Ii asosiy qism


Malaka ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 35,08 Kb.
səhifə2/7
tarix29.12.2021
ölçüsü35,08 Kb.
#48646
1   2   3   4   5   6   7
Ii asosiy qism

Malaka ishining maqsad va vazifalari. MTTda turli yosh bosqichlari bolalarining ta’lim-tarbiyasiga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni joriy etish. Ertalabki soatni yangi pedagogik texnologiyalar qo’llagan holda rejalashtirishimiz mumkin.

2.1. MTT da bolalar hayotini rejalashtirish pedagogik muammo sifatida.

«Pedagogik jarayon» tushunchasi hali umumiy pedagogikada ham, maktabgacha pedagogikada ham o`zining to`liq ifodasini topmagan. Umumiy pedagogikada pedagogik jarayon ta'lim-tarbiya jarayonining sinonimi deb qaraladi. Bunda u asosiy tarkibiy qismlari tarbiya va rivojlantirish birligidagi o`qitish bo`lgan yaxlit jarayon deb qaraladi. Pedagogik jarayonni va uni harakatlantiruvchi kuchlarning asosiy qonuniyatlarini topishga ham urinib ko`rilgan.

Pedagogik jarayonning xususiyati uning mazmuni, tuzilishi va shakllari rivojida namoyon bo`luvchi o`zgaruvchanlikdir. Bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayon maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirish ularni jismoniy, aqliy, ma'naviy va estetik rivojlantirish masalalarini amalga oshirishga yo`llangan. Bu vazifalarni ro`yobga chiqarish pedagogik jarayonda bolalar faoliyatining xilma-xil turlari-o`yin, turmush, mehnat, o`quv, oddiy badiiy va hokazo faoliyatlari orqali ta'minlanadi. Ular maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini shakllantiruvchi vosita xizmatini o`taydi va ayni bir vaqtda bolalar egallaydigan mazmun ham hisoblanadi.

Pedagogik jarayonning tashkil etilishi ilk maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun xos bo`lgan umumiy rivojlanishning yuqori sur'atlarini hisobga olishi kerak. U har bir yosh guruhdagi shuningdek, butun bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayonni o`zgaruvchanligini belgilaydi.

Bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayon bolalar hayotini tashkil etishning o`ziga xosligi bilan farqlanadi. Bolalarni uyushtirishning umumiy va yakka shakllari o`zgaruvchanlikgi va xilma-xil birikmalari bilan ifodalanadi. Bundan bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayonni bir butun sifatida va har bir yosh guruhida rejalashtirish lozim degan xulosa kelib chiqadi. Rejalashtirishning maqsadi – «Bolajon tayanch dasturi» ning bajarilishini ta'minlashdir.

Reja tarbiya va ta'limiy ishlar vazifalarini, faoliyat va ularni tashkiliy usullarining asosiy turlarini, qo`yilgan masalalarni ma'lum vaqt orasida hal etish vosita, tabiati, bolalarning tarbiya tomonidan uyushtirilgan faoliyatini ularning mustaqil faoliyatlari jamoa, hamkorlikdagi, yakka faoliyat bilan birikish va shu kabilar nazarda tutiladi. Shunday qilib, pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.

Rejalashtirishning bu vazifalarini amalga oshirilishi pedagogik jarayonda uyushganlik va rejalangan tabiatini kasb etadi. Pedagoglarning ishlarini maqsadga yo`llanganroq va natijaliroq qiladi, bolalarni har tomonlama tarbiyalanish va rivojlantirishlarini ta'minlaydi.

Rejalashtirishga qo`yiladigan talablar.

Bolalar bog`chasida pedagogik ishni rejalashtirish maktabgacha tarbiya muassalarining tarbiyaviy ishida umumiy maqsadga erishishda yordam beradigan bir qator talablarni bajarishi kerak.

1.Rejalashtirish bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishning g`oyaviy yo`llanganligini ta'minlashi kerak. Bolalar turmushining mazmuni, bolalarni uyushtirish shakllari, o`qitish mazmuni, bolalarga ta'sir ko`rsatish metod va usullari o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalash maqsadlariga ko`ra tanlanadi. Rejada birinchi navbatda har bir bola shaxsining ma'naviy yo`nalganligi, uning faolligi va mustaqilligini shakllantirish, vatanparvarlik va baynalmilalchilik, jamoatchilik, inson tabiatining insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash, bolalar tomonidan xulq-atvorning ma'naviy norma, qoida va odatlarini egallanishi nazarda tutiladi. Bu vazifalarni bajarish xalk hayoti bilan bog`langan holda yanada ro`yobga chiqariladi. Bu aloqa bolalarga Vatanimizning ijtimoiy hayotidagi hodisa va voqealarni, ijtimoiy-siyosiy va mehnat bayramlarini, kishilar turmushi va mehnatini ularga tushunarli yo`sinda tanishtirish orqali amalga oshiriladi.

Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil eitishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifalarini aniqlashtirishga, bolalarning yoshlari va vazifalariga ko`ra pedagogik ta'sir mazmuni va usullarini tanlashga; bolalar hayoti, faoliyat turlari shakllaridan foydalanishga yo`llangan bo`lishi kerak.

Rejada bolalar bilan ishlashning jamoa (yalpi va guruh) va yakka tartibdadagi shakllari nazarda tutiladi.

Tarbiyaviy ishni rejalashtirish ta'lim tarbiyaning asosiy printsiplariga rioya qilinishini nazarda tutmog`i kerak. Rejada ta'lim mazmuni, bolalar faoliyatini uyushtirish shakllari, ularga rahbarlik usullari, ta'lim va tarbiya metodlarini asta-sekin murakkablashtirilishi aks ettiriladi.

Bolalarning yutuqlarini hisobga olib, tarbiyachi ularni bilimlarining yangi mazmuni, harakat usullari, faoliyatni va ularni birikmalarini tashkil etishning yangi shakllarini egallashga asta-sekin olib o`tishni rejalashtiradi.

Reja ishning muntazzamligini-ishning ayrim tur va shakllari o`rtasida aloqa o`rnatishni ta'minlashi kerak. Masalan, mashg`ulotlar tarbiyachining bolalar bilan kundalik ishi o`rtasida hamda mashg`ulot, o`yin va bolalar mehnati o`rtasida hamda aloqa o`rnatish muhimdir. Aloqalarning mavjudligi bilim, malaka va ko`nikmalar sistemasini, xatti-harakat vositalari va atrof-muhitga munosabatini shakllantirishni ta'minlaydi.

Reja faoliyat uchun dastur bo`limi va asosli bo`lishi kerak. Rejaning asosligiga bolalar jamoasi va ayrim bolalarning rivojlanish darajalarini hisobga olib qo`yilgan aniq vazifalar orqali erishiladi. Eng avvalo «Bolajon tayanch dasturi talablari: oldingi ish davomida egallangan bilim, malaka va ko`nikmalar mazmuni va darajasi, bolalarning ma'naviy tarbiyalanganlik darajasi, bolalar faoliyati asosiy turlarining mazmuni va shu kabilarning bajarilishi darajasi hisobga olishi kerak. Bolalarning hamkorligidagi faoliyat uchun uyusha olish ko`nikmalari rejalashtirishda alohida hisobga olsa, haqiqiy va asosli bo`ladi.

Rejaning asosligida joriy ijtimoiy hodisalar, katta yoshlilar mehnati va turmushining xususiyatlari, tabiiy, atrof muhit va tabiyatdagi mavsumiy o`zgarishlarning hisobga olinishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.




Yüklə 35,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin