Fransua Mari (Arue) Volter (1694-1778) fransuz ma'rifatchilarining atoqli namoyandasi falsafa tarixi bo‘yicha otashin publitsist, Nyuton fizikasi va mexanikasi hamda Angliyadagi konstitutsiyaviy tartib va muassasalarning targ‘ibotchisi, cherkov, iezuitlar, inkvizitsiya tajovuzlaridan shaxs erkinligining himoyachisi sifatida o‘rin oldi. Uning «Kandid», «Orlean qizi» asarlari, «Falsafiy lug‘at», «Ensiklopediya».
Xulosa
1.Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgach jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Bu jarayon intelektual qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Chunki sobiq ittifoq tarixshunosligi tomonidan ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilgan mavzular ma’naviy jihatdan yaroqsiz holda ekanligi ikkinchidan esa tarixni o‘rganishdagi ko‘pgina masalalarni tarixni “qora dog‘”lari sifatida talqin qilinishi mustaqillikning ilk kunlaridanoq qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning isboti sifatida yurtboshimizning, “Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi” 1 , deb aytgan fikrlari nihoyatda o’rinlidir. Bundan tashqari tarixning “oq dog‘lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyati qo‘lga kiritildi. “Dunyo haritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ular hozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi.