Mavzu Kamyob elementlarning gravitatsion usulida boyitish quri-fayllar.org
II.3.Gravitatsion usulda boyitish qurulmalari haqida ma`lumot. Cho’ktirish mashinasidan olingan graviokonsentrat qo’shimcha boyitish uchun yuvish jarayoniga jo’natiladi(nepe4→TKe). Bu vazifani bajarishda konsentratsion stollardan foydalaniladi.
Stollarda boyitish - mineral zarralarning suvli oqimda zichliklar farqi evaziga ajralishiga asoslangan. SKM-1A konsentratsion stoli sosna daraxtidan tayyorlangan doska va uning ustidan qoplangan rezinadan iborat tekislikdir. Qiya tekislik deka deyiladi. Stolning tebranish chastotasi 275-300 ayl/min, deka qadami 1520mm. Bo‘tana stolning yuklanish qismiga beriladi va dekaning qiyalik burchagiga bog‘liq tezlik bilan oqib tushadi. Suspenziya oqimining harakatlanishi natijasida og‘ir minerallar riflilar yordamida ushlab qolinadi, yengil zarrachalar esa o‘z harakatini davom etiradi. Boyitish
stollari gravitatsiya usulida boyitishning asosiy dastgohlarida biridir. Boyitish stoli qo‘yidagi qismlardan iborat.
1.
Forma yoki stanina - stolining tayanch tagligi bo‘lib xizmat
qiladi.
2.
Deka - boyitish stolining qiya tekisligi - ishchi organ.
3.
Yassi - qobirg‘alar ( narifleniya ).
4.
Harakatga keltiruvchi mexanizm.
5.
Xom ashyo bo‘tana qabul qilish qutisi eng tepada joylashadi.
6.
Romb shaklidagi suv taqsimlagich.
Stol dekasining ma'lum burchak ostida burila oladi. Uning usti taxta, rezina, linolium bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Qovurg‘alar tepadan pastga bir-biridan uzun ma'lum oraliqda joylashadi. Uning balandligi2mm bo‘ladi.
Stol ilgarilama bo‘ylama harakat bilan tebranadi. Suv bilan bo‘tana yuvib turiladi. O‘lchami 0-2mm bo‘lgan ruda zarralari, bunday stollarda yaxshi sarflanadi. Zichligi katta bo‘lgan zarralari, qobirg‘alar orasidan, stol chetiga surilib pastga to‘kilib og‘ir material boyitmani tashkil etadi. Yengil qum zarralari suv bilan tez ko‘tarilib , yuvilib, stol boshi va o‘rta qismida pastga tushib to‘planib chiqit va oraliq mahsulot sifatida to‘planadi. Stol oxirida eng og‘ir, o‘rta og‘ir va og‘irroq zarralar ilonizsimon birin ketin oqim bilan ajratilib chiqish kuzatiladi. Stoldagi har bir zarracha bo‘ylama kuch, og‘irlik kuchi, enlama kuch, suv yuvish kuchi ta'sir etadi. Natijaviy kuch rombning diagonalini
Boyitish stollari GMZ-1, GMZ-2 kabi zavodlarda cho‘ktirish mashinasidan keyin qo‘yiladi. Boyitish stoli katta samara bilan ishlaydigan gravitatsiya usulida boyitish dastgohlaridan biri. Boyitmalar qayta-qayta o‘tkazilib talabga javob beradigan holga keltiriladi. Bundan chiqqan boyitmalar amalgamatsiya yoki affinaj sexiga jo‘natilib oltin eritib olinadi.