Ii-bob. Grammatik shakllari va ularning turlari



Yüklə 75,71 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü75,71 Kb.
#172961
1   2   3   4
GRAMMATIK SHAKLLARNING KO‘CHMA MA’NODA QO‘LLANISHLARI1111

Transformatsion grammatika hozirgi tilshunoslikda, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan metod yordamida ish ko‘radi.
Ma`lumki, distributiv metod yordamida til yaruslarining birliklari: fonema, morfema, ularning qo‘llanilish o‘rinlari aniqlansa, bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodida esa bu gapning ichidagi sintaktik munosabatlar o‘rganiladi.
Transformatsion metodning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
Har bir tilda son-sanoqsiz gaplar mavjud va bu yangi gaplar tinglovchi tomonidan to‘ғri tushiniladi. Tabiiy quyidagi savol tuғiladi: Qanday qilib nutq eshituvchi shu paytgacha eshitmagan yangi gaplarni tushunadi? Buning asosiy sababi shundan iboratki, nutqda mavjud bo‘ladigan cheklanmagan miqdordagi gaplar, ma`lum miqdordagi elementlar sintaktik modellar asosida paydo bo‘ladi. Lekin bu sintaktik modellar (yadro gaplar) ning soni chegarali va amalda faqat bir necha bo‘lishi mumkin. Mas., ot qism - fe`l qism.
Gapning elementar, sodda modellari transformatsion grammatikada yadro gaplar deb ataladi. Bu model asosida tuzilgan gaplar o‘sha yadro gapning transformasi hisoblanadi.
Transformatsion analizning asosiy maqsadi tilda mavjud bo‘lgan son-sanoqsiz gaplarning ma`lum sondagi sintaktik modellari-yadro gaplardan tuzilganini o‘rganadi.
Transformatsion metodning asosida til tizimi sintaktik yarusning o‘zi bir necha kichik sistemalardan tashkil topadi, degan ғoya yotadi. Bulardan biri asosiy yadro gap bo‘lib, ikkinchisi esa yadro gaplardan hosil bo‘lgan transformalardir. Transformalarning yadro gaplardan hosil bo‘lishini o‘rganish jarayoni transformatsion analiz deyiladi.
Leksik ma`no individual ma`no hisoblanadi, bir ma`no bir so‘z bilan boғlangan bo‘ladi. Grammatik ma`no leksik ma`nodan tubdan farq qiladi. U leksik ma`noga o‘xshab tashqi dunyodagi narsa va voqelarni aks ettirmaydi va individual xususiyatga ham ega bo‘lmaydi. Ular umumiy ma`nolardir.
Leksik va grammatik ma`nolar o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilsa ham nutqda bir-biri bilan uzviy boғlangan. Biri ikkinchisisiz voqe bo‘lmaydi. Grammatik ma`no leksik ma`noga qo‘shimcha ravishda namoyon bo‘ladi va turli grammatik munosabatlarni ifodalaydi: Bir so‘zning ikkinchi so‘zga munosabatini, so‘zning shaxsga, songa, zamonga va h. ga bo‘lgan aloqasini ko‘rsatadi. Masalan: uy, nok, kitob, tulki, neytron, bo‘ғin. Ularda olti leksik ma`no, ammo bir grammatik ma`nosi bor. Predmetlik, birlikda, bosh kelishikda.
Odatda leksik ma`no konkret, real; grammatik ma`no umumiy bo‘ladi.
Grammatik ma`no ifoda hosil qiluvchi vositalar quyidagilar:
Affiksatsiya. Ba`zi olimlarning fikricha, tillarda eng ko‘p tarqalgan vositalardir. Ikki turga ajraladi: forma yasovchi affiksal grammatik morfemalar, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal grammatik morfemalar. Bu hamma tillarda bir xil emas.
Intonatsiya. U o‘z ichiga melodika bilan urғuni oladi. Bu vositalar ham tilda grammatik ma`no ifodalash uchun xizmat qiladi.
Melodika. Melodika deganda, ton balandligining o‘zgarishi tushuniladi. U asosan xitoy-tibet tillarida katta ahamiyatga egadir. Bu tillar uchun affiksatsiya, umuman olganda, yot narsadir. Xitoy-tibet tillar oilasiga kiruvchi xitoy tilida to‘rtta ton mavjud bo‘lib, so‘zning ana shu tonlardan qaysi biri yordamida talaffuz qilinishiga qarab so‘zning ma`nosi o‘zgaradi. Mas., ma-ona, kanop, chumoli, so‘kinmoq.
Urғu. O‘zbek va ingliz tillarida urғu so‘zlarning leksik ma`nolarini ajratishda ishlatiladi: yangi (sifat), yangi (ravish).
Takror. Takror biror grammatik ma`noni ifodalash uchun bir so‘zni ikki marta takrorlash bo‘lib, u lingvistikada reduplikatsiya (lat-ikkilanish) deb yuritiladi. Mas., malay tilida - orang-odam, orang-orang-odamlar, xitoy tilida sin-yulduz, sin-sin-yulduzlar. O‘zbek tilida sariq-sap-sariq, ko‘k-ko‘m-ko‘k.
Ichki flektsiya. U turli grammatik ma`nolarni ifodalash uchun so‘z tarkibidagi tovushlarning o‘zgarishidir. Mas., arabcha-kitob-kutub, kataba-kutuba.

Yüklə 75,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin