Ii bob. Axsikent yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tarixidan



Yüklə 39,92 Kb.
səhifə5/6
tarix28.04.2023
ölçüsü39,92 Kb.
#104065
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi. Axsikent yodgorligi

2.2. Ibrat – Axsikent tadqiqotchisi.
Ishoqxon Junaydulloxoʻja oʻgʻli Ibrat ilm-fanning juda koʻp sohalarida qalam tebratgan boʻlsada, Vatan tarixi sohasidagi izlanishlari alohida ahamiyatga egadir. Ayniqsa, olimning Fargʻona vodiysi shaharlari, xususan Axsikent tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarini oʻrganish, tahlil qilish bugungi kun tarix fani oldida turgan ba’zi noaniqliklar va mummolarni hal qilishda ahamiyatliligi bilan ajralib turadi.
Ibrat qadimiy Axsikent shahri haqida oʻsha davrda mashhur boʻlgan “Turkiston viloyatining gaziti”ning 1913-yilgi sonlarida e’lon qilgan maqolalarida va “Tarixi Fargʻona” asarida ma’lumotlar berib oʻtgan. Ibrat Axsikent tarixi, tarixshunosligi va manbashunosligiga imkon qadar keng toʻxtalib oʻtgan.
Shuningdek, gazeta sahifalaridagi maqolalari orqali Axsikent yodgorligining oʻsha davrdagi chizmasini berishi ham bugungi kunda oʻzining alohida ahamiyatiga ega. Mazkur kitobda olimning Axsikent tarixiga oid izlanishlarini atroflicha tahlil qilishga harakat qilindi. Ishoqxon Ibrat Axsikent xususidagi oʻz fikrlarini, tadqiqotlarini bayon qilar ekan, hozirgi Eski Axsi yodgorligi xususida fikr bildirayotganligini ma’lum qilib oʻtgan. Shuni ham ta’kidlab oʻtish joizki, bu davrda fanda keyinchalik paydo boʻlgan gʻayriilmiy “Yangi Axsi” tushunchasi hali yoʻq edi. Bugun Ibratning ma’lumotlari aynan, shunisi bilan ham ahamiyatlidir. Ibrat yozadi: “Fargʻona oʻblastida qadimgi zamonlarda poytaxt boʻlib turgan Axsi yoki Axsikat degan katta shahar boʻlgan ekan. Bul kunlarda mazkur shaharning oʻrni va atrofi yaxshi ma’lumdir”3. Ushbu soʻzlarni “Turkiston viloyatining gazeti”ning 23 iyun 1913-yilgi 48-sonida berar ekan, avvalo Zahiriddin Muhammad Bobur keltirib oʻtgan “...Sayhun suyining shimoli tarafidagʻi qasabalar: bir Ахsidur. Kitoblarda Axsikat bitarlar... Nechukkim, Asiriddin shoirni Asiriddin Axsikatiy derlar...”, soʻzini yana bir karra tasdiqlab, Axsi, Axsikat, Axsikent bitta makonga nisbatan aytilayotganligiga ishora qilmoqda. Olim shahar tarixiga oid risola bitishni niyat qilganligini izhor etar ekan, gazeta oʻquvchilariga Axsi shahri haqida kimda qanday ma’lumotlar borligini, shahar dastlab qachon vujudga kelgani, qaysi xon va beklar hukmronlik qilgani, aholining turmush tarzi qanday boʻlgani, kabi savollariga javob topish maqsadida hamda shuningdek, shaharning vayron boʻlish sabablari haqida oʻz bilganlarini yozib yuborishlarini iltimos qilib, murojaat qilgan.
Shu bilan birga ma’lumotlar qay yoʻsinda berilishi lozimligini ham namuna sifatida koʻrsatib beradi. Masalan, Yoqut Hamaviy, Burhon Qote, Bobur kabi olimlarning “Qomus al-A’lam”, “Boburnoma” singari asarlaridagi tarixiy-ilmiy ma’lumotlardan iqtiboslar keltirgan. Olim Zahiriddin Muhammad Boburning “Bir-ikki kundin soʻng Kandirlik doboni bila Axsi va Andijon sari azimat qildim. Axsigʻa yetib otamning mazorini tavof qildim”, soʻzlarini keltirish bilan davrda Umarshayx Mirzoning qabri hozirda Eski Axsi, deb ataladigan makonda ekanligini ta’kidlamoqda. Birinchi maqolada berilgan “...890-900 - hijriy tarixida Amir Temur avlodlaridan Umar Shayx Mirzo va Shayboniyxon avlodlaridan Jonibekxonga Axsi shahri bir necha vaqt poytaxt boʻlib, bu shaharda hukmronlik qilgan ekan...”, degan ma’lumotning oʻziyoq, aynan bugungi Eski Axsi yodgorligida yuqorida nomlari zikr qilingan Umarshayx Mirzo va Jonibek Sultonlar hukmronlik qilganligiga aniqlik kiritadi. Binobarin, bundan Umarshayx Mirzo hech qanday “Yangi Axsi” shahrini barpo etmaganligi ayon boʻlmoqda15.
Ibrat maqolalari orqali oʻsha davrdagi oʻlchov birliklari haqida ham tushunchalarga ega boʻlish mumkin. Masalan, “Boburnoma”da berilgan “Yigʻoch” uzunlik oʻlchov birligini Ibrat “Tosh”, deb ataydi. “...Andijondin Gʻarb tarafinda toʻqqiz yoʻldur...”7. bundan yigʻoch va tosh oʻlchov birliklari bir xil qiymatga ega ekanligi ma’lum boʻladi. Alloma maqolalarida Axsida qadim zamonlarda uylar 2-3 qavatli boʻlganligini, hammom, madrasalar, saroy va yerosti suv quvurlari mazkur davrda ham koʻrinib turishini yozib qoldirgan. Ibrat maqolalarini tahlil qilish orqali keyinchalik paydo boʻlgan “Eski” va “Yangi” Axsi masalalariga ham oydinlik kiritish imkoniyati tugʻiladi. Ibrat yozadi: “...Hozirda Axsi ikki yerda boʻlib, birini Eski Axsi birini Yangi Axsi derlar. Ya’ni, Yangi Axsi Eski Axsi buzilgandin soʻng qolgan odamlar daryodin qochib Koson tarafinda balandlik biyobonga imoratlar qilib koʻp qishloq boʻlganlar. Hozir Yangi Axsida oʻn ikki qishloq Shahand degan bozorlik bir qishloq ila bir bolust boʻlgan...”. Shu oʻrinda “Yangi Axsi” tushunchasi qachon paydo boʻlganligiga izoh berib oʻtish joiz koʻrinadi. Ma’lumki, 1876-yil Qoʻqon xonligidagi harakati shafqatsizlarcha bostirilgach, uning barcha hududlari ruslar tomonidan bosib olindi. 1876 yilning 19-fevralida imperator Aleksandr II ning farmoni bilan xonlik tugatildi va uning oʻrnida Fargʻona oblasti tashkil etildi16. Fargʻona oblasti dastlab yettita uezddan tashkil topgan edi. Biroq keyinchalik Chust va Chimyon uezdlari qisqartirildi. Shundan keyin oblast tarkibi beshta uezddan (Qoʻqon, Namangan, Skobelev, Andijon va Oʻsh) iborat boʻlib qoldi. Uning tarkibida 91 volost yoki 613 qishloq jamoalari mavjud edi. Ushbu volostlardan biri Namangan uezdining Chust uchastkasiga qarashli “Axsi-Shahand” volosti edi. Ibrat domla yozganidek, “Yangi Axsi” tushunchasi Axsikent zilzilasidan 100-200-yil keyin (ayrim tadqiqotchilar da’vo qilganidek, temuriylar davrida emas) paydo boʻlgan. Zilziladan soʻng, omon qolgan aholi shimol tarafga, ya’ni Koson tarafga koʻchib ketib, balandik biyobonlar ustida imoratlar solib, qishloqlar bunyod etadi. Ana oʻsha qishloqlar bir soʻz bilan “Yangi Axsi”, deyiladi. Ibratning bu “Boburnoma” dagi “Sayhun daryosining Axsi tarafi dashttur”, soʻzlariga aynan monanddir. Ya’ni, omon qolgan aholi ana oʻsha dasht tarafiga koʻchib oʻtgan edi. Maqolada sanab oʻtilgan qishloqlar “Axsi-Shahand” volostiga birlashtirilgan boʻlib, Shahand qishlogʻidan turib boshqarilgan. Ibrat bilan bir davrda yashagan I.A. Kastane Eski Axsi yodgorligini tadqiq etgan vaqtida shahandlik Abduqahhor Eshmuhammedov “Axsi – Shahand” volostining boshqaruvchisi edi. Olim oʻz asarida uning fikrlaridan foydalanganligini keltirib oʻtgan.

XULOSA
Har bir xalqning tarixi uning o`tmishi haqidagi muqaddas xotiradir. Shu boisdan madaniyatning yuksak pog`onasiga ko`tarilgan xalqlar o`z tarixiga, yodgorliklar va qo`lyozmalariga mehr-muhabbat bilan qaraydilar, avaylab-asraydilar, doimo sinchiklab o`rganadilar. Negaki, ularning qadr-qimmatini hech bir narsa bilan o`lchab bo`lmaydi.
Qadimgi shaharlarimizdagi ko`hna obidalar – har bir bino, ko`cha, maydon bugun bizning mehrimizga muhtoj. Bu yodgorliklarga qilingang g`amho`rlik ona tariximizga qilingan g`amxo`rlik hisoblanadi.
Axsikent shahri shahri bugungi kunda eng muhim obidalarga aylandi. Shahar mudofa devorlari bilan o’ralgan va o’ziga xos tarixiy shahar hisoblandi. Umuman olganda, Axsikent shahari O`zbekiston xalqlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotining qadimiy o`choqlaridan biri hisoblanadi. Arxeologik qazishmalar vaqtida topib o`rganilgan moddiy ashyolar va sochma manbalargina Axsikentning qadimiy tarixini qayta tiklashda katta ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, xalqimiz merosini asrab-avaylash faqat davlat tashkilotlarining ishi emas. Bu butun xalq – siz-u bizning ishimizdir. Har birimiz ma`rifatli, xush axloqli, g`ozallikni tushunadigan, bobolarimiz yaratgan ma`naviy mulkni qadrlay oladigan odam bo`lishimiz kerak.



Yüklə 39,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin