Ii asosiy qism



Yüklə 35,08 Kb.
səhifə3/7
tarix29.12.2021
ölçüsü35,08 Kb.
#48646
1   2   3   4   5   6   7
Ii asosiy qism

Ta'limiy ishlarni rejalashtirish.

Bolalar bog`chasida ta'limiy ishni tashkil etishning asosiy shakli mashg`ulotdir. Bunda o`qitish ta'limiy ish masalalari, voqeylikning turli sohalari haqidagi bilimlarni, aqliy malakalar va ko`nikmalarni, o`quv faoliyati, bolalar nutqini o`stirishning oddiy asoslari va shu kabilarni hal etishning asosiy vositasi xisoblanadi.

Ta'limiy ish mashg`ulotdan tashqarida: kundalik turmush, o`yin mehnatda ham davom ettiriladi. Kunning turli vaqtlarida (ertalab, sayrda) ttarbiyachi tabiat va ijtimoiy haytining turli hodisalarini kuzatishni tashkil etadi.

Bu kuzatishlar ham rejalashtiriladi. Ular butun guruh bolalari bilan yalpisiga, bolalarning, kichik guruhlari bilan va yakka tartibda o`tkaziladi.

Tarbiyachi mashg`ulotdan tashqari bilimning u yoki bu bo`limlariga doir ayrim bolalar yoki bolalarning kichik guruhlari bilan ta'limiy ishni rejalashtiradi va tashkil qiladi. Bu maqsadda didaktik o`yinlar, didaktik materialli mashqlar (masalan, nutqning tovush madaniyatiga doir, matematik tasavvurlarini rivojlantirishga oid ish va boshqalar) dan foydalaniladi. Shunday qilib, rejada bolalar bilan ta'limiy ishning mazmuni ham, uni tashkil qilish shakllari ham aks etadi.

Xulq-atvor va madaniy-gigienik malakalarni tarbiyalash ishini rejalashtirish.

Shaxsning ma'naviy fazilatlarini shakllantirish bolalar bilan bo`ladigan butun ta'lim-tarbiyaviy ish jarayonida: mashg`ulotlar, o`yinlar mehnat va shu kabilarda hal qilinadi. Shuning uchun ma'naviy tarbiya ishining mustaqil bo`limi sifatida rejalashtirilmaydi. Bu ishning vazifa, mazmun va metodlari bolalarning asosiy faoliyat turlariga rahbarlikni rejalashtirishda ochib beriladi. Ammo xulq-atvor mamlakatlarini shakllantirish (masalan, atrofdagi, kishilarga muloyim va g`amxo`r munosabat, narsalarga tartibli va tejamkorlik munosabati,madaniy-gigienik malakalar, o`yin kitob burchaklarida tozalik va tartibni saqlash malakalari, o`ziga-o`zi xizmat ko`rsatish malakalari va shu kabilar) bolalarning ma'lum harakat usullarini egallab olishlarini nazarda tutadi. Mamalakatlarni tarbiyalash bevosita ta'sir usullari: harakat usullarini ko`rsatish, mashq qilishlar, ya'ni o`rgatish odatlantirish orqali amalga oshiriladi, shuning uchun madaniy-gigienik malaka va madaniy xulq-atvor malakalarini rejalashtirish mumkin va lozim. Malakalar hajmi, ularni shakllantirish izchilligi shuningdek, tarbiyachi foydalangan o`rgatish usullari rejalashtiriladi.

Malakalarni shakllantirish-uzoq davom etadigan jarayon. Shunga ko`ra ayni bir vazifalar ko`p karra takrorlanishi mumkin. Madaniy xulq-atvor malakalarini egallashda bolalar jiddiy o`ziga xos alohida farqlarni namoyon qiladilar, shuning uchun rejada bolalar bilan yakka tartibda ishlash ham nazarda tutiladi.

Bolalar o`yinlarini boshqarishni rivojlantirish.

