Ii. Bob. Boshlang`ich Sinflarda matematika o’qitish metodikasining vazifalari r e j a



Yüklə 16,81 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü16,81 Kb.
#201772
  1   2
2-mavzu


II. BOB. Boshlang`ich Sinflarda matematika o’qitish metodikasining vazifalari


R E J A
1- §. Boshlang’ich sinflrada matematika o`qitish maqsadlari va vazifalari. O`quvchilarni kursni o`rganishga tayyorlash.
2- §. Boshlang`ich matematika kursining tuzilishi va mazmuni.
3- §. I-IV sinflarda matematika o`qitish orasidagi izchillik.
4- §. Bolalar bog`chalarida matematikadan mashg`ulotlarning o`ziga xos xususiyatlari.


Foydalangan adabiyotlar [ 1,2,3,4,5,6,7,8,9,12]


Asosiy tayanch tushunchalar

O`qitish maqsad, ta'limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalar; boshlang`ich matematika kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, asosiy mazmuniga qo`yilgan talablar; I-IV va bolalar bog`chalarida matematika o`qitish orasidagi izchillik.


1- §. Boshlang’ich sinflrada matematika o`qitish maqsadlari va vazifalari. O`quvchilarni kursni o`rganishga tayyorlash.

Boshlang’ich sinflarda matematikani o’rganishdan o’quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini matematik savodxonligini o’stirish hamda ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish masalalari maqsat qilib qo’yilgan.


Boshlang’ich matematika kursini o’qitishda natural son, nol, musbat butun sonlar ustida hisoblash amallari (,,+”, ,,-”, ,,·”, ,,:”) va ularning xossalari haqidagi bilimlarni aniq tasavvur qilishlari va ularga doir sonlarni no’merlashlarni, og’zaki vayozma hisoblashlarni onson va puxta o’zlashtirishlarini maqsad qilib qo’yadi.
Shuningdek, ismli sonlar tushunchasi va ular ustida amallar bajarish, dastlabki geometrik tasavvurlarni shakillantirish, algebrayik materiallarni asosli va tizimli ravishda o’rganishni maqsad qilib qo’yadi. Bu tushunchalarning hammasi matematika tushunchasiga birlashgan holda bir biri bilan uyg’unlashgan holda oganiladi.
Boshlang’ich siniflarda matematikani o’qitish o’quvchilarga mantiqiy fikirlashlarni, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, sezgirlikni, to’g’rilikni va kuzatuvchanlikni shakillantiradi. Shuningdek matematika o’qitish o’quvchilarda o’z fikrlarini aniq, to’g’ri va ravon bayon etishi uchun zamin hozirlaydi.
1. Boshlang`ich maktab o`rta umumiy ta'limning tayanch tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli Boshlang’ich sinflarda matematika o`rganish maktab matematika kursining birinchi bosqichi sifatida qaraladi.
Boshqa o`quv predmetlari kabi matematika boshlang`ich kursi ham ta'limiy – tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak.
Matematikani o`rganish jarayonida eng avvalo o`quvchilar nazariy bilimlari sistemasini shuningdek, ularda hisoblash, o`lchash va grafik ko`nikmalarning ma'lum aniq sistemasini egallashlari kerak, boshqacha aytganda, bu sistema eng sodda amallarni bajarishdan iborat bo`lib, ko`p marta takrorlash hisobiga avtomatizmgacha yetkazila di. Bu vazifani yetarlicha baholamaslik amalda bolalar bilimlarining pasayishiga olib keladi.
O`qitish o`quvchilar bilimlarini ongli egallashlarini va yetarlicha yuqori darajada umumlashtirishlarni ta'minlashi zarur, shuningdek, o`quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat va munosabatlarni ochishni og`zaki va yozma xulosalar qilishni o`rganishlari kerak. Boshlang`ich maktab matematika dasturi xuddi shunga yo`naltiradi, unda o`qitishda nazariylik saviyasini oshirish ochiq - oydin ifodalangan, nazariy va amaliyotning uzviy bog`liqligigining ahamiyati ko`rsatilgan.
Masalan, eski dastur asosan hisoblash ko`nikmalari, xususan 20 va 100 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalari amallar xossalariga tayanilmagan holda tarkib toptiriladi: uzoq vaqt davomida (2, 3, 4 yil) bolalar amallarning biror xossasining qo`llanilishiga asoslangan butun bir qator faktlar bilan xossalarning o`zini bilmagan holda tanishishadi. Buning natijasida M: 100 ichida qo`shish va ayirishni bajarish uchun 20 dan ortiq hisoblash usullarini egallashlari zarur bo`lardi.
Aslida esa, o`quvchilarni 4 ta asosiy xossa haqidagi bilimlar bilan [a+(v+s), (a+v)+s, (a+v)-s, a-(v+s)] tanishtirishning o`zi yetarli. Hozirgi amaldagi dasturda ana shu maqsad o`quvchilar misollarning yechishning har xil usullarini mustaqil topish imkoniga ega bo`lishi bilanoq amalga oshiriladi.
O`quvchilar bilish qobiliyatlarining rivojlanishi natijasida, ular har xil sharoitda olgan bilimlarini turli o`quv mashqlariga tadbiq etishlari mumkin.
Boshlang`ich sinflarda o`qitish tarbiya bilan bog`langan holda amalga oshiriladi. O`qitishning bu muhim vazifasi o`quv jarayonida o`quvchilarda dunyoqarash, ahloqni kundalik xulqning asosi sifatida shakllantirishga; shaxsining ko`pgina qimmatli xususiyat va sifatlarini shakllantirishga ega qulay sharoitlar yaratib berish zarurligini ifodalaydi.
Boshlang`ich sinflarda tarbiyalovchi ta'lim - rivojlantiruvchi ta'lim hamdir. Ta'lim natijasida kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira, tasavvur va nutq rivojlanadi va shu tariqa o`quvchilar hayotga, mehnatga tayyorlanadi.
Boshlang`ich matematika o`qitishning ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal qilish ko`p jihatidan o`quvchilarning bu kursni o`rganishga tayyorgarlik darajasiga, bog`chalarning tayyorlov guruhlari va maktab qoshidagi tayyorlov sinflari dasturida nazarda tutilgan rivojlantiruvchi va o`rgatuvchi xarakterdagi masalalarni hal qilish darajasiga bog`liq.
Bolalarni tayyorlashning asosiy vazifasi matematikadan faktik bilimlar, ko`nikma va malakalar sistemasini to`plash va ularni o`zlashtirish uchun (masalan, son, shakl, miqdor, qo`shish va ayirish malakalari….) sharoitlar yaratishdangina emas, balki bu bilimlarni o`zlashtirishga tayyorlashdan ham iboratdir.
Bolalarni tayyorlashda asosiy ish analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtiruvchi kabi aqliy operatsiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo`lishi zarur. Bu ish bolalarning matematik nutqlarini rivojlantirish masalasini hal qilish bilan bundan keyin muvaffiqiyatli o`qish uchun zarur bo`ladigan har xil aktiv lug`atlar to`plash bilan uzluksiz bog`liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bolalarda matematik bilimlarga nisbatan qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallash malakasi tarbiyalanishi kerak. Bundan tashqari, ularda amaliy malaka va ko`nikmalarning (sodda shakllarni chizish, ularni qog`ozni buklab hosil qilish….) shakllanishiga jiddiy ahamiyat berish kerak.
Bu davrda ular pedagogning topshiriqlarini tinglab, darhol bajarishi, o`qituvchi ko`rsatmalariga amal qilish, muhim narsani nomuhim narsadan ajrata olish, qo`yilgan vazifalar tartibini aniqlash, olingan natijalarini qo`yilgan masalaga mos keltirish, o`z ishini nazorat qila olish hamda boshqa malakalarni egallab olishlari kerak.
-Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni hal qilishi o`qitish mazmunining tanlanishiga, uning ma'lum sistemada joylashishiga hamda shunga mos ravishda o`qitish metodi va usullarining tanlanishiga bog`liq ravishda amalga oshiriladi.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning maqsadi 3 ga bo’linadi:

Yüklə 16,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin