Hech kim ilmli bo’lib tug’ilmaydi. Ilmga mashaqqat bilan erishiladi…
To’xtamang…
Mavzu: Grammatika va grammatik ta’limotlar.
Reja:
Grammatika haqida ma’lumot.
Grammatikning faol va nofaol turlari.
Bugungi kunda gammatik ta’limotlar.
Grammatika haqida ma’lumot.
Grammatika (qadimgi yunoncha: γραμματική - grammatike, γράμμα - gramma soʻzidan — harf, yozish) — tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. Grammatika 2 qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, Grammatikada soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi.
Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — ya’ni shakliy tomonini ifodalaydi.
Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar.
Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat qiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi.
Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham mavjud. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat qiladi. Shunday qilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud.