasida o‘spirin ko‘pincha kasblar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi. Ular tanlagan kasblarining faqat ijobiy yoki aksincha salbiy jihatlarini ko‘rishadi. Bunda ota-onalar farzandlariga ko‘p narsalarni aniqlashtirishda yordam berishlari kerak.
9-sinfdan boshlab asta-sekin o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi «Ochiq eshiklar» kunlarida ishtirok etish maqsadga muvofiq.
Istaklarni tizimlashtiring
Qog‘oz oling. O‘zingizni qiziqtirayotgan kasblarni vertikal ravishda va tanlanajak kasbdan nimani istashingizni gorizontal ravishda joylashtirib chiqing. Jadvalni iloji boricha batafsil to‘ldirish kerak. Tanlangan kasb sohasi va kishi undan nimalarni kutayotgani bir-biriga mos kelsa, «+», mos bo‘lmasa «-» ishoralarini qo‘yishingiz lozim. Bu o‘z istaklarini aniqlashtirishga yordam beradi va shu istakka mos kasb haqidagi tasavvurni aniqlashtiradi.
Amaliyot
Qaysi kasbni tanlash haqida bir qarorga keldingiz, deylik. Endi o‘zingizni shu yo‘nalishda sinab ko‘rish kerak. Buning uchun turli o‘quv-guruhlari bo‘lgan ko‘plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud bo‘lib, ular transport vositalari mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.
Zaxira aerodromi
Asosiy tanlovdan tashqari, qo‘shimcha ravishda e'tiborga olinuvchi «zaxira» tanlov ham bo‘lishi kerak. Chunki hayotni oldindan prognozlashtirib bo‘lmaydi, unda har qanday holat ro‘y berishi mumkin.
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga kira olmay qolgan taqdirda tushkunlikka tushmaslik, boshqa optimal variantlarni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi
Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo‘lmasligi, yordamchi ta'sirga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yoki ona/ota o‘z yoshligida egallay olmagan, armon bo‘lib qolgan kasbga farzandini yo‘naltirishi ham noto‘g‘ri. Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy an'analarni davom ettirish majburiy emas
Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto‘g‘ri. Otaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.
Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullansa, o‘zini baxsiz his qiladi.
Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak:
– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila a'zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o‘zingizga qaysi kasb ko‘proq mos kelishi haqida so‘rab olishingiz mumkin.
– Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq ma'lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma'lumotlar beradi.
– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.
– To‘plagan ma'lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.
– Imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.
Hozirgi kunda yoshlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri oʻz imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga mos kasbni tanlashdir.
Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish haqida qanchalik fikr yuritmaylik, maxsus testlarni ishlab chiqmaylik, baribir hayotda kim boʻlish kerakligini ota-ona ham bitiruvchi ham bilmaydi. Shu bois, bu muammoni samarali hal qilish maqsadida psixologlar quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarurligini taʼkidlaydilar.
1. Oʻzingizni sinab koʻring. Aksariyat kasb tanlash bosqichida boʻlganlar faqat bitta narsani bilishadi. Undan keyin nima qilish kerakligini umuman bilmasliklari barchamizga ayon. Shuning bilan birga qaror qabul qilish natijasida oʻziga xos qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Buning uchun sizga tanlagan kasbingizga mos yoki mos kelmasligingizni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan testlarni maslahat beramiz. Shuni unutmang, siz bir vaqtning oʻzida3-4 ta testdan oʻtsangiz, ularning natijalari mutlaqo bir-biriga teskari boʻlishi mumkin. Bunday paytda siz kasbga yoʻnaltirish boʻyicha qulay testni tanlashingiz lozim. Psixolog E.Suslovaning fikriga koʻra, test toʻplami mazkur soha mutaxassislari tomonidan tayyorlanish hamda individual ravishda tanlashi kerak. Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga “hukm” deb qarash kerak emas. Biz psixik xususiyatlar va intellektni hisobga olgan holda aniq bir faoliyat turiga nisbatan moyillik xususida fikr yuritamiz.
