MAVZU: DAROMAD: MOHIYATI, SHAKLLANISHI VA TAQSIMLANISHI. MUNDARIJA: KIRISH I BOB DAROMADLAR VA XARJATLAR 1.1 Daromadlar taqsimlanishidagi muommolar.
1.2 Daromadning mohiyatini, ularning shakllanish manbalari va shakllarini o'rganish.
II BOB AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI. 2.1 Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
2.2 Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
KIRISH Daromadlar, xarajatlar, foyda hamda zarar tushunchalarining quyidagi ta`riflari va ularning mohiyati talabaga buxgalteriya hisobining kontseptual asos-larini o`rganish davomida batafsil yoritib berilgandi: Daromadlar - bu sub`ektning xo`jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to`lovlari va dividendlar shaklida daromad keltiradigan faoliyat, ya`ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko`rsatilishi yoki boshqa shaxslarning xo`jalik sub`ektining resurslaridan foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ruy beradigan iqtisodiy resurslarning ko`payishidir. Harajatlar - bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko`paytirish maq-sadida xo`jalik faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlarni o`z zimmasiga olish orqali ro`y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir. Foyda - bu xo`jalik sub`ektiga ta`sir etadigan asosiy va asosiy bo`lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar natijasida kapitalning ko`payishi bo`lib, xususiy kapitalga to`lanadigan badallar bundan mustasnodir. Zararlar - bu asosiy faoliyat va barcha boshqa operatsiyalar, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalining kamayishi bo`lib, xarajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslariga binoan moliyaviy hisobot-larda aks ettirilishi lozim bo`lgan ettita elementlarning to`rttasi ana shu mod-dalar guruhlari ekanligini eslatgan holda talabaga ularning moliyaviy hisobot tarkibida aks ettirilish jarayonini tushuntirib o`tish lozim deb o`ylaymiz. Daromadlar va xarajatlar to`g`risidagi ma`lumotlar “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” tarkibida aks ettirilib, ular xo`jalik yurituvchi sub`ekt faoliyatining hisobot davridagi moliyaviy natijalarining foyda yoki zarar ekan-ligini aniqlash uchun ishlatiladi. Foyda (zarar) daromadlar va xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish natijasida aniqlanadi, ya`ni: Daromadlar - xarajatlar = foyda (zarar) Moliyaviy natijalarni aniqlash tartibini talabaga tushuntirish uchun, bizning nazarimizda, “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot”da aks etti-riluvchi ko`rsatkichlarning shakllanish tartibini ko`rib chiqish kerak. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi” hisobotda daromadlar, xarajatlar, foy-da va zararlar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning quyidagi faoliyat sohalari bo`yi-cha aks ettiriladi:
asosiy faoliyat
investitsion faoliyat
moliyaviy faoliyat.