Natural process odatda tabiiy jarayonlar masalan kapalakning hayot aylanishi, homiladorlik jarayoni, suv aylanishi, yomg’ir yog’ish jarayoni, yoki sigir qanday sut ishlab chiqarish haqida bo’lishi mumkin. Bu albatta tabiiy jarayonlarga ayrim keltirilgan misollardir.
Man-made jarayonlar esa aksincha inson omili aralashgan jarayonlar xisoblanadi. Bunga misol tariqasida kofe, choy yoki sharobning qanday ishlab chiqarilishi jarayoni, sement yoki g’isht qanday ishlab chiqarilishi jarayoni yoki bankomat yoki internet qanday ishlashi jarayonini so’zlar orqali tasvirlab berishingiz talab qilinishi mumkin.
Ammo qaysi turdagi jarayon bo’lishidan qat’iy nazar bir xil turdagi ko’nikmalar va tizimdan foydalangan xolda javob berishingiz mumkin. Diagrammaga javob berishda, 5 bosqichlik rejadan foydalanishingiz juda ham foydali bo’ladi.
Jarayonni tushining, Jarayonni boshlanish nuqtasi va tugash nuqtalarini toping. Qancha bosqichlar borligini xisoblang va har bir bosqich nimani anglatishini va undan oldingi va undan keyingi bosqich bilan qanday bog’liqligini bilib oling.
Mavzu (topic) ni (paraphrase) o’z so’zlaringiz bilan tushintiring.
Ikki dona gap bilan mavzuni haqida umumiy fikringiz (overview) bering.
Jarayonni ikkiga bo’ling va har bir bosqichini batafsil yoritadigan ikkita alohida paragraph (body paragraph) yozing.
Yozib bo’lganingizdan so’ng ishingizni tekshiring.
Ushbu savollarga oid eng qiyin narsalardan biri bu siz ilgari hech qachon ko'rmagan yoki eshitmagan narsalar haqida yozishdir. Xavotir olmang, ikkita narsani eslashga harakat qiling.
Birinchidan, imtihonchi siz bu jarayonni ilgari hech qachon ko'rmaganingizni biladi va bu haqda yozishga atigi 20 daqiqa vaqtingiz borligini ham. Ular mukammal javob kutishmaydi. Faqat asosiy xususiyatlarni tanlab olishingizni va ularga haqida aniq hisobot berishingizni kutishadi.
Ikkinchidan, o’zingizga quyidagi savollarni berib har qanday jarayonni tezda tushinishingiz mumkin.
Jarayon qayerda boshlanib qayerda tugaydi?
Bu inson omili aralashgan jarayonmi yoki tabiiy?
Bu aylanali (cyclical) jarayonmi yoki bir dona boshlanishi va bir dona tugashi bo’lgan (linear) jarayonmi?
Jarayonga qo’shilishi kerak bo’lgan qo’shimcha materiallar bormi yo’qmi?
Jarayonning har bir bosqichi nima vazifa bajaradi?