Bolalarning ijodiy syujetli-rolli o`yinlariga rahbarlikni to`g`ri rejalashtirish uchun tarbiyachi bolalarning yaxshi ko`rgan o`yinlariniya. ulaRning mazmuni, bolalarning o`yinda qanday birlashishlarini (kim kimga qo`shiladi va qanday o`yinlarni o`ynaydi), bolalarning o`yinda qanchalik mustaqilliklarini, qanday o`yinchoqlarni avzal ko`rishlarini, yoshdan-yoshga bolalarning o`yinlari qanday rivojlanishi (mazmuni qanday o`zgarishi va boyishi, o`yinda bolalar xulq-atvorining murakkablashishi, ularning mustaqilligining ortishi) bilishi kerak. Mazkur guruh bolalarining o`yinlarini har tomonlama o`rganish juda muhim, chunki bolalarning o`yin faoliyatlari emas, balki tarbiyachining unga rahbarlik qilishiga oid pedagoglik faoliyati rejalashtirilishi lozim. Tarbiyachi o`zining o`yinlariga rahbarligini rejalashtirar ekan, o`yinda bola mustaqilligini saqlash va rivojlantirishga harakat qilish kerak.

Rejada bolalarning ijodiy o`yinlariga rahbarlikning asosiy usullari ham nazarda tutilishi kerak. Eng avvalo bolalar o`yinlariga bilvosita ta'sir ko`rsatish usullari: bolalarning o`yin mazmuniga aloqador bilimlarini kengaytirish, o`yin materiallarini kiritish ba'zan esa uni bolalar bilan tayyorlashni rejalashtirilishi mumkin. Bolalarning atrofdagi hayot haqidagi bilimlarini kengaytirish, bilimlar sistemasi orqali amalga oshiriladi. Ammo buning uchun tabiyachi mashg`ulotdan boshqa paytda ham imkoniyat bor: sayrlar va o`yin chog`ida hamda bo`sh vaqtlarda. O`yin xonasidagi o`yinchoqlardan bolalar mustaqil foydalanadilar. Yangi o`yinchoqlarni ko`pincha ular o`yin mazmunini boyitish mumkin bo`lgan hollarda kiritadilar.

O`yin-dramalashtirishni rejalashtirishda bolalarga dramalashtirish mo`ljallanayotgan badiiy asarni oldindan tanishtirish, so`ngra qayta o`qish, qahramon nomidan hikoya qilish va shu kabilar shazarda tutiladi. Kostyum, dekoratsiyalarining murakkab bo`lmagan tarkiblarini tayyorlash, so`ngra o`yinning o`zini o`tkazishni ham kechki soatlarga mo`ljallash maqsadga muvofiqdir, o`yin-dramalashtirish ko`p karra takrorlanadi: u boshqa guruhlar bolalariga, ota-onalarga ko`rsatilishi, bayram stsenariysiga kiritilishi mumkin.

Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o`yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlikni ham rejalashtiradi. Reja didaktik o`yinlaridan ularning mazmuni, hoidalari va aqliy vazifalari tabiatiga ko`ra foydalanish izchilligini nazarda tutish kerak.

Bolalarning mehnat faoliyatlarini rejalashtirish.

Bolalar mehnat faoliyatlarini uni tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish ma'quldir.

Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O`z mazmuniga ko`ra topshiriqlar turlicha bo`lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi tonshiriq mazmunini qayd etish, so`ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu tarbiyachiga mazkur topshiriq bilan barcha tarbiyalanuvchilarni qamrab olish va ularni kerakli mehnat topshiriqlarini bajarishga o`rganish, barcha bolalarning qo`lidan keladigan bo`lib borishga ko`ra tarbiyachi o`zining alohida e'tiboriga muhtoj bo`lgan bolalarning ismlarinigina ko`rsatib beradi.

Bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, o`zi bolalarga navbatchilarning vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko`rsatadi.

Keyinchalik navbatchilik ishiga rahbarlik rejada mehnat mazmuni murakkablashgan, navbatchilikka jalb qilinayotgan bolalar tarbiyachining alohida e'tiboriga muhtoj bo`lgan hollarda ko`rsatiladi. Vaqti-vaqtida navbatchilik bolalarning birlaridan ikkinchilariga topshirilayotgan vaqtda (katta guruhda) bolalar bilan suhbat rejalashtiriladi.


Yüklə 35,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin