Ii bob. Axsikent yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tarixidan


II BOB. AXSIKENT YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR TARIXIDAN



Yüklə 39,92 Kb.
səhifə4/6
tarix28.04.2023
ölçüsü39,92 Kb.
#104065
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi. Axsikent yodgorligi

II BOB. AXSIKENT YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR TARIXIDAN.
2.1. Axsikent yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tarixidan.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, Axsikent nomi tilga olingan bir qator tarixiy-geografik va adabiy manbalardagi ma`lumotlarni boyitadigan boshqa materiallar uchramaydi. Vaholanki Axsikent tarixiy voqealarga boy qadimiy tarixga ega. Uning ko`hna tarixi manbalarda tilga olingan X asrda emas, balki miloddan avvalgi III-II asrlardan boshlangan. O`tgan asrlar mobaynida sukut saqlab kelayotgan xarobalarning o`zi yagona manba bo`lib, uning tarixi ham, farg`onalik bobokalonlarimiz yaratgan qadimgi madaniyat obidalari ham shu harobalar ostida yashiringan.
O‘zbek davlatchiligi tarixi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. Bu boradagi aniq dalillar mamlakatimiz hududida xarobalari saqlanib qolingan shahar va kentlarga oid manbalardan yaqqol namoyon bo‘ladi. Ana shunday qadimiy davlatlardan biri Farg‘ona (Davan) davlati haqida guvohlik beradigan Axsikent yodgorligidir. Ushbu qadimiy kentdan qolgan xarobalar buyuk tariximizdan so‘zlaydi. Axsikent yodgorligi bugungi kunda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan.
Axsikent eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan bo‘lib, qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan. Tarixiy manbalarda, xususan, “Boburnoma”da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko‘p yozilgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti bo‘lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan.
Shahar Ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lgan. Bu yerda o‘z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. 1219 yilda mo‘g‘ullar tomonidan shahar butunlay vayron qilingan. Qasrning eski o‘rnidan 5-7 kilometr g‘arbda bunyod etilgan yangi shahar Axsi 14-17 asrlarga oiddir. 1620 yillarga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar vayron bo‘lgan10.
Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jomeʼ masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.
Axsikat xarobalaridan g‘arbroqda o‘rta asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi aniqlangan. Akademik Ya.G‘ulomov va arxeolog I.Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar bo‘lganini, ulardan biri qadimgi Axsikat va ikkinchisi Bobur tug‘ilgan Axsi ekanini birinchi bo‘lib isbotladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Axsikent haqida o‘zining “Boburnoma” asarining 1494 yilgi voqealar bobida alohida to‘xtalgan. «Sayhun suvining shimoliy tarafidagi shaharlardan biri Axsidir. Kitoblarda Axsikat deb yozadilar. Chunonchi, Asiriddin shoirni Asiriddini Axsikatiy deydilar. Farg‘onada Andijondan keyin bundan yirikroq shahar yo‘q.
Axsi Andijondan g‘arb sari to‘qqiz yig‘ochlik yo‘lda. Umarshayx mirzo buni poytaxt qilgan edi. Sayhun daryosi qo‘rg‘onining pastidan oqadi. Qo‘rg‘oni baland jar ustida joylashgan. Xandaq o‘rnida chuqur jarlar bor. Buni poytaxt qilgan Umarshayx mirzo bir-ikki marotaba tashqariroqdan yana jarlar qazdirdi. Farg‘onada bunchalik mustahkam qo‘rg‘on yo‘q. Mahallalari qo‘rg‘ondan bir sharʼiy yiroqroqda joylashgan. «Qishloq qayerdayu, daraxtlar qayerda?" maqolini aftidan Axsi uchun aytganlar. Qovuni yaxshi bo‘ladi. Bir nav qovunini „mirtemuriy" deydilar, bunday qovunning boshqa joyda ham borligi maʼlum emas. Buxoro qovuni mashhurdir. Samarqandni olgan paytimda Axsidan, Buxorodan qovun keltirib, bir o‘tirishda so‘ydirdim11. Axsi qovunining hech misli yo‘q edi. Ovlanadigan qushlari behad yaxshi bo‘ladi. Sayhun daryosining Axsi tarafi dashtdan iborat. Oq kiyigi ko‘p bo‘ladi. Andijon tarafi to‘qay; bug‘u-maral, qir-g‘ovul va yovvoyi quyon ko‘p. Aksari juda semiz bo‘ladi», deb yozgan buyuk sarkarda.
Axsikentda tayyorlangan qurollar «Damashq qilichlari» nomi bilan dunyoga mashh­ur bo‘lib, G‘arbda Damashq, Sharqda Xitoy bozorlarida sotilgan.
Axsi va unga yondosh hududlardagi olib borilgan so‘nggi qazishma natijasida ko‘plab noyob topilmalarni qo‘lga kiritildi.
Shuningdek, bugungi kunda Namanganda «Axsi sayyidlari» ilmiy-maʼrifiy, meʼmoriy majmuasida muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Axsi osori-atiqalar muzeyida ayni paytda 516 ta eksponat mavjud.
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo‘yicha ulkan ishlar boshlandi. “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi.
Mazkur yodgorlik Namangan viloyatining sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz va xorijdagi sayyohlik ko‘rgazmalarida qadimiy Axsikent haqida ham taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Buning samarasida mahalliy va xorijiy sayyohlar o‘rtasida tarixiy yodgorlikka qiziqish ortmoqda. Hozirga qadar Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar tashrif buyurgan. Qadamjoni tadqiq etish, uning jozibadorligini va sayyohlar oqimini oshirish maqsadida maxsus konsepsiya ishlab chiqilgan. Ayni kunda shu asosda Farg‘ona vodiysida ichki turizmni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Ayni paytda Prezidentimizning ko‘rsatmalariga binoan, bu yerda katta muzey tashkil etilmoqda. Axsikentning qadimiy dovrug‘ini tiklash maqsadida ramziy darvoza quriladi. Kamoliddin Behzod chizgan suratlar asosida Umarshayx Mirzo va Boburning yodgorliklari bunyod etiladi. Sayyohlar uchun Sirdaryo bo‘ylab qayiqlarda sayr qilish, tuyada ko‘hna shaharni tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.
Axsikent yodgorligi YUNESKO Butunjahon madaniy merosi obyekti hisoblanadi. Tarixi eramizdan avvalgi IV asrlarga borib taqaluvchi bu noyob yodgorlikni chuqur o‘rganish, qadim poytaxt shahar tarixi bilan yurtdoshlarimiz, xorijiy sayyohlarni tanishtirish viloyatda turizmni rivojlanishi uchun keng imkoniyatdir.
Yurtimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha keyingi oylarda juda yuksak e'tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ichki turizmni rivojlantirish, yurtdoshlarimizga mamlakatimizning qadimiy tarixidan so‘zlovchi dargohlar bilan yaqindan tanishish uchun bir qator yengilliklar va imtiyozlar yaratilayotganiga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz.
Shunday go‘shalar borki, ularning yonidan har kuni, har zamon o‘tamiz. Lekin e'tibor bermaymiz, tarixidan bexabarmiz. Aslida, u yerlarda buyuk tariximiz, ma'naviyatimiz, qadriyatlarimiz yashirin bo‘ladi.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan ana shunday qadimiy maskanlardan biri — Axsi shahri haqida o‘z o‘quvchilariga hikoya qilib berishni niyat qilib, ushbu maskanga bordi.
Qadimshunos olimlar tomonidan «Farg‘ona Afrosiyobi», deya ta'rif berilib, Axsi yoki Axsikent nomi bilan ataluvchi ko‘hna shahar xarobalari bugungi kunda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand va Gulqishloq qishloqlari orasida, Sirdaryoning shimolida do‘ngtepaliklar ko‘rinishida yastanib yotibdi. Mazkur Eski Axsi manzilgohi Farg‘ona vodiysidagi eng yirik arxeologik yodgorlik hisoblanadi12.
Manzilgohni qazib o‘rgangan qadimshunos olimlar moddiy – ashyoviy dalillar va eng ko‘hna yozma xitoy manbalariga tayangan holda, shaharning paydo bo‘lishini taxminan miloddan avvalgi III asrlarga to‘g‘ri kelishi ma'lumotini berishgan.
Axsikentning arxeologik jihatdan o‘rganilishi 1885 yildan boshlangan. Dastlab, Peterburg universitetining professori, taniqli arxeolog va sharqshunos N.Veselovskiy ish olib borgan. 1913 yilda I.Kastane tomonidan navbatdagi qazishma va tadqiq ishlari o‘tkazildi. 1939 yilda Katta Farg‘ona kanali qurilishi davrida professor M.Masson bu yerda arxeologik razvedka ishlari bilan shug‘ullandi. 1960 yildan esa O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Yahyo G‘ulomov boshchiligida mutaxassislar Axsikentda arxeologik qazishma ishlarini amalga oshirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori A.Anorboyev Axsikentda uzoq yillar davomida ilmiy tadqiqot va qazishma ishlarini olib borishi natijasida ko‘plab ilmiy maqola va risolalar chop etdi.
Olim Eski Axsi manzilgohi qadimgi Xitoy tarixiy manbalarida ko‘rsatib o‘tilgan Davan (Farg‘ona) davlatining poytaxti bo‘lganini ilmiy jihatdan isbotlab berdi.katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori A.Anorboyev Axsikentda uzoq yillar davomida ilmiy tadqiqot va qazishma ishlarini olib borishi natijasida ko‘plab ilmiy maqola va risolalar chop etdi.
Olim Eski Axsi manzilgohi qadimgi Xitoy tarixiy manbalarida ko‘rsatib o‘tilgan Davan (Farg‘ona) davlatining poytaxti bo‘lganini ilmiy jihatdan isbotlab berdi.
Ushbu maskanni Zahiriddin Muhammad Boburning otasi Umarshayx Mirzo ham poytaxt qilgan.
«Boburnoma» asarida Umarshayx mirzo poytaxt qilgan Axsini Bobur quyidagicha tasvirlaydi:
«...Sayxun suyining shimoli tarafidag‘i qasabalar: bir Axcidur. Kitoblarda Axsikat bitirlar. Nechukkim, Asiriddin shoirni Asiriddin Axsikatiy derlar. Farg‘onada, Andijondin so‘ngra mundin ulug‘roq qasaba yo‘qtur. Andijondin g‘arb sori to‘qquz yig‘och (bir yig‘och — taxminan 8,5 km masofaga teng) yo‘ldur. Umarshayx mirzo muni poytaxt qilib edi, Sayxun daryosi ko‘rg‘onining ostidin oqar. Qo‘rg‘oni baland jar ustida voqe bo‘lubtur. Handaqining o‘rniga amiyq jarlardur. Umarshayx mirzokim, muni poytaxt qildi, bir-ikki martaba tashqarroqdin yana jarlar soldi. Farg‘onada muncha berk qo‘rg‘on yo‘qtur. Mahalloti qo‘rg‘ondin bir shar'iy yiroqroq tushubtur...".
Ayni paytda qadimda 140 gektardan iborat shaharning 70 gektarga yaqin vayronalari saqlanib qolingan. Sirdaryoning shimoliy qismida joylashgan Axsikent barcha qadimiy shaharlarimiz singari uchta asosiy qismdan iborat bo‘lgan. Shaharning ark, shahriston va rabot qismlari bo‘lgan. Ma'lumki, shaharlarning ark qismida hukmdorlar, shahristonda esa shahar aholisi, turli ma'muriy binolar, masjid va madrasalar bo‘lgan. Rabot qismi esa shahardan chetda joylashgan bo‘lib, u yerda asosan karvonsaroylar va bozorlar faoliyat ko‘rsatgan.
«Axsikent» arxeologiya obekti merosini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Tohirjon Qozoqovning aytishicha, ushbu maskan ko‘p yillardan buyon 1221 yildagi mo‘g‘ullar bosqini natijasida vayrona qilingan deb kelinar edi. Biroq shahar oradan 400 yil o‘tib, 1621 yilgi kuchli zilzila natijasida vayron bo‘lgani oydinlashdi13.
Ayni paytda ushbu maskanni qaytadan tiriltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktabrdagi «Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida «Axsikent» arxeologiya merosi obektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida» №831-Qarori qabul qilindi.
Axsikent yurtimizdan yetishib chiqqan ko‘plab allomalarning kindik qoni to‘kilgan zamin hamdir.
«Axsikent» maxsus jamg‘armasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor, xalqaro Bobur mukofoti laureati Mirmahmud Mirsaydullayevning hikoya qilishicha, ayni paytda ushbu zaminda yashab o‘tgan bir qator olimlar tomonidan yozilgan, xorijiy davlatlarda saqlanayotgan kitoblarning nusxasini yurtimizga keltirish ustida muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu joyda «Axsikent» jamg‘armasi ushbu zaminda olib boriladigan barcha qazilma ishlarini moliyalashtiradi.
«Axsikent» direksiyasi rahbari Tohirjon Qozoqovning bizga so‘ylab berishicha, ushbu maskanda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qator loyihalar ishlab chiqilgan, kerakli mutaxassislar jalb qilingan.
Ha, qilinayotgan xayrli sa'y-harakatlar, olimlarimizning tinimsiz izlanishlari natijasi o‘laroq, Axsi xorijiy sayyohlarning e'tiborini tortadigan yurtimizdagi yana bir maskanga aylanishiga albatta ishonamiz. Chunki rejalarga ko‘ra bu yerda hali qadimiy shahar qoldiqlari ochiladi, muzey, dam olish maskanlari barpo etiladi, Sirdaryoda esa Umarshayx mirzo davridagi qayiqlar bandargohi tiklanadi14.

Yüklə 39,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin