Sayrni rejalashtirish.Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol, mazmunli, xilma-xil va qiziqarli faoliyatni tashkil etishdir.
Sayr:
1. Kuzatish.
2. Harakatli o‘yin.
3. Ixtiyoriy o‘yinlar.
4. Mehnat.
5. Tinch o‘yin kabi qismlardan iborat.
(Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o‘zgarishi mumkin.)
Kundalik faoliyat davomida sayr ikki marta rejalshtiriladi: kunning birinchi yarmida mashg‘ulotlar o‘tkazilgandan keyin, kunning ikkinchi yarmida kechki soatdan keyin. Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol, mazmunli, xilma-xil va qiziqarli faoliyatni tashkil etishdir.
1.Sayrda tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan, harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko‘chani, farroshning ishini, barg yozayotgan, gullab turgan o‘simliklarni, yog‘ayotgan qor. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi.
Sayr vaqtida tarbiyachi bolalar tasvvurini rivojlantirishga yordam beradigan tabiat hodisalarini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, qorning erishi, kurtaklarning bo‘rtishi, maysaning paydo bo‘lishi va shu kabi mavsumiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Tabiat hodisalarini kundalik kuzatishlar tasodifiy bo‘lmasligi kerak. Tarbiyachi oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi lozim.
2.Sayr davomida bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:
a). Tabiatdagi mehnat (daraxt o‘tqazish, suv quyish, chopiq qilish, o‘simlik urug‘ini terish);
b). Maishiy-xo‘jalik mehnati (barglarni yig‘ish, qorni tozalash, ayvonchani supurish).
3. Qoidali o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi ko‘rsatilgan holda rejalashtiriladi. Barcha guruhda bitta yangi yoki tanish o‘yinni rejalashtirish mumkin.
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildiriah, tasviriy faoliyat, musiqa, nutqni o‘stirish va b.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo‘yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, kabi ishlar rrejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o‘rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
5.Ixtiyoriy o‘yinlar. Qurilish, qum o‘yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar.
Sport o‘yinlari (volrybol, stol tennisi), sport ermak o‘yinlari (chana, velosiped).
Sayrda bolalarning syujetli-rolli o‘yinlari yuzaga kelishi va rivojlanishi, o‘yin harakatlariga bolalarni o‘rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kundalik rejasida o‘yin uchun olib chiqiladigan o‘yinchoqlarni, ularning ayrim qismlarini ham ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |