Ii bob aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
I BOB DAROMADLAR VA XARJATLAR 1.1 Daromadlar taqsimlanishidagi muommolar. O`zbekiston Respublikasi “Asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlar” nomli 2-Buxgalteriya hisobi milliy standartida daromadlarga quyidagicha ta`rif beril-gan: “Ushbu standartda daromad deyilganda xo`jalik sub`ektlari oddiy faoliyati davomida olingan daromadlar, shu jumladan mahsulotni sotish (ishlarni bajarish va xizmat ko`rsatish)dan olingan daromadlar, olingan foizlar, dividendlar, royaltilar va boshqalar tushuniladi.”(O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Хisobining milliy standartlari, Тoshkent, 2004 y ,38-bet). Asosiy faoliyat yuzasidan daromad va xarajatlarni aks ettirish mahsulot yoki tovar sotuvchi korxonalarda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan farq qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan shug`ullanuvchi korxonalar o`zining ana shu asosiy faoliyatini yuritishi uchun 2 yo`nalishda xarajatlarni amalga oshiradilar: mahsulot ishlab chiqarish uchun; umuman asosiy faoliyatni tashkil qilish, boshqarish hamda unga xizmat ko`rsatish yuzasidan. Тovarlar sotish bilan shug`ullanuvchi firmalarda ham tovarlarni harid qilish uchun hamda ularni sotish bilan bog`liq operatsion faoliyat bo`yicha xarajatlar yuzaga keladi. Shu sababli Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda asosiy faoliyat bo`yicha uchta element o`z aksini topadi: mahsulot sotishdan yalpi foyda; sotilgan mahsulot tannarxi; operatsion xarajatlar. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida daromadlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu mahsulot (yoki tovarlar) sotishdan (xizmatlar ko`rsatish, ishlar bajarishdan) yalpi tushumlardir. Hisobotning bo` ko`rsatkichi mahsulot sotishdan yalpi tushumdan tovarlarning qaytarilishi vaxaridorlarga berilgan chegirmalarni ayirib yuborish orqali aniqlanadi. Daromadlar tushun-chasining ta`rifiga mos ravishda bu satr orqali asosiy faoliyat natijasida olingan tushum aks ettiriladi. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida xarajatlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu sotilgan mahsulotlar (tovarlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) tannarxi bo`lib, bu ko`rsatkich sotilgan mahsulotlar (tovarlar yoki ko`rsatilgan hizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni anglatadi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi tushumso`mmasidan sotilgan mahsulot tannarxiso`mmasini chegirib yuborilsa, mahsulot sotishdan yalpi foyda (zarar) ko`rsatqichi kelib chiqadi. Bu ko`rsatkich ijobiy bo`lishi uchun sotuvchi o`z mahsu-lotini uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan qimmatroq narxda sotishi kerak bo`ladi. Olingan yalpi foyda hisobiga korxonaning operatsion xa-rajatlari ham qoplanishi ko`zda tutilishi kerak. Shuni inobatga olgan holda hisobotda asosiy faoliyatdan foydani aniqlash uchun mahsulot sotishdan yalpi tushum summasidan operatsion xarajatlar chegirib yuboriladi. Operatsion xara-jatlar tarkibiga mahsulotni sotish bilan bog`liq xarajatlar, ma`muriy va boshqa operatsion xarajatlar kiritiladi. Хo`jalik yurituvchi sub`ekt uchun uchchala ko`rsatkich ham, ya`ni sotishdan yalpi tushum, sotilgan mahsulot tannarxi hamda operatsion xarajatlar, muhim ahamiyatga egadir, chunki mahsulot sotishdan tushumni o`stirishning o`zigina foyda summa-sining ko`payishiga olib kelmaydi. Foyda ko`p bo`lishi uchun operatsion xarajat-larni imkon qadar kamaytirish ham talab etiladi. Albatta, mahsulot tannarhini pasaytirish yo`llari topilishi ham ko`zda tutilishi kerak. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda moliyaviy faoliyat bo`yicha olingan natijalar alohida aks ettiriladi. Ular jumlasiga daromadlar sifatida olingan dividendlar, foizlar, moliyaviy ijara daromadlari, valyuta almashinuv kurslaridagi ijobiy farqlar kabilar, xarajatlar sifatida esa to`langan dividendlar, foizlar, moliyaviy ijara to`lovlari, valyuta almashinuv kurs-laridagi manfiy farqlar kabilar kiradi. Moliyaviy faoliyat bo`yicha daromadlar va xarajatlarning algebraik yig`indisi moliyaviy faoliyat bo`yicha foyda yoki zararni ko`rsatadi. Asosiy va moliyaviy faoliyat natijalari yig`indisi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar ko`rsatkichi sifa-tida aks ettiriladi.Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar ko`rsat-kichiga favqulodda foyda yoki zararlarni qo`shsak, soliqqa tortilgunga qadar foy-da yuzaga keldi.Soliqqa tortilgunga qadar foyda summasidan foyda soligi va qonunchilikka asosan zahira kapitaliga qilingan ajratmalar summasini ayirib tashlagudek bo`lsak, xisobot yilining sof foydasi yuzaga keladi. 1. Daromadlar va xarajatlarni tan olish jarayoni va uning mezonlari. Хo`jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy masala ularni tan olish paytini aniqlash hisoblanadi. Daromad va xarajatlarni tan olish ularni modda sifatida moliyaviy hisobotlarga kiri-tilish jarayonidir. Buxgalter daromad va xarajatlarni moliyaviy hisobot moddasi sifatida tan olishi uchun quyidagi muolajalarni amalga oshirishini biz hisob tsikli jarayonini o`rganish orqali ko`rib chiqqan edik: sotish yoki boshqa turdagi daromad yoki xarajatni yuzaga keltiruvchi xo`-jalik muomalasi tahlil qilinib, u amalga oshirilgan sana o`rnatiladi; xo`jalik muomalasi natijasida yuzaga kelgan daromad yoki xarajat qiy-mati aniqlanadi; xo`jalik muomalasiga nom berish orqali moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasiga taalluqli ekanligi belgilanadi, ya`ni turkumlanadi. Masa-lan: mahsulot sotishdan tushum yoki daromad, ijara daromadi, foiz ko`ri-nishidagi daromadlar va hokazo. Тurkumlash odatda jurnallarga ikki yoqlama yozuvlarni yozish orqali amalga oshiriladi. Ikki yoqlama yozuv-larni amalga oshirish uchun esa tegishli hisobvaraqlardan foyda-laniladi. Harajatlarni tan olish jarayoni, ya`ni ularni modda sifatida moliyaviy hisobotlarga kiritilish jarayoni ana shunday amalga oshiriladi. Bunda ular amalga oshirilgan sana muhim ahamiyatga egadir: agar xarajatlar sotish uchun mo`ljallangan mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan bo`lsa, ular ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi; agar xarajatlar yangi turdagi mahsulotni tajriba-sinov maqsadlarida ishlab chiqarish uchun, yoki kelgusidagi operatsion faoliyat uchun amalga oshirilgan bo`lsa, ular kelgusi davr xarajatlari deb tan olinadi; agar mahsulotlar sotilsa, ularga tegishli xarajatlar alohida hisobga olinib, moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotlarga kiritiladi, chunki ular ana shu hisobot davrida ishlab topilgan daromadlarga tegish-lidir deb hisoblanadi. Bu tan olish paytida muvofiqlik tamoyilining namoyon bo`lishidir. Yuqoridagi holatlarning barchasini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasining 2-sonli Buxgalteriya hisobimilliy standartida daromadlar tushunchasi va ularni hisobga olish tartibini aniqlash ko`zda tutilgan. Ushbu standartda daromadlarni tan olish mezonlari ko`rsatilgan bo`lib, unga ko`ra “asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlar
iqtisodiy manfaatlarning kelgusida olinish imkoniyati mavjud bo`lsa
hamda bu manfaatlar aniq va ishonchli ravishda o`lchanishi mumkin bo`lgan paytda tan olinadi.
Moliyaviy ma`lumotlarni e`tirof etish mezonlari sifatida bu mezonlar kontseptual asoslar tarkibida yoritilgandi. Ushbu mezonlarni endi faqat daro-madlarni tan olish jarayoni bo`yicha ko`rib chiqamiz. 2-BHMSga binoan tovarlar sotishdan daromad quyidagi shartlar bajarilganda tan olinadi: xo`jalik sub`ekti tovarlarga egalik qilish yuzasidan tavakkalchilik va mukofotlarning asosiy qismini xaridorga o`tkazgan bo`lsa; xo`jalik sub`ekti o`zida sotilgan tovarlarga egalik hamda nazorat qilish bilan bog`liq ustunliklarni saqlab qolmagan bo`lsa; daromad summasi yuqori ishonchlilik darajasida baholanishi mumkin bo`lsa; xo`jalik sub`ekti tomonidan iqtisodiy manfaatlarning olinishi ehtimoli mavjud bo`lsa; daromad olish muomalasi bilan bog`liq barcha amalga oshirilgan va kutilayotgan xarajatlar yuqori ishonchlilik darajasida o`lchanishi mum-kin bo`lsa. Daromadlarni tan olishning mezonlari va ularning sanab o`tilgan jihatlarini talabaga yaxshiroq yoritib berish maqsadida misol ko`rib chiqamiz. 1-misol. Хaridor sotuvchidan tovarni sotib olish maqsadida oila a`zolariga ko`rsatgani olib ketdi. Тovarning tannarxi -15000 so`m, bozor qiymati esa - 18000 so`m. Ushbu holat bo`yicha daromad tan olinadimi yoki yo`qmi? Agar tan olinsa, daromad summasi qancha bo`ladi? Ushbu savolga javob berish uchun yuqoridagi shartlarning bajarilishiga e`tibor beramiz. Birinchidan, tovarga egalik qilish bilan bog`liq tavakkalchilik va mukofotlar xaridorga o`tgani yo`q, chunki xaridor tovardan foydalanish huquqini hali olgani yo`q. Ikkinchidan, sotuvchi ushbu tovarni nazorat qilish ustunligini o`zida saqlab qoldi, ya`ni tovarningxaridorda qolishi yoki qaytarib berilganini sotuvchi hali nazorat qilishi tabiiy. Bundan tashqari daromad summasini baholash imkoni ham yo`q, chunki bozor qiymatining 18000 so`m ekanligi, tovarning shu narxda albatta sotiladi degani emas, chunkixaridor uni shu narhda sotib olishga qaror qilgani yo`q. Qolaversa iqtisodiy manfaatlarni olish, ya`ni xaridordan ushbu tovar uchun pul olinishi haqida hozircha kelishilgani yo`q. Хulosa shuki, ko`rib chiqilgan holat bo`yicha sotuvchi daromadni tan olmaydi. 2-Misol. Sotuvchi vaxaridor o`rtasida uskunani sotish yuzasidan bitim tuzildi. Uskunaning qiymati - 340000 so`m.xaridor uskunani pulini to`lashni va`da qilib, uni olib ketdi. Ushbu muomala bo`yicha tegishli hujjatlar - shartnoma, yuk xati rasmiylashtirilmadi. Хo`sh, daromad tan olinadimi? Bu savolga javob berish uchun yuqoridagi daromadlarni tan olish shartlari bajarilishiga nazar tashlaymiz: Daromadni tan olishning 1-sharti bajarilyapti, chunki tovarga egalik qilish huquqi ikki tomonning roziligi bilanxaridorga o`tdi. Demak, tovarni 2-shart bo`yicha ko`rsatilgan nazorat qilish ustunligi ham xaridorga o`tdi. Daromad summasini yuqori ishonchlilik darajasida aniqlash hamda oqilona baholash imkoni (3-shart) esa ushbu holatda yo`q, deb aytish mumkin, chunki tovarning sotilish narxini ko`rsatuvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan va bu haqda ma`lumotning o`zi yo`q. Aynan hujjatlarning rasmiylashtirilmagani, tovar uchun pulning kelib tushishini dargumon qilib qo`ymoqda: 4-shart bajarilmayapti. Misolda ko`rsatilgan summa - 340000 so`m esa, shu tovarni sotish natijasida olinadigan daromadlar uchun qilingan xarajat summasini ko`rsatmoqda. Demak, beshinchi shart bajarilmoqda, ya`ni xarajatlar ishonchli ravishda o`lchangan. Shunday qilib, ushbu muomala bo`yicha daromadlarni tan olishning 3- va 4- shartlari bajarilmayotganligi tufayli daromadlarni tan olishning imkoni yo`q deb ishonch bilan aytish mumkin ekan. 3-misol. Sotuvchidan xaridor tovarni sotib olishga rozi bo`ldi va bitim tuzildi. Тovarning tannarxi - 15000 so`m, bozor qiymati - 18000 so`m,xaridor uchun ushbu muomala bo`yicha qo`yilgan narx esa -25000 so`m. Тovar xaridorga etkazib be-rildi. Ushbu muomalada daromadlarni tan olishning deyarli barcha shartlari baja-rilmoqda, ya`ni egalik huquqi xaridorga o`tdi, nazorat ham unda, daromadlar va xarajatlarni ishonchli ravishda o`lchash imkoni mavjud. Lekin tovarning sotilish narxi, ya`ni daromad summasini ko`rsatuvchi narx bozor qiymatidan ham yuqori ekanligi daromadning oqilona baholanmaganligini ko`rsatmoqda, bu esa, bizning fikrimizcha,xaridordan pulni olishda ma`lum bir muammolarni keltirib chiqa-rishi mumkin.xaridor tovarning haqiqiy bozor qiymatidan xabar topsa, u tomo-nidan hattoki tovarni qaytarib berish ehtimoli ham mavjud. Bu esa kelgusida iqtisodiy manfaatlarning olinishi ehtimolini pasaytirmoqda. Bunday hollarda xaridor tovarning bozor qiymatidan xabardor bo`lganidagina daromadni ishonch bilan tan olish mumkin, deb o`ylaymiz. 4-misol. Sotuvchidan xaridor tovarni sotib olishga rozi bo`ldi va bitim tuzildi. Тovarning tannarxi - 35000 so`m, bozor qiymati - 40000 so`m,xaridor uchun ushbu muomala bo`yicha qo`yilgan narx esa 40000 so`m. Тovar xaridorga etkazib be-rildi. Ushbu muomalada daromadlarni tan olishning deyarli barcha shartlari ba-jarilmoqda, ya`ni egalik huquqi xaridorga o`tdi, nazorat ham unda, daromadlar va xarajatlarni ishonchli ravishda o`lchash imkoni mavjud. Daromadlar oqilona baholangan, kelgusida iqtisodiy manfaatlarning olinishini esa ushbu muomala bo`yicha rasmiylashtirilgan shartnoma hamda yuk xatlari kafolatlaydi, shuning uchun ham 40000 so`mlik daromad tan olinadi Daromad va xarajatlarni tan olish mezonlarining ayrim jihatlarini quyidagicha ifodalash mumkin: modda o`lchash uchun asosga ega bo`lishi kerak summa oqilona aniqlangan bo`lishi kerak; daromadlar bo`yicha iqtisodiy manfaatlarning olinishi ehtimoli mavjud bo`lishi kerak; xarajatlar bo`yicha iqtisodiy manfaatlarning chiqib ketishi ehtimoli mavjud bo`lish kerak; Хulosa qilib shuni aytish kerakki, 2-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartiga binoan daromadlar quyidagi ikkita shart bajarilsagina tan olinadi: Shartnomaning o`zi bajarilsa, ya`ni mahsulot xaridorga etkazib berilsa yoki muomala yakunlangan bo`lsa Daromad sifatidagi pul mablag`larini olishning hech bo`lmaganda ehtimoli mavjud bo`lsa. Boshqacha qilib aytganda, daromadlar odatda shartnomaning bajarilishi amalga oshirilganda va tushumlarni o`lchash hamda olish imkoni mavjudligining hech bo`lmaganda ehtimoli bo`lsagina tan olinadi. Shunday qilib, biz talabani daromadlarni tan olish jarayoni va mezonlari bilan tanishtirib chiqdik. Daromad va xarajatlarni tan olishda buxgalterlar amal qilishi lozim bo`lgan qoidalar ham mavjudki, ularni tan olishning 4 qoidasi deb ataymiz. Bular:
aniqlash,
baholash,
o`z vaqtidalik,
ishonchlilik
bo`lib, ular moliyaviy hisobotlarda tan olish uchun hamma moddalarga nisbatan qo`llaniladi. Keltirilgan 4 qoidaning mohiyatini daromad va xarajatlarni tan olish yuzasidan yoritib berishga harakat qilamiz: Aniqlash shuni anglatadiki, tan olinayotgan modda moliyaviy hisobotlar elementlarining (masalan, daromad va xarajatlarning) ta`riflariga mos kelishi kerak. Moddani pul birliklarida aks ettirish, ya`ni daromad va xarajat-larning qiymatini o`lchash imkoni bo`lsagina, u tan olinadi. Har qanday moliyaviy ma`lumotni o`z vaqtida tan olish kerak, bu moliyaviy ma`lumotlarning to`g`riligini ta`minlaydi. Daromad va xarajatlar to`g`risidagi ma`lumotlar ishonchli bo`lishi uchun, buxgalteriya hisobi hujjatli hisob ekanligini unutmagan holda, daromad va xarajatlarni faqat tegishli dastlabki hujjatlarga asosan tan olish lozim
Daromad muammosi, ehtimol, eng murakkab va munozarali masala. Ma'lumki, rivojlanishning ma'lum bir bosqichida jamiyat daromadlar bo'yicha sezilarli iqtisodiy tengsizlik bilan ajralib turadigan turli xil ijtimoiy guruhlarga, boy va kambag'allarga bo'lingan. Ushbu tendentsiyani "Kommunistik partiya manifestida" K. Marks va F.Engels tomonidan asoslab berilgan edi, ammo ko'pgina zamonaviy iqtisodchilarning fikriga ko'ra, boylar boyib bormoqda va kambag'allar kambag'al bo'lib bormoqda degan xulosa tasdiqlanmagan. Ammo rivojlangan mamlakatlarda ko'pchilik aholining turmush darajasi sezilarli darajada ko'tarilganiga qaramay, daromadlarning notekis taqsimlanishi bugungi kunda ham saqlanib kelmoqda.
Taqsimot munosabatlarining zamonaviy tizimi bozor munosabatiga asoslanadi, unga ko'ra raqobatbardosh bozor jarayonlarining natijalari adolatli, chunki ular ko'proq qobiliyatli va mehnatkashlarni mukofotlaydilar. Boshqacha qilib aytganda, teng bo'lmagan taqsimlash yakuniy natijaga ko'proq hissa qo'shadiganlarning foydasiga adolatli bo'ladi. Bu erda adolatlilik samaradorligi nuqtai nazaridan baholanadi. Daromadlarni bozorda taqsimlashning adolatliligi uning mexanizmining ishlash rejimiga bog'liq. Ushbu mexanizm mukammal raqobat sharoitida maksimal darajada ishlaydi. Monopoliyalarning ustunligi daromadlarni bozorda taqsimlashni buzadi. Bozor sharoitida teng huquqlarga, xususan xususiy mulk huquqiga rioya qilish dastlab bir-biridan farq qiladigan, "teng bo'lmagan" odamlarga qo'llaniladi. Yoshlar, jinslar, jismoniy va intellektual qobiliyatlar, mulkka egalik qilish va hokazolar bilan teng bo'lmagan imkoniyatlar daromad tengsizligiga olib keladi. Belgilangan holatlar ushbu kurs ishining mavzusini tanlash va tanlashni aniqlaydi.
Daromadning mohiyati, ularning shakllanish manbalari va shakllari
Aholi daromadlarining mohiyati va tasnifi
Daromad, qoida tariqasida, ma'lum vaqt ichida olingan va shaxsiy iste'mol uchun tovarlar va xizmatlarni sotib olishga mo'ljallangan pul miqdorini anglatadi. Daromadlarning turmush darajasining shakllanishidagi ahamiyati rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'mol tovarlari va xizmatlarning asosiy qismi tovarlar sifatida sotilishi bilan belgilanadi. Shunday qilib, aholining iste'mol darajasi birinchi navbatda daromad darajasiga bog'liq.