2. Bilimlaringizni kengaytiring. Mazkur muammoni biroz osonlashtirish maqsadida siz mehnat faoliyati va undagi yoʻnalishlar, istiqboli mavjud boʻlgan soha va mutaxassisliklar toʻgʻrisida bilimlaringizni mustahkamlashingiz kerak. Har yili oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda siz hattoki, maktab oʻquvchilari koʻpincha bilmaydigan kasblar bilan ham tanishishingiz mumkin. Ehtimol ulardan qaysi biridir sizning tanlovingiz boʻlishi mumkin.
3. Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing. Maktabni bitirish arafasida oʻspirin kasblar haqida xato va notoʻgʻri tasavvurga ega boʻladilar. Koʻpincha ular tanlagan kasblarini faqat ijobiy tomonlarini yoki aksincha salbiy jihatlarini koʻradilar. Buning uchun ota-onalar farzandlariga koʻp narsalarni aniqlab olishlari uchun yordam berishlari kerak. Shuning uchun 9-sinfdan boshlab asta–sekin oʻzingiz tanlagan yoʻnalishingiz bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurishni unutmagan holda qaror qabul qilishingiz lozim.
4. Oʻz xohishlaringizni tizimlashtiring. Baʼzi soha mutaxassislari maslahat berganidek, oʻzingiz uchun stol tayyorlashingiz mumkin. Sizni yuragingizga yaqin boʻlgan kasblarni vertikal ravishda va faoliyatingizda nimani xohlashingizni gorizontal ravishda joylashtirishga harakat qiling. Jadvalni iloji boricha batafsil toʻldirishingiz kerak. Agar tanlagan kasb sohasi va ishga qoʻyilgan talablar bir-biriga mos keladigan boʻlsa, “+”, agar mos boʻlmasa “-” ishoralarini qoʻyishingiz lozim. Shunday qilib, tanlovni amalga oshirishga yordam beradigan yoki tanlov doirasini va fikrlarni sezilarli darajada aniqlashga qaratilgan tasvir shakllantiriladi.
5. Soʻzdan amalgacha. Shunday qilib, biz biror narsa toʻgʻrisida qaror qildik yoki biror narsani tanladik. Endi siz oʻzingizni sinab koʻrishingiz kerak. Buning uchun turli oʻquv- guruhlari boʻlgan koʻplab ixtisoslashgan maktablar va kurslari mavjud boʻlib, ular sizga transport vositalarini mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha oʻzingizni sinab koʻrish imkoniyatini beradi. Mazkur taʼlim muassasalarining aksariyat qismida darslar bepul amalga oshiriladi.
6. Zaxira aerodromi. Sizni oʻzingiz xohlagan aniq tanlovingiz boʻlishi bilan birga har holda qoʻshimcha ravishda eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan kasbingiz ham boʻlishi kerak. Hayotni oldindan aytib boʻlmaydi chunki har qanday narsa yuz berishi mumkin. Shu bois, tanlagan universitet va yoʻnalishingizga qobiliyatlaringiz mos kelmaganligi sababli kira olmay koʻnglingizda jarohat hosil boʻladi. Siz shunchalik ertalab uygʻonishingiz mumkin va oʻzingizni tanlovingizdan xafsalangiz pir boʻlib, uni oʻzgartirishga harakat qiling.
7. Qaror faqat mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Ota-onangiz tomonidan beriladigan maslahatlar foydali lekin ularni fikri yakuniy qaror boʻlmasligi kerak. Psixologlarning taʼkidlashicha, biz koʻpincha atrof-muhitga, qarindoshlar, oʻqituvchilar, doʻstlarimizga eʼtibor qaratamiz. Odatda bunday vaziyatda ikkita yoʻldan boramiz yaʼni ularning fikriga amal qilamiz yoki aksincha. Oʻzi oʻsmir uchun nima kerak? Masalan, ona butun hayot davomida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullandi lekin u bu faoliyatidan allaqachon voz kechish kerak edi. Endi oʻzi xohlagan narsasiga qizi orqali erishishiga harakat qiladi. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak? Qarorni tinchlik yoʻli bilan qabul qilishga harakat qiling. Masalan, raqs oʻqituvchisi yoki ximiya oʻqituvchiligidan qaysi birini tanlashingiz uchun ota-onangiz va doʻstlaringizning maslahatlariga amal qiling. Baribir yakuniy qarorni oʻzingiz qabul qilishingiz lozim.
8. Kasb tanlashda oilaviy anʼanani davom ettirish shart emas. Siz oʻzingizni ishingiz undagi imkoniyatlar qulayliklar shuning bilan birga farzandingiz uchun muvaffaqiyatli martaba haqida oldindan bashorat qilib gapirishingiz mumkin. Agar farzandingiz sizni yoki otasini kasbini davom ettirmoqchi boʻlsa bu juda yaxshi. Lekin majbur qilishning oʻzi notoʻgʻri. Agar inson oʻzi yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shugʻullangandan keyin oʻzini baxtsizdek his qiladi.
Shunday qilib fikrlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib oʻtamiz:
- oila aʼzolaringiz va doʻstlaringiz bilan maslahatlashilgan holda ularning fikriga koʻra, siz tanlagan kasbingiz oʻzingizga mos keladi;
- ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi va maxsus manbalar (adabiyotlar internet va boshqalar) sizga jamiyatda ehtiyoji yuqori boʻlgan yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar beradi;
- oʻzingizni xohishingiz va hayotingizdagi ustanovkalaringizni esingizga oling;
- olingan materiallarni har tomonlama koʻrib chiqing, yaxshilab tahlil qiling va oʻzingizga “Hayotda menga nima kerak?” degan savolga javob berishga harakat qiling.
- imkoniyatingiz boʻlsa, kasb tanlash boʻyicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

Xulosa
Kasbiy psixologiya fanida idrok tushunchasi mavjud. Idrok tushunchasini nimaligini va uning turlari haqida ma’ lumotga ega bo’ldim. Idrok quyidagi turlarga bo’linar ekan Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab: ko’rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga. Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga.Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo’linadi. Undan tashqari idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko’z bilan aks ettirishning negizi bo’lmish ko’z harakatlari kiradi. Ular o’zlarining tuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratilar ekan: Konvergensiya, Divergensiya, Gorizontal harakat, Vertikal harakat, Siklofuzion, Torsion, Version, Vergen. Shuningdek idrok qilishi jarayonlariga xos bo’lgan bir nechta qonuniyatlari mavjud ekan: figura va fonning ilgarigi harakatga bog’liqligi qonuni, idrokning konstantligida, ularni uzimiz «tugrilab» aloxida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz, kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri, o’zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni, anglanganlik qonuni, taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish.


Undan tashqari kasb tanlash haqida,kasb tanlashda quyiladigan tavsiyalar haqida ma’lumotga ega bo’ldim. Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir. Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish haqida qanchalik fikr yuritmaylik, maxsus testlarni ishlab chiqmaylik, baribir hayotda kim boʻlish kerakligini ota-ona ham bitiruvchi ham bilmaydi. Shu bois, bu muammoni samarali hal qilish maqsadida psixologlar quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarurligini taʼkidlar ekan: oʻzingizni sinab koʻrish, . Bilimlaringizni kengaytirish, Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqish, oʻz xohishlaringizni tizimlashtirish, soʻzdan amalgacha, zaxira aerodrome, qaror faqat mustaqil ravishda amalga oshirilish, kasb tanlashda oilaviy anʼanani davom ettirish shart emasligi
Foydalanilgan adabiyotlar
Yüklə 57,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin